Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Forwarded from TAQI - Yoshlar Ittifoqi (shakhnoze)
Siz tanladingiz va musobaqa albatta bo'ladi!
Murojat uchun: @Uktam_Mamatkulov
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#sport
@taqi_yi
Hurmatli talabalar va professor-o'qituvchilar!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi 122-son qarori bilan respublikamizdagi OTMlar ma'lum bir sport turlariga ixtisoslashtirilishi belgilangan. Qarorga ko'ra Toshkent arxitektura-qurilish institutini BADMINTON va SHAXMATga ixtisoslashtirish, ushbu sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etish belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida 2020-yil 24-dekabr kuni BADMINTON bo'yicha institut chempionati tashkil etiladi.
Musobaqa Rektorat binosi joylashgan hududda (Toshkent Moliya institutining oldingi binosi) 24.12.2020 kuni soat 12:00 da boshlanadi.

☝️ Qiziquvchilar uchun vaqtliroq soat 10:00 dan boshlanadi.

#yangilik #sport #badminton
@taqi_uz
Milliy kurash sport turi bo'yicha Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektor kubogi

Vazn toifalari: 60,66,73,81,90,100,+100 kg.

Manzil: Yunusobod mashinasozlik kolleji sport zali

Vaqti: 25-fevral kuni soat 10:00 da vazn o'lchash va musobaqa bo'lib o'tadi.

Murojaat uchun:
(90) 994-87-40,
(98) 360-48-44,
(97) 735-67-63

#elon #musobaqa #sport
@taqi_uz
📣"Sog'lom ayol-sog'lom jamiyat" shiori ostida "Ayollar spartakiadasi" bo'lib o'tdi.

👉 Transport, yo'l va qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi tomonidan o'tkazilgan ushbu tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish instituti o'qituvchilari ham ishtirok etdilar.

🏓Xotin - qizlar o'rtasida o'tkazilgan "Ayollar spartakiadasi"da stol tennisi bo'yicha "Iqtisodiyot va ko'chmas mulkni boshqarish" kafedrasi dotsenti Karima Tashmuxamedova hamda shaxmat sport turi bo'yicha doktorant Iroda Salimovalar bellashdilar.

🥉Iroda Salimova shaxmat sporti turi bo'yicha faxrli 3-o'rinni egalladi va kasaba uyushma tomonidan esdalik sovg'a hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.

🤝Institutimiz sharafini himoya qilgan barcha ayol qizlarimizni g'alaba bilan tabriklaymiz!

TAQI Matbuot xizmati

#xushxabar #yangilik #sport
@taqi_uz
🏃‍♀️ Sport sog'lik garovi

Toshkent arxitektura-qurilish instituti xotin-qizlaridan iborat jamoasi sport mashg'ulotlarida

Institut xotin-qizlari sog'lom turmush tarziga rioya etgan holda ishdan bo'sh vaqtlarini sport bilan hamnafas o'tkazishmoqda

#sport
@taqi_uz
⚡️⚡️DIQQAT E'LON⚡️⚡️

📣 15-26-aprel kunlari kattalar o'rtasida Osiyo chempionati o'kazilishi belgilangan.

📣 20-31-may kunlari o'smirlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tadi.

🔸 Shu munosabat bilan, mazkur chempionatlarda talabalar darsdan bo'sh vaqtlarda ixtiyoriy ravishda tomoshabin sifatida ishtirok etishi mumkin.

👉 Ma'lumot uchun: chempionat og'ir atletika sport turi bo'yicha yuqori saviyada o'tkazilishi rejalashtirilgan.

🔸 Agar sizda o'gir atletika sport turiga qiziqishingiz bo'lsa, sizda chempionatni jonli ko'rish imkoniyati mavjud.

👉 Manzil: O'zbekiston sport majmuasi.

TAQI Matbuot xizmati

#sport #chempionat #atletika
@taqi_uz
⚡️ SPORTNI SEV, SPORT BILAN YASHA

🔸 Toshkenta arxitektura-qurilish institutida bugun talaba-qizlar hamda professor-o'qituvchilar o'rtasida sport musobaqa tashkil etildi.

🏃‍♀⛹‍♀ Ushbu sport musobaqasi institutning Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi tomonidan tashkil etilda va aynan sportning estofeta, arqon tortish, valeybol, shashka, stol tennis turlari bo'yicha ishtirokchilar kuch bellashishdi.

Mavzuga batafsil qaytamiz

#fotoreportaj #sport
@taqi_uz
🏆 MUNOSIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

🔸 Kuni kecha institut miqiyosida xotin-qizlar o'rtasida o'tkazilgan sport musobaqasi juda yuqori kayfiyatda bo'lib o'tdi.

🏆 🥇🥈🥉G'olib bo'lgan jamoalar institutning faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.

💐 Sport musobaqasida o'zining faolligi, tashabbuskorligi bilan ishtirok etgan talaba-qizlar va proffessor-o'qituvchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

#golib #faxriy #sport
@taqi_uz
#uchrashuv #sport

🏋️‍♂️Ogʻir atletika bo'yicha Olimpiada chempioni, "O'zbekiston iftixori" unvoni sohibi Ruslan Nurudinov bilan uchrashuv.

❗️Joriy yilning 23-sentabr kuni soat 10:30 da Toshkent arxitektura-qurilish instittuti Arxitektura fakuteti Talabalar kovorking markazida Ogʻir atletika bo'yicha Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinov bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvda sportga qiziquvchi yoshlarni kutib qolamiz.

@taqi_uz