Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
8.15K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Toshkent arxitektura-qurilishi institutida ochilgan "Qurilishda smeta ishi" kursining Smetachi 02 guruhi bitiruvchilariga sertifikatlar taqdim etildi!

#xabar #smeta #sertifikat
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun Toshkent arxitektura-qurilish institutida tashkil etilgan CALL CENTER raqamlari

#xabar #elon #abituriyent #call_center
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
Hurmatli kanalimiz a'zolari, abituriyentlar!
Institutimizning telegram botiga qabulga doir so'nggi o'zgarishlarni kiritib, qayta ishga tushirdik.
Endi qabulga doir ma'lumotlar va bog'lanish ma'lumotlarini botimiz orqali osongina topishingiz mumkin
.

Botimiz: @taqi_uz_bot

#xabar #elon #abituriyent #bot
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
DTM raisi o'rinbosari bilan ovozli chat yakunlandi
(Audiosi shu yerda: https://t.me/xushnudbek/10235)

Biroz avval @Xushnudbek telegram kanalida Davlat test markazi raisi o'rinbosari Sardor Rajabov bilan ovozli chat uyushtirildi.

Suhbatdan ba'zi ma'lumotlar:
Abituriyentlarga
- abituriyentlar (shu yil maktab/litsey/kollej larni tugatganlardan tashqari) test uchun to'lovni 22.07.2021 kuni 23:59 gacha amalga oshirishlari mumkin;
- tabiiyki, hujjat topshirish ham 22.07.2021 kuni 23:59 gacha davom etadi (lekin, so'nggi daqiqaga qolmasdan topshirib olishni tavsiya qilamiz);
- talabalar ham o'qishga topshirishlari mumkin;

O'qishni ko'chirmoqchi bo'lganlar
- ertadan boshlab o'qishni ko'chirish uchun arizalar qabul qilish platformasi ishga tushiriladi deb aytildi;
- transfer.edu.uz - O'zbekiston ichida o'qishini ko'chirish istagida bo'lganlar uchun;
- transfer.dtm.uz - horijdan O'zbekistonga o'qishini ko'chirish istagida bo'lganlar uchun;
- horijdan O'zbekistonga turdosh bo'lmagan yo'nalishlararo o'qishni ko'chirish mumkin emas;
- O'zbekiston ichida turdosh bo'lmagan yo'nalishlararo o'qishni ko'chirish pullik, superkontrakt narxiga teng: https://t.me/xushnudbek/10075

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
@eduuz - Oliy ta'lim vazirligi telegram kanali
@dtmuzb - Davlat test markazi telegram kanali
@Xushnudbek - huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev blogi

#abituriyent #xabar #transfer
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
Dizayn (turlari bo'yicha) yo'nalishiga topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Ushbu yo'nalishda quyidagi tartibda kirish imtihonlari o'tkaziladi:

1️⃣ Ijodiy (kasbiy) imtihonlar:
- Rangtasvir, 93 ball
- Chizmachilik, 93 ball
Jami: 186 ball
📃 Dizayn ijodiy imtihonlar dasturi:
https://t.me/arxivxona/248

2️⃣ Barchaga majburiy uchta fandan test:
- Ona-tili (o'zbek, qoraqalpoq, rus va boshqa tillar)
- Matematika
- O'zbekiston tarixi
Uchchala fandan 15 tadan savol, har bir to'g'ri javobga 2.1 baldan beriladi.
Jami: 15 * 2.1 * 3 = 94.5

Ijodiy (kasbiy) imtihonlar va testlardan maksimal 280.5 ball to'plash mumkin.

🎁 Avvalgi yillarda ijodiy (kasbiy) imtihonda tushgan topshiriqlardan namunalar:
https://t.me/taqi_uz/2540
(U yerda qalamtasvir ham berilgan, e'tibor qilmaysiz)

📣 Dizayn yo'nalishi uchun ijodiy imtihonlar grafigi: https://t.me/taqi_uz/4797

#abituriyent #xabar #dizayn #ijodiy_imtihon
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
📣 DIQQAT: KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI DAVLAT STIPENDIYASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

📜 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasini ta’sis etish to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi 691-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining 2021-yil 8-iyuldagi I-87-son buyrug‘i bilan tuzilgan Ekspert guruhi tomonidan joriy yilning 10-25 iyul kunlari soha bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalarining jami 39 nafar talabgorlar yig‘ma jildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash haqidagi tavsiyanomalar ko‘rib chiqildi.
“Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasi”ni tayinlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Ekspert guruhining tegishli qarori bilan 7 nafar iqtidorli va ijodkor talabalar tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib deb topildi.

🎇 Quvonarlisi, institutimiz 5-18 Du guruhi talabasi Meliboyeva Gulchehra Fayzulla qizi Dizayn (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ushbu stipendiya sohibi bo'ldi!

👏 Gulchehra, institutimiz nomidan sizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz, bundan keyingi o'qish va ishlaringizda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#xushxabar #xabar #yutuq #stipendiya
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
Mustaqillik bayramida dam olish kunlari qanday?

Prezident Farmoniga ko'ra, Mustaqillik bayrami kunlari, ish haftasining turidan qat'iy nazar, barcha xodimlar 5 kun dam oladi.

🔸 Xususan

👉 1-sentyabr (chorshanba) – Мustaqillik bayrami kuni;
👉 2-sentyabr (payshanba) – qo'shimcha dam olish kuni;
👉 3-sentyabr (juma) – qo'shimcha dam olish kuni;
👉 4-sentyabr (shanba) – dam olish kuni (barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qat'iy nazar);
👉 5-sentyabr (yakshanba) – dam olish kuni.

#Mustaqillik #xabar #kun
@taqi_uz
📣 Toshkent arxitektura-qurilish institutiga yangi rektor tayinlandi.

21.08.2021 dagi 535-sonli
hukumat qaroriga ko’ra shu paytgacha Istanbul texnika universiteti professori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Ercan Kahya Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlandi.

Rektor Ercan Kahya haqida qisqacha ma’lumot:
Bakalavriatura
– 1980-1984, Istanbul texnika universiteti
Magistratura – 1986-1988, Politexnika universiteti, Nyu York

Ilmiy darajasi: PhD, Civil & Environmental Engineering/Water Resources, 1989-1993, Kaliforniya universiteti, Los Anjeles

Manba: LinkedIn, Akademi

#yangilik #xabar #rektor
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
📣 E'LON!

2021-2022 o'quv yilida Toshkent arxitektura-qurilish institutida o'qishga tavsiya etilgan abituriyentlar (davlat granti va shartnoma asosida) diqqatiga

Hamma 1-kurslar, quyidagi hujjatlarni tayyorlab, 6-sentyabr kuni 8:30 ga o'z fakultetlari dekanatiga kelishlari so'raladi:
- pasport nusxasi;
- diplom (yoki attestat) va ilovasi asli;
- 6 ta 3.5x4.5 sm o'lchamdagi, rangli, rasmiy formada, oq fonda tushilgan rasm;
- abituriyent ruxsatnomasi (my.dtm.uz dan olasiz, rasmda ko'rsatilgan) va test natijasini chop etgan holda;
- imtiyozi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat, guvohnoma) asli, agar bo'lsa;
- konvert;
- papka.

☝️Kerakli ma'lumotlar:
- Arxitektura fakulteti manzili: goo.gl/maps/KACAqH7BZH8v73cB9
- Sirtqi bo'lim, Qurilishni boshqarish va Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakultetlari manzili: goo.gl/maps/BFQqu2sFPgQ4Pdp5A
- Bino va inshootlar qurilishi fakulteti manzili: https://t.me/taqi_uz/2298
- Fakultetlar va bo'limlar telefon raqamlari: https://t.me/taqi_uz/3262

☝️ Ba'zi savollarga javoblar:
- O'qishga rasmiy forma (oq qora rangli) da kelish talab qilinadi!
- Superkontraktga o'qishga qabul qilish haqida keyinroq aniq ma'lumotlar bo'lsa xabar beramiz.
- O'tgan yilgi shartnoma to'lovi narxlari: https://t.me/taqi_uz/3224. Bu yil 10% oshirilgan, aniq summalar keyinchalik Marketing bo'limi tomonidan taqdim etiladi.
- Magistratura, boshqa OTM dan o'qishni ko'chirish natijalari hali chiqmadi!

#abituriyent #xabar #elon
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz