Oxiri maqsadimga yetdim!
Kamera sotib olish yaqin oradagi asosiy maqsadlarimdan edi. Buyam amalga oshdi, Allohga shukur.
Endi bunda nimani syomka qilishni o‘ylash kerak. 😀
O‘zi yoshlikdan video suratga olish, montaj qilish kabi ishlarga juda qiziqishim baland va shu kungacha bu ishni telefonda amalga oshirib kelayotgandim. Endi yanada professionallashamiz, olg‘a!
@Taqdir_bitiklari ☕️

👍3
Shok xabar! Bugun mushugimning tug‘ilgan kuni!
Shu xabarni 7 ta guruh va 7 ta do‘stingizga jo‘natsangiz 7 daqiqa yoki 7 yilmi xullas qanchadir vaqtdan keyin ahmoqligingizni xis qilasiz. 😀
Shunaqa xabar jo‘natadigan tanishlarimizga yuboramiz) 😆

❤1👍1
#Talabalik
Talabalik davrim o‘tgach angladim: ancha band odam ekanman)
Eng bekorchi, usti yaltiroq, ichi qaltiroq "roltin davri" o‘sha oting o‘chkur ekan. 😀
Lekin o-o-zgina gashti ham bor. Uyam bo‘lsa uyingdagi ish-u tashvishlardan qochib, kursdoshlar bilan maza qilib kelasan. 😃
Qotgan non yesa ham ko‘ngli yumshoq bo‘ladi. Student-da u!
Xullas, nasib qilmaganlar shu baxtga erishsin. Qotgan nonni ko‘zga surib yeyish baxtiga! 😁

❤1
Bebaho (2021)
Yulduz Usmonova
Shu qo‘shiq juda yoqib qoldi menga.
Lekin "bebaho" deganda "bevafo" dek eshitilyapti har safar. 😀
@Taqdir_bitiklari ☕️
Lekin "bebaho" deganda "bevafo" dek eshitilyapti har safar. 😀
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍4
#Qaror_qildim 🤨
Bo‘ldi, qarorim qat‘iy!
Bugundan boshlab hech kimga va‘da bermaslikka va‘da beraman!
@Taqdir_bitiklari ☕️
Bo‘ldi, qarorim qat‘iy!
Bugundan boshlab hech kimga va‘da bermaslikka va‘da beraman!
@Taqdir_bitiklari ☕️
Sen meni bilmaysan,
Bilmaysan, yoʻq, yoʻq!
Olovdan yomonman, suvdan battarman.
Turarman, eshikni yoparman qattiq,
Bosh oqqan tomonga ketarman.
Men qaytib kelmasman,
Xayr, baxtli boʻl!
Vaqtni soʻraydi yoʻlda qorovul.
Men chekib boraman, ortga qaramay,
Jilpanglab oʻtadi soʻnggi tramvay.
Uyga ham yetaman qoq yarim tunda,
Joyimga yotaman chiqarmay nafas.
Sen uxlay olmaysan, juda yaqinda
Entikib, entikib
Olasan nafas!
©Shavkat Rahmon
@Taqdir_bitiklari ☕️
Bilmaysan, yoʻq, yoʻq!
Olovdan yomonman, suvdan battarman.
Turarman, eshikni yoparman qattiq,
Bosh oqqan tomonga ketarman.
Men qaytib kelmasman,
Xayr, baxtli boʻl!
Vaqtni soʻraydi yoʻlda qorovul.
Men chekib boraman, ortga qaramay,
Jilpanglab oʻtadi soʻnggi tramvay.
Uyga ham yetaman qoq yarim tunda,
Joyimga yotaman chiqarmay nafas.
Sen uxlay olmaysan, juda yaqinda
Entikib, entikib
Olasan nafas!
©Shavkat Rahmon
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍3
Xotiradan beri, ogʻriqdan nari –
Yoʻqolishning hazin talvasasida –
Sevgi bir burilib, qarar men sari –
Mangu ayriliqning darvozasida.
Endi topolmayman dunyodan seni,
Na toʻzim yetaru, na soʻzim yetar...
Koʻz yoshu hasratdan arigan sevgi
Tushlar sari ketar, jimgina ketar...
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
Yoʻqolishning hazin talvasasida –
Sevgi bir burilib, qarar men sari –
Mangu ayriliqning darvozasida.
Endi topolmayman dunyodan seni,
Na toʻzim yetaru, na soʻzim yetar...
Koʻz yoshu hasratdan arigan sevgi
Tushlar sari ketar, jimgina ketar...
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍3🔥1😢1
Kitob o‘qish haqidagi navbatdagi BEPUL darsni e‘tiboringizga havola etaman. 🤩
Eng qiziq ma‘lumot va qoidalar hali oldinda. Youtube kanalimizga (🔔) obuna bo‘ling va layk (👍) bosishni unutmang!
📹 TOMOSHA QILISH: 👇
https://youtu.be/zbdS9e9pPNY
Eng qiziq ma‘lumot va qoidalar hali oldinda. Youtube kanalimizga (🔔) obuna bo‘ling va layk (👍) bosishni unutmang!
📹 TOMOSHA QILISH: 👇
https://youtu.be/zbdS9e9pPNY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
***
Seni menga berib, Xudo siyladi...
Barno juda chiroyli o‘qibdi, nima dedingiz? 😊
@Taqdir_bitiklari ☕️
Seni menga berib, Xudo siyladi...
Barno juda chiroyli o‘qibdi, nima dedingiz? 😊
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤3
Qiziq paradoks: doʻstlik qancha zaiflashsa, hushmuomilalik shuncha ortadi
©Uilyam Shekspir
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Uilyam Shekspir
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍4🤔2🔥1
#dialog
– Senam, bir narsa degin, talqon yutganmisan?!
– Bir narsa.
– Tut– tu-u-t (bijir-bijir ovoz bu yerda)
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Senam, bir narsa degin, talqon yutganmisan?!
– Bir narsa.
– Tut– tu-u-t (bijir-bijir ovoz bu yerda)
@Taqdir_bitiklari ☕️
Sizlar ham menga o‘xshab shunaqa qo‘shiqlarni eshitasizmi? 😀
Lekin-chi, shu qo‘shiqlar qalbingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib boradi. Tahminan minginchi bor eshitishim bo‘lsa-da, birgalikda hirgoyi qilyapman. Bunday san‘at asari yaratish o‘ta mushkul.
Chol deb o‘ylamang, yoshlar ham sevib eshitar balki bu qo‘shiqlarni menga o‘xshab. 😃

👍5😁2
OG'RIQLI UCHRASHUV
Men uni oʻn yetti yoshimda uchratdim. Avtobusda. Onam bir unga, bir menga qarar, nihoyat koʻzlarini deraza ortidagi manzaraga tikdi-da:
—Shu edi... menga doyalik qilgan ayol, - deb shivirladi.
Vujudim koʻzga aylandi. Sharpadek ayol sari odimladim.
—Qoʻlingizdan oʻzim tushib ketganmidim?
Ovozim shunchalik past chiqdiki, u meni eshitmadi. Avtobus toʻxtadi va u bekatda tushib qoldi.
Oqsoqlanmaslikka tirishib joyimga qaytdim...
©Nodirabegim Ibrohimova

😢8❤2
***
Bori – yo'qlik,
Ko'pi kam,
Kami ko'p saroy –
Ko'nglim,
Kuzaklar kelib asta,
Hordiq olar joy –
Ko'nglim,
Axvolimga achinma,
Ketsam,
Nima qilar deb,
Sen o'kinma,
Sensiz ham,
Yo'qotishga boy –
Ko'nglim!
©Nigora MUHAMMAD, namanganlik yosh va umidli shoira.

❤5🥰1
#bedorlarga
O‘zi bir chiroyli uxlayotgan edim, qarasam, shafqatsizlarcha onlayn turgan ekansiz!
Jim ketmoqchi edim-u, qurg‘ur vijdon yo‘l qo‘ymadi, aytaman endi: Uxlasangiz bo‘lmaydimi yarim tunda qorong‘i xonada telefon ekrani bilan yuzingizni yoritib o‘tirmasdan? 🤨
Ha, ha sizga aytyapman! Yoningizga qaramang!

😁13👍1
* * *
Ketyapman
yo'llarni ko'zimga joylab,
Yiroqqa qochyapman o'zim-o'zimdan,
Lekin har galgiday panada poylab,
Aldamchi Baxt qolmas nuqul izimdan...
G'amlar yuzida ham qandaydir hadik,
Zirqirab og'riydi chap ko'ksim osti,
Dunyo, dunyoyingda emasman tetik,
Hayot, yolg'oningdan charchadim rosti!..
Ketyapman...
o'zimga axtarib xilqat,
Ko'klarga yetmoqda bu oh-u zorim,
Menga niqoblarsiz Baxt ato etgin,
menga chin dard bergin, Parvardigorim!!!
©Navruza Jasurova, namanganlik qalami o‘tkir yosh shoira
@Taqdir_bitiklari ☕️
Ketyapman
yo'llarni ko'zimga joylab,
Yiroqqa qochyapman o'zim-o'zimdan,
Lekin har galgiday panada poylab,
Aldamchi Baxt qolmas nuqul izimdan...
G'amlar yuzida ham qandaydir hadik,
Zirqirab og'riydi chap ko'ksim osti,
Dunyo, dunyoyingda emasman tetik,
Hayot, yolg'oningdan charchadim rosti!..
Ketyapman...
o'zimga axtarib xilqat,
Ko'klarga yetmoqda bu oh-u zorim,
Menga niqoblarsiz Baxt ato etgin,
menga chin dard bergin, Parvardigorim!!!
©Navruza Jasurova, namanganlik qalami o‘tkir yosh shoira
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hayotiy
Maqsadingizga yeta olmagan bo‘lsangiz nega qayg‘uga botmoqdasiz?
Balki shudir siz uchun eng xayrlisi?..
Siz esa o‘zingizcha rejalar tuzasiz, maqsadlar qo‘yasiz. Ammo o‘sha marralarga yeta olmasangiz tushkunlikka tushib qolasiz.
Biroq, bilmaysizki Alloh sizni boshqa bir ko‘ngilsizlikdan asrab qolgan.
Ushbu qisqa videoni ko‘ring va o‘zingiz uchun xulosa yasang...

👍7😱1
SAFAR OYI
Sen yotasan yumshoq toʻshakda,
derazangdan koʻrinar yulduz.
Hamon oʻychan koʻzing oldidan
oqib oʻtar bahoru yoz, kuz.
Dadang esa ulkan adirda —
toʻshaksiz, tor, qorongʻi joyi.
Hatto parcha osmoni yoʻqdir,
yoʻq oftobi, yulduzi, oyi.
Oʻn yil avval seni dunyoga
bergandi u ranjib, ogʻrinib,
xavotir-la kuzatdi oʻn yil,
oʻn yil seni kutdi sogʻinib.
Shamollarga berding yoshlikni
yerga emas, boqding osmonga,
bir odamga zarurroq eding,
kerak emas eding jahonga.
Ming bor seni kechira olar,
koʻzlaringni vazmin nigohi
chavaqlashga haqli boʻlsa ham
hamon turar mehrli boqib.
Oʻylanasan, oʻylagan sayin
ogʻirlashgan xotirang ogʻrir,
bu mehribon, bu teran nigoh
ogʻir, ogʻir, naqadar ogʻir!
Hamon seni sevar samimiy
azoblanar toʻkkan yoshingdan.
Kechalari sezdirmay kelar,
sahargacha turar boshingda.
U shu qadar ulugʻ, kamtarin,
unga hamon yarashar xoʻrlik —
tinch uxlasin oʻgʻlim deb hatto
tushlaringga kirmaydi, shoʻrlik.
©Shavkat Rahmon
@Taqdir_bitiklari ☕️
Sen yotasan yumshoq toʻshakda,
derazangdan koʻrinar yulduz.
Hamon oʻychan koʻzing oldidan
oqib oʻtar bahoru yoz, kuz.
Dadang esa ulkan adirda —
toʻshaksiz, tor, qorongʻi joyi.
Hatto parcha osmoni yoʻqdir,
yoʻq oftobi, yulduzi, oyi.
Oʻn yil avval seni dunyoga
bergandi u ranjib, ogʻrinib,
xavotir-la kuzatdi oʻn yil,
oʻn yil seni kutdi sogʻinib.
Shamollarga berding yoshlikni
yerga emas, boqding osmonga,
bir odamga zarurroq eding,
kerak emas eding jahonga.
Ming bor seni kechira olar,
koʻzlaringni vazmin nigohi
chavaqlashga haqli boʻlsa ham
hamon turar mehrli boqib.
Oʻylanasan, oʻylagan sayin
ogʻirlashgan xotirang ogʻrir,
bu mehribon, bu teran nigoh
ogʻir, ogʻir, naqadar ogʻir!
Hamon seni sevar samimiy
azoblanar toʻkkan yoshingdan.
Kechalari sezdirmay kelar,
sahargacha turar boshingda.
U shu qadar ulugʻ, kamtarin,
unga hamon yarashar xoʻrlik —
tinch uxlasin oʻgʻlim deb hatto
tushlaringga kirmaydi, shoʻrlik.
©Shavkat Rahmon
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍3😢2👏1