Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish institutida bugun tantana

Tadbir institutning Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan tashkil etildi.

Tadbir ko'tarinki kayfiyatda, o'yin-kulgularga boy bo'ldi. Bunday tadbirlar talabalarga ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelayotgan urf-odatlarimizni namuna qilib ko'rsatishda hamda ularning ma'naviyati yuksalishida xizmat qiladi.

#bayram #sumalak
@taqi_uz
⚡️Toshkent arxitektura-qurilish institutida o'tkazilgan sumalak sayli nihoyasiga etdi.

👬 Tadbir yakunida tayyor bo'lgan sumalakdan institut hovlisida talabalar mehmon bo'lishdi va jarayon davom etmoqda.

TAQI Marbuot xizmati

#sumalak #jarayon

@taqi_uz
#sumalak_bahor

💐 Ayni daqiqalarda Toshkent arxitektura-qurilish institutiga biriktirilgan Yunusobod mahallasida "Bahor sayli" bo'lib o'tmoqda.

🔸Erta tongdan dosh qozonda Navro'z bayramining asosiy taomi hisoblangan sumalakni mehr ila tayyorlash boshlab yuborildi.

🤝 Ushbu tadbir institutning Arxitektura fakulteti rahbariyati, talabalari hamda mahalla faollari hamkorligida tashkil etildi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
#sumalak_bahor

💐Toshkent arxitektura-qurilish institutiga biriktirilgan Yunusobod mahallasida bo'lib o'tayotgan "Bahor sayli" tadbiridan foto jarayon.

🔸 Tadbir sho'x-kuy qo'shiqlar sadosi ostida bo'lib o'tmoqda va milliy taomlar bilan bezatilgan bayram dasturxoniga o'zbekning milliy taomi osh tortildi. Bahor sayliga TAQI rektori Ercan Kahya ham tashrif buyurdi.

- Bunday Bahor saylida O'zbekistonda ilk marotaba ishtirok etishim. Juda ham ajoyib. Insonlarni bir-biriga bo'lgan mehri, hamma bitta jamoa bo'lib milliy taomlardan dasturxonlarni yasatishi, osh tayyorlash jarayonlari menda qiziqish uyg'otdi. Ayniqsa sumalakni tayyorlash jarayoni va o'ziga xos urf-odatlar, tilaklar bildirsh, yaxshi niyatlar qilish menda katta taassurotlar qoldirdi bari-bari juda ajoyi deydi, - Ercan Kahya.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
#sumalak

🔸 Toshkent arxitektura-qurilish institutida sumalak kuni tashkil qilindi.

🔹 Tadbirda professor-o'qituvchilar balki talabalar ham faol ishtirok etdi.

@taqi_uz
#sumalak_sayli

🍯🍯🍯 2023-yil 5-aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 1-sonli talabalar turar joyida "Sumalak sayli" bolib otdi.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube