Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
8.16K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Forwarded from М.С.
#Diqqat_tanlov

🔵 "Gender tenglik faoli" milliy tanlovida ishtirok eting!!!

🔹 Tanlovda mulkchilik shaklidan qat’i nazar davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va tadbirkorlik sub’yektlari yakka yoki guruh holda ishtirok etishlari mumkin!!!

🔹 Tanlovning asosiy nominasiyalari:
- “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol vazirlik/davlat muassasasi tashkilot va idoralar”;
- “Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilgan eng yaxshi huquqni muhofaza qilish organi”;
- “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hokimlik”;
- “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol NNT”;
- “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tadbirkorlik sub’yekti”.
- “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi TV-dastur”;
- “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal”;
- “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi nashr.

Qo‘shimcha ma’lumotlar "Gender tenglik faoli" milliy tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomda
Forwarded from Обиджон Умматов
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov
🇺🇿 “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostidagi ilmiy-ommabop maqolalar tanlovini e’lon qilamiz!

📌 Tanlovda quyidagi yo’nalishlarda ishtirok etishingiz mumkin:
👉 1-yo'nalish: Yuksak ma'naviyatli avlod -Uchinchi Renessans bunyodkorlari;
👉 2-yo'nalish: Millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik o'zbek xalqining yuksak qadriyatidir;
👉 3-yo'nalish: Yangi O'zbekiston ma'rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning o'rni;
👉 4-yo'nalish: Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari.

🏆 Tanlov g'oliblari Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan I, II, III darajali diplom va sertifikatlar hamda quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-o'rin — 8.000.000 million so'm
🥈2-o'rin — 5.000.000 million so'm
🥉3-o'rin — 3.000.000 million so'm

📥 Tanlov uchun maqolangizni @manaviyat_edu_tanlov
manziliga yuboring.
👉 Tanlov nizomi | Batafsil

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
​​#diqqat_tanlov
⚜️NAVOIY ASARLARI⚜️ — talaba-yoshlar o'rtasida audio tanlov!

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi
buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o’rtasida “Navoiy asarlari” nomli audiolar tanlovini e'lon qiladi

🎙 Tanlovda ishtirok etish uchun siz mutafakkir bobomiz Mir Alisher Navoiy qalamiga mansub o'zingiz yoqtirib o’qigan asarlardan parchani audio ko’rinishida 5 daqiqadan oshmagan holda tayyorlab @AlisherNavoiyBot manziliga yuborishingiz kerak. Qoʻshimcha fon musiqalaridan foydalanish mumkin.
📌 Tanlov uchun audio materiallar 6-fevral kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
❗️ Audio material yuborayotganda o'zingizning ism-familiyangiz, telefon raqamingiz hamda o'qish (ish) joyingizni yozishingiz shart, aks holda material haqiqiy deb topilmaydi va tanlovga qabul qilinmaydi.

🏆 G’oliblar quyidagi 3 ta nominatsiya bo'yicha aniqlanadi va tashkilotchilar tomonidan diplom, sertifikat hamda kitob sovg'alari bilan taqdirlanadi.
🔹 Eng go’zal ijro;
🔹 Eng yaxshi g’azal kuychisi;
🔹 Eng yaxshi asardan parcha
.

☝️ Belgilangan muddat ichida tanlovga qabul qilingan ijodiy ishlar tanlov tashkilotchilari va hakamlar tomonidan ko'rib chiqiladi va har bir nominatsiya bo'yicha eng yaxshi deb topilgan 10 ta audio @manaviyateduuz sahifasiga joylanadi.
☝️ Ushbu har bir nominatsiya bo'yicha eng yaxshi 10 ta audio materiallar yopiq ovoz berish jarayonida ishtirok etadi va ovoz berish natijasiga ko'ra 3 ta nominatsiya bo'yicha tanlovning 1-,2-,3-o'rinlari aniqlanadi.
☝️ Ovoz berish jarayoni like yig'ishdan butkul farq qiladi va shaffof tarzda o'tadi. Qaysi ishtirokchi nechta ovoz yig'ganini ovoz berish yakunlanmaguniga qadar hech kim ko'rolmaydi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#Diqqat_tanlov

“Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi bo'yicha hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda

⚠️ Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy” doirasida “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi o'tkazilishi e'lon qilingan.

🔰 Tanlov nominatsiyalari:

👉 “Eng yaxshi jurnalistik material uchun”;
👉 “Eng yaxshi blogpost uchun”;
👉 “Adliya e'tirofi”.

➡️ Tanlovda O'zbekiston Respublikasi barcha fuqarolari, xususan, jurnalist va blogerlar ishtirok etishi mumkin.

🎁 G'oliblar vazirlik tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

📌 Tanlov shartlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov
🇺🇿 Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, shuningdek, bir qator hamkor tashkilotlar bakalavr talabalari oʻrtasida "Yangi O'zbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostida respublika esselar tanlovini e’lon qiladi!
👉 HD formatda ko'rish

☝️Tanlov 4 bosqichda: OTMdagi fakultetlararo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan OTMlar o‘rtasida, mintaqaviy hamda yakuniy final respublika miqyosida o‘tkaziladi.

✔️Tanlovning respublika bosqichi g'oliblarini taqdirlash:
🥇-o‘rin uchun – 30 million so‘m,
🥈-o‘rin uchun – 20 million so‘m,
🥉-o‘rin uchun – 10 million so‘m.
💻 Bundan tashqari Respublika bosqichi ishtirokchilarining barchasi zamonaviy noutbuk bilan taqdirlanadi.

📝 Ishtirok etish istagidagilar o‘z oliygohlarining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlariga murojaat qilishlari mumkin.

📌 TANLOV NIZOMI

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
#Diqqat_tanlov

⚡️“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2022 yilgi 3-stipendiya tanlovi uchun arizalar qabul qilinmoqda!

Tanlov 226 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bakalavriat ta’lim dasturi uchun 34 o‘rin, magistratura uchun 95 o‘rin, doktorantura uchun 97 o‘rin ajratilgan.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan stipendiatlarning xorijiy universitetlarda ta’lim olishlari uchun barcha xarajatlar Jamg‘arma tomonidan qoplab beriladi.

👉 Batafsil:
https://eyuf.uz/site/event?id=57

🤝 Respublika yosh olimlar Kengashining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga a'zo bo'ling:

t.me/Respublikayosholimlar_uz
instagram.com/yosholimlar_uz
fb.me/yosholimlar.uzb
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

📢 Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olishga qaratilgan eng yaxshi videoroliklar tanlovi o'tkaziladi

❗️Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura hamda Adliya vazirligi hamkorlikda respublikada xotin-qizlar tomonidan shaxsga qarshi qaratilgan, o'zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlarni, shuningdek xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonliklarning oldini olishni targ'ib qiluvchi “Eng yaxshi videorolik”lar tanlovini e'lon qiladi.

➡️ Tanlovda barcha yoshdagi fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

🗓 Tanlovga materiallar 10-noyabrgacha (shaxsga doir ma'lumotlarni ilova qilgan holda) qabul qilinadi.

🎁 Tanlov g'oliblari (1-, 2-, 3-o'rin) qimmatbaho sovg'alar bilan munosib taqdirlanadi.

🔰 Shuningdek, tanlovda quyidagi nominatsiyalar uchun ham pul mukofotlari beriladi:

▫️“Eng yaxshi operatorlik ishi uchun”;
▫️“Eng yaxshi videomontaj uchun”;
▫️“Eng yaxshi infografika uchun”.

Batafsil videorolikda 👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov #yil_talabasi

✅️ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.

➡️ Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
🟢Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;
🟢Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

💠Tanlov nominatsiyalar boʻyicha birinchi OTM bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorligʻi va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🟥 Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich gʻoliblari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-oʻrin 15 barobari, 2-oʻrin 10 barobari va 3-oʻrin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🔖 “Yil talabasi” tanlovi nizomi

Hujjatlar 12-oktabrdan 20-oktabr qadar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.

🧊 Yuqorida “Yil talabasi – 2021” gʻoliblarini taqdirlash marosimi videosini joyladik. Bu yilgi taqdirlash marosimida esa aynan Siz shunday taqdirlanishingiz mumkin. Buning uchun hozirdanoq harakatni boshlang. Ishtirok eting va gʻoliblar safida boʻling.

Batafsil maʼlumotlar rasmiy sahifalarimizda berib boriladi: sahifalarimiz:
Telegram |🎞 YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🧊 Imkoniyati cheklangan iqtidorli talabalar uchun tanlov!

✅️Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan iqtidorli talaba-yoshlarni aniqlash va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi imkoniyati cheklangan talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovini eʼlon qiladi.

➡️Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:
🟢birinchi oliy taʼlim muassasasi bosqichi;
🟢respublika final bosqichi.

👉 Tanlov nizomi batafsil

💠Tanlovning oliy taʼlim muassasi bosqichida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliygoh rektoratining faxriy yorligʻi hamda tegishli ravishda 1-oʻrin sohibi BHMning 10 barobari, 2-oʻrin 8 barobari va 3-oʻrin 6 barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladi.

➡️Respublika bosqichining 1-oʻrin sohibi esa Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining maxsus diplomi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Hujjatlar 2022-yil 25-oktabrga qadar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar oʻzi taʼlim olayotgan fakultet rahbariyatiga murojaat etishlari mumkin.

Batafsil maʼlumotlar rasmiy sahifamizda:
https://t.me/+VnxqO-c0cBb_ZWhm