Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman
#referendum_2023

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professori Marina Borodina


👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#referendum_2023
#targʻibot_poyezdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Men befarq emasman” shiori ostida “Targ'ibot poyezdi” loyihasi tashkil etildi.

🔷 Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi professori Babayev Jahongir Ismailbekovich tomonidan “Men befarq emasman” shiori ostidagi targ‘ibot poyezdi loyihasi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

🔶 Unda yuridik universitet talabalari tomonidan referendumga qo'yilgan konstitutsiya loyihasidagi muhim yangilanishlar haqida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi.


👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#referendum_2023
#targʻibot_poyezdi

🔷“O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot qilish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Referendum-2023" mavzusida tadbir tashkil etildi.

🔶Мazkur tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti "Davlat va huquq nazariyasi" kafedrasi professori, yuridik fanlar nomzodi Utemuratov Maxmut Ajimuratovich hamda Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sunnatov Vohid Toshmurodovichlar ishtirok etishdi.

🔷Tadbirda talabalarga yangilanayotgan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yuzasidan ma`lumotlar berildi.


👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#referendum_2023

2023-yil 7-aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining faollar zalida Qurilishni boshqarish fakulteti professor -o'qituvchilari ishtirokida "Yangi Konstitutsiya - umummiliy birlik asosi" shiori ostida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirishlar bo'yicha referendum tashviqoti yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

Tadbirda O’quv ishlari bo‘yicha prorektor E.B. Xaltursunov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Z.E. Matniyazov, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Dj.Metyakubovlar ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#referendum_2023

“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki, Konstitutsiya oʼzimizniki!”

💠Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Shavkat Kurbanbayev, Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB kapitan Аbbos Shodiyev hamda Yoshlar masalalari va ma'naviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha birinchi prorektor А.Metyakubovlar tomonidan Toshkent Аrxitektura va qurilish universitetining majlislar zalida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki!”, “Konstitutsiya oʼzimizniki!” shiori ostida “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bagʼishlangan tadbir tashkil etildi.

⚜️Tadbir davomida, ishtirokchilarga toʼliq va batafsil maʼlumotlar berib oʼtishdi. Uchrashuv soʼngida, barchani xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonunga befarq boʼlmasdan, 30-aprelda boʼlib oʼtadigan refrendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolishdi.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#referendum_2023

2023-yil 10-aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining faollar zalida Bino va inshootlar qurilishi fakulteti professor -o'qituvchilari ishtirokida "Yangi Konstitutsiya - umummiliy birlik asosi" shiori ostida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirishlar bo'yicha referendum tashviqoti yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

Tadbirda O’quv ishlari bo‘yicha prorektor E.B. Xaltursunov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Z.E. Matniyazov, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Dj.Metyakubovlar ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#referendum_2023

2023-yil 11-aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining faollar zalida Muhandislik qurilishi infrastrukturasi
fakulteti professor -o'qituvchilari  ishtirokida "Yangi Konstitutsiya - umummiliy birlik asosi" shiori ostida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirishlar bo'yicha referendum tashviqoti yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

Tadbirda O’quv ishlari bo‘yicha prorektor E.B. Xaltursunov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Z.E. Matniyazov,  Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Dj.Metyakubovlar ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#referendum_2023
#befarqemasman

📌📌📌Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Referendum-2023" festivali oʼtkazildi. Mazkur targʼibot tadbiriga Oʼzbekiston davlat filarmoniyasi Shodlik ashula va raqs ansambli xonandalari taklif etildi.

✏️✏️✏️Tadbirda universitet professor-oʼqituvchilari hamda talabalari tomonidan hozirgi kunda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan gapirib oʼtildi, shuningdek, 2023-yil 30-aprel kuni boʼlib oʼtadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.

📈📈📈Mazkur tadbir koʼtarinki ruhda oʼtkazildi.


👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube