This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jonli aytilgan qo‘shiqlarni juda yaxshi ko‘raman. Inson qandaydir zavq oladi bu holatdan...
Hilola G'ayratova "Eslamading" (Benom) gitara cover.
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Hilola G'ayratova "Eslamading" (Benom) gitara cover.
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Qarz yomon, bolalarim. Qani, endi hamma ish-ishiga.
O‘g‘illar uzun-qisqa bo‘lib chiqishar ekan, ota kulimsirab chaqirdi:
– Hoy milisa.
– Ha, dada.
– Tushundingmi?
– Tushundim, dada.
– Namani tushunding?
– Qarzdor odam birovning xotiniday gap ekan.
– Ana shunaqa...
©R.Ummatov «Qarz»
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
O‘g‘illar uzun-qisqa bo‘lib chiqishar ekan, ota kulimsirab chaqirdi:
– Hoy milisa.
– Ha, dada.
– Tushundingmi?
– Tushundim, dada.
– Namani tushunding?
– Qarzdor odam birovning xotiniday gap ekan.
– Ana shunaqa...
©R.Ummatov «Qarz»
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
🔥1
Dunyoda hadiksirab yashashdan ortiq azob yo'q ekan. Go'yo boshingda birov qilich ko'tarib turgandek, sen bo'lsang har lahzada o'sha qilich bo'yningga tushishini kutayotgandek. Bora-bora shunaqangi joningdan to'yib ketasan-ki, qilich taningni boshingdan tezroq judo qilishiga orzumand bo'lib qolasan. Nima bo'lgandayam, hadik azobidan qutulsam, bir cho'qib, atrofga ming alanglagan qarg'adek ayanchli ahvoldan xalos bo'lsam deysan.
©O‘tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
©O‘tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Navoiyning haqiqatda buyuk shoirligiga shubha bilan qaraganlar uning ijodiga tegishli mazkur misralarni chapdan oʻngga, xohlasa tepadan pastga qarata oʻqib koʻrsin.
Agar Navoiy hayot bo‘lganda bugun 580 yoshda bo‘lardi... 🤓
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Agar Navoiy hayot bo‘lganda bugun 580 yoshda bo‘lardi... 🤓
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mugʻombir dushman sizni bor-yoʻgʻi xavfga qoʻyishi mumkin, lekin batamom halok boʻlishingiz uchun ovsar doʻst kerak!
©Mark Tven, “Ovsar Vilson”
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
©Mark Tven, “Ovsar Vilson”
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Siz badiiy kitoblarni qanchalik tez o‘qib turasiz?
👍 – Oyda bir-ikki marta o‘qiyman
🤓 – Ko‘p emas, lekin o‘qiyman.
🥳 – Har kuni o‘qiyman
☹️ – Qiziqmayman
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
👍 – Oyda bir-ikki marta o‘qiyman
🤓 – Ko‘p emas, lekin o‘qiyman.
🥳 – Har kuni o‘qiyman
☹️ – Qiziqmayman
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
KETMAS BOYLIK
Menda bir so’m bor. Sizda ham bir so’m bor...
Men sizga o’zimning pulimni berdim.
Siz ham menga o’zingizning pulingizni berdingiz…
Hech nima o’zgarmadi. Sizda ham bir so’m pul qoldi, menda ham...
...Menda yangi bir fikr bor. Sizda ham yangi fikr bor...
Men sizga yangi fikrimni aytdim. Siz ham menga yangi fikringizni aytdingiz…
Sizda ham ikkita fikr paydo bo’ldi, menda ham…
Esli odam pul almashmaydi. Fikr almashadi.
©Oʻtkir Hoshimov

— Gapir, — dedi kuyov.
— O‘zi gapirsin, — dedi qayliq.
— Sen gapir.
— O‘zi gapirsin-da.
— Nimani gapirayin?
— O‘zimizning oqshomlardan gapirsin, qirdagi bug‘doy o‘rimidan gapirsin...
— Sen gapir, qirdan qaytib, zardolilar ostida oyoq ilganimizni, men senga zardoli terib berganimni.
— O‘zi gapirsin, qo‘llari zardoli shoxlarida bo‘lsa-da, ko‘zlari menda ekanini.
— Sen gapir, shamolda ro‘moling uchib ketgani, men ushlab kelganimni.
— O‘zi gapirsin, ro‘molga uzatgan bilagimdan mahkam ushlaganini, yig‘layman desam-da, qo‘yib yubormaganini.
Sukunat, toshday sukunat.
Kuyov-qayliq xayolan ko‘rdi: zardolilar ostiga tap-tap tushdi. Ko‘rshapalaklar pir-pir uchdi.
Kuyov-qayliq xayolan eshitdi: yoz chigirtkalari chir-chir etdi. Boyo‘g‘li uzib-uzib ovoz berdi.
— Yo‘q, sen gapir, qo‘llaringni ushlaganimni uyalmay-netmay yangangga aytganingni.
— O‘zi gapirsin, aytdim, deya aldasam-da, yangamdan qochib yurganini.
— Aytmaganing chinmi?
— Chin.
©Tog‘ay Murod "Oydinda yurgan odamlar"

👍1
Izzattalab odamlarga hamma ularning muxlisi bo'lib ko'rinaveradida...
©Sent Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
©Sent Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
#Haqiqat #Kayfiyat
Bir kishi yozgan romanini baholash uchun Nayzan Tavfiqqa o‘qitib, fikrini so‘radi.
Romanni o‘qib chiqqach, Nayzan dedi:
— Bo‘lmaydi.
Haligi kishi tutaqib ketdi:
— O‘zingiz hech roman yozganingiz yo‘q-ku!
Nayzan Tavfiq javob berdi:
— Rost, men tuxumning to‘qini palag‘dasidan ajrata olaman. Ammo hech tuxum tuqqanim yo‘q-
ku...
@Taqdir_bitiklari 🌿

Quyosh har kuni uyg‘ongan zahoti jilmayib boqadi-yu unsiz xitob qiladi: "Bir kiprik qoqgulik qisqagina umringizda tinch-totuv yashasalaring bo‘lmaydimi? Goh non talashasizlar, goh shon! Goh makon talashasizlar, goh iymon? Axir hammangiz insonsiz-ku! Bir-birlaring bilan qirpichoq bo‘laverishlaringni ko‘rib charchab ketdim-ku! Yetar axir, yetar, bolajonlarim! O‘z onangizni - Yer kurrasini adoyi tamom qilib tinchimoqchimisiz?! Onangiz shu umidda tuqqanmidi sizni?! Shu niyatda ko‘tarib yuribdimi ko‘ksida!"
©O‘tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
©O‘tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Ayol zoti azzancha o‘ziga to‘q bo‘lsin, yegan-ichgani oldida bo‘lsin, azzancha serurug‘ bo‘lsin, seravlod bo‘lsin, baribir... baribir, o‘z oti o‘zi bilan... zaifa bo‘ladi!Shu bois, ayol zoti hamisha boshida panohi bo‘lishini xohlaydi. Ayol zoti azzancha o‘ziga mustaqil bo‘lsin, mag‘rur bo‘lsin, baribir, ana shu panohiga bosh egib yashaydi. Bosh panohi amaldormi? Bosh panohi kambag‘almi? Ko‘rmi yo kalmi? Bosh panohi mayibmi? Baribir, ayol zoti uchun baribir! Ko‘mirchi bo‘lsin, temirchi bo‘lsin, to‘rt devor ichida suyukli bo‘lsin! Ayol zoti ana shu bosh panohiga suyanib yashaydi! Boshi ochiq... Ayol zoti azzancha xo‘rlikni ko‘taradi, azzancha tahqirlashni ko‘taradi. Ammo "boshi ochiq", degan gapni ko‘tarolmaydi! "O‘nta o‘g‘lim bo‘lmasin... cholim o‘lmasin", demish gap, ayollar yuragidan otilib chiqqan bo‘ladi!
©Tog‘ay Murod "Oydinda yurgan odamlar"
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
©Tog‘ay Murod "Oydinda yurgan odamlar"
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fortepiano chalish naqadar zavqli!..
Yoshligimizni eslatuvchi eng ajoyib muliklardan birining musiqasi, topishga harakat qilib ko‘ringchi!
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Yoshligimizni eslatuvchi eng ajoyib muliklardan birining musiqasi, topishga harakat qilib ko‘ringchi!
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Qilasizmi menga qoʻngʻiroq,
Yoki oʻzim teraymi raqam?
Sizni juda sogʻindim...
Biroq,
Bahona yoʻq yoʻqlamoqqa ham.
Aylanadi gumonlar gʻuj-gʻuj...
Telefon jim,
Yotar bezabon.
Yurak kabi qilmaydi xuruj -
Simlarida oqmaydi-da qon...
©Nodir Jonuzoq
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Yoki oʻzim teraymi raqam?
Sizni juda sogʻindim...
Biroq,
Bahona yoʻq yoʻqlamoqqa ham.
Aylanadi gumonlar gʻuj-gʻuj...
Telefon jim,
Yotar bezabon.
Yurak kabi qilmaydi xuruj -
Simlarida oqmaydi-da qon...
©Nodir Jonuzoq
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon,
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon.
Keksa yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar.
Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam,
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham.
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi,
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi.
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi,
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.
©Umar Xayyom

Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi:
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim menga bir marotaba salovot aytsa, unga Alloh taolo o‘n marta salovot yuboradi va undan o‘nta xatosini o‘chiradi".
✿°•┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈•°✿
🍃 Juma muborak aziz dindoshim!
Salovat aytishni unutmang:
Allohumma solli aʼla sayyidina Muhammad 📿

— Odamlar jon-jahdi bilan tezyurar poyezdlarga oshiqib nima izlayotganini o'zlari ham bilmaydi. Shuning uchun ham orom neligini bilmay goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga zir yuguradilar... Lekin, bari behuda...
©Antuan de-Sent Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
©Antuan de-Sent Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Ba‘zan tunlari allanechuk tuyg'ular uyqu bermaydi. Senga bo‘lgan muhabbatim yolgʻiz yotishimga qarshilik qilayotgandek tuyulaveradi go‘yo.
Aqlim daryodek shoshadi, dengizdek mavj uradi.
Shu dam seni bag‘rimga bosaman-u, shirin hislar tuyaman. Shu alpozda tonggacha orom olishni istayman, ammo yirtib qo‘yishdan cho‘chiyman seni. Shu dam avaylabgina yostig‘im tepasiga qo‘yaman-u, uyquga ketaman, qadrdonim kitob! 🤓

Odam bolasi birovni yaxshi ko‘rish halokatiga uchradimi, tamom. O‘shanga qul bo‘ladi qoladi.
©R.N.Guntekin "Choliqushi"
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
©R.N.Guntekin "Choliqushi"
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
👍2
14-fevral qanday kun?
😴 – dam olish kuni.
😻 – sevishganlar kuni.
✍ – Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kun.
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
😴 – dam olish kuni.
😻 – sevishganlar kuni.
✍ – Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kun.
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..