Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
9-fevral - Buyuk mutafakkir, alloma, shoir, ... Alisher Navoiyning tug'ilgan kuni

#hikmat #Navoiy
@taqi_uz
Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagay.

Alisher Navoiy

#hikmat #Navoiy
@taqi_uz
Boshni fido ayla ato qoshig‘a,
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.
Tun-kuningg‘a aylagali nur fosh,
Birisin oy angla, birisin quyosh.

Alisher Navoiy

#hikmat #Navoiy
@taqi_uz
Smetachi kerak - #vakansiya

Navoiy shahridagi "Qizilqum Pardoz MCHJ" ga smeta hujjatlari bilan ishlaydigan xodim kerak.

Maosh va boshqa ma'lumotlar suhbatda aniqlashtiriladi.

Nomzodlar Navoiy va Samarqand viloyatlaridan bo'lishi maqsadga muvofiq!

Bog'lanish:
📱Sobirov Akmal Juraqulovich +998-94-220-15-38, Direktor

📱Atoullaev Azam Azamatovich +998-93-522-07-01, PTO bo'limi boshlig'i

#smeta #Navoiy
@taqi_uz
Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagay.

Alisher Navoiy

#hikmat #Navoiy
@taqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiyni bilmaganlarga

Gurjistonda shunday udum bor:
Qizga kelsa yigitdan sovchi,
Kimligiga qilmay eʼtibor
Kosibmi u, dehqonmi, ovchi…

Ilk savoli faqat shu boʻlar,
Oʻqiganmi Rustavelini?
Shu vajdati shoirin bilar
Gurjilarning kuyov-kelini.

Har oʻzbekning uyiga birrov
Buyurganda sovchilar tashrif.
Navoiyni bilarmi kuyov?
Deb soʻrashni qilurman taklif.

Shunday talab qoʻyilsa, alhol
Qoʻrqmang, qolmas qizlarimiz toq
Buyuk shoir sheʼrlarin darhol
Yod olardi, har oshiq boʻydoq.

Nazmi – millat
Yuragi Vatan,
Navoiydan poklanar iymon.
Navoiyni dunyo olar tan,
Bizga nasib navoli chaman.

Ulugʻlikka timsol, andoza,
Har bir soʻzi ilohiy va haq.
Vijdoni but, yuragi toza,
Navoiydan madad olgan xalq.

Qalbini ishq tilmaganlarga,
Nasib etmas faxrli oʻzlik.
Navoiyni bilmaganlarga,
Qiz bermasin bironta oʻzbek!

📝Muallif: Qambar ota
🔗Master Study kanali

#Navoiy #nazm #sher
🌐 | Telegram | YouTube
@taqi_uz