Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Hurmatli kanalimiz a'zolari, abituriyentlar!
Institutimizning telegram botiga qabulga doir so'nggi o'zgarishlarni kiritib, qayta ishga tushirdik.
Endi qabulga doir ma'lumotlar va bog'lanish ma'lumotlarini botimiz orqali osongina topishingiz mumkin
.

Botimiz: @taqi_uz_bot

#xabar #elon #abituriyent #bot
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
DTM raisi o'rinbosari bilan ovozli chat yakunlandi
(Audiosi shu yerda: https://t.me/xushnudbek/10235)

Biroz avval @Xushnudbek telegram kanalida Davlat test markazi raisi o'rinbosari Sardor Rajabov bilan ovozli chat uyushtirildi.

Suhbatdan ba'zi ma'lumotlar:
Abituriyentlarga
- abituriyentlar (shu yil maktab/litsey/kollej larni tugatganlardan tashqari) test uchun to'lovni 22.07.2021 kuni 23:59 gacha amalga oshirishlari mumkin;
- tabiiyki, hujjat topshirish ham 22.07.2021 kuni 23:59 gacha davom etadi (lekin, so'nggi daqiqaga qolmasdan topshirib olishni tavsiya qilamiz);
- talabalar ham o'qishga topshirishlari mumkin;

O'qishni ko'chirmoqchi bo'lganlar
- ertadan boshlab o'qishni ko'chirish uchun arizalar qabul qilish platformasi ishga tushiriladi deb aytildi;
- transfer.edu.uz - O'zbekiston ichida o'qishini ko'chirish istagida bo'lganlar uchun;
- transfer.dtm.uz - horijdan O'zbekistonga o'qishini ko'chirish istagida bo'lganlar uchun;
- horijdan O'zbekistonga turdosh bo'lmagan yo'nalishlararo o'qishni ko'chirish mumkin emas;
- O'zbekiston ichida turdosh bo'lmagan yo'nalishlararo o'qishni ko'chirish pullik, superkontrakt narxiga teng: https://t.me/xushnudbek/10075

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
@eduuz - Oliy ta'lim vazirligi telegram kanali
@dtmuzb - Davlat test markazi telegram kanali
@Xushnudbek - huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev blogi

#abituriyent #xabar #transfer
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
Dizayn (turlari bo'yicha) yo'nalishiga topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Ushbu yo'nalishda quyidagi tartibda kirish imtihonlari o'tkaziladi:

1️⃣ Ijodiy (kasbiy) imtihonlar:
- Rangtasvir, 93 ball
- Chizmachilik, 93 ball
Jami: 186 ball
📃 Dizayn ijodiy imtihonlar dasturi:
https://t.me/arxivxona/248

2️⃣ Barchaga majburiy uchta fandan test:
- Ona-tili (o'zbek, qoraqalpoq, rus va boshqa tillar)
- Matematika
- O'zbekiston tarixi
Uchchala fandan 15 tadan savol, har bir to'g'ri javobga 2.1 baldan beriladi.
Jami: 15 * 2.1 * 3 = 94.5

Ijodiy (kasbiy) imtihonlar va testlardan maksimal 280.5 ball to'plash mumkin.

🎁 Avvalgi yillarda ijodiy (kasbiy) imtihonda tushgan topshiriqlardan namunalar:
https://t.me/taqi_uz/2540
(U yerda qalamtasvir ham berilgan, e'tibor qilmaysiz)

📣 Dizayn yo'nalishi uchun ijodiy imtihonlar grafigi: https://t.me/taqi_uz/4797

#abituriyent #xabar #dizayn #ijodiy_imtihon
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
📣 DIQQAT: KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI DAVLAT STIPENDIYASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

📜 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasini ta’sis etish to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi 691-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining 2021-yil 8-iyuldagi I-87-son buyrug‘i bilan tuzilgan Ekspert guruhi tomonidan joriy yilning 10-25 iyul kunlari soha bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalarining jami 39 nafar talabgorlar yig‘ma jildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash haqidagi tavsiyanomalar ko‘rib chiqildi.
“Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasi”ni tayinlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Ekspert guruhining tegishli qarori bilan 7 nafar iqtidorli va ijodkor talabalar tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib deb topildi.

🎇 Quvonarlisi, institutimiz 5-18 Du guruhi talabasi Meliboyeva Gulchehra Fayzulla qizi Dizayn (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ushbu stipendiya sohibi bo'ldi!

👏 Gulchehra, institutimiz nomidan sizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz, bundan keyingi o'qish va ishlaringizda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#xushxabar #xabar #yutuq #stipendiya
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
Mustaqillik bayramida dam olish kunlari qanday?

Prezident Farmoniga ko'ra, Mustaqillik bayrami kunlari, ish haftasining turidan qat'iy nazar, barcha xodimlar 5 kun dam oladi.

🔸 Xususan

👉 1-sentyabr (chorshanba) – Мustaqillik bayrami kuni;
👉 2-sentyabr (payshanba) – qo'shimcha dam olish kuni;
👉 3-sentyabr (juma) – qo'shimcha dam olish kuni;
👉 4-sentyabr (shanba) – dam olish kuni (barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qat'iy nazar);
👉 5-sentyabr (yakshanba) – dam olish kuni.

#Mustaqillik #xabar #kun
@taqi_uz
📣 Toshkent arxitektura-qurilish institutiga yangi rektor tayinlandi.

21.08.2021 dagi 535-sonli
hukumat qaroriga ko’ra shu paytgacha Istanbul texnika universiteti professori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Ercan Kahya Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlandi.

Rektor Ercan Kahya haqida qisqacha ma’lumot:
Bakalavriatura
– 1980-1984, Istanbul texnika universiteti
Magistratura – 1986-1988, Politexnika universiteti, Nyu York

Ilmiy darajasi: PhD, Civil & Environmental Engineering/Water Resources, 1989-1993, Kaliforniya universiteti, Los Anjeles

Manba: LinkedIn, Akademi

#yangilik #xabar #rektor
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
📣 E'LON!

2021-2022 o'quv yilida Toshkent arxitektura-qurilish institutida o'qishga tavsiya etilgan abituriyentlar (davlat granti va shartnoma asosida) diqqatiga

Hamma 1-kurslar, quyidagi hujjatlarni tayyorlab, 6-sentyabr kuni 8:30 ga o'z fakultetlari dekanatiga kelishlari so'raladi:
- pasport nusxasi;
- diplom (yoki attestat) va ilovasi asli;
- 6 ta 3.5x4.5 sm o'lchamdagi, rangli, rasmiy formada, oq fonda tushilgan rasm;
- abituriyent ruxsatnomasi (my.dtm.uz dan olasiz, rasmda ko'rsatilgan) va test natijasini chop etgan holda;
- imtiyozi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat, guvohnoma) asli, agar bo'lsa;
- konvert;
- papka.

☝️Kerakli ma'lumotlar:
- Arxitektura fakulteti manzili: goo.gl/maps/KACAqH7BZH8v73cB9
- Sirtqi bo'lim, Qurilishni boshqarish va Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakultetlari manzili: goo.gl/maps/BFQqu2sFPgQ4Pdp5A
- Bino va inshootlar qurilishi fakulteti manzili: https://t.me/taqi_uz/2298
- Fakultetlar va bo'limlar telefon raqamlari: https://t.me/taqi_uz/3262

☝️ Ba'zi savollarga javoblar:
- O'qishga rasmiy forma (oq qora rangli) da kelish talab qilinadi!
- Superkontraktga o'qishga qabul qilish haqida keyinroq aniq ma'lumotlar bo'lsa xabar beramiz.
- O'tgan yilgi shartnoma to'lovi narxlari: https://t.me/taqi_uz/3224. Bu yil 10% oshirilgan, aniq summalar keyinchalik Marketing bo'limi tomonidan taqdim etiladi.
- Magistratura, boshqa OTM dan o'qishni ko'chirish natijalari hali chiqmadi!

#abituriyent #xabar #elon
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
Sirtqi bo'lim talabalari uchun qaynoq xabarlarni @taqi_sirtqi_talim kanalidan topasiz.

#sirtqi #xabar #elon
@taqi_uz
Respublika OTMlaridan TАQIga oʼqishini koʼchirishga tavsiya etilganlar roʼyxati Institut qabul komissiyasiga zudlik bilan kelib uchrashlari soʼraladi:
http://taqi.uz/main/2442-respublika-otmlaridan-taqiga-oqishini-kochirishga-tavsiya-etilganlar-royxati-institut-qabul-komissiyasiga-zudlik-bilan-kelib-uchrashlari-soraladi.html

#xabar #elon
@taqi_uz
⚡️ Toshkent arxitektura qurilish- instituti talabalar yotoqxonasida bir kunlik jarayon TAQI Matbuot xizmati tomonidan kuzatildi

#foto #xabar #talaba
@taqi_uz
#XABAR

⚡️ Bugun, 2021-yil 2-oktabr, soat 13:00da!

🌐 “OʻZBEKISTON 24” hamda “UZREPORT TV” telekanallari orqali Xalqaro press-klubning oliy taʼlimga bagʻishlangan navbatdagi soni bo'lib o'tadi.

👉 Ushbu sonda quyidagi masalalar muhokama etiladi:

🔹 Qabul yakunlari;
🔹 Talabalar oʻqishini koʻchirish masalalari;
🔹 Oliy taʼlim tizimida raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar;
🔹 Toʻlov-kontrakt va tabaqalashtirilgan kontrakt toʻlovi tizimi;
🔹 Talabalarni turar-joy bilan qamrab olish darajasini oshirish.

Ishtirokchilar:

A.Toshqulov - Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri;
M.Karimov - Davlat test markazi direktori;
Oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari va faol blogerlar.

TAQI Matbuot xizmati.

#muhokama #masala
@taqi_uz
⚡️ REKTOR BILAN SUHBAT

🎤 Toshkent arxitektura-qurilish qurilish instituti rektori Ercan Kahya hamda "O'zbekiston bunyodkori" gazetasi muxbiri Rayxona Xo'jayeva o'rtasida TAQI Matbuot xizmati tomonidan ilk eksklyuziv suhbat tashkil etildi.

Xabaringiz bor Toshkent arxitektura-qurilish institutiga
21.08.2021 dagi 535-sonli hukumat qaroriga ko’ra shu paytgacha Istanbul texnika universiteti professori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Ercan Kahya Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlangandi.

📣 Ushbu suhbatda "Ozbekiston bunyodkori" gazetasi orqali TAQI rektori Ercan Kahyaning kelgusi istiqboldagi rejalari haqida tanishib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Shuningdek O'zbekistonga kelgandan keyingi taassurotlaringiz ?
Yangi ish faoliyatingizni boshlagan Toshkent arxitektura-qurilish institutidagi ilk rejalaringiz? kabi savollarga ham javob olasiz.

📰 Qurilish vazirligi tizimidagi "O'zbekiston bunyodkori" gazetasini keyingi sonlarini kuzatib boring.
TAQI Matbuot xizmati
#xabar
@taqi_uz
TASHKENT CITY’GA KIRISH BEPUL BO‘LDI

Mazkur maskanga kirishda hech qanday to‘lov amalga oshirilmaydi

Joriy yilning 14-oktabr kunidan Tashkent city hududiga kirish bepul qilib belgilandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, saylgohga faqatgina avtotransport vositalarining kirishi bundan mustasno hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning 17-dekabridan boshlab Tashkent City’ga bayram arafasi va yangi yil kunlarida kirish pulli etib belgilangandi.

#xabar   
@taqi_uz
#XABAR

⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Iqtisodiyot va ko’chmas mulkni boshqarish” kafedrasiga “SILVER STAR SOFT” tashkiloti tomonidan beminnat yordam tariqasida, qiymati 90 million so’mni tashkil etadigan “STROY INDUSTRIYA” dasturlari o’rnatib berildi.

@taqi_uz
#XABAR

🔸Toshkent arxitektura-qurilish institutida 3-4-noyabr kunlari bo'lib o'tadigan "Donorlar kuni"ga start berildi.

🔹Ushbu aksiyaga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni yoningizda olib kelish hamda nonushta qilgan xolatda kelishingiz tavsiya etiladi.

👉Donorlikga qon topshirgan talabalar, professor-oqituvchilar, xodimlar, ko'ngillilar quyidagi imtiyozlarga ega bo'ladi.

Ya'ni qon topshirgan mehnat xodimi shu va keyingi ish kuni mehnat haqi saqlangan xolda ishdan ozod qilinadi. Yoki bo'lmasa donor hohishiga ko'ra 2 kun mehnat ta'tiliga qo'shib berilishi ham mumkin.

🔹 Bundan tashqari har bir donor 8 xil turdagi bepul analiz topshirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

💉Ma'lumot o'rnida donorlikga qon topshirayotgan inson birinchi navbatda shifokor ko'rigidan o'tadi va maxsus so'rovnomani to'ldiradi hamda haqiqatda qon topshirganligini tasdiqlovchi ma'lumotnomaga ega bo'ladi.👆

👉O'tkazish joyi: TAQI Tibbiyot xonasi
O'tkazish vaqti: 9:30 dan 14:00 gacha.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
#xabar

🤝 Bugungi kunda Toshkent arxitektura-qurilish instituti ko'plab tashkilotlar bilan o'zaro va xalqaro hamkorliklarni yo'lga qo'ygan.

🔸 Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ta'lim sifatini yaxshilash, zamonaviy kadrlarni tayyorlash, kelajagimiz egalari bo'lgan talaba-yoshlarga motivatsiya berish hamda ularni ta'lim olishda erishgan yutuqlarini qo'llab quvvatlashdir.

@taqi_uz
AHOLINI RO'YXATGA OLISH NIMA UCHUN KERAK?

🔸 Ma’lumki, yurtimizda aholini ro‘yxatga olish yuzasidan kengsbz qamrovli ishlar yboshlab yuborildi. Yurtimizda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish jarayoni bundan 32 yil avval bo‘lib o‘tgani bu masalaning hozirda qanday ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib beradi.

🔹 Ko‘pgina mamlakatlarda aholini ro‘yxatga olish tadbiri kamida har o‘n yilda bir marotaba tashkillashtirilishi an’anaga aylangan. Chunki bu kelgusi dekadalarda mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik qarorlarni qabul qilish uchun asos bo‘la oladigan ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlanish imkonini beradi.

Aholini ro‘yxatga olish nafaqat aholi soni va demografiyasi, balki oilaviy ahvoli, yashash sharoiti, bandligi, jinsi, yosh darajalari, fuqaroligi, hududlarda aholi zichlik darajasi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari haqida ishonchli ma’lumot to‘plash imkonini beradi.

🤝 Bu, o‘z navbatida, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish, bo‘sh ish o‘rinlarini tashkil etishga ham yordam beradi. Bundan tashqari, hududlarning xaritalaridagi mavjud xatoliklarga yechim topish bo‘yicha aniq takliflar berish imkonini vujudga keltiradi.

👉 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq aholini ro‘yxatga olish 2023 yida o‘tkazilishi belgilandi.

🧑‍💻 Toshkent shahar statistika boshqarmasi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur qarorga asosan, 2021 yil 1-25-noyabr kunlari 4 ta hududda: Andijon viloyatining Xo‘jaobod, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri va Toshkent shahrining Yashnobod tumanlarida o‘tkazildi. Har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida qayta o‘rganildi.

📝 Ayni paytda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish uchun 4ta xudud boshqarmalari huzurida Birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazlari tashkil etildi. Mazkur markazda faoliyat yuritish uchun Toshkent shahrida 40 nafar xodim jalb etilib, ular 2022 yil 1 yanvardan 1 aprelgacha ish faoliyatini davom ettiradi.

📚 Bir so‘z bilan aytganda, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik sifatida qator sa’y-harakatlar, joylarda targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bu boradagi chora-tadbirlar mamlakatimiz ertasi, ravnaqi uchun muhim o‘rin tutadi.

#xabar
@taqi_uz
ЭЪЛОН!

Тошкент архитектура-қурилиш институти профессор-ўқитувчилари, ходимлари ва талабалари учун коронавирусга қарши ВАКЦИНАЦИЯ ишлари давом этмоқда. Вакцина олганига 6 ойдан ошган профессор-ўқитувчилар, ходимлар ва талабалар учун ревакцинация (Buster vaksina) жараёни амалга оширилмоқда!

12.04.2022 йил соат 10:00 дан бошлаб институтнинг тиббиёт пунктида профессор-ўқитувчилар, ходимлар ва талабалар паспортлари билан бориб коронавирусга қарши РЕВАКЦИНА (Buster vaksina) олишлари мумкин.

#elon #xabar #vaksina
@taqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xabar_efir

🔸 Toshkent arxitektura-qurilish institutida bo'lib o'tgan "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi Yoshlar telekanali "Yangi davr" informatsion dasturida.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun Toshkent arxitektura-qurilish institutida tashkil etilgan CALL CENTER raqamlari
(95)142-35-95
(95)142-35-85
(95)142-35-75
(95)142-35-15

#xabar #elon #abituriyent #call_center
Facebook | Instagram | Youtube

@taqi_uz