Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.49K subscribers
10.4K photos
1.63K videos
461 files
3.54K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagaram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
#Bilasizmi

❗️Ayrim shaxslar xizmat turar joyidan ko'chirilganda ularga boshqa uy beriladi

🔰Xizmat turar joylarida yashayotgan quyidagi shaxslar xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko'chiriladi:

▫️I va II guruh nogironlari;

▫️1941 – 1945 yillardagi urush faxriylari va baynalmilalchi jangchilar;

▫️harbiy xizmatni o'tayotganida halok bo'lgan yoki bedarak yo'qolgan harbiy xizmatchilarning oilalari;

▫️nogiron farzandlari bo'lgan oilalar;

▫️tarbiyachi-ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda;

▫️xizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida 10 yil ishlagan (xizmat qilgan) shaxslar;

▫️lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan bo'lib, lavozimidan bo'shagan, lekin turar joyni bergan korxona bilan mehnat munosabatlarini uzmagan shaxslar;

▫️xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishi yoxud korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar;

▫️o'zi ishlagan korxona, muassasa, tashkilotdan pensiyaga chiqqan xodimlar;

▫️xizmat turar joyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila a'zolari;

▫️voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolg'iz shaxslar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Texnikumlarda yoki OTM (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali)da o'qiyotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o'quvchi-talabalarga kontraktining bir qismi qoplab beriladi.

➡️ Bunda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi bilan kontraktning 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan qismi to'lab beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Fuqarolarning yashash joyidan oilaviy korxona sifatida ishlab chiqarish uchun foydalanilgan taqdirda, kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, suv ta'minoti, kanalizatsiya, gaz ta'minoti va issiqlik ta'minoti) haqini to'lash aholi uchun belgilangan tariflar bo'yicha va shartlar asosida amalga oshiriladi.

Kommunal xizmat ko'rsatish, elektr va gaz ta'minoti korxonalari zarur kommunikatsiya tarmoqlarining oilaviy korxona faoliyati amalga oshirilayotgan joygacha yetkazilishini hamda ulanishini aholi uchun belgilangan tariflar bo'yicha va shartlar asosida ta'minlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Barcha davlat OTMda super-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi

🔰 Xabaringiz bor, 2022/2023-o'quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to'lov-kontrakt asosida o'qitish qiymati miqdorlari oshirilmadi.

2022/2023-o'quv yili uchun barcha davlat OTM bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bazaviy to'lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi. Bu haqda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi.

➡️ Yo'nalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt miqdorlari bilan jadval orqali tanishishingiz mumkin.

⚠️ Shuningdek, to'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlarini ajratish tartibi bilan bu yerda tanishing.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik_mustaqillik_yoshlar

O'z tanlagan sohasining siru-sinoatini o'rganib, prezident nazariga tushgan, yurtimizning kelajagi uchun befarq bo'lmagan, qalbi qaynoq yoshlardan bayram tabrigi.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari Ozoda Avganova va Asadbek Kuliyev.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_yoshlar

Prezident bilan uchrashgan yoshlar "RENESANS" telekanali "OVOZA" informatsion dasturi nigohida.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari Ozoda Avganova va Asadbek Kuliyev.

Jurnalist: Muxlisa Zoidjonova
Efir: 01.09.2022

Ko'rsatuvni to'liq holda
ushbu havola orqali  tomosha qilishingiz mumkin

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
Президент Шавкат Мирзиёев Ислом Каримов номидаги илмий-маърифий ёдгорлик мажмуасига ташриф буюриб, Биринчи Президентимиз ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил цветы к подножию памятника Первому Президенту.

#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Bilasizmi

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan talaba xotin-qizlar davlat OTMlariga kontrakt asosida o'qishga kirganida kontrakt to'lovi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan to'lab beriladi.

Bunda har bir hududdan o'qishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar uchun to'rt yillik kontrakt to'lab beriladi.

📝 Buning uchun ariza oliy ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga berilishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
​​#Talabaga_yengillik

⚡️Banklarda ta’lim krediti uchun alohida mas’ullar belgilandi

Ma’lumki, hukumat qarorlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.

Ushbu jarayonlarda kredit oluvchilarga qulaylik yaratish va amaliy ko‘mak berish maqsadida ta’lim kreditlari taklif etayotgan tijorat banklarida alohida mas’ullar belgilandi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

🏦 Agrobank;
🏦 Aloqabank;
🏦 Asakabank;
🏦 Hamkorbank;
🏦 Ipotekabank;
🏦 Mikrokreditbank;
🏦 Milliybank;
🏦 OrientFinancebank;
🏦 Qishloqqurulishbank;
🏦 Sanoatqurilishbank;
🏦 Turonbank;
🏦 Xalqbanki.

➡️👆Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yana 10 ta faoliyat turi o'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari ro'yxatiga kiritiladi

“Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–366-son, 30.08.2022-y.) qabul qilindi

🗓 Qarorga ko'ra, 2022-yil 1-noyabrdan quyidagi 10 ta faoliyat turi o'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro'yxatiga kiritiladi:

🔹uy hayvonlari (qoramol, qo'y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati;
🔹avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati;
🔹rieltorlik xizmatini ko'rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko'maklashish);
🔹uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati;
🔹maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar);
🔹gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash);
🔹tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash;
🔹yog'och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to'qish;
🔹uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va ko'chatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to'qish va sotish;
🔹kulolchilik.

☑️ 2023-yil 1-yanvardan YTTlar bilan mehnat munosabatlarida bo'lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizidan yiliga BHMning bir baravarigacha kamaytiriladi (savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo'lgan jismoniy shaxslar bundan mustasno).

🔰2023-yil 1-yanvardan o'zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug'ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to'langan taqdirda, ular rasmiy band bo'lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo'shiladi:

🔹chorvachilik (qoramol, qo'y, echki, ot va boshqalar);
🔹issiqxona;
🔹parrandachilik (bedana, kurka, g'oz, o'rdak);
🔹quyonchilik;
🔹asalarichilik;
🔹baliqchilik;
🔹bog'dorchilik;
🔹limonchilik;
🔹gulchilik.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Kafillik – shartnoma bo'yicha boshqa shaxsning majburiyatini to'la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o'z zimmasiga olish.

Qarzdor kafillik bilan ta'minlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kredit oldida solidar javob beradi.

Shuningdek, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar to'laydi, qarzni undirib olish bo'yicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi tufayli kreditor ko'pgan boshqa zararlarni to'laydi.

⚠️ Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Yozma shaklda tuzilmagan kafillik shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Yo'lda velosiped, aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab o'tish 14 yoshdan kichik bo'lmagan, mopedni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo'lmagan shaxslarga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin