Donolik bilan nodonlik shu qadar yaqinki, odam donolikni qancha ko’p da’vo qilsa, shuncha nodon bo’ladi!
©Oʻtkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Oʻtkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
@Taqdir_bitiklari ☕️
O‘z dushmanlarimni yaxshi ko‘raman. Ular menga ermak bo‘ladilar, qonimni qaynatadilar. Hamisha ko‘z-quloq bo‘lib turish, har qarash, har so‘zning mag‘zini chaqish, dushman niyatlarini bilib olish, fitnalarini puchga chiqarish, o‘zingni aldaganlikka solib, har xil hiyla-nayranglar va orzu-niyatlardan qurilgan ulkan binoni birdan qulatib yuborish — hayotning zavqi deb men mana shuni atayman.
©Mixail Lermontov "Zamonamiz qahramoni"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Mixail Lermontov "Zamonamiz qahramoni"
@Taqdir_bitiklari ☕️
#Haqiqat
– Nega siqilyapsan?
– Muammoyim bor.
– Hal qilsa bo‘ladimi?
– Bo‘ladi.
– Unda siqilishdan nima foyda?
– Sen nega siqilyapsan?
– Muammoyim bor.
– Hal qilsa bo‘ladimi?
– Yo‘q.
– Unda siqilishdan nima foyda?
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Nega siqilyapsan?
– Muammoyim bor.
– Hal qilsa bo‘ladimi?
– Bo‘ladi.
– Unda siqilishdan nima foyda?
– Sen nega siqilyapsan?
– Muammoyim bor.
– Hal qilsa bo‘ladimi?
– Yo‘q.
– Unda siqilishdan nima foyda?
@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
...biz baxtli bo‘lamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik...
Muhammad Yusuf "Biz baxtli bo‘lamiz"
@Taqdir_bitiklari ☕️
Xudo xohlamasa uchrasharmidik...
Muhammad Yusuf "Biz baxtli bo‘lamiz"
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kayfiyat
Navoiy bobomiz to‘ppa-to‘g‘ri gaplarni aytgan ekanlar. 😆
Yarim soat kulibman o‘ziyam.
@Taqdir_bitiklari ☕️
Navoiy bobomiz to‘ppa-to‘g‘ri gaplarni aytgan ekanlar. 😆
Yarim soat kulibman o‘ziyam.
@Taqdir_bitiklari ☕️
😁3
Darvinga e’tiroz
Darvin ta’limoti noto‘g‘ri. Odam maymunda emas, maymun odamdan tarqagan. Oyog‘i yerdan uzilmaganlar odam bo‘lib qolgan. Oyog‘i yerdan uzilganlar esa maymun bo‘lib? daraxtga chiqib ketgan... Bu jarayon hamon davom etmoqda...
©O‘tkir Hoshimov

Hech kim sizdan aqlli emas, hech kim sizdan kuchli emas. Shunchaki ular sizdan ancha vaqtliroq boshlashgan.
©B.Treysi
@Taqdir_bitiklari ☕️
©B.Treysi
@Taqdir_bitiklari ☕️
Men haqimda eshitma, mendan eshit.
Mish-mishni adovati bor to‘qiydi, hasadchi tarqatadi va ahmoq eshitadi...
©Ayman Yog‘iy
@Taqdir_bitiklari ☕️
Mish-mishni adovati bor to‘qiydi, hasadchi tarqatadi va ahmoq eshitadi...
©Ayman Yog‘iy
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
#Kayfiyat
– Xotin, kimning didi zo‘r?
– Meniki albatta!
– To‘g‘ri, sening diding menikidan ancha yaxshi.
– Rahmat!!!
– Chunki meni tanlagansan shu diding bilan, men esa seni.))

Kechalar kechadek yoyilganda g‘am
so‘ngakni sindirsa yurakning zarbi.
Sen meni hech qachon tanimasang ham
men seni sevaman bir tentak kabi...
Yig‘lasam motamiy kabi o‘kirib,
yig‘lasam quchgancha yelkalaringni.
Toshingga tovonim qonini surib
yorita olaman kechalaringni...
©Asqar Mahkam
@Taqdir_bitiklari ☕️
so‘ngakni sindirsa yurakning zarbi.
Sen meni hech qachon tanimasang ham
men seni sevaman bir tentak kabi...
Yig‘lasam motamiy kabi o‘kirib,
yig‘lasam quchgancha yelkalaringni.
Toshingga tovonim qonini surib
yorita olaman kechalaringni...
©Asqar Mahkam
@Taqdir_bitiklari ☕️
#asardan_parcha
Erkaklar ko‘pincha ayollardan noliydilar. Ayol kishining qalbini tushunish qiyin deb, hasrat qiladilar. Nachora, pinhon narsani tushunish hamisha mushkul bo‘ladi. Sirli narsani bilish hamisha mashaqqatli bo‘ladi. Buning uchun ayol kishi aybdor emas. Qiz bola sirlarini pinhon saqlamay nima qilsin? Aslini olganda hamma narsaning pinhoni oshkorasidan ko‘ra kuchliroq bo‘ladi. Balki shuning uchun ham qiz muhabbati yigit mubabbatidan kuchliroq bo‘lsa ajab emas.
©O‘tkir Hoshimov "Nur borki soya bor"
@Taqdir_bitiklari

...Yigirma yetti yil odamlarni qog‘ozlar bilan himoya qilgan. Oxir oqibatda uning ajali yetib o‘ldi. Keyin uning go‘riga tosh otish boshlandi; u himoya qilgan ming-minglab odamlar unga birinchi bo‘lib tosh otdilar – o‘rniga boshqani saylashdi, bu boshliq buyruqni qanday bo‘lsa shunday bajarish uchun qo‘lidagi hamma narsadan foydalandi – hatto kuchdan ham.
©Nazar Eshonqul "Maymun yetaklagan odam"

– Og‘zi qiyshiq bo‘lsayam boyni bolasi gapirsin!
– Axir sen boyning bolasimassanu!
– Zato og‘zim qiyshig‘u!
📽 "Boyvachcha" filmidan
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Og‘zi qiyshiq bo‘lsayam boyni bolasi gapirsin!
– Axir sen boyning bolasimassanu!
– Zato og‘zim qiyshig‘u!
📽 "Boyvachcha" filmidan
@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
Ehtimol o'g'rilik qilgan odamning siri ochilmas, ehtimol qotillik qilgan olchoqning ham siri bilinmas. Ammo xiyonat fosh bo'lmay qolmaydi. Negaki, xiyonatni bir odam qilmaydi. Albatta, sherigi bo'ladi. Faqat, yomon joyi shundaki, xiyonatdan ozor chekkan odam bu sirni hammadan keyin biladi. Shunisi alam qiladi...
©O'tkir Hoshimov
@Taqdir_bitiklari ☕️
©O'tkir Hoshimov
@Taqdir_bitiklari ☕️
Ma’lumki, A.S. Pushkin kalta bo‘yli inson bo‘lgan, ammo u uzun bo‘yli ayollarni juda yoqtirgan. Bir safar u bal vaqti Knyagina Gonchakova oldiga chiqib, uni raqsga taklif qiladi. Knyagina undan sal balandroq edi, shuning uchun shoirga yuqoridan pastga nazar solib, kinoya bilan shunday deydi:
– Janob, kechirasiz, ammo menga bola bilan raqs tushish noqulay.
Shundan so‘ng, Aleksandr Sergeyevich xushmuomalalik bilan bosh egib shunday javob qaytaradi:
– Kechirasiz, xonim, lekin men sizning xomilador ekanligingizni bilmabman...

👏2
MEHMON HAQQI
Gʻarblik bir musulmondan suxandon so‘radi:
– Nima uchun musulmon bo‘lgansiz?
U shunday javob qildi:
– 1993 yilda turmush o‘rtog‘im bilan Turkiyaga safar qildik. Qishloqlardan birida yo‘lni yo‘qotib qo‘ydik. Bir yo‘lovchidan:
– Ushbu manzilni bilasizmi?, deb so‘radim.
U:
– Bu yerda mehmonxona yo‘q. Men bilan uyimga yuringlar. O‘sha yerda tunaysizlar, dedi.
Biz uning uyiga bordik. Juda ham qorong‘u edi. Uyga kirsak, u yerda besh bola va ikki qariya er-xotin bor ekan. Bizga kamtarona taom keltirishdi. Uni yedik.
Keyin uy sohibi menga:
– Sen xotining bilan shu xonada dam ol. Biz boshqa xonada tunaymiz, dedi.
Biz uxladik. Ertalab turib uy sohibiga rahmat aytish uchun tashqariga chiqdim. Qarasam, biz tunagan xonadan boshqa xona yo‘q ekan. Uy sohibini qidirdim. U oilasi bilan xovlida daraxt ostida yotar edi.
Men unga:
– Sen jinnimisan, nega bunday qilding?, dedim.
U:
– Men jinni emasman. Men musulmonman. Dinim meni mehmonni qo‘limdan kelganicha izzat-ikrom qilishni buyurgan. Sen esa mehmonimsan, dedi.
Xotinim bu manzarani ko‘rib yig‘lab yubordi. Men uy sohibiga:
– Unday bo‘lsa bu Islom biz eshitgan islom emas. Men qanday qilib Islomni o‘rganishim mumkin, dedim.
U:
– Qur’on va hadislarning tarjimasini olasan. Ularni o‘qib Islomni taniysan, dedi.
Men u aytgan kitoblarni olib ikki oy Islomni o‘rgandim va bu dinga kirganimni e’lon qildim. Keyin o‘z gardanimga Islomga da’vat qilishni vazifa qilib oldim. Qo‘limda mingdan ortiq kishi Islomga kirdi. Ruminiyada Islom markazi qurib butun dunyoga bu dinni tarqatishni niyat qildim...

JANG
Tug‘ilding jangchisan!
Ko‘zlaringni och.
Yig‘laysan chalinadi bong.
Kulasan chalinadi bong.
Birinchi qadaming – birinchi zarbang,
Go‘daklik ko‘zlarin ochmaydi shu tong.
Yiqilib qonagan boshingga,
Boylanar onangning ro‘moli.
Otangning daldasin ko‘tarib,
yengmoqchi bo‘lasan dunyoni.
Yillarning boshiga tushirasan musht,
Kunlarning bo’yniga ilasan gunoh.
Har kuni o‘zinga bo‘lasan mag‘lub,
Savollaring mag‘lub.
Savoblaring mag‘lub.
Hammasi o‘zingning qurboning.
Hayotning mushtlari tugamas,
Tugamas janchisi dunyoning.
Oldinda muhim jang,
Ishq jangi – sog‘inch jangi.
Sevganingning ko‘ziga,
Yomg‘irday yog‘ish jangi.
Yutolsang visolga egasan!..
Shamolga aylanar nigohing,
Olovdek yonadi har panjang.
Zarbalar!
Zarbalar!
Zarbalar!
Har yoqqa sochilar hislaring.
Sevi-i-b yumiladi ko‘zlaring –
Sevi-i-b ochiladi ko‘zlaring.
Mushtlardan yuraging sinadi,
tugaydi ohirgi umiding.
“Baribir men seni sevaman”, –
Shu so‘zning ustiga qulading.
O‘rtaga ayriliq tushadi,
Boshlanadi teskari sanoq.
O‘n!
To‘qqiz!
Sakkiz!
Tursangchi-turaqol osonmi sevmoq.
Yetti!
Olti!
Besh!
Sevganing ko‘zini yumadi...
To‘rt!
Uch!
Ikki!
Bir!
Hammasi tugadi...
Lekin sen jangchisan –
jang qilishing shart.
Jang qilib uylanding boshqa bir qizga,
Jang qilib, umrini qaritding.
Quvonsa – quvonding jang qilib,
Yig‘lasa jang qilib yoshini artding.
Jang qilib ichishni o‘rganding!
Jang qilib ketishni o‘rganding!
Jang qilib kechishni o‘rganding!
Otangni ko‘masan yutqazib...
Onangni ko‘masan yutqazib...
(Judolik!)
Raqibing jo‘natar qabrga,
Mushtinga guldasta tutqazib!
Yig‘lama!..
Yiqilsang ochidan o‘ladi bolang,
Yiqilsang ochidan o‘ladi bolang!
Endi sen janglarni sotasan,
Yutqazib bolangni boqasan!
Yutqazib o‘g‘lingni uylading,
Yutqazib uzatding qizingni!
Har jangda hammasi tugadi,
Har jangda o‘ldirding o‘zingni!
Bir kuni boshlandi haqiqiy bir jang,
Bu safar hayotga oson yengilding.
Bolangning qo‘liga yiqilding...
Bu jangda teskari sanamas hech kim,
Bu jangga teskari qaramas hech kim.
Hammasi bir gapni qaytarib aytar,
“Kalima qaytar, kalima qaytar!”
Tilingga jang bo‘lib kelar kalima,
Labingdan jang bo‘lib chiqar kalima...
O‘g‘lingni bosadi vahima...
Qizingni bosadi vahima...
Jang qilib joningni qilasan taslim.
Sen tuproq hidini tuygan bir mahal.
Qabringning toshiga surating ilib,
Davomching qo‘lini ko‘tarar ajal!
©Shohrux Najot
@Taqdir_bitiklari ☕️
Tug‘ilding jangchisan!
Ko‘zlaringni och.
Yig‘laysan chalinadi bong.
Kulasan chalinadi bong.
Birinchi qadaming – birinchi zarbang,
Go‘daklik ko‘zlarin ochmaydi shu tong.
Yiqilib qonagan boshingga,
Boylanar onangning ro‘moli.
Otangning daldasin ko‘tarib,
yengmoqchi bo‘lasan dunyoni.
Yillarning boshiga tushirasan musht,
Kunlarning bo’yniga ilasan gunoh.
Har kuni o‘zinga bo‘lasan mag‘lub,
Savollaring mag‘lub.
Savoblaring mag‘lub.
Hammasi o‘zingning qurboning.
Hayotning mushtlari tugamas,
Tugamas janchisi dunyoning.
Oldinda muhim jang,
Ishq jangi – sog‘inch jangi.
Sevganingning ko‘ziga,
Yomg‘irday yog‘ish jangi.
Yutolsang visolga egasan!..
Shamolga aylanar nigohing,
Olovdek yonadi har panjang.
Zarbalar!
Zarbalar!
Zarbalar!
Har yoqqa sochilar hislaring.
Sevi-i-b yumiladi ko‘zlaring –
Sevi-i-b ochiladi ko‘zlaring.
Mushtlardan yuraging sinadi,
tugaydi ohirgi umiding.
“Baribir men seni sevaman”, –
Shu so‘zning ustiga qulading.
O‘rtaga ayriliq tushadi,
Boshlanadi teskari sanoq.
O‘n!
To‘qqiz!
Sakkiz!
Tursangchi-turaqol osonmi sevmoq.
Yetti!
Olti!
Besh!
Sevganing ko‘zini yumadi...
To‘rt!
Uch!
Ikki!
Bir!
Hammasi tugadi...
Lekin sen jangchisan –
jang qilishing shart.
Jang qilib uylanding boshqa bir qizga,
Jang qilib, umrini qaritding.
Quvonsa – quvonding jang qilib,
Yig‘lasa jang qilib yoshini artding.
Jang qilib ichishni o‘rganding!
Jang qilib ketishni o‘rganding!
Jang qilib kechishni o‘rganding!
Otangni ko‘masan yutqazib...
Onangni ko‘masan yutqazib...
(Judolik!)
Raqibing jo‘natar qabrga,
Mushtinga guldasta tutqazib!
Yig‘lama!..
Yiqilsang ochidan o‘ladi bolang,
Yiqilsang ochidan o‘ladi bolang!
Endi sen janglarni sotasan,
Yutqazib bolangni boqasan!
Yutqazib o‘g‘lingni uylading,
Yutqazib uzatding qizingni!
Har jangda hammasi tugadi,
Har jangda o‘ldirding o‘zingni!
Bir kuni boshlandi haqiqiy bir jang,
Bu safar hayotga oson yengilding.
Bolangning qo‘liga yiqilding...
Bu jangda teskari sanamas hech kim,
Bu jangga teskari qaramas hech kim.
Hammasi bir gapni qaytarib aytar,
“Kalima qaytar, kalima qaytar!”
Tilingga jang bo‘lib kelar kalima,
Labingdan jang bo‘lib chiqar kalima...
O‘g‘lingni bosadi vahima...
Qizingni bosadi vahima...
Jang qilib joningni qilasan taslim.
Sen tuproq hidini tuygan bir mahal.
Qabringning toshiga surating ilib,
Davomching qo‘lini ko‘tarar ajal!
©Shohrux Najot
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1