Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
👷‍♂️5340100 - Arxitektura (turlari bo'yicha)

Kasbiy mutaxassisliklar
:
- Bino va inshootlar bo'yicha texnik arxitektor

Ixtisosliklar:
- Oliy (bino va inshootlar arxitektori, arxitektura yodgorliklarini tiklovchi, landshaft arxitektori, shaharsozlik va qishloq aholi yashash joylarini kompleks quruvchisi, interer va jihozlarni loyihalovchi) – arxitektura-qurilish institutlari, arxitektura-qurilish fakultetlariga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari

Qobiliyatlar:
- binolarga san’atkorona ishlov berishga bo‘lgan yuqori qiziqish; san’atkorona qobiliyat.

Fanlar:
- chizmachilik, matematika, fizika, tasviriy san’at, tarix, adabiyot va ona tili, informatika, iqtisodiy bilim asoslari, chet tili, estetika.
...

#maqola #yunalish #kasblar #arxitektor
@taqi_uz
📝 Mashxurlar haqida maqolalar - Zaha Hadid

Zaha Hadid 1950-yilda Iroqning Bag'dod shahrida o'rtaxol oilada dunyoga kelgan. Uning otasi Muhammad al-Haj Xusayn Xadid sol-liberal qarashlarini saqlab qolgan va Milliy demokratik partiyasi asoschilaridan bo'lgan. Uning onasi Vajih al-Sabunji Musullik rassom bo'lgan.

Avvaliga Zaha Beyrut shahridagi Amerika Universitetida matematikani o'rganadi. 1972-1977-yillarda Londondagi Arxitektura Assotsiatsiasida tahsil oladi. U o'z karyerasini o'zining ustozi taniqli golland arxitektori va dekonstruktivizm nazariyotchisi Rem Kolxas byurosida boshlaydi, 1979-yil Zaha Hadid o'zining shaxsiy "Zaha Hadid Architects" nomidagi firmasiga asos soladi.

Zaha Hadid deyarli O'smirlik davridanoq buyurtma va o'zining shaxsiy qiziqishlari uchun juda ko'plab loyihalar ustida ishlaydi va ijod qiladi.
Hadidning fikriga ko'ra, uning ishiga qiziqish ortishi 1997 yilda Frank Geyri tomonidan ishlab chiqilgan Bilbao shahridagi Guggenxaym muzeyining binosi qurilganidan so'ng boshlangan. 2003-yilda ochilgan Rosenthal Zamonaviy san'at markazining (AQSH) qurilishida ishtirok etganidan so'ng, uning g'oyalari haqiqatdan ham ommalashgan. Me'moriy sifatida, Hadid har doim ham umumiy qabul qilingan kanonlarni yo'q qilish va tanish maydonning chegarasini "uzaytirish" ga harakat qilib, uni kuchli dinamik kuchga aylantirdi. Zaha Hadid Xuddi shu maqsadda an'anaviy geometriya, perspektivaning tugallanishini, o'tkir burchaklarni va qiyshiq chiziqlarni rad etgan holda ichki harakat va deformatsiyani kuchaytirgan.
Zaha Hadid 2016-yil 31-martda (65 yoshida) yurak xuruji bilan Mayamida vafot etdi. U juda ko'plab loyihalarni amalga oshirish uchun yaratib ketdi.

Tarjima muallifi: Jo'rayev Dilshod, Arxitektura fakulteti talabasi

#maqola #arxitektor #Zaha_Hadid
@taqi_uz
Patritsiya Urkiola 1961-yilda tavallud topgan, 1989-yilda keyinchalik o’zi murabbiy bo’lib ishlagan Milan politexnika institutini tamomlagan.

Dizayn olamidagi ustozlari – Akille Kastil’oni va Viko Majistretti – unga real dizaynga yangicha qarashni o’rgatishdi.

1990-1992 yillarda u Milan politexnika instituti va Parijdagi Sanoat dizayni oliy maktabida dars berdi. 1993-1996 yillarda Kastil’onining jamoasida ishladi, dizaynerlik loyihalari yaratishda, ko’rgazma pavilyonlarini shakllantirishda ishtirok etdi.

1996-yili u P’ero Lissoni kompaniyasi (Lissoni and Associates) da rivojlantirish bo’limi boshlig’i etib tayinlandi, 1998-yildan mashxur yumshoq mebellar ishlab chiqaruvchisi Moroso bilan hamkorlik qila boshladi, 2001-yilga kelib hozirgi kunda B&B, Lissoni Associati, Marks&Spencer, Alessi, Knoll Driade, Molteni va shu kabi mashxur firmalar bilan hamkorlik qilauvchi o’zining xususiy arxitektura va dizayn studiyasini ochdi.

Dizaynerlikdagi xizmatlari uchun u A&W Designer of the Year va Design Prize Cologne mukofotlariga munosib ko’rilgan.

Ko’plab sayohatchilar dunyo bo’ylab tarqalgan Mandarin Oriental Hotel otellar tarmog’ini yaxshi bilishadi. Bu tarmoqning Barselonadagisi – Patritsiya Urkiolning loyihasi.

...

Kelajak haqida Patritsiya – “Dizayndaku uslubimni deyarli topganman, men haligacha arxitekturada o’z yo’limni topishga harakat qilayapman. Balki, besh yildan so’ng men bu bilan ham boshqasi bilan ham shug’ullanmasman. Toskanda makram to’qib olishim ham mumkin. Ayol bo’lish – mening fikrlash tarzimning bir qismi. Men hech kimga hech narsani isbotlashga majbur emasman!” – deydi ilhomlanib.

Tarjima muallifi: Adminjon

#maqola #arxitektor #dizayner #Patritsiya
@taqi_uz
📝 Qisqa biografiyasi
Foster Manchesterda, ishchi oilasida tug'ilgan. Otrasi Robert lombard xo'jayini, onasi Lili esa ofitsiant bo'lgan. 16 yoshida maktabni tugatgach, u Manchester g'aznachilik idorasida ishladi. So'ngra u Qirollik havo kuchlari safida xizmatni o'tadi. 1956-yili u xizmatni tugatgach Manchester universitetiga shaxarsozlik va arxitektura bo'yicha o'qishga kirdi. Yel universiteti Arxitektura maktabidagi ikki yillik magistratura tahsili davomida u Richard Rojersni uchratdi va birgalikda "To'rtlar byurosi"ni yaratishdi.

🏰 Ba'zi loyihalari:
Ostona shaxrida Foster jamoasi Gulzifa Abileva bilan hamkorlikda "Tinchlik va hamkorlik saroyi" (2006) va "Xan-Shatir" savdo-ko'ngilochar markazi (2010), 1-prezident kutubxonasi (2013) loyihalarini amalga oshirdi;
Moskvada o'z arxitektura byurosi bilan birgalikda "Moskva Siti" loyihasi doirasida 612 metrli "Moskva" minorasi loyihasi ustida ishladi;
Sankt-Peterburgda Foster byurosi Yangi Gollandiya oroli rekonstruksiyasi ustida ishladi;
Qrimdagi Opolznevoe posyolkasidagi "MRIYA" mehmonhona majmuasi (hozirgi nomi Mriya Resort & SPA) ni loyihaladi.

🏆 Mukofotlari:
Imperator va Pritsker mukofoti
Rossiya badiiy akademiyasining horijiy faxriy a'zosi
Qozog'iston Respublikasi Birinchi Prezidentining tinchlik va taraqqiyot uchun davlat mukofoti laureati, 2014

#maqola #arxitektor #Norman #Foster
@taqi_uz