Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
👷‍♂️5340300 - SHAHAR QURILISHI VA XO‘JALIGI

Kasbiy mutaxassisliklar
:
- Obodonlashtirish bo'yicha texnik, turar joy va jamoat binolaridan foydalanish va ko'chmas mulkni ro'xatga oluvchi, lift va ko'tarma mexanizmlardan foydalanish va ta'mirlash texnigi.

Ixtisosliklar:
- Oliy (binolar va shahar hududlarini qayta qurish, tiklash, obodonlashtirish va ulardan foydalanish, shahar transporti xo‘jaligi va aloqa yo‘llari) –arxitektura-qurilish institutlari, texnika oliy o‘quv yurtlari.

Qobiliyatlar:
- ishchanlik, mas’uliyat, sinchkovlik, diqqat va yaxshi xotira.

Fanlar:
- matematika, fizika, chizmachilik, jismoniy tarbiya, ona tili, chet tili, texnologiya, chilangarlik ishi.
...

#maqola #yunalish #kasblar #shaharsozlik
@taqi_uz
#SEMINAR

⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish instituti kovorking markazida “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan Vazirlar Mahkamasining "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyatini ekspertiza sohasida akkreditatsiyadan o‘tgan (guvohnomaga ega) yuridik tashkilotlar, qurilish sohasida buyurtmachi, loyihachi, pudratchi va boshqa aloqador tashkilotlarga tushuntirish maqsadida seminar tashkil etildi.

📄 Unda “Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi

🔸 Nizom;

🔹 Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida joriy etilishini ta’minlash va uning tartibi;

🔹 Ekspertiza sohasida akkreditatsiyadan o‘tgan yuridik tashkilotlarning huquq va majburiyatlari;

🔹 Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati masalalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

#ekspertiza #shaharsozlik
@taqi_uz
Архитектура, қурилиш ва шаҳарсозлик масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Лойиҳалаш ва қурилиш ишлари бўйича янги тизим жорий этилиши белгиланди. Ҳудудларнинг Бош режаси ва “мастер режа”ларини ишлаб чиқиш бўйича Республика кенгаши тузилади, Қурилиш вазирлигида Бош архитектор лавозими жорий қилинади.
Шаҳарсозлик қоидаларини такомиллаштириш ҳамда халқаро меъёрларга мослаштириш зарурлиги таъкидланди.
Вилоят ҳокимликлари қошидаги Ягона буюртмачи компаниялар фаолияти таҳлил қилинди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам архитектуры и градостроительства.
Определено внедрение новой системы регулирования проектирования и строительных работ. Будет создан Республиканский совет по разработке генеральных и мастер-планов регионов, в Министерстве строительства вводится должность Главного архитектора.
Подчеркнута необходимость совершенствования градостроительных правил и приведения их в соответствие с международными нормами.
Проанализирована деятельность компаний единого заказчика при хокимиятах областей.

#Mirziyoyev #videoselektor #qurilish #shaharsozlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter