Taqdir bitiklari
2.15K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
#asardan_parcha

Uni unutib yubormaslik uchun ham u haqda so‘ylamoqchiman. Chunki dunyoda do‘stlarni unutib yuborishdan ham qayg‘uliroq narsa yo‘q, axir do‘st bo‘lish har kimga ham nasib etavermaydi-da. Qolaversa, men yorug‘ olamda raqamdan boshqa narsaga qiziqmaydigan kattalarga o‘xshab qolishni sira-sira istamayman.

©Antuan de Sent Ekzyuperi ''Kichkina shahzoda"

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍2
#asardan_parcha

– Kim yig'latdi sizni?
– Yig'labmanmi?
– Ko'zingiz, kipriklaringiz...
– O'zi shunaqa...
– Yig'latgan men emasmi?
– Kitobni nega yopdingiz? Ochib o'qing, men eshitay.
– Ota-ona rozilig'ini bir tomchi ko'z yoshingizga arzitdimmi?
– Men rozi, men ko'ndim,
– Ko'ndingiz... Nega, a?
– Negaki, men sizga ishonaman...
– Shuning uchun...
– Shuning uchun ko'ndim...
– Ko'nglingiz farishtalar ko'nglidek.
– Sizning ham ko'nglingiz...
Ikki jon, ikki yurak go'yoki bittadek bir-birisini onglar, birisidan birisiga o'tib yurar edi shu vaqt.

©Abdulla Qodiriy "O'tkan kunlar"

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
Alloh sen bilan savdo qilaveradi!

Rivoyat qilinishicha, bir ayol Dovud alayhissalomning huzurlariga kirib kelib:
– Ey Allohning paygʻambari, Robbing zolimmi yoki odilmi? – deb soʻradi. Dovud alayhissalom:
– Holinga voy boʻlgur, Robbim odil, U hech kimga jabr-zulm qilmaydi, nega bunday deyapsan? – debdi. Shunda ayol:
– Men bir beva ayolman, bolalarim bor, ularni qoʻl mehnatim bilan boqaman. Kecha yigirgan ipimni bir boʻlak matoga oʻrab, sotish uchun bozorga olib ketayotgan edim, toʻsatdan bir qush menga hujum qilib qoldi: mato va ipni olib qochdi, men esa bolalarimning oldiga hech narsasiz, nochor va xafa holda qaytdim.
Shu suhbat boʻlib turgan paytda Dovud alayhissalomning eshigi taqillab qoldi. Dovud alayhissalom kirishga izn berdi. Ular oʻn nafar tijoratchilar edi. Har birining qoʻlida oʻn dinordan pul bor edi. Ular:
– Ey Allohning paygʻambari, bu pullarni haqdorlarga bering, - deyishdi. Shunda Dovud alayhissalom:
– Bu pullarni berishga sizlarni nima majbur qildi? – deb soʻradi. Ular:
– Biz bir kemada edik, birdan qattiq shamol turib, gʻarq boʻlishimizga sal qolgan edi, toʻsatdan bir qush kelib, bir mato tashladi. Uning ichida yigirilgan ip bor edi. Biz ular bilan kemamizning ayblarini toʻgʻrilab oldik, shundan keyin shamol bizga ortiqcha qiyinchilik tugʻdirmadi. Salomat qolganimiz uchun har birimiz oʻn dinordan sadaqa berishni nazr qildik, mana oʻsha pullar, – deyishdi. Dovud alayhissalom haligi ayolga qarab:
– Alloh sen bilan dengizda ham, quraqlikda ham savdo qilaveradi, sen esa Uni zolim deysan, – dedi va unga yuz dinorni uzatib:
– Buni bolalaringa sarflagin, – dedi.

“Koʻhna dunyo rivoyatlari” kitobidan.

