Taqdir bitiklari
2.14K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
Olamlar sarvari Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga bitmas-tuganmas salovotlar bo‘lsin!
Elektron kitob o‘qimasligimga 7 ta sabab:

1. Ko‘zga zararli.
2. Telefon orqali boshqa dasturlarga kirib ketib, chalg‘ish ehtimoli yuqori.)
3. Varaqlari kamayayotganini his qila olmaysan.
4. Kutubxonang bo‘lmaydi.
5. Qolaversa, yangi kitobning iforiga nima yetsin? 🙂
6. Bookmark ishlata olmaysan.
7. Aql to‘lsa ham, ko‘ngil to‘lmaydi.


@Taqdir_bitiklari 🍂
Me'yor

Ter toʻkib, zahmatga koʻmilib xursand,
Nuqul shu nuqtada toygan odamzot –
Qutlugʻ meʼyor nadur, topib ololsang,
Sen – marra chizigʻin bosib oʻtgan zot!

Meʼyorga begona har ishlar – jirkanch,
Ular vujudni-da, qalbni-da yeydi.
Faqat ahmoqgina kosasi toʻlgach,
Agʻdarib, tagin ham toʻldiray deydi.


©Xayrulla Hamidov

@Taqdir_bitiklari 🍂
Hayot naqadar uzunligini bilsang edi. Umr qisqa deb yolg'on aytadilar, biz juda uzoq yashaymiz, juda uzoq, shu qadar ko'p voqealarni boshimizdan kechiramizki, umrimiz bo'yi kirib chiqqan ko'chalarimizning hisobiga yetib bo'lmaydi, keksalar aytganiday, dunyoni tishimizda ko'tarib katta qilamiz.

©Anor "Besh qavatli uyning oltinchi qavati"

@Taqdir_bitiklari ☕️
Kel Yashaylik Biz Birga
Bolalar
***
Kel yashaylik biz birga,
Bizning ertagimizda.
Do‘st-u dushman ichida,
Ikkimiz oxirgacha.
Eng so‘nggi nafasgacha...
To o‘lim ajratguncha...
Yaxshi-yomon kunimda,
Bo‘lasanmu yonimda?.. 🙂

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OTA-ONAM

Yonimga kelishgan edi tunov kun,
Qarasam, ikkisi ancha xoribdi.
Mahzun koʻzlaridan sezib qoldim men,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Dardlarim koʻp edi serob, toʻkinli,
Dardlarki, yurakka qadar boribdi.
Oʻrtadan boʻlishib olgan, shekilli,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Koʻzda yosh yiltillar nogoh kularkan,
Anordek yuzlarni ajin yoribdi.
Yolgʻiz oʻgʻil dardi ogʻir boʻlarkan,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Qarilik dardini berkitolmas zeb,
Atrofdan serjilo yoshlik aribdi.
Tavba, bir-biridan qolishmayin deb,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Yillarni yamlaydi bittagina gʻam,
Bitta dard sochlarga qorlar qoribdi.
Besh kunlik ekan-da dunyo rostan ham —
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

... Yonimga kelishgan edi tunov kun,
Boqsam, bus-butunlay soch oqaribdi.
Nogoh bir qoʻrqinchdan choʻchib ketdim men —
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

©Xayrulla Hamidov

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erta tongdan go‘zal she‘r qalbingizga rohat baxsh etsin.

Albatta, ijroda o‘zim!

@Taqdir_bitiklari ☕️
― Odamlar qanday xayrlashadi, Jeyn?
― Ular koʻrishguncha deyishadi yoki oʻziga yoqqan boshqa soʻzlarni aytishadi.
― U xolda ayting ularni.
― Koʻrishguncha, janob Rochester. Tez orada koʻrishamiz
― Men-chi, nima deyishim kerak?
― Ma'qul boʻlsa siz ham shuni ayting ser.
― Ko‘rishguncha, Jeyn. Tez orada ko‘rishamiz. Boʻldimi?
― Ha.
― Menga esa bunday xayrlashish zerikarli, quruq va samimiy emasdek tuyulyapti. Balki qoʻllarimizni siqib qo‘yarmiz? Yo‘ bu ham meni qoniqtirmagan boʻlardi. Demak, menga o‘sha „Koʻrishguncha“ngizdan boshqa hech nima aytmoqchi emasmisiz, Jeyn?
― Shuni oʻzi yetarli, ser. Ba'zida birgina soʻz koʻp so‘zlardan iliqroq eshtiladi.
― Balki. Lekin bu shunchalar sovuq va quruq eshitilyaptiki... Koʻrishguncha.


©Sharlotta Bronte "Jeyn Eyr"

@Taqdir_bitiklari ☕️
#tungi_ōylar

Hol so‘rovchi insoning bo‘lsa, kasal bo‘lish ham yoqimli... 🙂

@Taqdir_bitiklari ☕️
Yoshligimizda:
— Ertaga nima oʻyin oʻynasak ekan-a?! — deb kutardik.

Bugun esa:
— Hayot bizga nima oʻyin oʻynar ekan-a?! — deb kutyapmiz.


©Mahbubiy

@Taqdir_bitiklari ☕️
Bugun, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Jahonda 5621 ta til va sheva bor, 1400 til yoʻqolib ketish arafasida.
 
Dunyo tillaridan faqat 40 tasi ogʻzaki va yozma mukammal shakllangan, ularning ichida oʻzbek tili ham bor!

Ingliz tilida 2,5 million, rus tilida 2 million, oʻzbek tilida 1,5 millionta soʻz bor.

Alisher Navoiy oʻz asarlarida 26 mingta, Pushkin 21 mingta, Shekspir 20 minta soʻz ishlatgan ekan.

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
KELMAYSIZ...

Sezmaysiz.
Hijrondan tanimda titroq.
Isitma. Jonimga jonni oʻraysiz.
Kunda ellik bora qilib qoʻngʻiroq,
“Dori ichdingmi?” - deb qayta soʻraysiz.

Bilmaysiz.
Sogʻinchning davosi - diydor.
Dard bor, darmonlari buncha kechikdi?
Hijron bor, alam bor, ilinj bor, gʻam bor.
Nega tushunmaysiz?
Sizga ichikdim...

Kelmaysiz...

©Lobar Azizxoʻjayeva

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️
Baxtli oilalarning hammasi bir-biriga o‘xshaydi, baxtsiz oilalarning esa har biri o‘zicha baxtsizdir.

©L.N.Tolstoy "Anna Karenina"

@Taqdir_bitiklari ☕️
Kecha menga ishonmaganlar, bugun ko‘zlariga ishonmayapti. 😎

@Taqdir_bitiklari ☕️
ODAM BO‘LISH BAXT

Tog‘lar osmono‘par, ammo jim yashar,
Shundan million yillar ketmas yiqilib.
Bog‘lar sahiylikda go‘yo bellashar,
Bag‘riga bir kun kuz kelishin bilib.

Agar yaxshilikka qilmasa xizmat,
Qo‘ldagi har qalam, bir qarich cho‘pdir.
Ming afsus, bu qismat eng yomon qismat -
Ilmidan isyonga ketganlar ko‘pdir.

O‘zdan ketgan ba’zi olimdan ko‘ra,
Taqdir zolimlarga do‘st qilsin mani.
Nimaga o‘xshashin elimdan so‘ra,
O‘z ilmiga amal qilmas mullani.

Odam bo‘lish qiyin, odam bo‘lish baxt,
Buni bilmagan bosh, go‘shtdir bir o‘ram.
Atrofimga boqsam, bo‘laman karaxt,
Har yog‘im olimlar, biroq odam kam.


©Botirjon Ergashev

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
Sen-la dardlashishni sogʻindim juda,
Qogʻozga koʻchirsam, boʻldim pushaymon.
Hayot ham qandaydir emas, osuda -
Masofa uzoqdir, koʻzlar nigoron...

Telefon raqaming teraman takror,
Qoʻngʻiroq qilishga yetmaydi jurʼat.
Yaxshisi, bir xabar sen oʻzing yubor -
Sen ham dardlashmoqqa topgin-da fursat...

Sen ham dardlashmoqqa topgin-da fursat!


©Abduvohid Suvonov

@Taqdir_bitiklari ☕️
Sizga aytsam, oxirgi marta qachon hafa bo‘lganimni eslay olmayman. Bu jon menga siqish uchun berilmagan.
Alloh bergan quvonchiga ham, tashvishiga ham ko‘nib, qalbimga qum zarrasidekkina ham qayg‘u olmaydigan toifadanman.
Ana shunaqa:)

@Taqdir_bitiklari ☕️
Balki sevilishdan ham muhimi tushunilishdir?..

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
MUHABBAT

Goʻzal yorni suyib, kuyganim qoldi,
Hijron libosini kiyganim qoldi,
Aziz jonimdanam toʻyganim qoldi–
Muhabbat, tashakkur, ozorlaringga!

Har yerda bir turtib oʻtdilar meni,
Alam-dard ustida tutdilar meni,
Yusufdek qul qilib sotdilar meni –
Muhabbat, tashakkur, bozorlaringga!

Oy quyosh nuridan tonib kechdilar,
Goʻzal yulduzchalar yonib oʻchdilar.
Qonimdan lolalar qonib ichdilar,
Muhabbat, tashakkur, gulzorlaringga!

Tashakkur baʼzida erkalab yurding,
Soʻng qaygʻu chekmoqni oʻrgatib berding...
Soʻnggi manzilni ham koʻrsatib berding –
Muhabbat, tashakkur, mozorlaringga!


@Taqdir_bitiklari ☕️
👍2