Taqdir bitiklari
2.15K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
#qalbimizdagi_gaplar

Toki sening bir dona bo’lsa-da qadrli insoning bor ekan, bu dunyoda o’zing uchun yashay olmaysan.

©Eliza K "May"

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yosh_bola_yaxshida
#kayfiyat

Bo‘ladigan bola boshidan ma‘lum.

Hamma kitoblarini solib olgan shekilli sumkasiga.))

@Taqdir_bitiklari ☕️
#qalbimizdagi_gaplar

Boylik dunyoning barchasini sotib olishga qodir bo'lishing emas, balki dunyo yig'ilib seni sotib ola olmasligidir.

©Adham Sharqoviy "Qisqa o'y-fikrlar"

@Taqdir_bitiklari ☕️
#yarimhazil

Talabalik davrida kvartirada turardik. Bir kuni uyimizga o'g'ri tushdi. Bechora qog'ozga shunday yozib ketibdi:
"Hayotimdan yarim soat o'g'irladinglar."...

©haqiqatgayaqin

@Taqdir_bitiklari ☕️
Axloqning qiymati

Italiyadagi bir qahvaxona egasi odamlarga odob oʻrgatmoqchi boʻlib, peshtaxta yoniga quyidagicha narxnomani ilib qoʻydi:
“Bitta qahva” – 3 yevro.
“Iltimos, bitta qahva” – 2 yevro.
“Xayrli tong. Iltimos, bitta qahva” – 1 yevro.
Axloqning ham qiymati bor!

@Taqdir_bitiklari ☕️
Kim besh yilga "bandi" bo‘lsa, mendirman o‘sha...

Futbolga pessimistik nazar bilan qaraydiganlar orasida tortishib bo‘lsa ham vatanim terma jamoasi deb yon olib charchamasdim shu kungacha. Yaxshi o‘ynay olmaydi deyishardi, yo‘q derdim, kuchli biznikilar, yutamiz hali derdim...
Eng kuchli jamoaga qarshi o‘ynasak ham ichimda bir umid turardi yutib qolar degan.
Bugun esa ana shu terma jamoa yuzimga va orzularimga bor kuchini to‘plab tupurib qo‘ydi.
Bugungi raqib o‘rtamiyona edi, bizga g‘alaba ham emas, durang yetarli edi. Ammo... hisob shunchaki 3:0!
Jahon chempionati emas, jahon chempionati saralashiga (!) chiqa olmay sharmandali tarzda besh yilga xayrlashdik!..
O‘sha vaqtda esa nasib bo‘lsa 28 yoshga qadam qo‘ygan bo‘laman. Essiz shuncha orzu-umidlar...
Bilib qo‘ying, "O‘zbekiston" nomi borligi uchungina muxlislik qilganman sizga, yo nomingizni o‘zgartiring, yo sharmanda qilishni to‘xtating, futbol sizga emas ekan!
O‘zimga achinman, o‘zimga, xalqimga...

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qalbimizdagi_gaplar

Butun koinot bir-biriga mehr-muhabbat rishtasi bilan bog‘langandir.
Mehr ulashishni o‘rgan!
U muhabbatning barchasiga qalbingda joy borligini, ko‘ngling anglab yetsin!
Muhabbatsiz insondan dunyo qo‘rqadi, buni unutma!

©Mavlono Jaloliddin Rumiy

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu 4 daqiqalik film "Oskar" mukofotiga loyiq ko‘rilgan.
Tomosha qilishni tavsiya etaman. Juda ta‘sirli ekan.

@Taqdir_bitiklari ☕️
#kayfiyat

– Do'stim sendan bir umr qarzdorman.
– Nega?
– Kecha olgan 500 ming so'mni bera olmasam kerak...

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu kinoni yigirma marta ko‘rgan bo‘lsam ham qayta ko‘rgim kelaveradi, zerikmayman.

Eh, o‘sha paytlar boshqacha edi...
Kinolarda ham o‘zbekona xayo, o‘zbekchilik ilgari surilardi.

Hozirgilarchi?
Turk madaniyati egallab bo‘ldi kundalik turmushimizni.

@Taqdir_bitiklari ☕️
O'ylamasinlar bizni yiqildi, yoki cho'kdi deb! Boshqa bir bahor uchun barg to'kdik xolos...

©Jaloliddin Rumiy

@Taqdir_bitiklari ☕️
Azroildan qo‘rqqan odam 

Bir kuni Hazrati Sulaymon, alayhissalom, do‘stlari bilan birga o‘tirar edilar. Hazrati Azroil, alayhissalom, kirib o‘tirganlardan biriga diqqat bilan boqdilar. U odam Azroilning, alayhissalom, bunday boqishlaridan juda qo‘rqib ketdi. So‘ngra Hazrati Sulaymonga: 
— Ey Payg‘ambarim, menga yordam qiling, haligina Azroil menga qattiq tikilib qaradi. Mening jonimni oladi chog'i, — dedi. 
Sulaymon, alayhissalom, undan: 
— Xo‘sh, nima qilayin? Mendan nima istaysan? — deb so‘radilar. 
— Shamolga amr bering, meni Hindistonga eltib tashlasin. Shoyad Azroilning panjasidan qutulib qolsam... — dedi. 
Sulaymon, alayhissalom, uning istagini bajo keltirdilar. Shamolga buyurib, uni Hindistonga jo‘natdilar.
Ertasi kuni Azroil yana ko‘rishmoq uchun Sulaymon, alayhissalom, huzurlariga keldi.
Suhbat davomida Hazrati Sulaymon: 
— Kechagi odamga tikilib qaramoqning boisi nima edi? — deya so‘radi. 
Azroil esa: 
— Chunki Alloh taolo menga bu odamning jonini Hindistonda olishni amr etgan edi. Uni bu yerda ko‘rib, juda hayron qoldim. Allohning amrini yanglish anglamadimmikan, deya hayratlandim. Shu bois unga diqqat bilan boqqan edim. Buyruqni to‘g‘ri anglagan ekanman. Oradan biroz o‘tib, Hindistonga bordim. Uni o‘sha yurtdan topib, jonini oldim. 

P.S: Hech kim nasibdan qochib qutula olmaydi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari
#asardan_parcha

– Ammo inson bolasi yengilib, yengilganiga rozi boʻlib ketaverish uchun yaratilmagan, – dedi u. – Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib boʻlmaydi.

©Ernest Xeminguey "Chol va dengiz"

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QIZGʻANISH

Sen meniki bo‘lishing kerak!
Yarashmaydi asli nolishim.
Nima qilay sochlaring tarab,
Ertalabdan quchsa bolishing.

O‘ziga rom qiladi qahva,
Seni aldar yurakchali jom.
Ko‘z ochgandan qahva bahona,
Lablaringdan o‘padi finjon.

Quloqchinlar silar qulog‘ing,
Kuy chalinar eng baland parda.
Turkchami yo "Benom"u nishon,
Qizg‘anaman musiqalardan!

Bari baxtli, Xudo berganda!
Olislarda faqat men g‘arib.
Barisiga ko‘ndim deganda,
Baroqvoying kelar suykalib...

Qadamingga aylar tamanno,
Men yorilib o‘lishim kerak.
Qolganini bilmadim, ammo
Sen meniki bo‘lishing kerak!

©NIYATULLO

@Taqdir_bitiklari ☕️
Mendan ko‘p so‘rashadi qaysi kitobni tavsiya qilasiz o‘qishga deb.
Dunyoqarashingizni o‘zgartirib yuboradigan 4 ta asarni aytaman:

1) "Kichkina shahzoda" Antuan de Sent-Ekzyuperi
2) "Alkimyogar" Paulo Koelo
3) "Chol va dengiz" Ernest Xeminguey
4) "Hayotga muhabbat" Jek London


Bularni faqat his qilib o‘qish kerak vassalom, tugatish uchun emas! Shunda o‘zingiz izlagan xazinani topasiz!.. Yoqimli mutolaa tilayman.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Qozining xizmatchisi o‘ldi. Tojirlar va a’yonlar ta’ziya uchun kelishdi.

Qozi o‘zi o‘ldi. Ta’ziyaga hech kim kelmadi. Ular yangi qozini tabriklash uchun ketishdi.

Obro‘ odamda emas, kursi-kresloda.

©Mubashshir Ahmad

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
El suygan shoir Botirjon Ergashev bilan birga qilingan ijodiy safar chog‘ida bildimki, ustoz futbolga ham anchagina mehr qo‘ygan ekanlar. (Buni qarangki, ikkovimiz ham "Barsachi" bo‘lib chiqdik.)

Qoraqalpog'istonga ketaverishda O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinini poyezdda ko'rishga to‘g‘ri keldi, juda qiynaldik. Aksiga olib qaytishda ham shu ahvol kuzatildi.

Botirjon aka bilan yana bir o‘xshash tomonimiz shunda ekanki, ular ham bizning futbolchilar jahon chempionatiga chiqishini 45 yildan beri kutayotgan ekanlar. )

Ammo biznikilar bu ishni har gal "do‘ndirib" kelishgan emasmi? Bu gal ham tegrimon yana aylanib, muzqaymoqqa ham bora olmay qoldik.

Shoir xalqi alamini qog‘oz qalamdan olmaydimi? Endi she‘rni ko‘raveribsiz! Ammo oxirini sindirib tashlabdilar! Besh emas, doimgidek yetti ketdim lekin! Ustoz, ijodingizga zafarlar yor bo‘lsin!

@Botirjon_Ergashev | @Taqdir_bitiklari ☕️
#Kayfiyat

— Eshmat, men yo'ldan pul topib oldim!
— Necha pul ekan?
— 10 dollar.
— Berchi, ko'raychi!
— Yirtib tashladim.
— Nega yirtasan?
— Qalbaki ekan.
— Qanday bilding?
— 10 dollarlikda ikkita nol bo'lmaydi-ku!

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1😁1
#qalbimizdagi_gaplar

Tongi shabnamdek bo‘ling, yomg‘irmisiz, suvmisiz, ko‘zyoshmisiz – bilolmasinlar...

©Shuhrat Orif

@Taqdir_bitiklari ☕️