@Taqdir_bitiklari ☕️
DANG'ILLAMA UY

Bir bola olti yoshida otasidan ayrilib yetim qoldi. Zamon juda ogʻir edi. Onasi oʻgʻlini boqish uchun ish qidirdi, lekin hech qayerga ishga olishmadi. Ayolni faqat qurilishga arzimagan ish xaqi toʻlab ishga olishga rozi boʻlishdi. Ayol nochorligidan qurilishda ishlab oʻgʻlini boqdi.
Oradan yillar oʻtdi. Bola ulgʻayib biznesmen boʻldi. Shaharda dangʻillama shohona uy sotuvga qoʻyildi. Biznesmen uyning egasini oldiga kelib soʻradi:
– Uyning narxi qancha?
– Besh yuz ming dollar.
Yigit diplomatidan darhol besh yuz ming dollarni uyning egasiga chiqarib berdi. Uyning egasi xursand boʻlib pulni sanab oldi.
– Uy sizga sotildi. Bugundan boshlab uy sizniki. Lekin siz savdo qilishni bilmas ekansiz. Agar ozgina savdo qilganizda uyning narxini tushirib berardim.
– Siz ham savdo qilishni bilmas ekansiz. Agar uyning narxini bundan baland aytganizda ham savdo qilmasdan sotib olaverardim.
Uyning egasi hayron boʻlib soʻradi:
– Bu uyning nimasi sizni buncha uziga tortayapti?
– Yigirma yil oldin bu uyning qurilishida mening onam gʻisht tashigan. Endi esa bu uyni onamga sovgʻa qilmoqchiman!..

@Taqdir_bitiklari ☕️
Yuragimga yurib kirasiz,
Yuragimdan ketasiz chiqib…
Nafasim yetmaydi
“qoling” demoqqa,
Ruhim devorini o’tasiz yiqib…

Bor-yo’g’i — Yurakman
Mahtal bir ishqqa,
Barcha gunohingiz keladi kechgim.
Sochilib ketaman sizsiz bo’shliqqa,
Meni
terib
olmaydi
Hech Kim!

©Zebo Mirzo

@Taqdir_bitiklari ☕️
Gazetda oʻqidim, hayotimiz zoʻr,
Radio bong uradi maosh oshibdi,
Televizorni qoʻysam hammasi yaxshi,
Vatan, xizmatingga yurak oshiqdi.
Yo erta tugʻildim, yoki juda kech,
Sababi negadir baxtim kulmaydi,
Ijaraga toʻlab oylik yarmini,
Yashashni yaxshi deb yozib boʻlmaydi.
Senda musofirman, senda fuqaro,
Senda ruhim asir, iskanjada tan,
Oʻlan toʻshagim deb yozaman ammo,
Ammo senda ijarada yashayman Vatan.
Noshukr deb atama, nonkoʻr demagin,
Shoirim desang bas xursandman men,
Har oy puling toʻlab koʻchishga tayyor,
Ijara uyimdek sevaman seni.

©Navoiylik Alisher

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitob o‘qisangiz uyqu kelib qoladimi?
Kitob o‘qiy olmasa nima qilish kerak?

Abdukarim Mirzayev bu savollarga javob berdi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Kayfiyat

— Buvi, kundosh kim?
— Kundoshmi? Kundosh... Imm... Bir kunda tug'ilganlar-da bolam!

@Taqdir_bitiklari ☕️
Ket deding tishimni tishimga bosdim,
Paltoyim uzatding nafrat bilan so’ng.
Shamol eshiklarni qarsillab yopdi,
Bildim taqdirimiz hech kelmadi o’ng.

Menga alam qildi bu dunyo ichra,
Shuncha soddaligim, horu hasligim.
Sen axir bilarding ikki dunyoda,
Ket degan jumlani yoqtirmasligim.

©Muslim Musallam

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#choliqushi

– Sen qiz bolamisan?
– O‘g‘il bolaman.
– Nega? Kamuron qiz bolalarning ismi-ku!
– Kamuron emas, Kamron.
– Oyimning dugonasi bor edi. Uniyam ismi senikidek: Kamuron xola. Oyim doim uni opajon deb chaqirardi.
– O‘sha xolangni ota onasi ismini noto‘g‘ri qo‘ygan bo‘lsa men aybdormanmi? Kamron o‘g‘il bolalar ismi, bor lug‘atga qara!
– Yo‘q, Kamron qiz bolalar ismi!
– O‘g‘il bolaning ismi deyapman. Baxtiyor degani, maqsadlari ketida yurgan degani!
– Ketida yurgan?! Nima cho‘ponmisan?
– Qiz bolasan-da! Qiz bola bo‘lmaganingda seni!..
– Cho‘pon! Cho‘pon!
– Ha cho‘ponman, senga o‘xshagan qo‘ylarni boqaman!

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍2
#Hayotiy

Sizga o‘xshagani dunyoda boshqa yo‘q, ishoning...
Siz bittasiz.
Shuni anglab yetgan kuningiz hayotingizda tub burilish ro‘y beradi!

@Taqdir_bitiklari ☕️
Menda bir odat bor. Birovdan o‘qib turish uchun kitob olmayman. Sababi, u kitob menga yoqib qolsa, qaytarib berish niyati menga begona bo‘lib qoladi.

Mobodo qaytarib bersam ham, yangi sotib olib qo‘yishim kerak bo‘ladi o‘qiganlarim safiga.

Va aksincha, kitob berib turish borasida menchalik qizg‘anchiq ham bo‘lmasa kerak. O‘z kitoblarimni shunchalik yaxshi ko‘raman-ki, o‘qish uchun so‘ragan odamga berib turgandan ko'ra, yangisini olib berganim ma‘qulroq.

Ana shunaqa!

@Taqdir_bitiklari ☕️
#chalasavod

​​Chalasavod kishi oʻzidan past, nima desa “hikmat” deb turadigan odamlar bilan ulfatchilik qilishga moyilroq boʻladi.

©Abdulla Qahhor

@Taqdir_bitiklari ☕️
​​Men senga sevgidan ko'ra urushni maslahat beraman!
Chunki urushda yo yashaysan, yo o'lasan.
Sevgida esa na yashaysan, na o'lasan!

©Adolf Gitler

@Taqdir_bitiklari ☕️
2 ta narsani so‘rash odobsizlik hisoblanadi:

1. Erkak kishidan maoshini.
2. Ayol kishidan yoshini.

2 ta narsani aytish odobsizlik hisoblanadi:

1. Ayol kishiga semirib ketibsiz deyishlik
2. Erkak kishiga ozib ketibsiz deyishlik.

©Muhammadali Eshonqulov

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍2
#kayfiyat

– Do‘stlarim bilan oramizni pul buza olmaydi!
– Qoyil, bir-biringizga adovat yo‘qmi?
– Pulimiz yo‘q.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Odam har qanday bemaʼni gapga ishonaveradi, bu gap pichirlab aytilsa, bas.

©Pol Reyno

@Taqdir_bitiklari ☕️
#achchiq_pushaymon

Kechir meni, qadrdonim qish!
Aslida sen ekansan menga eng mehribon!
Sen ketgach angladim bu achchiq haqiqatni...
Eh attang, o‘shanda suvuq taftingga chiday olmay o‘zimni pechka tagiga uribman-a!..
Qara endi sovutgichlardan ham seni topolmayapman.
Qayerlardasan...

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !

@Taqdir_bitiklari ☕️
NAFRAT

Oriyat, andisha feʼlimda kuchli,
kardan-da battarsiz degim kelmadi,
atay olib qochdim nigohlarimni,
gʻardan-da battarsiz degim kelmadi.
Ablahsiz demadim,
rostini aytsam,
bu soʻzni shunchaki degim kelmadi.
Assalom dedim-u, sizday kimsaning
qoʻliga qoʻlimni bergim kelmadi.

©Shavkat Rahmon

@Taqdir_bitiklari ☕️