Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
8.15K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Toshkent arxitektura - qurilish institutida talabalar yotoqxonasidagi talabalar hayotidan fotolavha

#yotoqxona #jarayon
@taqi_uz
⚡️"PSIXOLOG VA YOSHLAR" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

🔸 Bugun Toshkent arxitektura-qurilish instituti Arxitektektura hamda Muhandislik qurilish infrastruktura fakultetlarida davra suhbati tashkil etildi

🔸 Ushbu davra suhbati institutning psixologi Nargiza Norova tomonidan birinchi kurs talabalari uchun seminar trening tarzida olib borildi.

🔸 Davra suhbatidan ko'zlangan maqsad psixologining ijtimoiy-psixologik faoliyati va psixologik xizmat turlari haqida ma'lumot berish, institutga qabul qilingan talabalar bilan yaqindan tanishish.

🔸 Shuningdek suhbat jarayonida talabalarni adabtatsiya jarayonida muammoli vaziyatlardan chiqib ketish yo'llari haqida tushunchalar berib o'tildi.

TAQI Matbuot xizmati

#suhbat #jarayon
@taqi_uz
#JARAYON

⚡️ Film senariy muallifi Baxtiyor Yoqubov, rejissor Muzaffar Qoraboyev. Kartinani Ravshan Musayev suratga olgan. Film direktori Shuhrat Boltaboyev.

– Furqat yaqin tarixda yashab oʼtgan boʼlsada, u bilan bogʼliq maʼlumotlarning koʼpi ochiqlanmagan,–deydi senariy muallifi Baxtiyor Yoqubov. – Koʼp maʼlumotlar faqat hujjatlarda qolib ketgan. Аyrim maʼlumotlar qayta tekshirishni talab qiladi. Senariyni yozishda biroz qiyinchiliklarga duch keldik. Аmmo adabiyotshunoslar, tarixchilar fikrlari va maqolalariga tayanib, kartina uchun kerakli maʼlumotlarni jamladik. Oʼylaymanki, Furqat shaxsini toʼlaqonli ochib bera oldik.

Filmda Shafoat Rahmatullayeva, Rasulxon Qodirxonov, Muhammadsoli Yusupov, Gleb Gollender, Mirkamol Qoraboyev, Yulduz Payziyeva, Bobur Аytmagambetov kabi aktyorlar rollar ijro etgan.

#ijod
@taqi_uz
#START

💐 Toshkent arxitektura-qurilish instititida "Ustoz va murabbiylar kuni" ma'naviy-ma'rifiy bayram dasturiga start berildi.

#bayram #kun #jarayon
@taqi_uz
#LIVE

⚡️ Ayni daqiqalarda “OʻZBEKISTON 24” hamda “UZREPORT TV” telekanallari orqali Xalqaro press-klubning oliy taʼlimga bagʻishlangan navbatdagi soni boshlanish arafasida.

Ishtirokchilar

A.Toshqulov - Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri;
Oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari va faol blogerlar.

⚡️ Ma'lumot o'rnida Toshkent arxitektura-qurilish instituti Bino va inshootlar qurilishi fakultetidan qabul jarayonida eng yuqori ball to'plagan talabalardan Bekzod Mamatkulov, Xushnudbek Sharibov hamda Arxitektura fakultetidan Sevinchxon Muxammadova ishtirok etmoqda.

TAQI Matbuot xizmati.

#jarayon
@taqi_uz
⚡️⚡️DIQQAT E'LON⚡️⚡️

🔸 7-oktyabr Toshkent arxitektura-qurilish instituti tibbiyot xonasida talabalarni emlash jarayoni olib boriladi.

💉 Barcha talabalarni ushbu vaksinatsiya jarayonida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

🤝 O'zingiz va o'zgalar sog'ligiga befarq bo'lmang.

Emlash vaqti 9'00 dan boshlanadi.

📌 Eslatma: Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishni unutmang.

🔹 Ma'lumot o'rnida emlashdan oldin har bir talaba yuqori malakali shifokor tomonidan kuzatiladi va talabani o'zi tanlagan vaksina turi bo'yicha emlanadi.

#vaksina #jarayon
@taqi_uz
#JARAYON

🔸 Toshkent arxitektura-qurilish instituti yangi qurib bitkazilayotgan binosi qurilishidan fotojarayon.

Ushbu qurilish ishlarida qanchadan qancha quruvchilar tinim bilmasdan ishlamoqda.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
#JARAYON

Geologiya fanlari universitetida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodur Toshqulov rahbarligida 2021-yil yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Hay'at majlisi yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

Yig'ilish dasturiga muvofiq vazir A.Toshqulov yig'ilishni ochib berib, oliy ta'lim tizimida 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Ma'lumot o'rnida Hay'at yig'ilishida barcha OTM rektorlari xususan Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya ilk marotaba ishtirok etmoqda.

@taqi_uz
#jarayon

🔸 Toshkent arxitektura-qurilish instituti Xalqaro hamkorlik bo'limi tomonidan talaba-yoshlarini nufuzli tashkilot vakillari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

🔹 Uchrashuv jarayonida yangi loyiha taqdimoti namoyish etildi. Ushbu loyiha talabalarda juda qiziqish uyg'otdi. Muloqot jarayoni savol-javoblarga boy bo'ldi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
#jarayon

🔸 Tadbirda yangragan kuy-qoʼshiqlar barchaga oʼzgacha zavq bagʼishladi. Аyniqsa, “Kelin salom”, “Аlla”, “Lazgi” kabi taronalar ijrosi, sahnalashtirilgan tomoshalar tanlovga yanada joziba ulashdi.

🔹Tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish instituti Xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi raisi Feruza Qosimova soʼzga chiqib, xotin-qizlar va yoshlarni qoʼllab-quvvatlab, milliy liboslar sanʼatini rivojlantirish, ommabop darajasiga olib chiqish, milliy liboslarning estetik qamrovini kengaytirish va milliylikni tarannum etishga xizmat qilishini eʼtirof etdi. Bu kabi tabdirlar mahalla va taʼlim muassasasi oʼrtasida aloqalarni yanada mustahkamlash zarurligini taʼkidlab, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdi.

⚡️ Tadbirda atlas, adras, beqasam singari matolardan tikilgan koʼrkam, xushbichim milliy liboslarimiz namoyish etildi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz