Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur

Hurmatli professor-o‘qituvchilar hamda talabalar!

Xabaringiz bor buyuk mutafakkir, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludi munosabat bilan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan "Nazm va navo gulshani" deb nomlangan "challenge" boshlanganini e'lon qilgan edik.

🔸 Ushbu "challenge"da Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub bo'lgan g'azal, ruboiylarni ifodali o'qib, 1-2 daqiqalik video ko'rinishida mazkur telegram raqamiga (90) 997-53-53 taqdim etilishi lozim.

🧑‍💻 Eslatib o'tamiz, videolar joriy yilning 13-fevral soat 22:00gacha qabul qilinadi, g'oliblar 14-fevral soat 23:00gacha aniqlanadi.

🔸 Toshkent arxitektura - qurilish instituti Bino va inshootlar qurilishi fakulteti "O'zbek tili va adabiyot" kafedrasi professori Jamila Xolmuradova.

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi

#tanlov #chellenj
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
#Alisher_Navoiy_581_yilligi
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#539_yilligi

🔸 Ayni daqiqalarda Toshkent arxitektura-qurilish instituri Axborot resurs markazida buyuk mutafakkir, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni munosabati bilan ma'naviy - ma'rifiy tadbir bo'lib o'tmoqda.

Dastlab so'zga Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha prorektori Zafar Abduvaliyev so'zga chiqib talaba-yoshlarga bobokolonlarimiz haqida ma'lumot berdilar.

🔸 Ushbu tadbir Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi, fakultet dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar tomonidan tashkil qilindi.

Tadbir tafsilotlariga batafsil to'xtalamiz bizni kuzatishda davom eting.

TAQI Matbuot xizmati

#Live
@taqi_uz
#Alisher_Navoiy_581_yilligi
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#539_yilligi

🔸Toshkent arxitektura-qurilish instituri Axborot resurs markazida buyuk mutafakkir, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda buyuk shoir, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammadni Boburning tavallud topgan kuni munosabati bilan adabiy-badiy tadbir bo'lib o'tdi.

🔸 Ushbu tadbir Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi, fakultet dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar tomonidan tashkil qilindi.

🔹 Sahna ko'rinishi TAQI Arxitektura fakulteti talabalari tomonidan Alisher Navoiyning "Hamsa" asaridagi "Farxod va shirin" dostonidan parcha sahnalashtirildi. Quyidagi guruhlar talabalari 8a-20 gr Marjona Sharapova "Shirin", 5b--20 gr Ashraf Farxodov "Farxod", 2-21 gr Muhammad Maxkamov Farxodning otasi, 2-21 gr Otabek Safarov "Soqchi", 2-20 gr Sevinchbek Jo'rayev "Darvesh", 1-20 gr Nurmuhammad Fayzullayev Alisher Navoiy obrazlarni sahnada gavdalantirishdi.

TAQI Matbuot xizmati

#video_foto
@taqi_uz
#Alisher_Navoiy_581_yilligi
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#539_yilligi

🔸Joriy yilning 14- fevral kuni Toshkent arxitektura-qurilish instituti ARMda buyuk mutafakkir, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda buyuk shoir, davlat arbobi, Zahiriddin Muhammadni Boburning tavallud topgan kuni munosabati bilan adabiy-badiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda mexmon sifatida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoir Nuriddin Aminjonov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Temur Ubaydullo, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi xodimi, Navoiyshunos, filologiya fanlari nomzodi, professor Ma'mura Rashidova ishtirok etdishdi.

🎤 Shuningdek TAQI Arxitektura fakulteti 6-18 guruh talabasi O'g'iloy Avazbekova tomonidan mumtoz musiqa ijro etildi hamda Qurilishni boshqarish fakulteti talabalari Ozoda Afganova va Laylo G'ulomova buyuk mutafakkirlarning hayot va ijod yo'llari haqida ingliz tilida ma'lumot berishdi.

TAQI Matbuot xizmati

#foto
@taqi_uz