👍3
Yarim chin, yarim hazil she‘r
Qishloqqa qaytayapman,
Meni haydadi shahar.
Ko'nglimdan foydalanib,
Rosa aldadi shahar.
Kutib tur ey tepalik,
Kutib turasan qishloq.
Sizning sog'inchingizdan,
Mening sog'inchim ko'proq.
Ketaman desam shartta,
Aybin tuzatdi shahar.
Ketmagin, deb yalinib,
Meni kuzatdi shahar.
Qishloqqa kirib bordim,
Assalom deb baralla.
G'iybatingni boshlayver,
Yana keldim, mahalla.
Qalaysan qora bola?
Boshingga nelar sobman?
Mendan ranjiganmiding?
Vaqtida kelib qopman.
Ketganimdan sutchi qiz,
Sharoit yaratvopti.
Sen sodda qishloqini
O'ziga qaratvopti.
Sutday oppoq qiz dema,
U ko'zlari olani.
Seni deb tashlab keldim,
Sutdan oppoq bolani.
Sigiring sog'ib beray,
Qaragin ko'z qiringdan.
Aslo voz kecholmaysan
Men bilan sigiringdan.
Qadam qo'yishim bilan
Yayrab ketdi-ya har yoq,
Qara eng yaxshi qizing
Bag'ringga qaytdi qishloq.
@Taqdir_bitiklari ☕️
Qishloqqa qaytayapman,
Meni haydadi shahar.
Ko'nglimdan foydalanib,
Rosa aldadi shahar.
Kutib tur ey tepalik,
Kutib turasan qishloq.
Sizning sog'inchingizdan,
Mening sog'inchim ko'proq.
Ketaman desam shartta,
Aybin tuzatdi shahar.
Ketmagin, deb yalinib,
Meni kuzatdi shahar.
Qishloqqa kirib bordim,
Assalom deb baralla.
G'iybatingni boshlayver,
Yana keldim, mahalla.
Qalaysan qora bola?
Boshingga nelar sobman?
Mendan ranjiganmiding?
Vaqtida kelib qopman.
Ketganimdan sutchi qiz,
Sharoit yaratvopti.
Sen sodda qishloqini
O'ziga qaratvopti.
Sutday oppoq qiz dema,
U ko'zlari olani.
Seni deb tashlab keldim,
Sutdan oppoq bolani.
Sigiring sog'ib beray,
Qaragin ko'z qiringdan.
Aslo voz kecholmaysan
Men bilan sigiringdan.
Qadam qo'yishim bilan
Yayrab ketdi-ya har yoq,
Qara eng yaxshi qizing
Bag'ringga qaytdi qishloq.
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍4🔥3🎉1
Siz borsiz, yurtimiz tinch!
Siz borsiz, sarhadlarimiz farovon!
Siz borsiz, tunlarimiz osuda!
Siz borsiz, ko‘nglimiz xotirjam...
🇺🇿 Bayramingiz muborak, elimning mard o‘g‘lonlari!
@Taqdir_bitiklari ☕️
Siz borsiz, sarhadlarimiz farovon!
Siz borsiz, tunlarimiz osuda!
Siz borsiz, ko‘nglimiz xotirjam...
🇺🇿 Bayramingiz muborak, elimning mard o‘g‘lonlari!
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍5
"Joʻnatilmagan xatlar" turkumidan
Shahar tabiiylikka tupurgan
(biroz)
Havosi
oʻpkangga tortar tarsaki.
Jon singlim, manzilni qaytalabdan yoz:
Shahrda yoʻq ekan "koʻngil" koʻchasi...
Oyi, dadajonim...
sogʻmi, omonmi.
Qoralar qoldimi aziz boshida?..
Dunyoda qizlarning, eng shoʻx, yomoni...
Oʻn toʻqqiz yoshida...
Yoʻq,
pulmas!
bu safar jiddiy muammuo:
Dada, tomogʻimda bir ne turibdi.
"Shaharlik qizim" deb, suyasiz ammo,
Yuragim qishloqcha urib turibdi.
Toʻgʻrisi, charchatdi, shahariy nigoh,
Sillamni quritdi nosamimiy taʼm.
Bahorgi taʼtilga hali bor biroq,
...
...Dada... men qaytaman!
©Zubayda Otaxonova, Urganch davlat universiteti 2-kurs talabasi
@Taqdir_bitiklari ☕️
Shahar tabiiylikka tupurgan
(biroz)
Havosi
oʻpkangga tortar tarsaki.
Jon singlim, manzilni qaytalabdan yoz:
Shahrda yoʻq ekan "koʻngil" koʻchasi...
Oyi, dadajonim...
sogʻmi, omonmi.
Qoralar qoldimi aziz boshida?..
Dunyoda qizlarning, eng shoʻx, yomoni...
Oʻn toʻqqiz yoshida...
Yoʻq,
pulmas!
bu safar jiddiy muammuo:
Dada, tomogʻimda bir ne turibdi.
"Shaharlik qizim" deb, suyasiz ammo,
Yuragim qishloqcha urib turibdi.
Toʻgʻrisi, charchatdi, shahariy nigoh,
Sillamni quritdi nosamimiy taʼm.
Bahorgi taʼtilga hali bor biroq,
...
...Dada... men qaytaman!
©Zubayda Otaxonova, Urganch davlat universiteti 2-kurs talabasi
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍6
#asardan_parcha
– Gʻam chekaverma, – dedi Alkimyogar oʻziga xos boʻlmaga bir mehribonlik bilan. – Hali oʻz qalbing bilan gaplashib olganing yoʻq, xavotiringning boisi ham shu.
– Axir, shamolga aylana olishni bilmayman-ku! – dedi Santyago hayajon bilan.
– Kimki oʻz Taqdiri Yoʻlidan ketayotgan ekan, hamma narsani biladi va hamma narsaga qodir. Orzularning roʻyobga chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan bitta narsa bor – omadsizlikdan qoʻrqish.
©Paulo Koelo "Alkimyogar"
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Gʻam chekaverma, – dedi Alkimyogar oʻziga xos boʻlmaga bir mehribonlik bilan. – Hali oʻz qalbing bilan gaplashib olganing yoʻq, xavotiringning boisi ham shu.
– Axir, shamolga aylana olishni bilmayman-ku! – dedi Santyago hayajon bilan.
– Kimki oʻz Taqdiri Yoʻlidan ketayotgan ekan, hamma narsani biladi va hamma narsaga qodir. Orzularning roʻyobga chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan bitta narsa bor – omadsizlikdan qoʻrqish.
©Paulo Koelo "Alkimyogar"
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍9🔥5
Aksar insonlarning kamchiligi vaqt bilan tillasha olmaslik! ⏰
Har birimiz albatta kun tartibi tuzib ko‘rganmiz va uzog‘i bilan unga 1 kun amal qilganmiz. Sizga ham tanish holatmi? 😆
Navbatdagi BEPUL darsimizda siz asosiy xatolaringizni bilib olasiz!
Quyidagi videoni tomosha qiling, layk bosing, kanalga obuna bo‘ling! 🔔 Fikrlaringizni kommentariyada kutaman!👇
📹 https://youtu.be/EA1o0uAJJZ0
Har birimiz albatta kun tartibi tuzib ko‘rganmiz va uzog‘i bilan unga 1 kun amal qilganmiz. Sizga ham tanish holatmi? 😆
Navbatdagi BEPUL darsimizda siz asosiy xatolaringizni bilib olasiz!
Quyidagi videoni tomosha qiling, layk bosing, kanalga obuna bo‘ling! 🔔 Fikrlaringizni kommentariyada kutaman!👇
📹 https://youtu.be/EA1o0uAJJZ0
🔥4👍3🎉3😁1
Sizni sevmay qoʻydim negadir...
Ortiq sevmay qoʻydim Sizni negadir
Meni maʼzur tuting botsa soʻzlarim.
Shunchaki yodimga tushsangiz tamom
Har zamon bir yigʻlab olar koʻzlarim.
Uyingizni topib bormasin tushlar
Yonib ketsin Sizga eltar koʻprigim.
Binafsha atriga yuvgan sochingiz
Ajab, taragisi kelar kiprigim.
Gohida tez urib ketsa ham yurak
Endi vahm solmas jonga hech oʻlim.
Oyogʻim tortqilab ketmasa agar
Siz tomonga sira tushmaydi yoʻlim.
Sira parvo qilmang, oʻksisa koʻnglim
Oʻzi tor dunyo-da battar torayar.
Bilsangiz chiroyli qizning koʻzlari
Axir yigʻlagani sayin qorayar.
Faqat “Xayr” demang, “Yaxshi qol” demang
Yaxshi boʻlarmidim men Sizdan nari.
Xudo koʻrsatmasin, sevmay qoʻysangiz
Ketar oʻz oʻqidan chiqib Yer shari!
©Muyassarxon Ergasheva, namanganlik iqtidorli shoira
@Taqdir_bitiklari ☕️
Ortiq sevmay qoʻydim Sizni negadir
Meni maʼzur tuting botsa soʻzlarim.
Shunchaki yodimga tushsangiz tamom
Har zamon bir yigʻlab olar koʻzlarim.
Uyingizni topib bormasin tushlar
Yonib ketsin Sizga eltar koʻprigim.
Binafsha atriga yuvgan sochingiz
Ajab, taragisi kelar kiprigim.
Gohida tez urib ketsa ham yurak
Endi vahm solmas jonga hech oʻlim.
Oyogʻim tortqilab ketmasa agar
Siz tomonga sira tushmaydi yoʻlim.
Sira parvo qilmang, oʻksisa koʻnglim
Oʻzi tor dunyo-da battar torayar.
Bilsangiz chiroyli qizning koʻzlari
Axir yigʻlagani sayin qorayar.
Faqat “Xayr” demang, “Yaxshi qol” demang
Yaxshi boʻlarmidim men Sizdan nari.
Xudo koʻrsatmasin, sevmay qoʻysangiz
Ketar oʻz oʻqidan chiqib Yer shari!
©Muyassarxon Ergasheva, namanganlik iqtidorli shoira
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍51❤19🔥9😢8😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yomg‘ir baribir boshqacha-da! Nima dedingiz?
Yomg‘ir ostida sayr qilishni-ku, aytmasa ham bo‘ladi...
Yomg‘irda video olish ham yoqarkan odamga. 😁
@Taqdir_bitiklari ☕️
Yomg‘ir ostida sayr qilishni-ku, aytmasa ham bo‘ladi...
Yomg‘irda video olish ham yoqarkan odamga. 😁
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤25🔥20🤩8👍6
Audio
👍17❤4😢4
***
Biz yettinchi koʻkda yashardik,
Xazonrezgi kuzni kuzatib.
Oqshomlari xayrlasharding,
Barmoqlarda oʻpich uzatib.
Lablaringdan olardi nafas,
Koʻzlarimda gullayotgan his.
Tushun, axir, senga yarashmas,
Xafa boʻlma, kulguchi bor qiz.
Yetaklasa mayuslik tomon,
Kiprigingga ilingan gʻubor.
Koʻz yoshimda yuvib beraman,
Koʻzlaringni koʻzimga yubor.
Xafa boʻlma, kulguchi bor qiz,
Tushun, axir, senga yarashmas.
Chap koʻksimda yigʻlayotgan his
Boʻylaringdan oladi nafas...
Nahot endi shundoq yashasam,
Nurayotgan dilni kuzatib.
Tushlarimda xayrlashasan,
Barmoqlarda oʻpich uzatib.
©Nurmuhammad AZIZ
@Taqdir_bitiklari ☕️
Biz yettinchi koʻkda yashardik,
Xazonrezgi kuzni kuzatib.
Oqshomlari xayrlasharding,
Barmoqlarda oʻpich uzatib.
Lablaringdan olardi nafas,
Koʻzlarimda gullayotgan his.
Tushun, axir, senga yarashmas,
Xafa boʻlma, kulguchi bor qiz.
Yetaklasa mayuslik tomon,
Kiprigingga ilingan gʻubor.
Koʻz yoshimda yuvib beraman,
Koʻzlaringni koʻzimga yubor.
Xafa boʻlma, kulguchi bor qiz,
Tushun, axir, senga yarashmas.
Chap koʻksimda yigʻlayotgan his
Boʻylaringdan oladi nafas...
Nahot endi shundoq yashasam,
Nurayotgan dilni kuzatib.
Tushlarimda xayrlashasan,
Barmoqlarda oʻpich uzatib.
©Nurmuhammad AZIZ
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤27👍15🔥3😢2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤4👍4
Kutish – og'ir,
Kutish – tosh.
Kun – betaqdir,
Umr – yosh.
Kutish – zindon,
Muz u muz.
Jallod – hijron,
Bo'g'zim uz !..
Jon-u tanni tilkalar,
Yurakni yorar sitam...
Seni ko'rgim kelmoqda,
Xudo xohlamasa ham.
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
Kutish – tosh.
Kun – betaqdir,
Umr – yosh.
Kutish – zindon,
Muz u muz.
Jallod – hijron,
Bo'g'zim uz !..
Jon-u tanni tilkalar,
Yurakni yorar sitam...
Seni ko'rgim kelmoqda,
Xudo xohlamasa ham.
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤20👍18🔥6😢2🎉1
Otashman.
Olovman.
Dengizman.
Nurman.
Jismu jahoningni o‘rayveraman.
Ayt qanday topasan qochmoqqa imkon,
Men seni Xudodan so‘rayveraman!
©Zebo Mirzo
@Taqdir_bitiklari ☕️
Olovman.
Dengizman.
Nurman.
Jismu jahoningni o‘rayveraman.
Ayt qanday topasan qochmoqqa imkon,
Men seni Xudodan so‘rayveraman!
©Zebo Mirzo
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤49👍11🔥5😢3🎉2
#diolog
Ustadan:
– Qilgan ishlaringiz orasida afsuslanadiganlaringiz ham bormi?, – deb so‘rashdi.
– Yo‘q, – dedi usta, – hech qachon noto‘g‘ri ish qilmadim. Ammo faqat bir narsadan afsuslanaman.
– Nimadan?
– Noto‘g‘ri insonlar uchun qilgan to‘g‘rilarimdan...
@Taqdir_bitiklari ☕️
Ustadan:
– Qilgan ishlaringiz orasida afsuslanadiganlaringiz ham bormi?, – deb so‘rashdi.
– Yo‘q, – dedi usta, – hech qachon noto‘g‘ri ish qilmadim. Ammo faqat bir narsadan afsuslanaman.
– Nimadan?
– Noto‘g‘ri insonlar uchun qilgan to‘g‘rilarimdan...
@Taqdir_bitiklari ☕️
😢35👍27🔥12👏1
⚡️"Ufqqa tutash yo‘l" nomli hikoyam Turk tilida chop etildi.
Ushbu hikoya "Turkiyaning dunyodagi O‘zbek ovozi" to‘plamiga kiritildi.
@Taqdir_bitiklari ☕️
Ushbu hikoya "Turkiyaning dunyodagi O‘zbek ovozi" to‘plamiga kiritildi.
@Taqdir_bitiklari ☕️
🎉55👍39🔥17🤩4