Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
8.16K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
⚡️⚡️"Maktab va oliy ta'lim integratsiyasi"

🔸 Toshkent shahar Yashnobod tumani Xalq ta'limi bo'limiga qarashli umumta'lim makrablarida Oliy ta'lim muassasalari xodimlari bilan "Maktab va oliy ta'lim integratsiyasi" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

🔸Toshkent arxitektura-qurilish instituti jamoasi 231-maktabning majlislar zalida 155 - maktab, 30 - maktab, hamda 231 - maktab bitiruvchilari bilan davra suhbati olib bordi.

🔸 Dastlab maktab bitiruvchilariga institut faoliyati aks etgan videorolik namoyish etildi hamda institutning tarqatma materiallari tarqatildi. O'quvchilarga savol javob tarzida Toshkent arxitektura-qurilish instituti haqida ma'lumotlar berildi.

🔸 Ushbu maktab bitiruvchilari orasidan etuk muhandislar, arxitekturlar, mamlakatimiz chiroyiga chiroy qo'shadigan dizaynerlar, jamiyatimiz rivojiga o'z xissasini qo'shadigan quruvchilar chiqishiga ishonamiz.

TAQI Matbuot xizmati

#foto #jarayon #mahalla #maktab
@taqi_uz
📚 KITOBXONLIK TARG'IBOTI

🔹 Qurilishni boshqarish fakulteti tomonidan "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish” mavzusida tadbir tashkil qilindi

🔹 Tadbirda fakultetning 33-20 Mo' guruh talabalari murabbiy N.M.Mamatqulova boshchiligida “Minor” mahallasidagi kutubxonaga kitoblar sovg'a qilishdi.
#mahalla
@taqi_uz
⚡️ Odam savdosi - davr muammosi

🔸 Toshkent arxitektura-qurilish institutining Bino va inshootlar qurilishi fakulteti tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

🔸 Davra suhbati "Odam savdosi - davr muamosi", "Diniy ekstremizm va terrorizm yoshlar kelajagiga tahdid" mavzularida bo'lib o'tdi.

🔸 Mazkur tadbirda Toshkent shahar, Yunusobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo'limi katta tezkor vakili, podpolkovnik A.Nasriddinov, institutga biriktirilgan Yunus ota MFY profilaktika inspektori, katta leytenant I.Nig'matov, 6 - Ichki ishlar bo'limi xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektor, katta leytenant N.Ubaydullaeva, Yunus ota MFY raisi A.Samigov hamda institut professor-o'qituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etdi.

#davr #muammo #ekstremizm #mahalla
@taqi_uz
⚡️⚡️Taxtapulda bir kun⚡️⚡️

“Аrxitekturaviy loyihalash” kafedrasi pedagog-oʼqituvchilari hamrohligida Toshkent shahar Shayhontoxur tumani, “Taxtapul” mahalla fuqarolar yigʼinida yoshlarning maʼnaviy-ahloqiy holatiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi xuquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʼllari rejasiga muvofiq tadbir oʼtkazildi.

Mahalla tadbirida institutning 2-20 Аu, 1b-19 Аu talabalari ishtirok etdi.

“Аrxitekturaviy loyihalash” kafedrasi pedagog-oʼqituvchilari tomonidan, “Taxtapul” mahalla yoshlari oʼqib, oʼz bilim darajasini kengaytirishi maqsadida 30 dan ortiq badiiy, ertak va psixoligiyaga oid kitoblar taqdim etildi.

Suhbatdan soʼng “Taxtapul” mahallasida 100 yoshga toʼlgan, 2-jahon urush qahramoni Jamila opa Nurmuhammedova xonadonida bo'lishdi. Onaxon 60 yil doyalik qilib, ko'plab oilalarga quvonch ulashgan ekanlar.
#mahalla
@taqi_uz
⚡️⚡️ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-sonli Farmoniga ko'ra har bir OTM o'zi joylashgan hududdagi mahalla fuqarolar yig'inlaridagi yoshlar bilan manzilli ishlar olib borish, ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni turli to'garaklarga jalb etish kabi vazifalar belgilangan.

Ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida "Qurilishni boshqarish" fakulteti dekani va kafedra mudirlari biriktirilgan mahallalarga tashrif buyurdi.
#mahalla
@taqi_uz
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi "Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-6208-sonli Farmoni ko'ra har bir OTM o'zi joylashgan hududdagi mahalla fuqarolar yig'inlaridagi yoshlar bilan manzilli ishlar olib borish, ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni turli to'garaklarga jalb etish kabi vazifalar belgilangan.

🔸 Ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida "Muhandislik qurilish infrastrukturasi" fakulteti dekani va kafedra mudirlari institutga biriktirilgan Yunusobod tumanida joylashgan mahallalarga tashrif buyurdi.

#mahalla
@taqi_uz
⚡️ "Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy"

🔸 Toshkent arxitektura - qurilish instituti “Iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish” kafedrasi mudiri dotsent Abdullo Turdiev Sagdullaevich tashabbusi bilan kafedraning professor o‘qituvchilari “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida Toshkent shahri, Yunusobod tumani, “Qadrdon” mahalla fuqorolar yig‘iniga tashrif buyurib, tuzilma bilan yaqindan tanishishdi.

Mahalla aholisi va ayniqsa, yoshlar tarkibi, ishsizlar ulushi kabi ma’lumotlar o'rganib chiqildi.

Undan tashqari mahallaning “Temir daftar”, “Ayollar ro‘yhati” daftaridagi qayd etilgan fuqorolarning muammolariga amaliy yordam ko‘rsatishni maqsad qilib belgilab olindi.

#mahalla #homiy
@taqi_uz
Президент Олмазор туманидаги Университет маҳалласига борди.
Фуқаролар йиғини биноси замонавий таъмирланган. Уйлар ҳовлиси, майдончалар обод қилиниб, ички йўллар бетон билан текисланган, 700 метр узунликдаги велосипед йўлаклари қурилган. 19 та кўп қаватли уйнинг қиёфаси, йўлаклари яхшиланди.
Президентимиз маҳаллада бажарилган ишларни кўздан кечирди. Маҳалла фаоллари, нуронийлар билан суҳбатлашди, шу ерда фаолият юритаётган бошқарув сервис компанияси фаолияти билан танишди.

Президент посетил махаллю “Университет” в Алмазарском районе.
Выполнен современный ремонт здания схода граждан. Благоустроены дворы домов, детские площадки, внутренние дороги покрыты бетоном, построено 700 метров велосипедных дорожек. Обновлены фасад и подъезды 19 многоквартирных домов.
Президент ознакомился с работой, проделанной в махалле, побеседовал с активистами и старейшинами, а также ознакомился с работой местной управляющей сервисной компании.

#Mirziyoyev #tanishuv #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter