Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish instituti bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan ta’minlash maqsadida yirik ish beruvchi korxona yetakchi xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

🔸 Jumladan Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi xodimlari, MQIF BIQ fakulteti “Injinerlik kommunikatsiyalarini loyhalash, qurish va foydalanish” kafedrasi, BIQ fakulteti “Bino inshootlar qurilishi” kafedrasi mudirlari, professor o‘qituvchilari va talabalarni respublikamizdagi yuqori nufuzga ega “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” bir guruh xodimlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

🔸 Shu bilan birga talabalarga yaratilgan ish sharoitlari va bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berildi hamda kombinatda ishlash istagini bildirgan talabarni tanlov (test) asosida tanlab olindi.

#suhbat #hamkorlik
@taqi_uz
⚡️"PSIXOLOG VA YOSHLAR" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

🔸 Bugun Toshkent arxitektura-qurilish instituti Arxitektektura hamda Muhandislik qurilish infrastruktura fakultetlarida davra suhbati tashkil etildi

🔸 Ushbu davra suhbati institutning psixologi Nargiza Norova tomonidan birinchi kurs talabalari uchun seminar trening tarzida olib borildi.

🔸 Davra suhbatidan ko'zlangan maqsad psixologining ijtimoiy-psixologik faoliyati va psixologik xizmat turlari haqida ma'lumot berish, institutga qabul qilingan talabalar bilan yaqindan tanishish.

🔸 Shuningdek suhbat jarayonida talabalarni adabtatsiya jarayonida muammoli vaziyatlardan chiqib ketish yo'llari haqida tushunchalar berib o'tildi.

TAQI Matbuot xizmati

#suhbat #jarayon
@taqi_uz
⚡️ DILDAGI GAPLAR

🔸 Ayni daqiqalarda Toshkent arxitektura-qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti Majlislar zalida institutning talaba qizlari o'rtasida "DILDAGI GAPLAR" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tmoqda.

🤝Davra suhbati TAQI Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Feruza Qosimova, institut psixologi Nargiza Norova va QBF "Xotin qizlar kengashi" raisi Zulfizar Saidova bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Davra suhbatini o'tkazishdan asosiy maqsad institutda tahsil olayotgan talabalarga ta'lim olish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni oldini olish va bartaraf etish haqida tushunchalar berishdan iborat.

🔹Dastlab Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Feruza Qosimova so'zga chiqib institutda tashkil etilgan "Qizlarjon klubi" turlari va faoliyati, institut ichki tartib qoidalariga amal qilish haqida ma'lumotlar berdi.

👩‍💼Shuningdek institut psixologi Nargiza Norova tomonidan talaba qizlarga psixologik tavsiyalar berildi.
TAQI Matbuot xizmati
#suhbat
@taqi_uz
#SUHBAT

⚡️Toshkent arxitektura-qurilish instituti Bino va inshootlar fakulteti talaba qizlari o'rtasida "QIZLAR TARBIYASI - JAMIYAT KO'ZGUSI" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Davra suhbati Kasaba uyushma qo'mitasi hamda xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi raisi Feruza Qosimova hamda institut psixologi Nargiza Norova tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.

🔹Dastab so'zga fakultet dekani Islom Aliyev va "Xotin qizlar kengashi" raisi Lola Xolmamatova so'zga chiqib institutning ichki tartib qoidalari amal qilish haqida tavsiyalar berib o'tishdi.

🔸Institut psixologi Nargiza Norova bilan talaba-qizlar o'rtasida savol javob tarzida muloqot olib borildi hamda jamiyatda qiz bolaning o'rni va tarbiyasining muhimligi misollar orqali tushuntirildi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
#suhbat

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakultetida Talabalar turar joyida yashab kelayotgan talaba-qizlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat Institutda tasdiqlangan “Odob-axloq kodeksi” bilan talaba-qizlarni tanishtirish maqsagida tashkil etildi.

Barcha qizlar institutdagi ichki tartib qoidalari va TTJ dagi qoidalari bilan yaqindan tanishtirildi.

Tadbirda TAQI Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo’lim boshlig’i Feruza Mirzayeva hamda MQIF Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslaxatchisi Shaxzoda Sultanova tomonidan olib borildi.

Shuningdek, "Gender tenglik tushunchasi va gender tenglikni ta’minlashning asosiy tamoyillari" mavzusida ham fikrlar aytib o'tildi.

Tadbirda TAQI Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Feruza Qosimova hamda MQIF Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Shaxzoda Sultanova ishtirok etdi.

MQIF Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Shaxzoda Sultanova.

@taqi_uz
#suhbat


Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi xodimi, zahiradagi polkovnik T.M.Burxanov, zahiradagi podpolkovnik T.N.Tillayev, rektor maslahatchisi N.A.Nishonboyev hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy
ishlar bo’yicha birinchi prorektor A.Metyakubov ishtirok etdi.

#taqi_uz
#suhbat

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari o'rtasida "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.


Davra suhbati universitet profilaktika inspektori tomonidan olib borildi.


#taqi_uz
#suhbat

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Qizlarni oilaga tayyorlash" mavzusida universitet ayol professor-o'qituvchilari hamda talaba-qizlari o'rtasida davra suhbati o'tkazildi.

Mazkur davra suhbatida Toshkent tibbiyot akademiyasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Abdukadirova Lola Kabulovna ishtirok etdi.

#taqi_uz
#suhbat

2023-yil 25-mart kuni Toshkent arxitektura -qurilish universitetida “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o’zgartirishlar va Referendum” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur davra suhbatida Toshkent tumanlar aro ma’muriy sudining sudyasi Kenjayeva Nigora Esanbayevna talabalarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o’zgartirishlar hamda Referendum o‘tkazilishi yuzasidan ma’lumotlar berdi.


#taqi_uz
#suhbat

🔷Toshkent arxitektura - qurilish universiteti 2-sonli talabalar turar joyida “Yoshlarning maʼnaviy –axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʼllari” mavzusida profilaktik suhbat oʼtkazildi.

🔶Tadbirda Toshkent shahar Chilonzor tumani 4 IIB XPB PI leytenanti B.B.Bozorov, Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB XPB profilaktika katta inspektori А.K. Shodiyev, Shayxontoxur tumani IIO FMB 1-son ichki ishlar boʼlimi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlinmasi profilaktika katta inspektori podpalkovnik F.S.Аxmedovlar ishtirok etdilar.


👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM