Taqdir bitiklari
2.17K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
— Nega uzoq yoʻldan yuryapmiz, dada?
— Qosim doʻkonchi bor-ku, uning doʻkoni yonidan oʻtmaylik. Qarzi bor mendan. Ahvoli yaxshi boʻlmasa kerak. Berolmayapti. Biz unga oʻzimizni koʻrsatib oʻtishimiz yaxshi emas.

@Taqdir_bitiklari ☕️
👏2
– Kuning xayrli boʻlsin, ey Abdulmuttalib, – dedi.
– Qurbonlik qilmoqchiman.
— Nimaga? Ne maqsadda?
Abdulmuttalib qisqa qilib ahvolni tushuntirdi. Haligi odam oʻzini yoʻqotib qoʻydi, soʻngra:
— Sen buni qilolmaysan, ey Abdulmuttalib, — dedi.
– Nega qilolmas ekanman?
– Chunki sendek mulohazali, sendek aqli raso, boshqalarga oʻrnak boʻladigan bir inson bunday johillikka qanday qoʻl ursin?! Sen qurayshlarning faxrisan, quraysh oʻrnak oladi sendan. Ochlarni toʻygʻazgan, hatto qurt-kumursqaning ham rizqini oʻylovchi bir insonsan, oʻz farzandingni qanday qurbon qilasan?!
– Men bir paytlar qasam ichganman. Mard odam qasamini buzmaydi!
Shu gaplarni aytgach, oʻgʻillari tomon oʻgirildi: “Bering oʻqlaringizni”, dedi.


©Ahmad Lutfiy Qozonchi "Saodat asri qissalari"

@Taqdir_bitiklari ☕️
Sadriddin Ayniy oʻgʻli bilan qizi Moskvada oʻqiganida oʻgʻliga oz pul yuborar ekan, qiziga koʻp yuborar ekan. Buni sababini soʻrashganida, shunday tushuntirib beribdi:

Oʻgʻil bolani toʻqchilik buzadi, qiz bolani yoʻqchilik.


@Taqdir_bitiklari ☕️
Afrikaga dori-darmon yuborishga qaror qilib, ancha-muncha dori toʻplagandik, lekin bir muammo yuraklarimizni pora-pora qildi, dorilar yoʻriqnomasidagi bir yozuv bizni yigʻlatdi... Afrikaliklar uchun zarur boʻlgan hamma dorilarning yoʻriqnomasiga “Toʻq qoringa ichilsin”, deb yozilgandi...

©Charlz Bukovski,
Amerika yozuvchisi va jurnalist

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Sog‘inganda Rumiyni o‘qing..."

©Shahriyor Shavkat

P.S: Yosh shoir 1998-yilda Shahrisabz shahrida tavallud topgan. Uning birinchi kitobi 2021-yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasida "Ruhim qushlari" nomi ostida chop etildi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
​​ODAMLAR NIMA DERKIN?

Qiz talaba bo‘ldi.
"O‘qib olim bo‘larmidi", qo‘l siltadi odamlar.

Qizgina unga oshiq yigitning izhorini qabul qildi.
"Tanlaganing shumi", kuldi odamlar.

Kelinchak juftining xizmatida bo‘ldi, biror marta yuziga tik qaramadi.
"Muncha lallaymasang", dedi odamlar.

Ayol ketma ket farzandlarni dunyoga keltirdi.
"Buncha ko‘p tug‘asan", achindi odamlar.

Ayol ishga kirdi, ro‘zg‘orga qarashdi.
"Oilani unutma", aql o‘rgatdi odamlar.

Ayol hastalandi.
"Joni qirqta, o‘lmaydi", xukm qildi odamlar.

Ayol kurashdi, guldek yashnadi, ko‘zyoshini birovga ko‘rsatmadi.
"Bir balosi bor", shubhalandi odamlar.

Kampir keksaydi, hammaning rizoligini olib omonatini topshirdi.
Odamlar esa hamon gapirardi...


©Nodirabegim Ibrohimova

@Taqdir_bitiklari ☕️
Uyingizni topib bormasin xatlar,
Yomg'irlar chertmasin derazangizni.
Sizga hamroh bo'lsin eng og'ir dardlar,
Eng mayda dardlar ham qiynasin sizni.

Sizni bo'm-bo'sh xona ishga kuzatsin,
Faqat stol suhbat qursin siz bilan.
Tunlar ko'rpangizni zulmat tuzatsin,
O't bilan yashamang, yashang muz bilan.

Omadli yo'llarning izini tashlang,
Omadsiz yo'llarda yuring qoqilib.
Meni sog'inguncha siz shunday yashang,
Men shunday yashyabman sizni sog'inib...


©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
🔥1
Bir kuni Boylik, Ilm va Oqibat uchrashib qolishdi.
Boylik aytibdi:
– Agar men yo‘qolib qolsam, xazinalarda bo‘laman.
Ilm aytibdi:
– Agar men yo‘qolib qolsam, kitoblarda bo‘laman.
Shunda jim o‘tirgan Oqibatga qarab:
– Sen yo‘qolsang, qayerdan topamiz? – deb so‘rashganda, Oqibat:
– Meni yo‘qotib qo‘ymanglar. Agar meni yo‘qotib qo‘ysanglar, hech qayerdan topolmaysizlar... – degan ekan.

Oqibatimiz yo‘qolmasin! 🤝

@Taqdir_bitiklari ☕️
IBRAT

Bolaligimda otam bilan sirk ko‘rgani borgandik. Chipta olish maqsadida navbatga turdik. Oldimizda er-xotin va ularning olti bolasi turardi. Bolalarning kiyimlari eskirib ketgan, lekin ozoda edi. Ular juda xursand holda sirk haqida gaplashishardi. Navbatlari kelgach, ota oyna yoniga borib, chipta narxini so‘radi. Narxni eshitgach, biroz tisarilib, xotiniga pichirlab nimadir dedi. Uning yuzida bezovtalik alomatlari yaqqol sezilib turardi.
Shu payt otam cho‘ntagidan 20 dollarni olib, yerga otdi va egilib, uni oldi-da, pulni haligi kishining kaftiga qo‘ydi va “pulingiz tushib ketdi”, dedi.
Haligi odam ko‘zlarida yosh bilan, “rahmat, janob”, dedi.
Ular tomosha zaliga kirib ketganidan so‘ng otam qo‘limdan tortdi va biz tashqariga chiqib ketdik. Chunki otamning o‘sha odamga bergan 20 dollaridan boshqa puli yo‘q edi.
O‘sha kundan buyon otam bilan faxrlanaman. Butun hayotimdagi eng go‘zal manzara mana shu bo‘lgandi. Bu holat o‘sha ko‘rolmay qolganim sirk tomoshasidan ham chiroyliroq edi.
Tarbiya nazorat bilan emas, ibrat bilan bo‘lishiga ko‘proq amin bo‘ldim.


©Charli Chaplin

@Taqdir_bitiklari ☕️
TO‘NG‘ICH O‘G‘IL

To‘ng‘ich o‘g‘il olis yurtda edi. Unga ukalar bir necha kun qo‘ng‘iroq qilib, tusha olishmadi. Bir kun oxiri go‘shak ko‘tarildi.
— Alo? Aka?
— Hov, Samandarjon? Yaxshimisan, ukam?
— Rahmat... Aka, bardam bo‘ling. Otamdan ayrilib qoldik. To‘ng‘ichimizsiz, otam sizni so‘ray-so‘ray tinkasi quridi. Ko‘zi orqada ketdi otaginamning...
— Eh... Nega bunday bo‘ldi, Samandarjon? Otam hovlini kimga vasiyat qilib ketdi?..

©Jasur Kengboyev

@Taqdir_bitiklari ☕️
Biz orzularimizni aytmaymiz. Ularni ko'rsatamiz.

©Krishtiano Ronaldo

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
Baxtli oilalarning hammasi bir-biriga o‘xshaydi, baxtsiz oilalarning esa har biri o‘zgacha baxtsizdir.

©Lev Tolstoy "Anna Karenina"


@Taqdir_bitiklari ☕️
ORTIQCHA

— Keliningizga «bolani oldir», deb aytdim. To‘rttasi yetadi o‘zi. Shundog‘am ro‘zg‘orga yetkazolmay yuribman... - hasrat qildi o‘g‘il onasiga.
— Shunday degin... Otang ham bir vaqtlar seni, beshinchi farzandimni «oldir» demagan ekanda? Shunda boyib ketarmidik? Sensiz...
O‘g‘ilni tok urgandek bo‘ldi.


©Nodirabegim Ibrohimova

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu kunda tonglar boshqacha otadi,
Quyosh o‘zgacha nur sochadi...
Alloh yetkazganiga shukur siz-u bizni.
Keyingi jumagacha Yaratgan panohida bo‘ling!


Fayzli insonlarimga fayzli kun qutlug‘ bo‘lsin!

JUMA MUBORAK 🌹


@Taqdir_bitiklari ☕️
AFSUS

Kimningdir qo‘lida,
kimningdir oyog‘ida,
kimningdir yo‘lida,
kimningdir ko‘zida,
kimningdir yuragida,
kimningdir so‘zida,
kimningdir cho‘ntagida,
kimningdir taqdirida,
kimningdir umrida,
kimningdir o‘limida –
hech narsa yo‘q.


©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
Bizga hamisha nimadir kam. Ko'p narsani, xatto orzumiz ushalgan lahzani ham sezmay qolamiz. Bulutlar esa bizni zimdan kuzatib turadi. Oxista suzishni o'rganinglar, deya o'zini shamol izmiga tashlagan ko‘yi biz shoshqaloqlarni kuzatib boradi.
Bulutlar ortida aksingni ko'ruvchi...

©Elchin Safarli "Qaytganimda uyda bo'l"

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni achchiq haqiqat gaplar...

"O‘zbek tilini bilmaydimi, demak u O‘zbek emas! Qoshi qanchalik qora bo‘lmasin, pasportiga ming marta O‘zbek deb yozilgan bo‘lmasin O‘zbek emas!.."


Pedagogiga fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev

@Taqdir_bitiklari ☕️
***

Toʻsatdan kelib tekkan oʻqning zarbi anchadan keyin bilinarkan.
Muqaddam eshigi tagiga yetganidan keyingina oʻzi qilib qoʻygan gunohning butun dahshatini his etdi. Bu yuk shunday og'ir ediki, borgan sayin uning ikki yelkasidan qattiqrog‘ ezar, yerga bukib, majaqlab tashlayotganday boʻlardi.
"Dadam soʻyib tashlaydi!" U zax hidi anqib turgan kesakiga suyangancha lablarini mahkam tishlab, munkayib qoldi. Eshik go'rday sovuq ogʻzini lang ochib, qorayib turardi. Zulmat quyuqlashib borar, pastak bulutlar qop-qora etaklarini sudrab, shahar ustida kezib yurar, hamon o'sha sovuq, loqayd tomchilarini purkar edi.
Muqaddam yelkasidan muz oʻtib ketganini sezib, sekin moʻraladi. Ichkaridan tiq etgan tovush eshitilmas, faqat tarnov g'amgin shovullardi. Uning qadam bosishga majoli qolmagan, ichkariga kirishi bilanoq pichoq ko'tarib turgan dadasiga roʻpara boʻladiganday yuragi zirillardi. U necha yillardan beri oʻqituvchilik qilib, odamlarga tarbiya bergan, nafaqaga chiqqanidan keyin ham mahalla raisi boʻlib elga bosh-qoshlik qilib yurgan, mahalla-ko'y "Qori aka" deb orqa-oldidan qattiq hurmatlaydigan otasi yolg'iz qizining sharmandaligini kechirmasligini bilardi.


©O‘tkir Hoshimov "Bohor Qaytmaydi"

@Taqdir_bitiklari ☕️
Bu dunyo bir ajib joydir,
Muhabbat bor, saodat yo'q.
Muhabbatdan tug'ilgan ming,
Jinoyat bor, adolat yo'q.

Bu dunyoda kerak bilsang,
Adolat axtargan inson.
Bu yo'lda ko'p balolar,
Ko'p musibat bor, shikoyat yo'q.

Adolat sohibi vaqti
Ibodatda shahid bo'ldi.
Adolat qonuni shunday,
Shahodat bor, maniyat yo'q.

Nechun qiymati hech bir
Kafanlik bo'lmagan yerda.
Arzimas ne'mat ustida,
Raqobat bor, huzurat yo'q.

Agar inson bu tuproqdan
Ustun bildi o'zni, shayton.
Takabburchun qiyomatda,
Mazammat bor, shafoat yo'q.

Hayfsan ey bani odam
Ayrilgin tez bu g'aflatdan.
Ibodatda talab qilsang,
Lazzatlar bor, shaqovat yo'q.

Behishdning bog'larin sotma,
Bu dunyo diyori uchun.
Bu yanglish bir tijoratdir,
Hasorat bor, g'animat yo'q.

Tilda Allohga joy beribsan, Qalbingda shaytonga.
U til Allohni zikr etsa bo'lar Qalbing ziyoratgoh,
Sening qalbing ich-ichinda,
Sayohat bor, ziyorat yo'q.

Senga bir vaqt kelib Alloh
Nafas bersa o'lmishding,
Bas qaytarib olsa, maxf bo'lding.
Dalolat bor, saodat yo'q.

O'tar oylar, o'tar yillar,
Ibrat olmoq vaqti Elshan.
Nafasdan asl bir umr,
Zo'rliklar bor, musibat yo'q.


@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oson deb o'ylamang erkak zotiga,
Bir umr mung'ayib o'tishi mumkin.
Nogahon minsa u g'azab otiga,
Shaytonni bo'g'zidan tutishi mumkun.

Azaldan podshohga berilmas buyruq,
Erkakni erkidan bo'ling ehtiyot.
Ehtimol, ayolday qirqta joni yo'q,
Lek sabrin sanalsa qirq mingdan ziyod.

Oson tutmang sira erkak eliga,
Hayoti shamolday, hayoldan tezroq.
Yuzga ajin tushar aso beliga,
Sochlari oqagay ayoldan tezroq.

Eh siz ojizalar, haqiqat qani?
Deymiz sizga mehr bizdan yuqqan deb.
Unutib gohida chap qovurg'ani,
Aytamiz erkakni ayol tuqqan deb.

Siz onasiz, siz yorsiz, gulgun yanoqsiz,
Chiroyingiz chandon oy bisotidan.
Ehtimol podshohlar chiqqan sanoqsiz,
Payg'ambar chiqmagan ayol zotidan.

Ermak qilmang sira erkak qalbini,
Ko‘nglidayin ko‘rkam bog' yo‘q siz uchun.
Kezing yetti dunyo qir u adirni,
Uning yelkasiday tog' yo‘q siz uchun.

Tilsa faqat qalbin tilar u,
Lek jafo jaxtida tig'lay olmaydi.
Azob uqubatni dardni bilar u,
Lek sizdayin hech ham yig'lay olmaydi.

Oson deb o'ylamang erkak zotiga...

@Taqdir_bitiklari ☕️