Bugun tongda ko‘zlarini ochmagan 150 ming odamdan biri emasmiz. Shuning o‘ziga ham Alhamdulillah.
Tiriklik nemati bizga ham berildi. Shunday katta muvaffaqiyatdan bebahra qolmadik!
Bu so‘zlarni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak tiriksiz do‘stim. Shukringiz qani?
ALHAMDULILLAH.😊
@Taqdir_bitiklari ☕️
Tiriklik nemati bizga ham berildi. Shunday katta muvaffaqiyatdan bebahra qolmadik!
Bu so‘zlarni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak tiriksiz do‘stim. Shukringiz qani?
ALHAMDULILLAH.😊
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
• Onasiz katta bo‘lish mumkin, lekin sheriksiz o‘sa olmaysan.
• Shaxmat tugagandan so‘ng piyoda ham, shoh ham bitta qutiga solinadi...
🎞 "Qashqirlar makoni" serialidan
@Taqdir_bitiklari ☕️
• Shaxmat tugagandan so‘ng piyoda ham, shoh ham bitta qutiga solinadi...
🎞 "Qashqirlar makoni" serialidan
@Taqdir_bitiklari ☕️
GRAFIKA
Koʻzing qaro sening, qoshlaring qaro,
Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq.
Qoʻlingdagi taʼna toshlaring qaro,
Menga gʻamgin boqib turishlaring oq.
Unutishing — qaro, hijroning qaro,
Sogʻinching oppoqdir, xatlaring — oppoq.
Qarodir yurganing oʻch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring — oppoq.
Shommi, yo saharmi — vaqtimdir qaro,
Sen deb toʻkayotgan yoshlarim oppoq.
Sening ham, mening ham baxtimdir qaro,
Oʻttiz toʻrt yoshingda sochlaring oppoq.
Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qora boʻyoqlar bizning bogʻlarda...
Men milyon boʻyoqni bilardim, axir,
Ikkimiz baxtiyor boʻlgan chogʻlarda.
©Usmon AZIM

👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
***
Bunchalar toʻzgʻindir sening sochlaring –
Hayolday beshakl, qaygʻuday chalkash.
Tumanga choʻkkanday goʻyo boshlaring –
Mumkin emas tarash, mumkinmas tahlash.
Bul tuman ichida adashdim men ham,
Olis qiynoqlarga oʻzimni chogʻlab...
Sen ovoz bermasdan oʻltirarkansan,
Tumanni yelkangga tashlaysan bogʻlab.
Shafqat qil! Koʻz yoshim quridi manim,
Koʻngil qaytib keldi – osmonga tegib...
Oʻlimga tayyorday oʻltirasan jim,
Tumanga koʻmilgan boshingni egib.
©Usmon Azim

Bugungi yakshanba tongini (tahminan soat 5:20 larda 🥱) issiqqina qahva ☕️, hamda Jon Grin asarini 📚mutolaa qilish bilan qarshi oldim.
Naqadar ajoyib!
Uyqudan ko‘ra kitob afzalligiga balki rostdan ham "Yulduzlar aybdor"dir. 🤓
Ko‘ramiz!..
Kuzatamiz!..
Taassurotlar albatta ulashiladi! 😉
@Taqdir_bitiklari ☕️
Naqadar ajoyib!
Uyqudan ko‘ra kitob afzalligiga balki rostdan ham "Yulduzlar aybdor"dir. 🤓
Ko‘ramiz!..
Kuzatamiz!..
Taassurotlar albatta ulashiladi! 😉
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
#Yulduzlar_Aybdor
O'spirinlik yoshida inson qalbi haddan ma‘sum bo‘ladi. Shu qadar beg‘ubor bir sevgiga talpinadi. Og‘ir xastalikka chalingan asar qahramonlari esa buni ikki karra teran his qilishib, hayotni qadrlash, har lahzani shodon o‘tkazish payida bo‘ladilar. 😢 Ana shu chin insoniy tuyg‘u o‘quvchini ortidan ergashtiradi, umrining hech qachon ortga qaytmasligini ichkin anglatadi. 🥺

❤3
#Kayfiyat
— Aytishlaricha OKTS ga chalinibman...😢
— OITS ni eshitgandim, ammo bu qanday kasallik bo‘ldi?
— Orttirilgan Kitob Tanqisligi Sindromi! 🤓
— O‘l-e! Yuragimni yording! 😀

Bilamizki, ko‘pgina mashhur asarlarning kinolari 📽 ham suratga olingan.
Ko‘pchilik, (o‘qishga eringanidan🥱) kinosini ko‘rib qo‘ya qolishni afzal bilishadi.
Ammo bu eng maqbul yechim emas.
Quyida sizga kitobning kinodan 5 ta ustun jihatini keltiraman:
1. Kitobxon asarni o‘qiganda, qahramonlar o‘rnida o‘zi gavdalanadi. Bu esa, ta‘sirchanlikni oshiradi.
2. Kinoda rol ijro etgan aktyor yoki aktrisa qanchalik yuksak mahorat egasi bo‘lmasin, qahramonni to‘la ochib bera olmaydi.
3. Kitob miriqib, uzoq mutolaa qilinadi. Kino bir-bir yarim soatlarda tugab qoladi.
4. Ba‘zi epizodlarni video kadrlar orqali ko‘rsatib berishning imkoni yo‘q. Shu sababli asarning ko‘p qismlari olib tashlanadi, yoki o‘zgartiriladi.
5. Yakunda esa, kinoni ko‘rib shunday ajoyib bir asarni tugatasan, ammo noming "serialchi" bo‘lib qolaveradi. 😣
Ana shunaqa "serialchi" do‘stim! E-e, kinosini ko‘rganman, qiziq emas bu asar, deyishga shoshilmang. Avval o‘qing, his qiling, keyin javob aytasiz! 😉

— Vaqti keldi, — dedim men. — Biz hammamiz dunyoni tark etamiz. Tamom. Shunday payt keladiki, odamlarning o‘zi qolmaydi. Sen tugul Aristotelni ham, Kleopatrani ham eslaydigan birorta odam qolmaydi. Bizlarning qilgan ishlarimiz, qurganlarimiz, yozganlarimiz, ixtirolarimiz unutilib ketadi. Bularning barchasi, — men qo‘lim bilan davraga ishora qildim. — izsiz yo‘q bo‘ladi. Balki bu tezda yuz berar, balki ungacha millionlab yil bor bo‘lsa ham, biz quyoshning so‘nishidan omon chiqsak ham, insoniyat abadiy mavjud bo‘la olmaydi. Tirik jonzodlar o‘zlarining mavjudligini anglagandan oldin ham, bizdan keyin ham vaqt mavjud bo‘laveradi. Agar seni unutilish xavfi bezovta qilayotgan bo‘lsa, ko‘plar qatori unga parvo qilmaslikni tavsiya qilaman.
©Jon Grin "Yulduzlar aybdor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Jon Grin "Yulduzlar aybdor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
Inglizlarda "Bookworm" degan ibora bor.
"Book" kitob degani, "worm" — chuvalchang, qurt ma‘nolarida.
Umumiy qilib aytganda "Kitob qurti" ma‘nosini uqib olish qiyin emas.
Eng qizig‘i bu insonlarga nisbatan ishlatiladi asosan.
Kitoblarni qurtdek "yeb tashlaydigan" insonlarga "Bookworm" (Kitob qurti) deyishadi. 😆
Xo‘sh aziz do‘stim, siz ham shunaqa "qurt"misiz? 😀

— Bu hikmat menga ham juda yoqadi.
Men shundagina televizor ustidagi farishta suvrati ostidagi "Og‘riq bo‘lmasa, shodlikni anglarmidingiz?" — degan yozuvdan ko‘z uzmay o‘tirganimni angladim.
— Ha, ajoyib fikr.
©Jon Grin "Yulduzlar aybdor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
Men shundagina televizor ustidagi farishta suvrati ostidagi "Og‘riq bo‘lmasa, shodlikni anglarmidingiz?" — degan yozuvdan ko‘z uzmay o‘tirganimni angladim.
— Ha, ajoyib fikr.
©Jon Grin "Yulduzlar aybdor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
— Biz bilan kechki taomda birga bo‘lasanmi? — so‘radi Gasning xuddi sichqonchadek kichkina onasi.
— Ehtimol, — dedim men. — Men o‘ngacha uyda bo‘lishim kerak. Undan tashqari men go‘sht yemayman.
— Hechqisi yo‘q, bir nechtasini vegetariancha qilib tayyorlaymiz, — dedi onasi.
— Jonivorlarni shunchalar yaxshi ko‘rasanmi? — qiziqdi Gas.
— Shunchaki ma‘suliyati menga ham tegishli bo‘lgan qatllar sonini kamaytirmoqchiman, — izoh berdim men.
©Jon Grin "Yulduzlar aybdor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
— Ehtimol, — dedim men. — Men o‘ngacha uyda bo‘lishim kerak. Undan tashqari men go‘sht yemayman.
— Hechqisi yo‘q, bir nechtasini vegetariancha qilib tayyorlaymiz, — dedi onasi.
— Jonivorlarni shunchalar yaxshi ko‘rasanmi? — qiziqdi Gas.
— Shunchaki ma‘suliyati menga ham tegishli bo‘lgan qatllar sonini kamaytirmoqchiman, — izoh berdim men.
©Jon Grin "Yulduzlar aybdor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
— Ba‘zan odamlar bergan va‘dalariga ahamiyat berishmaydi, — ta‘kidladim men.
— Albatta. Ammo so‘zlarida turishadi. Sevgi ham mana shunda. Sevish — bergan so‘zingga har qanday vaziyatda ham sodiq qolish. Yoki sen chinakam sevgiga ishonmaysanmi?
Men javob bermadim. Menda javob yo‘q edi. Ammo agar chinakam sevgi mavjud bo‘lsa, Ayzek aytgan ta‘rif unga juda mos tushardi.
©Jon Grin "Yulduzlar aybdor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
— Albatta. Ammo so‘zlarida turishadi. Sevgi ham mana shunda. Sevish — bergan so‘zingga har qanday vaziyatda ham sodiq qolish. Yoki sen chinakam sevgiga ishonmaysanmi?
Men javob bermadim. Menda javob yo‘q edi. Ammo agar chinakam sevgi mavjud bo‘lsa, Ayzek aytgan ta‘rif unga juda mos tushardi.
©Jon Grin "Yulduzlar aybdor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤2
Umr juda omonat va o‘tkinchi, bolalaringiz bu halginchaklar orqali esa insoniyat hayotining yuksalishi va qulashlari bilan bexatar tanishib olish asnosida, muhim bir narsani o‘rganadilar: qanchalar kuchli va yuksak uchmagin, boshingdan balandga sakrolmaysan!
©Jon Grin "Yulduzlar aybdor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Jon Grin "Yulduzlar aybdor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
— Xohlaysanmi, men ularni guldonga solib qo‘yaman? — so‘radi oyim yuzlariga tabassum yoyilgancha.
— Yo‘q, ularni xonamga olib kiraman.
Lolalarni mehmonxonadagi vazaga solib qo‘yadigan bo‘lsak, gullar hammaning guliga aylanardi. Men esa ular faqat meniki bo‘lishini istardim.
©Jon Grin "Yulduzlar aybdor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
— Yo‘q, ularni xonamga olib kiraman.
Lolalarni mehmonxonadagi vazaga solib qo‘yadigan bo‘lsak, gullar hammaning guliga aylanardi. Men esa ular faqat meniki bo‘lishini istardim.
©Jon Grin "Yulduzlar aybdor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
#Haqiqat
— Tibbiyot sohasini qanday rivojlantirsa bo‘ladi?
— Bu juda oson: birinchi 3 yil, domlalar o‘z o‘quvchilari qo‘lida davolanishlari kerak!
©Abu Muhammad Yusuf
@Taqdir_bitiklari ☕️
— Tibbiyot sohasini qanday rivojlantirsa bo‘ladi?
— Bu juda oson: birinchi 3 yil, domlalar o‘z o‘quvchilari qo‘lida davolanishlari kerak!
©Abu Muhammad Yusuf
@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari ☕️
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari ☕️
Xudo xohlasa tez kunlarda e‘tiboringizga yangi tarjima asarimni havola etish niyatidaman.
Argentinalik mashxur yozuvchining dunyoning 18 ta tiliga tarjima qilingan asari ustida ish olib boryapman.
Umid qilaman-ki, kitob har biringizning nafaqat xonadoningizga, balki qalbingizga ham kirib boradi.
Undagi so‘zlar hozirdanoq menga yashash qanday bo‘lishini o‘rgatmoqda! 🙂
Nomi va muallifi hozircha sir bo‘la qolsin. Nashriyotlardan biri bilan muzokara o‘tkazib, barchasini hal etgach, e‘lon qilaman. Hozircha sabr... 🙃