Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
1-DEKABR XALQARO OITSGA QARSHI KURASHISH KUNI

1-dekabrni jahon hamjamiyati Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlaydi.

Butun Jahon Sogliqni Saqlash tashkiloti tomonidan OITS boyicha butun dunyoda otkazilgan tadqiqotlarga muvofiq: Jahon boyicha 42 mln. kishi OIV infektsiyasiga chalingan bolsa, har yili ularning safiga yana 2 mln. 700 ming nafar kishi qoshiladi. Har minutda 11ta odam IITVni oziga yuqtirmoqda. Dunyo boyicha kasallikni oziga yuqtirgan insonlarning yarmidan kopini 15 yoshdan 24 yoshgacha bolgan yoshlar tashkil etadi.

OITS infektsiyasi olkamizda ilk bor 1987-yilda aniqlangan. Osha yili Respublika SPID diagnostika markazi tashkil qilingan. OIV infektsiyasi bilan kasallangan birinchi ozbekistonlik bemor 1989-yil aniqlangan.

Mamlakatimiz Jinoyat kodeksining 113-moddasiga kora, bila turib boshqa shaxsni OIV kasalligi/OITSni yuqtirish xavfi ostida qoldirgan yoki unga OIV kasalligi/OITSni yuqtirgan shaxs besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

#kun
@taqi_uz
#LIVE

🔸 Ayni daqiqalarda Toshkent arxitektura-qurilish instituti Axborot resurs markazida 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilingan kun hamda 10-dekabr O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan manaviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tmoqda.

🔹 Dastlab O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi talaba-yoshlar, professor-o'qituvchilar hamda ishchi-xodimlar jo'rligida katta ehtirom bilan yangradi.

🎤 Shuningdek Bino va inshootlar qurilishi fakulteti 2-bosqich talabasi B.Danikulov tomonidan "Anjir", "Janonim" qoshiqlar jonli ijro etildi.

- Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan deydi, - so'zga chiqqan M.Utemuratov.

🤝 Ushbu tadbir institutning MQIF va QBF fakultetlari tomonidan tashkil etildi.

TAQI Matbuot xizmati

#kun
@taqi_uz
#Алишер_Навоий
#581_йиллиги

9-fevral buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun

🔸 Alisher Navoiy (1441-1501) - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chig‘atoy (eki o‘zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyoti hisoblanmish o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi.

🔹 Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000 ga yaqin misrani tashkil etadi. 1483-1485 yillar Navoiy o‘z ichiga besh dostonni olgan “Hamsa” asarini yaratgan: “Hayrat ul-Abror” (“Yaxshi kishilariing hayratlanishi”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”).

#kun
@taqi_uz
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi

🔸 O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tavallud topgan. 1530-yil 26-dekabrda Agrada vafot qilgan.

🔸 Bobur haqida ingliz olimi Uilyam Erskin shunday degan edi: "Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi".

#kun
@taqi_uz
9 aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

🔸 Sana munosabati bilan buyuk zot va temuriylarning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini yodga olamiz.

#kun

@taqi_uz
#Kun_tarixi

🗓 15-may jahon miqyosida Xalqaro oila kuni (International Day of Families) hisoblanadi.

➡️ Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentyabrdagi Xalqaro oila yili to'g'risidagi rezolyutsiyaga muvofiq 1994-yil 15-maydan buyon muntazam nishonlanib kelinadi.

❗️Prezidentning 2018-yil 27-iyundagi “O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika bo'ylab keng nishonlanishi belgilangan.

Xalqaro oila kunini o'tkazishdan maqsad jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bog'liq muammolarga qaratishdir.

@taqi_uz
#kun

1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

🔸 Ushbu sana 72 yildan buyon butun dunyoda bayram qilib kelinadi.

🔹 Aslida 1925 yilda Jenevada bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Butunjahon konferensiyasida ta'sis etilgan. Lekin oradan 25 yil o‘tib, ya’ni 1950 yildan bayram sifatida nishonlana boshlangan.

⚡️ Aniqrog‘i, 1949 yilda Parijda ayollarning xalqaro demokratik federatsiyasi kongressi bo‘lib o‘tadi. Kongressda bolalarning bardamligi va baxt-saodatining kafolati bo‘lgan tinchlikni ta'minlash uchun doimiy kurash haqidagi shior yangraydi. Urushdan keyingi davrda sayyoramizda yashovchi barcha bolajonlarning sog‘liq va xotirjamligini saqlash dolzarb muammoga aylanib qolgan edi.

1989 yilda BMT Bosh Assambleyasi bolalar huquqlari to‘g‘risida Konvensiya qabul qildi. Unda butun dunyo mamlakatlari uchun bolalar huquqlarini himoya qilishni ta'minlashni joriy qilish to‘g‘risida yozilgan.

💐 Bayramingiz muborak bo'lsin aziz bolajonlar !!!

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
#kun_foto

Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari ta'lim olish jarayonidan fotojamlanma.

@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO ARXITEKTURA KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

Bayram munosabati bilan Toshkent arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakulteti katta o'qituvchisi, tayanch doktoranti Manzura Aliyeva "O'zbekiston" telekanalining "Assalom O'zbekiston" dasturida mexmon bo'ldi.

TAQI Matbuot xizmati

#kun
@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🇺🇿 Davlat bayrog'i O'zbekiston davlat suverenitetining ramzidir

18 noyabr
“O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan kun.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin