Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Biz birmiz...

Har tong duo qilar otam va onam,
So'raydi Allohdan xotirjamlikni.
Bugun men tilayin ona xalqimdan,
Ko'rinmas yov uchun birga jamlikni.

Bizda bor sinovga qarshi matonat,
Kelajakka bo'lgan tuyg'u mushtarak.
Yengamiz albatta kelgan ofatni,
Biz birmiz, bir xalqmiz, bir orzu-istak.

Abdurahimov Navro'zbek
Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti talabasi

#nazm #talabalar_ijodidan
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Yangi O‘zbekiston!

O‘rta Osiyo qadimiy maskanlardan xisoblanib, Dunyo san’ati va adabiyoti taraqqiyotiga munosib xissasini qo‘shib kelgan. Shuningdek bu o‘lkada yaratilgan me’morchilik durdonalari xam jaxon xalqlari me’morchiligi orasida munosib o‘rinda. Jumladan Somoniylar maqbarasi, Minorai Kalon, Xo'ja Axmad Yassaviy xonaqoxi, Samarkand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz va boshqa qator shaxar me’moriy ansambllari o'zining badiiy ifodasi, serjiloligi bilan kishilar diqqatini tortib kelmoqda. ...

O'sib kelayotgan yosh avlod zamonaviy talablarga javob beruvchi yangi binolarda ta’lim olmoqda. Sog‘likni saqlash ob’ektlari qurilishida xam ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Zamonaviy O'zbekiston arxitexturasida ana shunday rivojlanish jarayoni xozirgi kunda xam jadal sur’atlarda davom etmoqda. ...

#maqola #foydali #talabalar_ijodidan
Videodarslar|YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz