Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
📣 Assalomu alaykum!

Kanalimiz a'zolari va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida kichkinagina qo'llanma tayyorladik. 👇
Quyida kanalimizdagi materiallar mavzularga bo'lingan holda heshteglari bilan berilgan, o'zingizni qiziqtirgan mavzu bo'yicha berilgan heshteg (# belgisi bilan berilgan yozuv)ni ustiga bossangiz kifoya: ayni shu mavzudagi materiallarni tez va oson topishingiz mumkin!

1️⃣ Yangilik, e'lon, tanlov va grantlar:
#yangilik #elon #abituriyent
#tanlov #stipendiya #grant
#talaba

2️⃣ Barcha videodarslar - #videodars
#AutoCAD #PhotoShop #Revit
#lira_sapr #CorelDRAW #Lumion
#taxeometr #geodeziya #3DMax
#Adobe_XD #geodezist

3️⃣ Institutimizdagi yo'nalishlar:
#yunalish #kasblar

4️⃣ Bo'sh ish o'rinlari: #vakansiya

5️⃣ AutoCADda tayyor loyihalar namunalari:
#dwg #tayyor_loyiha

6️⃣ Talabalar loyihalari: #talabalar_loyihalari

7️⃣ Foydali materiallar, maqola, rolik, ...:
#foydali #rolik #dizayn
#qiziqarli #qiziq #timelapse
#LifeHack #maqola #ajoyib
#Landshaft #texnologiya #havfsizlik

8️⃣ Hazil va mulohaza rukni:
#tabassum #mulohaza
#ijtimoiy_reklama

9️⃣ Bonus materiallar:
#tuhfa #hikoya #mp3
#hikmat #hadis #sitata
#iqtibos

#heshteg
@taqi_uz
Eshak bilan tulki maysaning rangi haqida tortishib qoldi. Eshak maysaning rangini sariq dedi, tulki esa yashil dedi. Ikkovining bahsi kuchayib ketgach, uni hal qilib berishni so‘rab o‘rmon podshohiga borishdi. Hukmni eshitishga barcha hayvonlar kelishdi. Kutilmaganda o‘rmon podshohi eshakni aybsiz deb e’lon qilib, tulkini esa bir oy qamashga hukm qildi. Tulki hukmga qarshi chiqib, sherga: «Axir maysaning rangi yashil emasmi?» degan edi, sher: «To‘g‘ri», dedi. Tulki: «Unda nima uchun mening zararimga hukm chiqarding, men xato qilmabman-ku?» dedi. Shunda sher: «To‘g‘ri! Sen fikr bildirishda xato qilmading. Lekin sen bu masalada eshak bilan bahslashib xato qilding. Tushunmaydigan, gap uqmaydigan, bahslashishni bilmaydiganlar bilan tortishganing uchun seni qamashga buyurdim», dedi.

Xulosa sizdan...

#hikmat
Manba: @mehrob_uz
Bir hakim zotdan: «Nima uchun sizga yomonlik qilgan kishidan o‘ch olmaysiz?» deb so‘rashdi. Donishmand tabassum bilan dedi: «It meni tishlasa, men ham uni tishlashim kerakmi?»

#hikmat
@mehrob_uz
Bir adibdan so‘rashdi:
- «Hikmatlarning eng go‘zali qaysi?»
U dedi:
- «Yetmish yildan beri kitob o‘qib, mana bu so‘zlardan go‘zalrog‘ini topmadim:
«Toatning mashaqqati ketadi, savobi qoladi.  
Gunohning lazzati ketadi, jazosi qoladi».
Xo‘sh, sen o‘zing uchun qaysi birini tanlading?

#hikmat
@mehrob_uz
Hech qachon «Vaqt topa olmayapman» dema! Barcha buyuklarning ham bir kuni 24 soat bo‘lgan, undan oshib ketmagan.

#hikmat
@mehrob_uz
Sukut javob berishning imkoni yo‘q degani emas. Sukutning ikki maqsadi bor:
– Mayda-chuyda narsalarga e’tibor bermaslik;
– Gapirishdan foyda yo‘q ekanini his qilish.

#hikmat
@mehrob_uz
Jahl ustida qilingan qaror(xato)ni tuzatib bo'lmaydi!

#hikmat
@taqi_uz