Taqdir bitiklari
2.15K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
#asardan_parcha

Ko’zlar bir-birini ko’rmaganidek, o’ziga juda yaqin narsalarni ham ko’rmaydi.

©Rashod Nuri Guntekin "Iztirob"

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu videodan juda ko‘p narsalarni fikr qilsa bo‘ladi.

Bugungi kunda ba‘zi insonlar orasida yo‘qolib ketayotgan mehr-oqibat, yaqinlarini asrab-avaylash kabi tuyg'ular oddiygina qushlarda namoyon bo‘lmoqda.

Demak, insonlar hayvonlashib ketmoqdami, yoki hayvonlar insonlashib?..

Alloh bergan rizq sizga qay ko‘rinishda yetib kelishi ma‘lum emas. Zero Ayman Yog‘iyning quyidagi gaplari ayni haqiqat: "Agar dengizdagi bir tomchi sening rizqing bo'lsa, Razzoq shu tomchini sen uchun dengizdan chiqarib beradi!"

@Taqdir_bitiklari ☕️
– Oyi-i-i, meni bir yaxshi yigit uchrashuvga taklif qildi! 🤭
– Uchrashma! 😬
– Nega? 😯
– Yaxshi yigit bo‘lsa, hayotini barbod qilma! 😏

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
👍1
Barcha yo‘llardan eng qiyinini tanlang – siz shunda raqobatchilar bilan uchrashmaysiz.

©Benjamin Franklin

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shohlar tug‘ib charchamaydi bu el...
Zamon o‘tib, ot o‘rnini toy bosib ketaveradi.
Ammo, o‘zi e‘zozlaganni unutib qo‘yadigan xalq emas o‘zbek!

Naqadar go‘zal kadrlar. Nimalarni his qildingiz? Betakror a?

@Taqdir_bitiklari ☕️
Инстаграмда ҳам мен билан бирга бўлинг дўстлар:

👉 Уланиш 👈
Eshaklar bayrami...

Bir qishloqning keksa ayilchisi (eshakning «egari»ni yasovchi usta) omonatini Haqqa topshirdi. Bundan quvongan eshaklar qishloq maydoniga to‘planib, bayram boshladilar. Eshaklarning biri bu holga uzoqdan hayron qarab turgan qari bir eshakni ko‘rib qolib, uning oldiga bordi va:
– Sizning hech narsadan xabaringiz yo‘q shekilli. Ayilchi usta o‘ldi, – dedi.
Yoshi katta eshak pinagini ham buzmadi.

– O‘lgan bo‘lsa nima bo‘pti! Shunga bayram qilish kerakmi? – dedi.
– Iye, nega bayram qilmaylik? – dedi yosh eshak hayratlanib. – Endi sirtimizga egar uradigan yo‘q. Bundan buyon yelkamiz yag‘ir bo‘lmaydi. Ozodmiz endi!
– Tavba-tavba! Ozod emishlar! – kinoya bilan kuldi qari eshak. Keyin boshini mahzunlik bilan sarak-sarak qilib, dedi:
– Hech esingiz kirmas ekan-da! O‘lgan usta harqalay har birimizning o‘lchovimizni bilardi, bizga sirtimizni yara-chaqa qilmaydigan, o‘zimizga mos ayillar yasab berardi. Erta-indin uning o‘rniga boshqa bir egar-jabduqchining kelishi aniq. U to bizning o‘lchovlarimizni to‘g‘ri olishni o‘rganmagunigacha sirtimiz yara-chaqa bo‘lib, adabimizni yeymiz. Aqlingiz bo‘lsa, egarchidan emas, eshaklikdan qutulmoq yo‘lini axtaring. Toki eshakligingizcha qolar ekansiz, sizni egarlaydiganlar albatta topiladi...

@Taqdir_bitiklari ☕️
It tumshug'ini suqqani bilan daryo harom bo'lib qolmaydi. Nomard tosh otgani bilan tog' qulab tushmaydi...

©Oʻtkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"

@Taqdir_bitiklari ☕️
Yashasang dunyoda yorug' yuz bilan,
Hurmat ko'rguzsang va bo'lsa izzating!
Ketsang, eslasalar shirin so'z bilan,
Yaxshi noming qolsa, qolsa xizmating.

G'anim nafratingga kelolmasa bas,
Kulsang, sidqidildan yayrab kulolsang.
Dilda g'ashlik bo'lmay yashasang, xullas,
Baxtli odamlarday baxtli bo'lolsang.


©Abdulla Oripov

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Mot

Mark Tven bir kuni manzili ko‘rsatilmagan xat oladi, unda birgina so‘z yozilgan edi: "Cho‘chqa".
Mashxur adib ertasi kuni matbuotga chiqish qilib, shunday deydi: "Men doimo imzosiz xat olardim, kecha esa birinchi marta xatsiz imzo oldim".

@Taqdir_bitiklari ☕️
#asardan_parcha

Haqiqiy qushga aylanib, bu shoxlardan ko'kka parvoz qilishni, osmondagi oy manzilida g'oyib bo'lib, bu dunyodagi odamlarning yuzlarini ko'rmaslikni nechog'lik istar edim.

©Rashod Nuri Guntekin "Choliqushi"

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
Sen nasibga rozi bo‘lmaganing bilan u o‘zgarib qolmaydi. Peshonangga yozgani albatta sodir bo‘ladi. Shunday ekan nimadan xavotirdasan?

Ezgu niyatlarga erishish uchun doimo yo‘l bor va unga qandaydir ishora mavjud. Buni men Paulo Koeloning "Alkimyogar" asarida ham chuqurroq anglab yetganman. (Aslida sharq allomalari, xususan Rumiy asarlarida ham bu narsa ko‘p uchraydi). Asarni o‘qir ekansiz, Santyago ismli bir ispan yigitining taqdiri va sarguzashtlariga beixtiyor sherik bo‘lasiz. Har bir voqeadan u o‘ziga yaxshi xulosa bilan yondashadi. Kulfat kelganda ham balki "bu yorqin kelajak uchun ishoradir" qabilida fikr yuritadi.

Albatta u o‘zga yurtda butun umr yig‘gan pulini o‘g‘irlatib qo‘ygach hammasiga qo‘l siltab o‘z vataniga qaytishi ham mumkin edi. Biroq shu yerda qolishni afzal ko'rdi, hamda o'sha qarori mutlaqo to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Har bir ishda hikmat borligi bu asarda bot-bot ta‘kidlanadi. Zero uni albatta o‘qish (uqish) kerak.

Tavsiya qilaman. Yoqimli mutolaa tilayman. )

@Taqdir_bitiklari ☕️
Agar sizning rejangiz bir yillik bo‘lsa, sholi eking. O‘n yillik bo‘lsa, daraxt o‘tqazing. Agar bir umrlik reja tuzgan bo‘lsangiz, bolalaringizni tarbiyalang.

©️Konfusiy

@Taqdir_bitiklari ☕️
Dunyodagi eng qisqa hikoya

Mazkur hikoya mashhur yozuvchi Ernest Xeminguey tomonidan yozilgan. U do‘stlariga 4 so‘zdan iborat qayg‘uli va tugal hikoya yozib bera olishini aytganida, unga hech kim ishonmagandi. Barcha do‘stlari yozuvchi bilan 10 dollardan garov o‘ynashadi. Qog'oz ro‘molchaga yozilgan bu hikoyani ko'rgandan so‘ng esa safdoshlar yutqazganlarini tan olishadi.

Mana o'sha hikoya: "Chaqaloq tuflichasi sotiladi. Kiyilmagan".

Mazmuni: Tug'ilajak farzandi uchun ne-ne umidlar bilan kiyimlar sotib olgan ota-ona bir umr farzandsiz o‘tishadi...

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️
Bir safar karomatgoʻylarning eng keksasi kelajakning senga nima keragi bor, deb so'rab qoldi.
– Kelajakda nima qilishim lozim, ana shuni bilib olishim kerak, – deb javob qilgandi Tuyakash. – Men bo'lishini xohlamaydigan hodisalar bor, ularning oldini olishni, yo'nalishini oʻzgartirishni istayman.
U holda ular sening kelajaging boʻlmay qoladi, – degandi karomatgoʻy.
– Hech boʻlmasa, yuz beradigan hodisaga tayyorlanib turaman.
– Agar yaxshilik yuz bersa, bu – kutilmagan ajoyib sovgʻa boʻladi. Mabodo yomonlik yuz beradigan boʻlsa, sen buni yuz berishidan ancha oldin his qilasan.
– Kelajakda mening taqdirim nima boʻladi, ana shuni bilishni xohlayman, chunki men bandaman, – dedi Tuyakash. – Odamlarning taqdiri esa o'z kelajagiga bog'liq boʻladi.
Karomatgoʻy uzoq sukut saqladi. U choʻpchalar bilan rom ochardi – bir dastasini yerga tashlab, qanday tushga niga qarab taqdirni bashorat qiladi. Shu kuni rom ochmaslikka qaror qildi.

©Paulo Koelo "Alkimyogar"

@Taqdir_bitiklari ☕️
Timsoh bolasini yaxshi niyatlar bilan o‘qitdi, katta qildi, niyatiga yetdi:

Hozir farzandi diplomat... 😅

@Taqdir_bitiklari ☕️
Audio
Men sizni oʻylayman shomu saharda,
Ona, sogʻinsam ham bora olmayman,
Tunlari charogʻon shunday shaharda,
Hech kimga koʻnglimni yora olmayman...


©Muhammad Yusuf

@Taqdir_bitiklari ☕️
1
Bizda narx borasida eng tez yuradigan 2 ta maxsulot bir rasmda.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Bugun MY5 telekanali "Markazda" dasturi uchun Sarvar Bahodirov bilan birgalikda suhbat olib bordik.
Kamtarona faoliyatimizga e‘tibor qilib ko‘rsatuvga taklif etishgani uchun minnatdorlik bildiraman.

Ko‘rsatuv ijodkorlari va tashkilotchilarga rahmat!

@Taqdir_bitiklari ☕️