Taqdir bitiklari
2.14K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
Aslida kuchli odamlar hech qayerda yo‘q – faqat o‘zlarini shunday ko‘rsatadiganlar bor.

©Xaruki Murakami "Shamol qo‘shig‘ini tingla"


@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Siz yaxshisiz, ammo yuragingiz bo‘m-bo‘sh – davom etdi Kichkina shahzoda. – Fido bo‘lishga arzimaysiz...

©Kichkina shahzoda


@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Yuragi bor insonlarga yashash oson emas. O‘zingizni asrang.

"Baron" b/f

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o'zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam
Bo‘lurman g‘ash kozimdan ham.

Ko‘zim yongay senga nargis —
Ko‘zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo‘lgay yuzimdan ham.

Seni jonim dedim yolg‘iz,
Seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman
Qo‘pol aytgan so‘zimdan ham.

Senga o‘n to‘rtda bog‘landim,
Hanuz erkin bo‘lolmas dil,
O‘zim dog‘man, aql kirmas,
To‘zimsiz o‘ttizimdan ham.


©Erkin Vohidov

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
👍2
Aslida inson vujudi orzu-umidlar qabristonidir. Inson umrbo‘yi amalga oshmagan orzularni o‘z qalbiga ko‘mib keladi. Ularni ko‘mish uchun vujudida joy topolmay qolgan inson oxir-oqibat o‘zi ham dunyoni tark etadi.

©Voris "Senga ishonaman"

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Xoh ishoning xoh ishonmang sizga boshqacha tuyulgani bilan buni o'qiy olasiz.

Hzior o'iqtayogn nrsaaliramni tuushna oilshigma kzio'm ytameydi. Kimberj uvinesritteida qnilagin iazlnilashrga kro'a szo'adgi hraflanirng qyasi traitdba yoilzgadinan qt'aiy nzaar, isnon myaisi uni o'iqy oilsh qboilyaitgia ega. Aosiyssi esa brichni va oixgri hrafralinng tg'ro'i trabitda eakinidr. Qlonagrali aarlshariitb tshaalagnadna ham siz uni maumomisz o'iqyisz. Binung sbbaai isonn myaisi har bir szo'ni hrfaalb eams, blkai buutn bir szo'iilgcha o'iyqdi.
Zo'r a?

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
– "Qo‘lga o‘rgatish" degani nima?
– Bu allaqachonlar unut bo‘lib ketgan tushuncha. Bu degani – rishta bog‘lamoq demakdir.
– Rishta bog‘lamoq?
– Huddi shunday, – dedi tulki. – Hozir sen men uchun dunyodagi o‘zingga o‘xshagan yuz ming bolaning birisan, xolos. Men ham hozir dunyodagi yuz minglab tulkining biriman, xolos. Ammo bordi-yu sen meni qo‘lga o‘rgatsang, ikkimiz bir-birimizga kerak bo‘lib qolamiz. Sen men uchun dunyodagi yagona odamga aylanib qolasan. Men ham sen uchun dunyoda yagonaga aylanaman...


©Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Tosh daryoga otilsa, daryo bunga pinagini ham buzmay, o‘zining bahalovat oqimida davom etaveradi. Lekin ko‘lga otilgan tosh uni butkul o‘zgartirishi mumkin.

©Elif Shafaq "Ishqqa oid 40 qoida"

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek she‘riyati deganda Erkin Vohidovni alohida ta‘kidlamasa bo‘lmaydi.
Har bir satri yurakka yetib boruvchi ustoz shoirning kamtarlik haqidagi she‘rlarini o‘qimagan, yoddan bilmagan inson bo‘lmasa kerak.
O‘sha she‘rni aynan shoirning o‘zidan eshitishingiz mumkin.

***
Garchi shuncha mag'rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo'l, hatto bir qadam
O'tma g'urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.


©Erkin Vohidov

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YODINGIZDA SAQLANG

🍃 Yaxshi tarbiyalangan qalb va vijdon, hech qachon egasini sharmanda qilib qo‘ymaydi!!!

🍃 Kimnidir yaqindan bilishni xohlasangiz, uni uzoqdan kuzating....

🍃 Inson oʻzida baxtli bo‘lish imkoni borligiga ishonsagina,
Oʻzini baxtni his qila oladi...

🍃 Yolg‘izlik yaxshi, qachonki uning yuragida yolg‘iz bo‘lsang!!!

🍃 Haddan ortiq oliyjanob va kechirimli bo‘lsangiz, sizni qo‘llari bilan emas,
Oyoqlari bilan erkalashadi!!!

🍃 Gʻurur sizni kuchli qilishi mumkin,
Ammo baxtli qilishi qiyin!!!


@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Erkaklar aqlli ayolga emas, chiroyli ayolga uylanishni maʼqul ko‘radilar. Chunki, birinchisi ular dilida hasad uyg‘otadi, ikkinchisi – havas. Havas bilan bir umr yashash mumkin, hasad bilan-chi? Aslo!

©Viktor Alimasov "Falsafa yoxud fikrlash lazzati"

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Navbatdagi manzil – Samarqand!

"Yil talabasi-2020" respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi aynan ko‘hna zaminda o‘tkazilishini eshitib chindan quvondim.

15-17-fevral kunlari ko‘rishguncha Samarqand!

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Biz, aslida, hamma hayotning o‘zi Nima ekanligini unutgan davrda yashayapmiz. Biz insonni bemalol Oyga yo‘llay olamiz, lekin shundoq yonimizga ko‘chib kelgan yangi qo‘shnilar bilan tanishishga sira fursat topolmaymiz. Biz ballistik raketani yer sharining boshqa qismiga uchirib, mo‘ljalga aniq ura olamiz, biroq negadir bolalar bilan kutubxonaga borishni doimo orqaga suramiz. Bizda bir-birimiz bilan aloqani yo‘qotib qo‘ymaslik uchun elektron pochta, fakslar, uyali telefonlar bor, ammo insoniyat hali hech qachon bu qadar tarqoq bo‘lmagan.

©Robin Sharma "O‘lsang, kim yig‘laydi"

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari
Qobulda kitob sotadigan bir qiz doʻkoniga sevgilisi kelganini koʻradi. Shu payt qizning otasi ham yonida boʻladi. Qiz sevgilisiga qarab:
– Nemis yozuvchisi Yorg Danielning “Otang uydami?” kitobini olishga keldingiz shekilli? – deb soʻraydi.
Yigit:
– Yoʻq, men ingliz yozuvchisi Tomas Munisning “Seni qayerda koʻrishim mumkin?” kitobini olishga kelgandim.
Qiz:
– U kitob qolmagan, lekin, amerikalik yozuvchi Patrice Olferning “Olma daraxtlarining ostida” kitobini tavsiya qilishim mumkin.
Yigit:
– Juda yaxshi. Belgiyalik yozuvchi Jean Barnerning “5 daqiqadan keyin qoʻngʻiroq qilaman” kitobi ham kerak edi, olib kela olasizlarmi?
Qiz:
– Albatta. Bundan tashqari sizga fransuz yozuvchi Mishel Danielning “Aslo yolgʻizlatmayman” kitobini ham tavsiya qilaman.
Bu suhbatni eshitib turgan otasi:
– Buncha kitob koʻplik qilmasmikin, hammasini oʻqirmikin bu bola? – deb qizidan soʻraydi.
Qiz:
– Ha, otajon. U judayam aqlli bola, hammasini oʻqiydi.
Ota:
– Mening goʻzal qizim, unday boʻlsa, unga Gollandiyalik yozuvchi Frank Martinisning “Men ahmoq emasman” kitobini ham tavsiya qil. Keyin, oʻzing ham rus yozuvchisi Muris Istankovićning “Amakingning oʻgʻliga turmushga chiqishga tayyorlan” kitobini oʻqib chiq...


@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
👍1😁1
#Kayfiyat

Notanish raqamdan qiz bolaga SMS keldi:
— Yaxshi qiz sevganingiz bormi?
— Ha bor, kim bu?
— Bu men, dadangman, uyda gaplashamiz shoshmay tur.
5 daqiqadan so'ng boshqa raqamdan yana sms keldi:
— Sevganingiz bormi?
— Yo'q, kim bu?
— Bu men, sevganing. Demak, mendan or qilar ekansanda.
— Yo'q, dadam sinab ko'rayotgan edi. Shuning uchun yo'q dedim.
— Bu yana men, dadang, uyga boray ko'rasan.
😅😅😅

@Taqdir_bitiklari
😁2
Ayol kishini xursand qilish oson, faqat qimmat.

©O‘tkir Hoshimov

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tongni qanday kayfiyat bilan boshlasangiz, shu kayfiyat kun oxirigacha siz bilan hamroh bo‘ladi.

Ochig‘i Janob Bin obrazi menga juda yoqadi. Rovan Atkinsonni haqiqatdan ham komik rollar ustasi desa bo‘ladi!

Ko‘ring, kuling azizlar, yaxshi kayfiyat sizni tark etmasin!

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
👍1
– Xo'sh, ahvoling yaxshimi?
– Men yaxshiman. Xuddi shoxda bazo'r turgan yaproqqa o'xshayman, to'kilishim uchun shamolning sekin esishi kifoya. Ovozim kampirshoning ovoziga o'xshab qoldi, ko'zlarim esa burungidek oyoqlarimga yo'l ko'rsatmay qo'ygan. Qadamlarim og'ir, holdan toyganman. Lekin hammasi joyida...


©Jek London "Hayot qonuni"

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
#Kayfiyat

Erdan sms:
— Xotin, ishxonada oyogʻimni temir qisib qoldi, Maftuna shifoxonaga olib keldi, oyogʻimni kesishar ekan.

Xotindan sms:
— Maftuna kim???


@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..