Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
#Adliya_xabari

Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha umummilliy imtihonga ro'yxatdan o'tish davom etmoqda

🔰
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy” deb e'lon qilingan.

▶️ Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o'tkaziladi.

Imtihonda qatnashish uchun 8-mart.adliya.uz saytida ro'yxatdan o'ting.

📌 Tanlov shartlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

🎁 G'oliblar quyidagi sovg'alar bilan taqdirlanadi:

● 1-o'rin – televizor;
● 2-o'rin – oshxona kombayni;
● 3-o'rin – multivarka.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va sovrinlarni qo'lga kiriting!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Pensiya va nafaqalarni oshirish bo'yicha Prezident farmoni imzolandi.

🔰Farmonga ko'ra, 2022-yil 1-maydan pensiya va nafaqalar 12 foizga oshiriladi.

Shuningdek:

🔹 eng kam pensiya oladigan 725 ming nafar aholining pensiyasi 14 foizga (440 ming so'mdan 500 ming so'mga) oshiriladi;

🔹 9 may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo'lgan fuqarolarga 15 million so'mdan beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
❗️Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi

🔰 Oliy Majlis Senatining yigirma oltinchi yalpi majlisida “Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida”gi Qonun ma'qullandi.

🔸Qonunda Prezident, Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari aniq ko'rsatib o'tilmoqda.

🔸Qonun bilan davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishning huquqiy asoslari yaratilmoqda, ya'ni davlat xizmatchilarining faoliyati eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlari (KPI) asosida baholanishi qat'iy belgilanmoqda. Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi.

🔸Qonunda xalqqa xizmat qilish davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplaridan biri etib belgilanmoqda.

Qonun normalari faqatgina davlat reestriga kiritiladigan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilariga nisbatan tatbiq etiladi.

#adliya_xabari
@taqi_uz
#Adliya_xabari

⚡️ 9-IYUL QURBON HAYITI BAYRAMI ETIB BELGILANDI

“Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2022-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9-iyul – shanbaga to'g'ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

❗️Prezident farmoniga muvofiq, 2022-yilda qo'shimcha dam olish kunlari belgilangan.

🔰 Shunga ko'ra, Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat'i nazar 4 kun dam olinadi. Bunda:

● 9-iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
● 10-iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
● 11-iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni;
● 12-iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo'shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16- iyul (shanba) dan ko'chirilgan dam olish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️ Talabalar o'qishini xorijiy davlatlardan ko'chirishi bo'yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

🔰 Talabalar o'qishini xorijiy mamlakatlardagi (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o'rindan birini egallagan) oliy ta'lim tashkilotlaridan davlat OTMning mos va turdosh ta'lim yo'nalishlariga ko'chirish bo'yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi.

🖥 Arizalar 15 iyuldan 5 avgustgacha my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan)” bo'limi orqali qabul qilinadi.

🌐 Xorijiy davlatlardan o'qishni ko'chirish bo'yicha o'tish ballari bilan info.edu.uz sayti orqali tanishish mumkin.

🚫 Talabalar o'qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta'lim tashkilotlaridan davlat oliy ta'lim muassasalarining mos va turdosh bo'lmagan ta'lim yo'nalishlariga ko'chirishga ruxsat etilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️ Abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish muddatlari uzaytirildi

2022–2023-o'quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish muddatlari uzaytirildi.

Unga ko'ra, abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish 2022-yil 27-iyulgacha (27-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o'tkaziladigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga esa abituriyentlar 17 iyulgacha (17-iyul kuni ham) ro'yxatga olinadi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o'z ma'lumotlarini o'zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo'ladigan bo'lsa, sertifikat ma'lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

🌐 Ro'yxatga olish DTMning rasmiy veb-sayti – my.dtm.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi.

⚠️ Eslatib o'tamiz, abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bo'lgan 5 tagacha bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

🔗 2022/2023-o'quv yili uchun o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Barcha abituriyentlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Prezident farmoniga muvofiq, 2022-yilda qo'shimcha dam olish kunlari belgilangan.

🗓 Shunga ko'ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan dam olish kunlaridan keyin 5-sentyabr (dushanba) kuni barcha ta'lim muassasalarida 2022-2023-o'quv yili dars jarayonlari boshlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Mustaqillik bayramida necha kun dam olamiz?

❗️2022-yilda qo'shimcha dam olish kunlari belgilangan Prezident farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami arafasida 4 kun dam olinadi.

🔰 Bular:

1-sentyabr (payshanba) – Mustaqillik bayrami kuni;
2-sentyabr (juma) – qo'shimcha dam olish kuni;
3-sentyabr (shanba) – 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni;
4-sentyabr (yakshanba) – umumiy dam olish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️“Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun” mavzusida xalqaro konferensiya o'tkaziladi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqilib muhokamaga joylashtirilgan.

🗓 Kodeks loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalarni muhokama qilish, loyihani takomillashtirish bo'yicha fikrlar almashish maqsadida vazirlik tashabbusi bilan joriy yilning 7-sentyabrida “Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil qilinmoqda.

📁 Konferensiyada Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, mahalliy va 10 ga yaqin xalqaro tashkilotlar ekspertlari, ilmiy hamjamiyat, o'rta va yirik biznes vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

📍Konferensiya “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida onlayn va offlayn rejimda o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Barcha davlat OTMda super-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi

🔰 Xabaringiz bor, 2022/2023-o'quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to'lov-kontrakt asosida o'qitish qiymati miqdorlari oshirilmadi.

2022/2023-o'quv yili uchun barcha davlat OTM bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bazaviy to'lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi. Bu haqda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi.

➡️ Yo'nalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt miqdorlari bilan jadval orqali tanishishingiz mumkin.

⚠️ Shuningdek, to'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlarini ajratish tartibi bilan bu yerda tanishing.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_xabari

‼️Uy-joy ijara shartnomasi bir tomonlama o'zgartirilmaydi va bekor qilinmaydi

So'ngi vaqtlarda mamlakatimizga xorijdan tashrif buyuruvchi fuqarolarning keskin ko'payishi kuzatilmoqda. Xorijiy fuqarolar oqimining ortishi albatta turistik salohiyatimiz uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga bu jarayonda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan uy-joy ijarasi orqali ko'proq daromad olish maqsadida avval ijaraga berilgan kvartiralardan ijarachilarni majburlab chiqarib yuborish yoki asossiz ravishda narxni oshirish holati kuzatilmoqda.
Uy-joy egalarining ushbu harakatlari Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari talablarini buzilishiga sabab bo'lishi hamda kvartiralarni ijaraga berishning ayrim muhim huquqiy asoslari to'g'risida eslatib o'tmoqchimiz.

1️⃣ Kvartirani ijaraga berish bo'yicha shartnoma shakli

📄 Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

📌 Bunda shartnoma soliq organlarida davlat hisobiga qo'yilishi kerak.

📝 Shartnomani davlat hisobiga qo'yish ijara.soliq.uz portali orqali bepul amalga oshiriladi.

🗓 Shartnomani davlat hisobiga qo'yish ijaraga beruvchining majburiyati hisoblanadi va bu shartnoma tuzilgan kundan 3 kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.

Ijaraga beruvchi shartnomani davlat soliq organlarida hisobga qo'ymasa BHMning 5 baravaridan (1 mln 500 ming so'mdan) 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

2️⃣ Ijara shartnomasining muddati

📋 Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi 5 yildan ortiq bo'lmagan muddatga tuziladi.

Shartnomada muddat ko'rsatilmagan bo'lsa, u 5 yilga tuzilgan hisoblanadi.

Ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega bo'ladi.

3️⃣ Ijara uchun to'lanadigan haq

🔹Ijara haqi miqdori
ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining o'zaro kelishuviga binoan shartnomada belgilab qo'yiladi.

🔹
Ijara haqining miqdori bir tomonlama o'zgartirilishiga yo'l qo'yilmaydi.

🔹
Ijara puli shartnomada ko'rsatilgan muddatlarda to'lanishi kerak.

4️⃣ Shartnomani bekor qilish

📝 Ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.

⚖️ Ijara shartnomasini ijaraga beruvchining talabi bilan bekor qilish muayyan asoslarga ko'ra faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

🔰 Bu asoslar jumlasiga quyidagilar kiradi:

▫️ijara puli olti oy yoki qisqa ijarada esa shartnomadagi muddatdan keyin 2 martadan ko'proq haq to'lanmagan bo'lsa;
▫️uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa;
▫️uy-joydan g'ayriqonuniy maqsadlar uchun foydalanilgan bo'lsa.

❗️Ijaraga oluvchi uy-joydan boshqa maqsadda foydalansa yoki qo'shnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarlikka yo'l qo'ymaslik haqida ogohlantirishi mumkin.

Ijaraga oluvchi ogohlantirish olganlardan keyin ham qoidabuzarliklarni davom ettirsa, ijaraga beruvchi shartnomani sud tartibida bekor qilishga haqli.

Yuqoridagilarga ko'ra, shartnoma shartlarini bir tomonlama o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi.

Ijaraga beruvchilar tomonidan kvartiradan chiqib ketish yoki ko'proq haq to'lashga oid noqonuniy talablar ustidan fuqarolik ishlar bo'yicha sudlarga murojaat qilish orqali buzilgan huquqlarni tiklash mumkin.

⚠️ Hujjatlarni, shu jumladan da'vo arizasini rasmiylashtirish bo'yicha amaliy yordam olish uchun adliya organlariga hamda “Madad” NNT va uning hududiy byurolariga (+99871 256 52 53, advice.uz) murojaat qilishingiz mumkin. Adliya hujjatlarga yordam beradi!

Hurmatli mulkdorlar!
O'z manfaatlaringiz hisobiga boshqa shaxslarning huquq va manfaatlariga putur yetkazib qonunchilik talablarini buzmaslikka chaqiramiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_xabari

🔰 Mazkur kurslarda (6 oylik) o‘qish uchun barcha oliy maʼlumotli shaxslar hujjat topshirishi mumkin.

🗓 Hujjatlar 2022 yilning 31 oktyabrgacha qabul.centertsul.uz sayti orqali faqat elektron qabul qilinadi.

Bunda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
▫️pasport;
▫️oliy maʼlumotga egaligi to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;
▫️3.5x4.5 o‘lchamdagi rasm.

🔹Kurslarning qabul kvotasi 100 nafarni (davlat tilida), to‘lov-kontrakt miqdori esa 13 mln 300 ming so‘mni tashkil etadi.

🔹Kurs yakunida belgilangan namunadagi diplom beriladi.

🏢 Diplomni olgan shaxslar davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmati va FHDYO organlarida ishlash mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📝 Toshkent davlat yuridik universiteti aholi uchun bepul “Ochiq huquqiy ma'ruzalar” o'tkazadi.

“Ochiq huquqiy ma'ruzalar” loyihasida universitetning yetakchi professor-o'qituvchilari keng aholi uchun qiziq huquqiy mavzularda ma'ruza qiladi hamda ishtirokchilarning savollarga javob beradi.

🗓 Ochiq ma'ruzalar har shanba 11:00 dan 13:00 gacha Toshkent davlat yuridik universiteti katta majlislar zalida bo'lib o'tadi. Ma'ruzalarda yoshi, kasbidan qat'i nazar barcha aholi vakillari qatnashishi mumkin.

❗️Loyiha doirasidagi ma'ruzalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ilk ma'ruza 29 oktabr soat 11:00 da “Kundalik mehnat munosabatlarida o'z huquqingizni biling!” mavzusida TDYU “Mehnat huquqi” kafedrasi katta o'qituvchisi Muhammadamin Karimjonov tomonidan o'tkaziladi.

🎁 Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilarga mehmon spiker tomonidan maxsus sovg'alar topshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin