– Bir safar men bir kunda qirq uch marta quyosh botishini tomosha qilganman!
Oradan sal o‘tgach, xiyol anduh bilan yana shunday dedi:
– Bilasanmi... ba‘zan yuraging nimadandir g‘ussaga to‘lib ketganda, botayotgan quyoshga bir pas termilib o‘tirsang bormi...
– Demak, g‘urubni qirq uch marta tomosha qilgan kuning judayam xafa bo‘lgan ekansan-da?
Ammo Kichkina shahzoda bunga javoban indamadi.
©Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
@Taqdir_bitiklari ☕️

Hech bir ish taqdirdan tashqarida yuz bermaydi. Taqdirni Olloh taolo bitgan. Boʻlishni ham, boʻlmaslikni ham U belgilaydi. Boʻldimi, demak, boʻlishini U istabdi! Boʻlmadimi, demak, boʻlmasligini istabdi!
©N.Muhammad Raufxon "Besh kun"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©N.Muhammad Raufxon "Besh kun"
@Taqdir_bitiklari ☕️
***
Bori – yo'qlik,
Ko'pi kam,
Kami ko'p saroy –
Ko'nglim,
Kuzaklar kelib asta,
Hordiq olar joy –
Ko'nglim,
Axvolimga achinma,
Ketsam,
Nima qilar deb,
Sen o'kinma,
Sensiz ham,
Yo'qotishga boy –
Ko'nglim!
©Nigora MUHAMMAD, namanganlik yosh va umidli shoira.

Sen yuzingni Olamlarning Robbisiga bur!
U seni yaratdi va Ishon senga yo‘l ko‘rsatadi, yetar-ki, ishon, yetar-ki umidini so‘ndirganlardan bo‘lma!
@Taqdir_bitiklari ☕️
U seni yaratdi va Ishon senga yo‘l ko‘rsatadi, yetar-ki, ishon, yetar-ki umidini so‘ndirganlardan bo‘lma!
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
Kattalar hech qachon oʻzlaricha biron narsani tushuna olmaydilar, ularga hadeb hijjalab tushuntirib beraverish esa oxir-oqibat bolalarning ham joniga tegib ketadi.
©Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍3
Chunki kattalar raqamlarni juda yaxshi koʻrishadi. Agar ularga yangi doʻst orttirganingiz haqida aytib qolsangiz, ular hech qachon eng asosiy narsa haqida so‘ramaydilar. Ular hech qachon: "Uning ovozi qanaqa? Qanaqa o‘yinlarni yaxshi ko‘radi? U kapalak tutadimi-yo‘qmi?" deba surishtirmaydilar. Ular: "Yoshi nechida? Nechta og‘a-inisi bor? Vazni qancha ekan? Otasi qancha maosh oladi?" deya so‘ray ketadilar. So‘ng shu tariqa o‘zlaricha odamni bilib olgan bo‘ladilar. Mabodo kattalarga: “Men qizgʻin gʻishtli chiroyli bir uyni koʻrdim, derazasida yorongul ochilib turibdi, tomida kaptari bor”, deb aytsangiz, ular bu imoratni sira ham koʻz oʻngilariga keltira olmaydilar. Ularga: “Men yuz ming frankli uyni koʻrdim”, deb aytish lozim – shundagina ular: “Ana goʻzallig-u mana goʻzallik!” deya xitob qiladilar.
©Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍3
* * *
Meni quvib kelar keng yirtqich – dunyo.
Yetsa, gʻajiydimi? Bu – mayda tashvish!
Soʻz aytsam, qaytadan boʻlgayman barpo!
Ammo qanday dahshat mudom zoʻriqish -
Girdobiga yutsa, ijod degan “oh”.
U “oh” asli nedur? Toʻrt fasl bogʻi –
Nechun sogʻinch tarzda dilimda manim?
Tangrim! Senga yetgum kelmoqda chogʻi!..
Mening bu dunyongga kelib topganim –
Sensizlik dogʻidir, sensizlik dogʻi.
©Usmon Azim

