Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.15K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
#universitet_jarayon

🏆 Joriy yilning 9-noyabr kuni "11-noyabr O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan TAQU kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4 ta fakultet ayol professor-o'qituvchilar hamda xodimlar o'rtasida musobaqa tashkil etildi.

🏃‍♀🏓Musobaqa "Shashka", "Stol tennis", Uzunlikga sakrash", "Armrestling" hamda "Arqonda sakrash" sport turlari bo'yicha "Kasaba uyushmasi kubogi" sport musobaqalari o'tkazildi.

🥇🥈🥉🎁G'olib bo'lgan professor-o'qituvchilar hamda xodimlar TAQU kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan 1-2-3 o'rin naminatsiyalari bo'yicha g'oliblar aniqlanib 1- darajali diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

💐 Barcha g'olib bo'lgan jamoa a'zolarini tabriklaymiz hamda faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiramiz !!!

TAQU Matbuot xizmati

#kasaba_kubog
@taqi_uz
Geoaxborot texnologiyalarini oʻrganmoqchimisiz?

💻 Unda sizni oʻquv kurslarimizga taklif qilamiz.

🧑🏻‍💻 Darslar OʻZGASHKLITI xodimlari tomonidan oʻtkaziladi.

📃 Kurs oxirida sertifikat beriladi.

☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998917706488
📥 Murojaat uchun:
@QGIS_KURS

@taqi_uz
🛤 Hozirgi kunda yo'l industriyasi rivojlanib borish natijasida, bilimli mutaxassislarga bo'lgan talab ortmoqda!!!

Yo'l industriyasida ishlash niyatingiz bormi!? Muhandislik qidiruv ishlarini, geodezik tenglashtirish ishlarini o'rganish niyatidamisiz?

💻Unda sizni o'quv kurslarimizga taklif qilamiz.

🧑🏻‍💻Darslar Avtomobil yo'llari qo'mitasida ish olib borayotgan tajribali mutaxassislar, "Geodeziya va kadastr" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan olib boriladi.

📜Kurs oxirida sertifikat beriladi.

☎️Batafsil ma'lumot uchun: +998998739996
📥Murojat uchun:
@DoniyorXalilov

@taqi_uz
#davra_suhbat

⚡️Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Xamza Xolov hamkorligida "Korrupsiyadan holi mamlakat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

🔸 Davra suhbatida professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida o'tkazilgan uchrashuv TAQU Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Bahodir Pulatov tomonidan olib borildi.

🔹 Shuningdek, talabalarga kerakli ma'lumotlar berildi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo'yicha ishlarni yo'lga qo'yish chora-tadbirlari belgilab olindi.

TAQU Matbuot xizmati

@taqi_uz
Forwarded from Edu.uz
#Talabaga_yengillik

DIQQAT! MUHIM‼️

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi

🔰 Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

↪️Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishini koʻchiriyotgan talabalar uchun bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini toʻlash va talabalar safiga qabul qilishning soʻnggi muddati ham 10-dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #ulashing #imkoniyat

⚡️Yoshlar ishlari agentligi Mohirdev.uz onlayn ta’lim platformasi bilan hamkorlikda IT sohasida bepul ta’lim olish va mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mlik “MohirFest 2022“ga start bermoqda.

Festival davomida bepul onlayn ta’lim olish, shuningdek, eng yaxshi bitiruvchilar qatorida xakatonda ishtirok etish, final bosqichda esa yaxshigina mukofot g‘olibi bo‘lish mumkin. Festival 12-noyabrda boshlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: mohirdev.uz/mohirfest

@alisher_sadullaev
#psixologik_suhbat

⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish universiteti psixologi Nargiza Norova TTJ istiqomat qiladigan talaba-qizlar bilan davra suhbati o'tkazdi.

Suhbat davomida talaba-qizlarga o'zaro munosabatlar, orastalik va qiziqishlaridan kelib chiqib tavsiyalar berildi.

@taqi_uz
📣📣 DIQQAT E'LON 📣📣

⚡️ TAQU talabalari uchun 17-noyabr "Butun jahon talabalar kuni" munosabati bilan "Talabaning bir kuni" deb nomlangan fototanlov e'lon qilamiz!!!

Tanlovda 2 tadan 5 tagacha fotolavhalarni 11-noyabrdan 15-noyabr soat 18:00ga qadar qabul qilinadi.

Suratlarni  ushbu havolaga  https://t.me/+ghe-PLNXB51hM2Ey  ( FIO, fakulteti, guruhi) yozgan holda taqdim etiladi.

G'olib bo'lgan talabalar 17-noyabr "Butun jahon talabalar kuni" munosabati bilan o'tkaziladigan bayram tadbirida  Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faxriy yorlig'i va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

🎉 Omadingizni sinab ko'ring !!!

TAQU Matbuot xizmati

@taqi_uz
#universitet_jarayon

🏆 Joriy yilning 10-noyabr kuni "11-noyabr O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan TAQU kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari o'rtasida musobaqa tashkil etildi.

🏃‍♀🏓Musobaqa "Shashka", "Stol tennis", Uzunlikga sakrash", "Armrestling" hamda "Arqonda sakrash" sport turlari bo'yicha "Kasaba uyushmasi kubogi" sport musobaqalari  o'tkazildi.

🥇🥈🥉🎁G'olib bo'lgan talabalar TAQU kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan 1-2-3 o'rin naminatsiyalari bo'yicha g'oliblar aniqlanib 1-darajali diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

💐 Barcha g'olib bo'lgan talaba-qizlarni tabriklaymiz hamda faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiramiz !!!

TAQU Matbuot xizmati

#kasaba_kubog
@taqi_uz