Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Oliy ta’lim muassasalari milliy reytingi e’lon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qaroriga asosan oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, taʼlim sifatini yana-da yuqori bosqichga olib chiqish va ularni xalqaro reytinglarga kirishiga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan soʻnggi uch yilda oliy taʼlim muassasalarining Milliy reytingi eʼlon qilib borilmoqda. ...

Yuqoridagi reytingda Toshkent arxitektura-qurilish instituti 15-o'rinni egallagan!

#otm #reyting
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Forwarded from Edu.uz
#Сўровнома

Ҳурматли талаба!
Ҳурматли ота-она!

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг ташаббуси билан олий таълим муассасаларида ўқув жараёнини анъанавий ёки масофавий шаклда давом эттириш мақсадида талабалар ва уларнинг ота-она(васий)лари ўртасида ижтимоий сўровнома ўтказилмоқда.

Сизнинг саволларга объектив жавоб беришингиз ўқув жараёнини анъанавий ёки масофавий шаклда давом эттириш масаласига ойдинлик киритиб беришда ёрдам беради. Сўровнома аноним тарзда ўтказилади, унда респондентнинг исм-шарифи кўрсатилмайди.

Сўровнома жорий йилнинг 20 октябрь куни соат 23:59га қадар ўтказилади. Сиздан мазкур сўровномада фаол иштирок этишингизни сўраб қоламиз.

Сизга сўровномадаги иштирокингиз учун аввалдан миннатдорчилик билдирамиз.

Сўровномага ўтиш учун қуйидаги ҳаволини босинг!
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSchsUMH_qyoTZVaJlFKbgU6txA6arEXVFvWWGxjmyioqSmWEg/viewform

Вазирлик каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Forwarded from Xushnudbek.uz
Абитуриентлар диққатига!

Тошкент архитектура-қурилиш институтида 2020/2021 ўқув йилида Россиянинг Қозон давлат архитектура-қурилиш университети, Беларуснинг Беларусь миллий техника университети билан ҳамкорликда бакалавриатнинг 6 та таълим йўналишида ҳамда Германиянинг Анхалт амалий фанлар университети ҳамда Польшанинг Белосток техника университети билан ҳамкорликда 3 та магистратура мутахассисликлари бўйича қўшма таълим дастурларига ҳужжатлар қабули давом этмоқда.

Бакалавриат

Беларусь миллий техника университети билан ҳамкорликда:

Ўқиш муддати: 5 йил (2 йил ОТМ + 3 йил хорижий ОТМ)
Тўлов-контракт миқдори:
Тошкент архитектура-қурилиш институтида - 17 100 000 сўм (1650 АҚШ доллари).
Беларусь миллий техника университетида - 2000 АҚШ доллари

- Архитектура – 20 та

Ўқиш муддати: 4 йил (2 йил ОТМ + 2 йил хорижий ОТМ)
Тўлов-контракт миқдори:
Тошкент архитектура-қурилиш институтида - 16 600 000 сўм (1600 АҚШ доллари).
Беларусь миллий техника университетида - 2000 АҚШ доллари.

- Кўчмас мулк экспертизаси ва уни бошқариш – 10 та;
- Муҳандислик коммуникациялари қурилиши ва монтажи (сув таъминоти ва оқова сувларни оқизиш) – 25 та;
- Муҳандислик коммуникациялари қурилиши ва монтажи (иссиқлик-газ таъминоти ва вентиляция) – 25 та;
- Гидротехника қурилиши – 25 та.

Қозон давлат архитектура-қурилиш университети билан ҳамкорликда:

Ўқиш муддати: 4 йил (2 йил ОТМ + 2 йил хорижий ОТМ)
Тўлов-контракт миқдори:
Тошкент архитектура-қурилиш институтида - 16 600 000 сўм (1600 АҚШ доллари).
Қозон давлат архитектура-қурилиш университетида - 2100 АҚШ доллари.

-Қурилиш материаллари, буюмлари ва конструкцияларини ишлаб чиқариш – 25 та.

Магистратура

Ўқиш муддати:
2 йил (1 йил ОТМ + 1 йил хорижий ОТМ)

Анхалт амалий фанлар университети билан ҳамкорликда:

Тўлов-контракт миқдори:
Тошкент архитектура-қурилиш институтида - 10 350 000 сўм (1000 АҚШ доллари).
Анхалт амалий фанлар университетида - 1672 евро.

▪️Архитектура назарияси ва тарихи, архитектура ёдгорликларини тиклаш

Белосток техника университети билан ҳамкорликда:

Тўлов-контракт миқдори:
Тошкент архитектура-қурилиш институтида - 10 350 000 сўм (1000 АҚШ доллари).
Белосток техника университетида - 1000 евро.

▪️Бино ва муҳандислик иншоотлари конструкциялари
▪️Атроф муҳит муҳандислиги (сув таъминоти ва канализация)

📲 Ҳужжатлар топшириш учун ҳавола:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdm26hS3MsROqsmi43zSEVYyUzdpdeS5nu3h80FgTqdRURClg/alreadyresponded

Батафсил маълумот учун: (94) 612-80-73

Реклама
Assalomu alaykum!

Bugun 21-oktabr - o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Bayram barchamizga muborak bo'lsin!
Barchangizni ushbu ayyom bilan qutlagan holda o'zbek tilida bexato yozishingizni va shu orqali ona-tilimizga hurmat ko'rsatishingizni so'raymiz!

@taqi_uz
TAQI_Qo'shma_ta'lim_Imtihon_28.10.2020.pdf
218.2 KB
Toshkent arxitektura-qurilish instituti 2020/2021 o‘quv yili qabulida qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun 28.10.2020 kuni o'tkaziladigan imtihonlar grafigi

#abituriyent #qoshma_talim #imtihon
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent arxitektura-qurilish institutiga
- sirtqi bo'limga o'qishga qabul qilinganlar;
- 2-mutaxassislikka o'qishga kirganlar;
- 5 yillik staj bilan o'qishga topshirganlar

uchun shartnoma olish tartibi

#shartnoma #kontrakt #rolik
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
TAQI_imtihon_natijalari_28.10.2020.pdf
119.5 KB
Toshkent arxitektura-qurilish instituti 2020/2021 o‘quv yili qabulida qo‘shma ta’lim dasturlari (bakalavriatura va magisttratura) ga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun 28.10.2020 kuni o'tkazilgan imtihonlar natijalari

#abituriyent #qoshma_talim #natija
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Sirtqi bo'lim talabalari diqqatiga!

Hurmatli talabalar!
Toshkent arxitektura-qurilish institutining sirtqi ta'lim talabalari uchun alohida kanal ochildi.
Endi TAQI dagi sirtqi ta'limga doir barcha yangiliklarni ushbu kanaldan bilishingiz mumkin!

Kanalga o'tish:
@taqi_sirtqi_talim

#yangilik #sirtqi #elon
@taqi_uz
Toshkent arxitektura-qurilish instituti 2020/2021 o‘quv yili qabulida qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat topshirgan abituriyentlarning 02.11.2020 kuni o'tkazilgan imtihonlar natijalari

1️⃣ BNTU, Iqtisod:
https://t.me/arxivxona/231
2️⃣ QDAQI, QM -
https://t.me/arxivxona/232

#abituriyent #qoshma_talim #natija
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Test natijalari_(GQ, SUV, Polsha)_06.11.2020.xlsx
84 KB
Toshkent arxitektura-qurilish instituti 2020/2021 o‘quv yili qabulida qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat topshirgan abituriyentlarning 06.11.2020 kuni o'tkazilgan imtihonlar natijalari

#abituriyent #qoshma_talim #natija
@taqi_uz
Forwarded from IT Park Uzbekistan
Shunaqasi boʻlishi mumkinmi? Sovrin jamgʻarmasi $40 000 boʻlgan xakaton!

Ha, ha va yana bir bor ha!

Doʻstlar, 1-dekabrga qadar sizda “Open Data Challange 2020” onlayn xakatoniga roʻyxatdan oʻtish imkoni borligini eslatib oʻtmoqchimiz. Unda ishtirokchilar ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda ilova ishlab chiqishlari lozim boʻladi.

💠 “Open Data Challenge 2020“ xakatoni — bu Oʻzbekiston iqtisodiyoti, axborot texnologiyalari va tadbirkorlikda ochiq maʼlumotlarni rivojlantirishga qaratilgan har yili oʻtkaziladigan tanlov.

Tanlov yoʻnalishlar:
- Davlat sektori;
- Ijtimoiy soha;
- Biznes;
- Maʼlumotlarni yaratish va oʻzgartirish.

Shuningdek, tadbir davomida siz ochiq maʼlumotlar boʻyicha yetakchi mutaxassislar ishtirokidagi master-klass va treninglarda hamda BootCampʼda ishtirok etishingiz mumkin.

Arizalar topshirish muhlati: 2020-yil 1-dekabr (shu kuni ham)

ℹ️ Xakaton haqida batafsil:
https://clck.ru/RtVRn
Assalomu alaykum!

Hurmatli talabalar, Toshkent arxitektura-qurilishi institutida kelgusidagi onlayn va an'anaviy darslar yuqoridagi jadval asosida tashkil etiladi!

Manba: TAQI, O'quv bo'limi

Jadvalni PDF formatda ko'rish:
https://t.me/arxivxona/233

Savollaringiz bo'lsa: https://t.me/taqi_uz/3262

#talaba #xabar #elon
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Forwarded from ArchViz / Taqi_2020 (Jahongir Tursunov)
17-noyabr "Talabalar kuni"ga bag'ishlab, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida "Talabaligim mening - oltin davrim" nomli tanlovni e'lon qilamiz.

Tanlov shartlari quyidagi besh yo'nalish doirasida tashkil etiladi:
1 - Talabalik davringizdagi va o'qish jarayonidagi rasm, video yoki audio tayyorlab, har birining oxirida talabalarga bag'ishlangan tabrik bo'lishi kerak.
- Talabaligingiz aks etgan 1 ta so'ratingizdan yuborasiz.
2 - Talaba bo'lganingizdan so'ng asosan sportning biror bir turi bilan shug'ullangan bo'lsangiz kerak albatta, misol uchun futbol, voleybol, basketbol, shaxmat. Mana shu sport turlaridan biri bilan shug'ullanayotgan jarayoningizdagi surat va videolarni yuboring.
3 - Siz ushbu yo'nalishda kompyuter savodxonligi haqidagi fikr va mulohazalaringizni, o'zingiz ushbu sohada erishgan yutuqlaringizni audio yoki video ko'rinishida yuboring.
4 - Siz talaba bo'lganingizdan so'ng, ilk o'qigan kitobingiz haqida qisqacha ma'lumot bering va uning sizga eng yoqqan bobi yoki bo'limidan parcha keltiring va uni audio yoki video qilib yuboring
5 - Aynan ushbu yo'nalish talaba qizlarimizning hunarlarini namoyon etishlari uchun zo'r imkoniyat. Siz ushbu shartda o'zingizni qobilyatingizdan kelib chiqqan holda pazandachilik, tikuvchilik va xalqimizning milliy hunarmandchilik durdonalarini namoyish etgan holda video rolik va rasmlarni yuboring.


G'oliblar hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi:

1⃣🎥🎞Eng yaxshi videorolik (davomiyligi 1-3 min, hajmi 30 mb gacha) 3 ta o'rin
2️⃣ 🎧🎧Eng yaxshi audio yozuv (davomiyligi 1-5 min) 3 ta o'rin
3️⃣ 🎞🎞Eng yaxshi (kreativ) rasm 3 ta o'rin
4⃣ Eng yaxshi hunarmand nominatsiyasi bo'yicha 3 ta o'rin
5️⃣ 100 va undan ortiq 👍 ovoz to'plagan ishtirokchilar "Faol ishtiroki uchun" taqdirlanadi.

○ Tanlov 13.11.20 dan 17.11.20 gacha davom etadi.
○ Tanlovga materiallar 13-noyabrdan 17-noyabrgacha qabul qilinadi.
○ G'oliblar 18-noyabr sanasida e'lon qilinadi.

Aloqa:@Blackhawk997

👨‍💻Ishtirokchilar ma'lumotlarni bu yerga yo'llang👉 @Ziyodullayev_Z

Kanalga ulaning:
@taqi_2020
Assalomu alaykum!

Bugungi "Talabalar kuni" bilan barcha talabalarni tabriklaymiz!
Barchangizga doimiy tan va imon salomatligini, hayrli orzu-niyatlaringiz ro'yobini Alloh hamroh qilsin!
Barchangizga ushbu Vatanning munosib farzandi bo'lib, yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, kelajakda o'z ishining ustasi - yetuk mutaxassis bo'lishingizni tilaymiz!

Talaba bo'lish orzusidagi yigit-qizlarga esa yaxshi tayyorlanib, kelgusi yilda ushbu bayramni talaba sifatida nishonlashni Alloh nasib etsin!
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
18 ноябрь - Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғи қабул қилинган кун.

🇺🇿 Ватанимиз байроғининг 29 йиллиги муносабати билан “Юксалиш” умуммиллий ҳаракати ҳамда "Maestro art group" ҳамкорликда яхши лойиҳа қилишибди.

Илоҳим, байроғимиз мангу ҳилпираб турсин!
📣 "O'zbekistonda uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish: muammo va yechimlar" mavzusidagi ilmiy-texnik anjumanga taklif etamiz!

🗓 Ertaga, 19-noyabr kuni soat 10:00 da Toshkent arxitektura-qurilish institutida "O'zbekistonda uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish: muammo va yechimlar" mavzusidagi ilmiy-texnik anjuman o'tkaziladi. Barcha qiziquvchi professor-o'qituvchilar hamda talabalarni anjumanga taklif etamiz. Konferensiya onlayn tarzda Zoom platformasi orqali o'tkaziladi.

☝️ Anjumanda qatnashish uchun yuqorida keltirilgan vaqtda quyida keltirilgan havola orqali ZOOM konferensiyaga kirishingiz kerak bo'ladi:
https://us02web.zoom.us/j/86705654758?pwd=UERoSTlLSUhzQjg3MTdFOEJrdFY1QT09

#elon #xabar #anjuman #ZOOM
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
TAQI 1-kurs talabalari uchun masofaviy va an'anaviy tarzda o'tiladigan darslar jadvali

1️⃣ Qurilishni boshqarish fakulteti -
https://t.me/arxivxona/234;
2️⃣ Bino va inshootlar qurilishi fakulteti - https://t.me/arxivxona/235;
3️⃣ Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti - https://t.me/arxivxona/236;
4️⃣ Arxitektura fakulteti (1 va 4) - https://t.me/arxivxona/239.

🔔 Aytgancha, hurmatli "freshman" lar! Ertadan o'qishga!

#dars_jadvali #elon #xabar
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Hurmatli kanalimiz a'zolari!

Talabalar kuniga bag'ishlab institutimiz talabalari o'rtasida "Talabaligim mening - oltin davrim" tanlovi o'tkazilishi haqida
xabar bergan edik. Tanlov @taqi_2020 kanalida o'tkazilgan, hozircha eng yaxshi videoroliklar nominatsiyasi bo'yicha natijalar quyidagicha👇

1️⃣-o'rin: Ozoda Olimovna, TAQI, 1-bosqich talabasi. Ushbu videorolik https://t.me/taqi_2020/472 bilan qatnashgan.
2️⃣-o'rin: Toshpo'latova Charos, TAQI, 2-bosqich talabasi. Ushbu videorolik https://t.me/taqi_2020/482 bilan qatnashgan.
3️⃣-o'rin: Ahmadjonov Humoyun, TAQI, 2-bosqich talabasi. Ushbu videorolik https://t.me/taqi_2020/471 bilan qatnashgan.

G'oliblarga sovg'a va sertifikatlar institut Yoshlar ittifoqi rahbari Kumakov J. tomonidan an'anaviy ta'lim boshlangach topshiriladi!

Tashkilotchilarning beparvoligi sababli ikkinchi va uchinchi o'rinni almashtirib yozibmiz, to'g'rilab qo'ydik, buning uchun uzr so'raymiz!

#yangilik #tanlov
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz