Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
8K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
O’zbekiston: Xalqaro Yoshlar Sammiti 2020!

🏢 Qayerda:
Oʻzbekiston, Toshkent

👨‍👦‍👦Kim uchun: 16 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan mahalliy va xorijiy yoshlar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 01.04.2020

📰 1-3-may kunlari Toshkent shahri Yoshlar Ijodiyot Saroyida bo’lib o’tadigan “Xalqaro Yoshlar Sammiti 2020” (“International Youth Summit 2020”) uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Summitda 16-35 yoshda bo’lgan, barcha davlatlardan yoshlar qatnashishlari mumkin.

🔔 3 kunlik sammit davomida quyidagilar amalga oshiriladi:
Barqaror rivojlanishning maqsadlari to’g’risida ma’lumot
Muvaffaqiyatli insonlar tomonidan treninglar
“Global Village” madaniyat dasturi
Sog’liq, sifatli ta’lim, gender tengligi, munosib mehnat va iqtisodiy o’sish, iqlim harakati mavzularida muammolarga yechim izlash; case study
Xalqaro Yoshlar Sammitining besh yilligiga bag’ishlangan kecha
Loyihalar namoyishi
Taqdirlash marosimi

👉 Batafsil ma'lumot 👈

#sammit
Videodarslar| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
Forwarded from TAQI - Yoshlar Ittifoqi (Black hawk) via @like
Assalomu alaykum!!!

E'LON!!!
Hurmatli talabalar AutoCad, 3d max va shunga òxshash programmalarni òrganishni hohlaganlar uchun tekin kurslar ochilishi kutulmoqda.
Hohlovchilar ròyxatdan òting.

Barchasi biz talabalar uchun!!!

💬Aloqa:
ArFak: @blackhawk997
+998946003326
QBF @fayozbek9516
MQIF @eshmamatovkodir
BIQF @Uktam_Mamatkulov
2019-yildagi eng noyob 12 bino

2019-yilgi arxitektura ajablantiradigan binolarga boy bo'ldi. Biz sizga eng noodatiy qurilgan 12ta binolarni namoyish etamiz:

1️⃣ DQA/Zaha Hadid Architects - Yangi Pekin Daxing aeroporti arxitektor Zaha Hadid va uning Zaha Hadid Architects byurosi loyihasidir. Qurilishi 2016-yilda boshlangan, Pekin aeroportining ish jarayoni ko'pligi tufayli talab qilingan. Dasin shaharning qarama-qarshi tomonida joylashgan va 2025-yilga kelib yiliga 72 million yo'lovchiga xizmat qiladi: bu to'rtta uchish-qo'nish yo'lagida ega va yiliga 630 ming reys qabul qiladi. U potentsial kengayishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va yiliga 100 million yo'lovchiga, 4 million tonna yuk va 880 ming reysga ega. Olti burchakli yulduz shakli tufayli yo'lovchilar tezda istalgan zonaga - jo'nash, kelish yoki boshqa joyga o'tishlari mumkin. Radial dizayn ro'yxatga olish maydoni va internat eshiklari orasidagi masofani minimallashtiradi.
...

#maqola #qiziq
Videodarslar| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
📣 Malayziyadagi "Al-Buxoriy xalqaro universiteti"da o'qish uchun stipendiyalar dasturi

🔔
Al-Buxoriy xalqaro universiteti (Malayziya) kam ta'minlangan oilalar o'quvchilariga ta'limning turli sohalarida bakalavr ta'limida o'qish uchun (agar oylik daromadi 300 AQSh dollarigacha bo'lsa) 2020-2021 o'quv yili uchun stipendiya dasturini e'lon qiladi.

Al-Buxoriy jamg'armasi o'qish xarajatlari (akademik xarajatlar bilan birga), turar-joy, ovqatlanish hamda har oy 450000 malayziya ringgiti (taxminan 110 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiyani tashkil etadi.

☝️Xalqaro havo qatnovi – talabaning o'zi tomonidan qoplanadi.

Nomzodlar - hujjatlar va suhbat natijalariga ko'ra, shuningdek ma'lum talablarga javob berishi orqali tanlovdan o'tishi kerak.

☝️Shuningdek, tanlov ishtirokchilari quyidagi saytida onlayn ariza to'ldirishlari kerak: http://apply.aiu.edu.my

Qo'shimcha ma'lumotlar ushbu faylda ilova qilingan.

#tanlov #konkurs
Videodarslar| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
Ilova_Malayziya_Al-Buxoriy.pdf
5.2 MB
Malayziyadagi "Al-Buxoriy xalqaro universiteti"da o'qish uchun stipendiyalar dasturi ilovasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏛 "Zaha Hadid Architects" loyihalari - Eleftheria Square

👨‍🏫 Arxitektorlar
: Zaha Hadid & Patrik Schumacher & Christos Passas
🕰 Qurilgan yili: 2005-2020
🗺 Maydoni: 7175 kv. metr
🌆 Manzil: Nikosiya, Kipr

#Zaha_Hadid #loyiha #Zaha_Hadid_Architects
Videodarslar| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
«Коронавирусга чалинишдан кўра, лотерея ютиш эҳтимоли юқори»



Болгариялик врач Веселин Йолов коронавирус туфайли оммавий ваҳимага тушишни тўхтатишга ёрдам берадиган маълумотларни эълон қилди. 

Доктор ўқувчиларига Facebook даги саҳифаси орқали мурожаат қилиб, касалликни хотиржам қарши олиш ва ваҳима қилмаслик сабабларини санаб ўтган.


«100.000 дан кўпроқ киши коронавирусга чалинган. Улардан 77 мингги Хитойдан. Демак, агар сиз хитойлик бўлмасангиз ёки яқин орада у ерга бормаган бўлсангиз, у ҳолда ташвишланишингизнинг 94 фоизини олиб ташланг. 

Агар, ростдан ҳам коронавирусга чалинган бўлсангиз, бу ҳали ваҳима қилишга сабаб бўла олмайди, чунки: 

81 фоиз ҳолатда касаллик енгил шаклда кечади, 14 фоиз ҳолатда озгина оғир кечади. Фақат 5 фоизлик ҳолатларда аҳвол кескинлашади. 

Бу, ҳатто агар сиз коронавирусга чалинган бўлсангиз ҳам, тузалиб кетиш эҳтимоли юқори, деганидир. 

Атипик пневмониядан ўлим ҳолати 10 фоизни ташкил этган, COVID-19 коронавирусидан вафот этганлар нисбати эса 3,4 фоизни ташкил қилмоқда. 

Бундан ташқари, агар ўлим кўрсаткичларини ёшга қараб солиштирадиган бўлсак, ёши 50 дан паст бўлган кишиларда ўлим ҳолати атиги 0,2 фоиз. Бу дегани, агар сиз ҳали 50 ёшга тўлмаган бўлсангиз ва Хитойда яшамасангиз, лотерея ютиш эҳтимоли юқорироқ. 

Масалан, энг ёмон кун бўлган 10 феврални олиб кўрайлик. Ўша куни Хитойда 108 киши коронавирусдан вафот этган. 
Шу куни: 

26 минг 283 киши саратондан вафот этган; 

24 минг 641 кишининг ўлимига юрак хасталиги сабаб бўлган; 

4 минг 300 кишини диабет олиб кетди; 

2 минг 740 кишининг ҳаётига пашшалар зомин бўлди; 

1 минг 300 киши қотиллик сабаб ҳаётдан кўз юмган; 

137 кишини илон чақиб ўлдирган. 

Буларнинг барчаси шуни кўрсатмоқдаки, тутуриқсиз миш-мишлар таъсирига тушманг, дорихоналардан турли хил дори-дармонларни сотиб олаверманг, худди охирзамон келадигандек, озиқ-овқат захирасини тўпламанг! 

Эътиборингизни шахсий гигиенага қаратинг, сифатли овқатланинг, витаминлар қабул қилиб, иммунитетингизни кўтаринг ва яхши ҳаёт кечиринг!», деб маслаҳат беради Веселин Йолов.

© ЎзА


ФайзбоғУз телеграм каналига аъзо бўлинг:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL3NfcSopuzcfwL-w
Arxitektor-dizayner kerak - #vakansiya

💰Maosh: 100-600 $

👨‍⚕️ Alim Djurayev
☎️ +99897-7327744

#Toshkent #Yakkasaroy
Videodarslar| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
📣 Institutimizda hashar o'tkazilmoqda!

🔔 14-15 mart kunlari yurtimizda Umumxalq xashari o'tkazilishi to'g'risida hukumat farmoyishi asosida Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutida ham hashar-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, institutimizning rektorat binosida, Bino va inshootlar qurilishi hamda Arxitektura fakultetida, shuningdek, Talabalar turar joyida ham erta tongdan boshlab maydonlarni tozalash, daraxtlarni butash, bahoriy gullarni ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Talabalar bilan birgalikda bo'limlar hodimlari va pedagogik jamoa ham obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishmoqda!

#yangilik #hashar
@taqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏛 "Zaha Hadid Architects" loyihalari - Szervita Square Tower

👨‍🏫 Arxitektorlar
: Zaha Hadid & Patrik Schumacher
🕰 Qurilgan yili: 2006 TBC
🗺 Maydoni: 35 000 kv. metr
🌆 Manzil: Budapesht, Vengriya

#Zaha_Hadid #loyiha #Zaha_Hadid_Architects
Videodarslar| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Kolumbiya universitetining ilk o'zbek professori Aziza Shonazarova ayni kunlarda yurtimizda bo'lib turibdi!

U o'z intervyularida AQSH va O'zbekiston ta'lim tizimidagi farqlar, u yerdagi va yurtimizdagi talabalar orasidagi o'ziga xosliklar, "konspekt" masalasi
va shu kabi "masala"lar haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

☝️Videoni ko'rib bo'lganingizdan so'ng bitta savolimiz bor edi: Oxirgi bir oyda hech bo'lmasa bitta kitob tugatdingizmi?

#rolik
@taqi_uz
📣 DIQQAT DIQQAT!

🔔 O'zbekistondagi barcha Oliy ta'lim muassasalari, maktablar va maktabgacha ta'lim muassasalari vaqtincha karantinga olinadi! 16-martdan boshlab 3 hafta davomida yuqoridagi muassasalarning barchasi faoliyatini to'xtatadi!

☝️ Koronavirus yuqishiga qarshi ehtiyot choralari

🙏 Azizlar, vahima qilishga hojat yo'q! O'zingizni asrang, ehtiyot choralarini ko'ring! Oqibati hayrli bo'lsin! Barchamizni Alloh asrasin, dardmandlarga tez va hayrli shifo bersin!

☝️ Yangiliklar, o'qishga doir xabarlar bo'lsa kanalimiz orqali xabar beramiz! Rasmiy axborot manbalari (Prezident matbuot xizmati, Kun.uz yoki oliy ta'lim vazirligi telegram kanallari) ni kuzatib boring!

#xabar
@taqi_uz
Hurmatli talabalar!

Hozircha institutimiz rahbariyati tomonidan talabalarga ikki haftalik ta'til e'lon qilindi. Darslar bo'lmaydi!
Forwarded from Edu.uz
#Муҳим_хабар

Талабалар 2020 йил 16 мартдан икки ҳафта муддатга (ҳозирча) таътилга чиқарилади

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан коронавирус инфекцияси тарқалишининг олдини олиш мақсадида қуйидаги чора-тадбирлар белгиланди:

👉 барча олий таълим муассасалари (ОТМ), академик лицей ва касб-ҳунар коллежларида 2020 йил 16 мартдан эътиборан ўқиш тўхтатилиб, ўқувчи-талабалар икки ҳафта муддатга (ҳозирча) таътилга чиқарилади, таълим муассасаларида карантин жорий қилинади;

👉 Тошкент шаҳрида жойлашган ОТМлар талабалар турар жойлари (ТТЖ)дан талабалар доимий яшаш жойларига юборилади ва ТТЖлар 18 март куни, вилоятларда жойлашган ОТМлар ТТЖлари жорий йил 17 март куни ёпилади;

👉 бошқа вилоятлардан келиб, Тошкент шаҳрида таҳсил олаётган ўқувчи-талабалар автобус, поезд ва самолётларда доимий яшаш жойларига қайтиши учун қуйидаги манзилларда имтиёзли чипталар сотилиши йўлга қўйилади:

- ЎзМУ, вазирлик ҳузуридаги «Маънавият ва маърифат» Маркази, ЎзДЖТУ, ТТА ТТЖ ва ўқув биноси, ТИҚХММИ ТТЖ, ТДПУ ТТЖ;

👉 ОТМларда мавжуд модуллар профессор-ўқитувчилар томонидан тегишли контент билан тўлирилади ва таълим масофавий шаклда амалга оширилади;

👉 вазирликда, ОТМларда (проректорлар, факультет деканлари, мураббийлардан иборат) штаблар тузилади ва талабаларнинг таътилга чиқиши билан боғлиқ ташкилий ишлар мувофиқлаштириб борилади;

👉 таълимнинг сиртқи шаклида таҳсил олаётган талабалар ҳамда малака ошириш курсларига жалб қилинган ўқитувчилар учун таълим он-лайн шаклда ташкил қилинади;

👉 ҳар қандай оммавий тадбирлар (конференциялар, Наврўз байрами ва б.) ўтказиш тақиқланади, ОТМ илмий кенгаши йиғилиши ихчамлаштирилган таркибда ўтказилади, ихтисослашган кенгашлар фаолияти бундан мустасно;

👉 ОТМлар ва вазирлик ўртасида узлуксиз ахборот алмашинуви йўлга қўйилади.

ОЎМТВ ахборот хизмати

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ
Bir kishi safarga ketayotib, yo‘lda Vaboni uchratib qolibdi.
— Qayerga ketayapsan? — so‘rabdi vabo.
— Ziyoratga. Sen-chi?
— Sening yurtingga, besh ming kishini olib ketishga, — debdi vabo.

Har kim o‘z yo‘lida ketibdi. Yil o‘tib, ular yana o‘sha joyda ko‘rishib qolishibdi.

— Sen aldading, — debdi ziyoratchi vaboga — Besh ming kishini olib ketaman deb, yurtimdan ellik besh ming odamni olib ketibsan!

— Yo‘q, — e’tiroz qildi vabo, — Men rostdan ham besh ming kishini olib ketdim. Qolgani qo‘rqqanidan o‘ldi...

Qissadan hissa:
Odamni kasallikdan ko‘ra, vahimasi o‘ldiradi.

@mehrob_uz
Assalomu alaykum!
Kuningiz hayrli bo'lsin azizlar!

📣 Karantinning birinchi kunidan reportaj:
- Ko'chada odamlar oqimi odatdagidek, mashinalar viz-viz
- Avtobuslar o'sha-o'sha, tiqiiin (men 13-da keldim)
- Metroda haliyam jetonsiz kiritishmayapti, odam ko'p, o'tirib kelish nasib qilmadi (Chilonzor yo'lida)
- Bodomzor metrodan chiqib kelayotgandagi chorrahadagi svetofor haliyam 7 sekund yonyapti, deyarli yugurib o'tdim
- ...

☝️ Xullaaas, hammasi joyida azizlar!
👍 Ko'rishguncha!

#reportaj #karantin
@taqi_uz
🗳 Hurmatli kanalimiz a'zolari! Karantin bo'lib, darslar qoldirilgan, salkam vahima (😊) vaziyatida kanalga nimani post qilsak ekan-a? Avvalgidek davom etaveraylikmi yoki takliflar bormi?
Anonymous Poll
59%
👍 Odatdagidek davom etavering, olg'a!
41%
🤔 Kanal dam olsin, faqat yangiliklarni bering!