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Ushbu film ham, qo‘shiq ham yillar sinoviga qarab o‘tirmaydi, aksincha, tobora qalblarga chuqurroq ildiz otib boraveradi.
Shu taronani tinglasam, beixtiyor jo‘r bo‘laman har gal.
Sizchi? Sizga ham yoqadimi?
@Taqdir_bitiklari ☕️
Shu taronani tinglasam, beixtiyor jo‘r bo‘laman har gal.
Sizchi? Sizga ham yoqadimi?
@Taqdir_bitiklari ☕️
BIR ODAMNI BIR ODAM
Qanday yaxshi, birodar,
Odamzodning yuragi –
Bir odamni bir odam
Jondek yaxshi ko‘radi.
Bir odamni bir odam,
Sevib qolar tanishsa.
Bir odamni bir odam,
Sog‘inar ayro tushsa.
Birov ketsa oradan,
Birov unga yig‘laydi.
Bir odamdan bir odam,
Borib kengash so‘raydi.
O‘q otilsa birovga,
Jonin qo‘yib garovga.
Yetib borar suyovga,
Bir odamni bir odam.
Yaxshilik gul ocharmi,
Xalqlar totuv yasharmi,
Suymaganda agarda,
Bir odamni bir odam!
Sipqorib mehr kosasin,
Toshyuraklar yumshasin,
Doim sevib yashasin,
Bir odamni bir odam!
©Ibroyim Yusupov (Ma’ruf Jalil tarjimasi)

👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Agar boshqa millionlab yulduzlarda uchramaydigan bir gulni yaxshi ko’rsang, shuning o’zi ham kifoya: osmonga boqqaning zamon o’zingni baxtiyor his etasan. “Olislarda, qaydadir mening ham gulim bor”, deb shivirlasang bas – ko’ksing tog’dek yuksalib ketadi."
Hayotim davomida men o‘qigan, har bir gapini "status" sifatida yozib olsa bo‘laveradigan darajadagi asar – "Kichkina shahzoda".
O‘qimagan bo‘lsangiz, albatta o‘qing. O‘qimaganlarga ham jo‘natib qo‘yamiz!
Aytgancha, instagramda ham men bilan bo‘ling do‘stlarim: Instagram ♦️
@Taqdir_bitiklari ☕️
Hayotim davomida men o‘qigan, har bir gapini "status" sifatida yozib olsa bo‘laveradigan darajadagi asar – "Kichkina shahzoda".
O‘qimagan bo‘lsangiz, albatta o‘qing. O‘qimaganlarga ham jo‘natib qo‘yamiz!
Aytgancha, instagramda ham men bilan bo‘ling do‘stlarim: Instagram ♦️
@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari ☕️
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
– Nima qilyapsan?!
– Ko'rinmayaptimi? Men kaktusni quchoqlayabman!
– Axir uni tikani bor-ku!
– Bo'lsa bordir. Nima bo'pti?
– Joning og'rimayaptimi, axir?
– Og'riyapti.
– Unda nega bag'ringga bosyapsan?
– Qanchalik tikanli bo'lmasin, uni shunchaki quchoqlashsa ham xursand bo'ladi.
©Antuan de-Sent Ekzyuperi "Kichkina Shahzoda"

Axir, izzattalab odamlarga hamma ularning muxlisi bo‘lib ko‘rinaveradi-da!
©Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qul, hisob-kitobi tugagach, Jannatga kirishi ma‘lum bo‘libdi.
Farishtalar Jannat eshigiga olib borishganida qul uni so‘rabdi, farishtalar javob berishibdi, buni so‘rabdi javob berishibdi. Shunda Alloh taolo so‘ragan ekan: "Ey Farishtalar, qulim nima deyapti?"
Shunda Farishtalar aytishibdi-ki: "Ya, Robbil A‘lamin, sen har narsani bilguvchidirsan. Ammo quling aytyapti-ki, dunyoda bir sevgani bor ekan, mana shusiz kirmayman deyapti".
Shunda Alloh taolo aytar ekanki: "Qulim-ki qul holida bir qulni unutmabdimi, men kim Robbil A‘lamin bu qulni murodiga yetkazdiraman", deb sevganini hozir qilgan ekan.
Yaxshi ko‘radigan yaqinlarimizga yuboramiz.😊

Meni men istagan o'z suhbatig'a arjumand etmas,
Meni istar kishilar suhbatin ko'nglum pisand etmas.
©Hazrat Alisher Navoiy
@Taqdir_bitiklari ☕️
Meni istar kishilar suhbatin ko'nglum pisand etmas.
©Hazrat Alisher Navoiy
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍2
KOʻZLARIMDA OʻSADI DARAXT
Tong uyquda...
Toʻrgʻaylar toʻlib —
Daraxtlarga yozadi xatlar.
Koʻzi ketgan
Qachon
Mast boʻlib,
Hali uygʻonmabdi daraxtlar.
— Sen ularni uygʻotgin, bolam
Sen ularga
Tosh otmagin —
Yoʻq!..
— Uxlaganman
Qachonlar, Ona,
Men oʻzimni uygʻotganim yoʻq.
Mudrayapman...
Qayerga boqmay,
Tushlarimda oʻtkazib vaqtni.
Men daraxtni qanday uygʻotay?
Koʻzlarimda oʻsgan daraxtni.
Tushdan sarxush
Yashayapman men,
Yuragimga bosilgan tamgʻa.
Daraxtlarni topshirib qoʻymang,
Oʻzi uxlayotgan odamga.
©Xosiyat RUSTAMOVA
@Taqdir_bitiklari ☕️
Tong uyquda...
Toʻrgʻaylar toʻlib —
Daraxtlarga yozadi xatlar.
Koʻzi ketgan
Qachon
Mast boʻlib,
Hali uygʻonmabdi daraxtlar.
— Sen ularni uygʻotgin, bolam
Sen ularga
Tosh otmagin —
Yoʻq!..
— Uxlaganman
Qachonlar, Ona,
Men oʻzimni uygʻotganim yoʻq.
Mudrayapman...
Qayerga boqmay,
Tushlarimda oʻtkazib vaqtni.
Men daraxtni qanday uygʻotay?
Koʻzlarimda oʻsgan daraxtni.
Tushdan sarxush
Yashayapman men,
Yuragimga bosilgan tamgʻa.
Daraxtlarni topshirib qoʻymang,
Oʻzi uxlayotgan odamga.
©Xosiyat RUSTAMOVA
@Taqdir_bitiklari ☕️
Kichkina shahzoda rostdan ham yosh bolalar uchun(mi)?
Bu borada mening fikrlarim.
U asarni bolalar asari, degan fikrni ilgari surish, yosh bolalarcha fikrlash bo‘lardi.
@Taqdir_bitiklari ☕️
Bu borada mening fikrlarim.
U asarni bolalar asari, degan fikrni ilgari surish, yosh bolalarcha fikrlash bo‘lardi.
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Sening sayyorangda odamlar bir bog‘da mingta atirgul o‘stirishadi… Ammo izlagan narsasiga erisholmaydi…
– Ha to‘g‘ri – tan oldim men.
– Zero, ular izlagan narsasini bir atirguldan ham topa olishlari mumkin. Nega shuni tushunmaydilar?
©Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Ha to‘g‘ri – tan oldim men.
– Zero, ular izlagan narsasini bir atirguldan ham topa olishlari mumkin. Nega shuni tushunmaydilar?
©Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
@Taqdir_bitiklari ☕️
SHOIRLAR HAYOTI
Shoirlar surati turibdi qator,
Mana bu – Lermontov, mana bu – Furqat.
Dunyoga sigʻmagan buyuklar nochor
Bugun ramkalardan boqishar faqat.
Nima ham qilardi bir jonsiz boʻyoq,
Parchalab tashlardi tirik boʻlganda.
Shoirlar hayoti hamisha shundoq,
Ramkaga tushadi faqat ...oʻlganda.
©Abdulla Oripov
@Taqdir_bitiklari ☕️
Shoirlar surati turibdi qator,
Mana bu – Lermontov, mana bu – Furqat.
Dunyoga sigʻmagan buyuklar nochor
Bugun ramkalardan boqishar faqat.
Nima ham qilardi bir jonsiz boʻyoq,
Parchalab tashlardi tirik boʻlganda.
Shoirlar hayoti hamisha shundoq,
Ramkaga tushadi faqat ...oʻlganda.
©Abdulla Oripov
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
***
Qulluq qil demasman,
Yurt tuprog'in o'p.
Unga Qullar emas,
Fidolar kerak.
Uning sen-u mendek shoirlari ko'p,
Buyuk elga endi daholar kerak.
Qaddingni baland tut!
Bo'lma serta'zim!
Cho'qqi bo'lolmasang,
Mahkam qoya bo'l!
Pillapoya bo'ldim,
Senga azizim,
Sen ham gal kelganda
Pillapoya bo'l...
©Erkin Vohidov
@Taqdir_bitiklari ☕️
Qulluq qil demasman,
Yurt tuprog'in o'p.
Unga Qullar emas,
Fidolar kerak.
Uning sen-u mendek shoirlari ko'p,
Buyuk elga endi daholar kerak.
Qaddingni baland tut!
Bo'lma serta'zim!
Cho'qqi bo'lolmasang,
Mahkam qoya bo'l!
Pillapoya bo'ldim,
Senga azizim,
Sen ham gal kelganda
Pillapoya bo'l...
©Erkin Vohidov
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1