Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.49K subscribers
10.4K photos
1.63K videos
461 files
3.54K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagaram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
#tadbir

2023-yil 24- mart kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar va Germaniyaning "Guhring" kompaniyasi vakili Albert Harsch ishtirokida tadbir tashkillashtirildi.

Suhbat davomida Harsch o'zining mehnat faoliyati va hozirgi kunda o'zining mingdan ortiq ishlab chiqarish mahsulotlariga ega bo'lgan yirik "Guhring" kompaniyasi haqida so'zlab berdi.

Tadbir talabalarda katta qiziqish uyg'otdi va qizg'in savol-javoblarga boy bo'ldi.

@taqi_uz
#tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalasiga yaqindan ko’maklashish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat qurilish bank mutaxassislari ishtirokida “Moliyaviy savodxonlikni oshiramiz” mavzusida tadbir oʼtkazildi.

Tadbirni “Iqtisodiyot va koʼchmas mulkni boshqarish” kafedrasi mudiri D.Mirdjalilova ochib berdi hamda uning maqsadi va mavzusini ishtirokchilariga tushuntirib oʼtdi.

So'ngra bank xodimlari tomonidan talabalarga sohaga oid ma'lumotlar berildi.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalasiga yaqindan ko’maklashish maqsadida Gold Step Invest mutaxassislari ishtirokida tadbir oʼtkazildi.

Tadbirda Gold Step Invest bosh arxitektori M.Shagaev, loyiha bosh muxandisi A.Abduraxmonov, qurilish direksiyasi vakili A.Jabborovlar talaba va professor-o’qituvchilarga korxonaning maqsadi va vazifalarini bilan tanishtirdilar.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#tadbir

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Qurilishni boshqarish fakulteti talaba yoshlari o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ularni bugungi kunda insoniyat hayotiga xavf solayotgan OITS, uning kelib chiqishi tarixi, belgilari, undan ehtiyot bolish choralari haqida talaba yoshlarni ogohlantirish maqsadida Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi mutaxasisslari bilan hamkorlikda “OITS-asr vabosi” mavzusida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi Umarova Nilufar To'rayevna ishtirok etdi.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#tadbir

🔵Toshkent arxitektura-qurilish universitetining faollar zalida Yunusobod tumani 3-son Ichki ishlar bo'limi Xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektor Marhamat Pirmatova va talabalar ishtirokida "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlik holatlaridan himoya qilish" mavzusida tadbir tashkil etildi.

🔴Tadbir davomida ishtirokchilar o'z qizg'in fikrlarini bayon qildilar.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#tadbir

🤝Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali bilan hamkorlikda “HAYOT GO‘ZAL – CHUNKI UNDA MEN BORMAN”! shiori ostida psixologik aksiya va “Psixologik konsultatsiya nazariyasi va amaliyoti” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Tashkil etilgan tadbirda F.T. Mirzayeva Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo`limi boshlig`ii, unversitet psixologi N.M. Norova, Arxitektura fakulteti dekan o‘rinbosari N.Qurbonova, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.

💐💐💐“Hayot go‘zal – chunki unda men borman” shiori ostida o‘tkazilgan psixologik aksiya davomida ishtirokchilar “Men hayotni sevaman”, “Kaftdagi tilaklar”, “Minnatdorchilik va shukronalik mo‘jizalari”, “Men sizdan uzr so‘rayman”, “Orzularim xaritasi” mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi va o‘zlarining orzulari, tilaklari, shukronalik va uzr so‘rash kabi tuyg‘ularini yozib, bannerlarga yopishtirdilar va psixologning rangli qog‘ozlarga yozilgan motivatsion, ruhlantiruvchi sovg‘alari ishtirokchilarga tarqatildi.

💥💥Bundan tashqari “ART terapiya” rasmlar ko‘rgazmasi, “Biblioterapiya – ruhiyatni kitob orqali davolash” mashg‘uloti, Qo‘l mehnatidan yasalgan buyumlar ko‘rgazmasi (to‘qish va ayollar taqinchoqlari), START-UP tanlovi go‘liblarining o‘z loyihalari bilan ishtiroklari, Volontyor talabalar ishtiroki, BOND-5 loyihasi ishtirokchilari, “Mehrli yurak” aksiyalari tashkil etildi.

📣📣Filialning faollar zalida Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, BMT eksperti, amaliyotchi psixolog Luqmon Xakimovich Kazakovning “Psixologik konsultatsiya nazariyasi va amaliyoti” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

🎭🎭 Tadbir yakunida talabalari ijrosida kuy-qo'shiqlar hamda raqslar namoyish etildi.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#tadbir

🏦 Bino va inshootlar qurilishi fakulteti “Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi” hamda “O‘zbek tili va adabiyoti ” kafedralari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan tadbir o‘tkazildi.

💸💰Korrupsiyaga qarshi kurashish agentliginiпg 2023-yil 3-martdagi yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan targ'ibot-tashviqot tadbirlarini tizimli tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta'minlash maqsadida tadbirga Toshkent shahar Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari 4-sonli ichki ishlar bo’limi xodimi kapitan Shodiyev Abbos Komilovich taklif etildi.

⚖️ Shodiyev A. K. tomonidan korrupsiya va uni oldini olish chora-tadbirlari, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari haqida batafsil axborot berildi, aniq dalilar asosida misollar keltirildi, yakunida savol-javoblar bo‘ldi.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#tadbir

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi huzuridagi Tergov departamenti o‘ta muhim ishlar bo‘yicha bo’limi hamkorligida joriy yilning 17-aprel kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan TAQU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-Nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Pulatov Baxodir Abdugapparovich ochib berdi.
O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentliginiпg 2023-yil 3-martdagi yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan targ'ibot-tashviqot tadbirlarini tizimli tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta'minlash maqsadida tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi huzuridagi Tergov departamenti o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchi podpolkovnik Rahmatullaev Ma’murjon Talgatovich taklif etildi.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#tadbir

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 2/14-17/04-08-sonli xati ijrosi yuzasidan Universitet akademik litseyi bitiruvchilari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda Universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori E.Xaltursunov, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari tomonidan Universitet faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, kirish imtihon fanlari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik bazasi, professor-o‘qituvchilar salohiyati, xalqaro hamkorlik aloqalari va boshqalar bo‘yicha taqdimot materiallari va videoroliklar orqali batafsil axborot berildi.

Tadbir Universitet akademik litseyi bitiruvchi o‘quvchilarida katta taassurot qoldirdi.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#tadbir

Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Аrxitektura fakultetining Kovorking markazida 9-may "Xotira va qadrlash kuni”ga bagʼishlangan maʼnaviy tadbir boʼlib oʼtdi.

Tadbirda Аrxitektura fakulteti rahbariyati, shuningdek, shu fakultetda uzoq yillar mobaynida fidokorona xizmat qilib kelgan, ayni paytda ham soha rivoji uchun mehnat qilayotgan faxriylar ishtirok etishdi.

Tadbirni fakultet dekani Sh. Reyimbayev kirish soʼzi bilan ochib, eng avvalo, urush va mehnat veteranlarini 9-may "Xotira va qadrlash kuni” bilan tabrikladi.

Tadbir soʼnggida fakultetning urush va mehnat veteranlari hamda unversitetda koʼp yillar faoliyat yuritgan professor-oʼqituvchi faxriylari universitetning Kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandi.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube