Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
📣Kontrakt summalari yo'nalishlar kesimida hisoblab chiqildi👆

🔔Hurmatli talabalar!
- Hali shartnoma rasmiy blankasi tasdiqlanmagani uchun shartnoma berish boshlanmadi, biroz shoshmay turinglar, o'zimiz xabar beramiz!
- Stipendiyasiz kontrakt to'lash shakli haqida hali batafsil yozamiz!
- DIZAYN natijalari hali chiqmadi!

❗️Ba'zi foydali ma'lumotlar:
- Superkontrakt
- Ta'lim krediti
- Kontrakt narxlari (o'tgan yildagi )
- Stipendiya (o'tgan yilgi)

#talaba #kontrakt
@taqi_uz
📣 TAQI talabalari uchun 2019-2020 o'quv yili kontrakt to'lovi narxlari

🔔 Ushbu surat👆da va quyidagi PDF faylda bakalavriat, magistratura, sirtqi, 2-mutaxassislikda o'qiyotgan barcha talabalar uchun shartnoma to'lovlari narxlari keltirilgan!

❗️Ertadan marketing bo'limidan shartnoma qog'ozini olishingiz mumkin!

#kontrakt #xabar
@taqi_uz
📣 Hurmatli talabalar!

Quyidagi videoroliklarda PayMe to'lov tizimi orqali shartnoma to'lovini qanday to'lash mumkinligi ko'rsatib berilgan.

Hali o'qish uchun shartnoma to'lovini amalga oshirmagan bo'lsangiz, ushbu roliklardan o'rganib to'lashingiz mumkin.

☝️Toshkent Arxitektura-Qurilish Instituti rekvizitlari yuqoridagi suratda keltirilgan!

Avval videoroliklarni ko'ring, shunda ham savollar tug'ilsa quyidagi raqamga telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin:

☎️
+99890-9250217
👨‍⚕️ Xudoynazarov Razzoq, TAQI marketing xizmati hodimi

#xabar #elon #kontrakt
@taqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣ PayMe to'lov tizimi orqali o'qish uchun shartnoma to'lovini amalga oshirish

#rolik #kontrakt #PayMe
Videodarslar|YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2️⃣ PayMe to'lov tizimi orqali o'qish uchun shartnoma to'lovini amalga oshirish

#rolik #kontrakt #PayMe
Videodarslar|YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Namuna_PayMe_uchun.pdf
156.7 KB
PayMe to'lov tizimi orqali o'qish uchun shartnoma to'lovini amalga oshirish

#pdf #kontrakt #PayMe
@taqi_uz
Abituriyentlar diqqatiga!

So'nggi haftalarda abituriyentlardan murojaatlar ortganini hisobga olib ba'zi savollarga javob berib o'tamiz:

1️⃣
Institutimizdagi ta'lim yo'nalishlari (kunduzgi, sirtqi) , imtihon olinadigan fanlar, oxirgi uch yillikdagi qabul kvotalari va o'tish ballari haqida 👉shu yerda 👈 keltirilgan (shu yerda yozuvini ustiga bosing 😂)

2️⃣ Institutda shartnoma to'lovi narxlari 👉shu yerda👈 - #kontrakt

3️⃣ Ijodiy imtihonlar haqida:
- Dizayn
- Arxitektura
- Ijodiy imtihonda tushadigan chizma va rasmlar
- Ijodiy imtihonlar nizomi (qanday o'tkaziladi, qancha vaqt beriladi, ...)
- Bu yil ijodiy imtihonlar bir kunda o'tkazilishi kutilmoqda

4️⃣ Odatda qabul 15-iyundan 15-iyulgacha bo'lib o'tar edi, lekin yurtimizdagi mavud vaziyatni hisobga olib bu yilgi qabul onlayn bo'lishi kutilmoqda 👉 onlayn qabul haqida ma'lumot👈.
Qabul sanasi o'zgargani yoki odatdagi vaqtda bo'lishi haqida rasmiy ma'lumot berilmadi, #yangilik bo'lsa, xabar beramiz.


☝️ Hali 2020-yilgi qabul uchun qabul kvotalari tasdiqlanmadi, imtihonlar qachon bo'lishi, qay tartibda o'tkazilishi haqida qat'iy rasmiy ma'lumot yo'q!
Agar kvotalar tasdiqlansa hamda joriy yil uchun kirish imtihonlari haqida rasmiy ma'lumot berilsa, kanalda e'lon qilamiz!

Abituriyentlarga
@rasmiydtm, @eduuz va @Xushnudbek telegram kanallarini kuzatib borishni tavsiya qilamiz. @eduuz va @rasmiydtm oliy ta'lim hamda kirish imtihonlariga doir qonunchilik yangiliklarini berib borsa, @Xushnudbek ularga XALQqa tushunarli qilib sharhlar berib boradi!

#abituriyent #ijodiy #qabul
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
📣 TAQI talabalari uchun 2020-2021 o'quv yili kontrakt to'lovi narxlari

🔔 Ushbu surat👆da va quyidagi PDF faylda bakalavriat, magistratura, sirtqi, 2-mutaxassislikda o'qiyotgan barcha talabalar uchun shartnoma to'lovlari narxlari keltirilgan!

Kontraktni avval olgan shartnoma ma'lumotlari asosida to'lashingiz mumkin.
Payme va Click elektron to'lov xizmatlari orqali ham to'lovni amalga oshirishingiz mumkin!

🎬 Payme orqali to'lash videosi:
https://t.me/taqi_uz/2869

☎️ +99897-1555017, Xudoynazarov Razzoq, Marketing bo'limi

#kontrakt #xabar
Abituriyent | Videodarslar | Bot
@taqi_uz
Hurmatli talabalar!

1-bosqichga shartnoma asosida qabul qilingan talabalar quyida keltirilgan raqamlar (Marketing xizmati hodimlari) ga telegram orqali murojaat qilsangizlar, sizlarga shartnoma ni elektron nusxasini yuborishadi, shu asosda shartnoma asosida o'qish uchun to'lovni amalga oshirishingiz mumkin:

946772745
909446358
971555017
90 9250217

☝️ Yakshanba dam olish kuni, iltimos ish kunlarida murojaat qiling!

Shartnoma to'lovlari narxlari shu yerda: https://t.me/taqi_uz/3224
PAYME orqali to'lash videosi: https://t.me/taqi_uz/2869

Hozirgi pandemiya sharoitida shartnomani ham elektron tarzda olib, to'lovni onlayn xizmat (CLICK, PAYME, ...) orqali to'lash imkoni mavjud. Iltimos, ushbu qulayliklardan foydalaning, o'zingizni asrang!

☝️ Oshirilgan (super) kontrakt asosida o'qimoqchi bo'lganlar qancha to'lashini ushbu post https://t.me/xushnudbek/7190 asosida aniqlashlari mumkin! Sizlar ham yuqorida keltirilgan telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin!

Yuqori kurs talabalari buni o'qing: https://t.me/taqi_uz/3224

#kontrakt #xabar #elon
Abituriyent | Videodarslar | Bot
@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent arxitektura-qurilish institutiga
- sirtqi bo'limga o'qishga qabul qilinganlar;
- 2-mutaxassislikka o'qishga kirganlar;
- 5 yillik staj bilan o'qishga topshirganlar

uchun shartnoma olish tartibi

#shartnoma #kontrakt #rolik
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
⚡️ Ҳар йили 100 нафар хотин-қизнинг тўлов-контракти ҳокимликлар томонидан тўлаб берилади

Ҳукумат қарори (577-сон, 17.09.2021 й.) билан Ота-онаси ёки уларнинг биридан айрилган муҳтож қизлар, боқувчиси йўқ ёлғиз аёллар олий таълим олишларини моддий жиҳатдан қўллаб-қувватлаш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.

🎓 Низомга кўра, Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши, вилоятлар ва Тошкент шаҳар ҳокимликлари 2021/2022 ўқув йилидан бошлаб ҳар йили ўзларининг ҳудудларидан ўқишга кирган 25 нафардан ҳамда 2-4-курсларда ўқиётган 75 нафар (ҳар бир курсдан – 25 нафардан), жами 100 нафар хотин-қизлар учун тўлов-контракт суммасини тўрт ўқув йилининг якунланишига қадар тўлаб беради.

☑️ Молиявий барқарор давлат ОТМ томонидан уларнинг кенгашлари қарорига мувофиқ, 50 нафаргача хотин-қизлар биринчи ўқув йилида бепул ўқитилади.

Бунда талабгорларнинг кейинги ўқув йиллари учун таълим кредитлари расмийлаштирилади. Ҳокимликлар ўз ҳудудларидаги талабгорлар учун учинчи шахс кафиллигини беради ҳамда ўқишни тамомлагандан сўнг уларни иш жойи билан таъминлайди.

🔰 Талабгорларни танлаб олиш қуйидаги мезонлар асосида амалга оширилади:

👉 отаси ёки онаси ёхуд уларнинг иккаласи ҳам вафот этган муҳтож қизлар;
👉 боқувчиси йўқ эҳтиёжманд ёлғиз аёллар.

Бунда юқоридаги мезонларга мос келувчи хотин-қизлар тест натижалари эълон қилинган кундан бошлаб ижтимоий ҳолати тўғрисидаги маълумотномани ҳар йили 10 кун ичида ОТМ қабул комиссиясига тақдим этади.

📝 Давлат ОТМ 5 кун мобайнида рўйхатни шакллантириб, ҳокимликларга ёзма равишда маълумотларни юборади.

🧾 Шунга кўра, Ота-онаси ёки уларнинг биридан айрилган муҳтож қизлар, боқувчиси йўқ ёлғиз аёллар олий таълим олишларини моддий жиҳатдан қўллаб-қувватлаш комиссияси 15 кунда (лекин ҳар ўқув йилида 15 сентябрдан кеч бўлмаган муддатда) талабгорлар рўйхатини ҳамда шартномани имзолаш бўйича хулосаларни давлат ОТМга ёзма равишда киритади ва белгиланган тартибда шартномаларни расмийлаштиради.

📌 Мазкур тартиб тўлов-контракт асосида давлат ОТМ бакалавриатига (кундузни, сиртқи, кечки таълим шаклидан қатъи назар) талабаликка тавсия этилган ҳамда 2-4 курсларда таҳсил олаётган талабгорларга қўлланилади.

🚫 Қуйидагиларга нисбатан татбиқ этилмайди:

🔹 иккинчи ва ундан кейинги олий таълим олиш учун танловда иштирок этган талабгорларга;
🔹 Ўзбекистонда жойлашган хорижий ОТМ ёки уларнинг филиаллари, нодавлат таълим хизматлари билан шуғулланувчи тадбиркорлик субъектларига;
🔹 олий ҳарбий таълим муассасаларига.

Талабгорлар жорий ўқув йили давомида ОТМни ёки таълим йўналишини ўзгартирса ёхуд талабалар сафидан четлаштирилса мазкур имтиёздан фойдаланиб бўлмайди.

Талабгорларни танлаб олиш натижалари “Aziz-ayol.uz” Ягона интерактив миллий платформаси орқали эълон қилинади.

#kontrakt #hokimlik

@taqi_uz