Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
8.16K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
⚡️Toshkent arxitektura – qurilish instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 50-o‘rta maktabga tashrif buyurishdi.

🔸Kafedra professor-o‘qituvchilari “Maktabda faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilarining malakasini oshirish va sifat tarkibini yaxshilashga ko‘maklashish” mavzusida maktab o‘qituvchilariga master-klass o‘tib berishdi.

🔸Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni aqliy salohiyatini yanada o‘stirish, dunyoqarashini kengroq shakllantirish hamda kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, maktab fan o‘qituvchilariga bu borada ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarning o‘rni, interfaol usullarni dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

🔸Maktab o‘qituvchilariga ta’lim jarayonida, albatta, fan mavzularining mazmuniga va murakkabligiga qarab, hamda o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash tavsiya etildi.

🔸Jumladan, dars jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan interfaol usullardan Klaster, BBB jadvali, Sinkveyn, T-sxema, Nima uchun? sxemasi, Qanday? jadvali, Rezyume, esse kabilar bilan tanishtirildi.

🔸Maktab o‘quvchilari bilan “Yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish iste’dodini yuzaga chiqarish” bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. O‘quvchilar tomonidan Erkin Voxidov, Zulfiya, Hamid Olimjon, G‘ofur G‘ulom ijodiga mansub she’rlar o‘qib berildi.

📚Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha faol qatnashgan maktab o‘quvchilariga hamda maktab kutubxonasiga “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari L.Xolmamatova, N.Aripova va 15-17 BIQ hamda 2-19 Ar guruhi talabalari tomonidan kitoblar taqdim etildi.

Maktab jamoasi va o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv yuqori kayfiyat va taassurotlarga boy bo‘ldi.

TAQI Matbuot xizmati

#xabar

@taqi_uz
⚡️Hozirgi taraqqiyot davrida barcha sohalar bilan bir qatorda arxitektura va qurilish sohasiga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga soha vakillari chet tillarini jumladan ingliz tilini bilishi hozirgi kunning asosiy talablardan xisoblanadi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 1.04.2021y. kuni “Qurilishni boshqarish” fakulteti, “Xorijiy tillar” kafedrasi va “Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi hamkorligida Toshkent arxitektura-qurilish institutining barcha 1-4 kurs talabalari o‘rtasida ingliz tili fani bo‘yicha 1-tur saralash olimpiadalari bo‘lib o‘tdi.

#xabar #reportaj #lavha
@taqi_uz
⚡️Mirzaxmedov Botir Xusniddinovich

⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish instituti Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig’i

🎓 Texnika fanlari nomzodi, dotsent

📰 Bo'lim to'g'risida: Ilmiy bo'lim

#info #rahbariyat #jamoa
@taqi_uz
⚡️⚡️E'LON⚡️⚡️

Hurmatli ustozlar va talabalar hamda kanalimiz a'zolari!

Bugun Toshkent Arxitektura-Qurilish instituti rektorat binosi, tibbiyot xonasida Toshkent shahar Yashnobod tumani "Qon preparatlari" Ilmiy Ishlab Chiqarish Korxonasi tomonidan "Donorlar kuni" o'tkazilmoqda.

👉 Ko'ngillilar bo'lsa, rektorat binosi 1-qavatida tadbir 14:00 ga qadar davom etadi!

🔸 Ma'lumot o'rnida "Donorlar kuni" ertaga ham o'tkazilishini ma'lum qilamiz

Taqi Matbuot xizmati

#xabar #elon #donor
@taqi_uz
⚡️ Donorlar kunidan foto lavha

#reportaj #foto #jarayon
@taqi_uz
⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish institutida bugun tantana

Tadbir institutning Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan tashkil etildi.

Tadbir ko'tarinki kayfiyatda, o'yin-kulgularga boy bo'ldi. Bunday tadbirlar talabalarga ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelayotgan urf-odatlarimizni namuna qilib ko'rsatishda hamda ularning ma'naviyati yuksalishida xizmat qiladi.

#bayram #sumalak
@taqi_uz