Taqdir bitiklari
2.17K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
​Hayot shunday ajoyibki: biz bizni sevmaganlar uchun qahramonliklar ko'rsatamiz, ularga erishish uchun qiyinchiliklarni yengib o'tamiz. Ammo qizig'i shundaki, bizni sevganlar bizni hech qanday qahramonliklarsiz, qiyinchiliklarsiz borimizcha, oddiyligimizcha sevadi. Afsus bu borada bizning ko'zlarimiz — ko'r, quloqlarimiz — kar.

©Jon Grin "Yulduzlar aybdor"

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍4
#Kayfiyat

– Kechirasiz, yaqin atrofda militsiyani ko‘rmadingizmi?
– Yo‘q, ko‘rmadim.
– Unday bo‘lsa hamyoningni chiqar landovur!


@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zilar vafoni itdan o‘rgansa edi...
Koshkiydi!

Xatiko – insoniylikning itdagi oliy namunasi...

@Taqdir_bitiklari ☕️
Bekorchilik ham qiziq narsa-da!

Masalan qaysi tomon ko‘p layk yig‘arkin? 🤔

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞 "So‘zsiz sevgi"

3 daqiqa davom etadigan shunchaki juda ta‘sirli film...

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1🔥1
– Biz hozir qayerdamiz?
– Jarlikda.
– Xayriyat. Hartugul yana bir bor qulamaymiz.

©Fedor Dostoyevskiy

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun sirli o‘rmon bag‘riga kirdim,
Menga quyosh yanglig‘ yo‘l ko‘rsatdi.
Undan qabohat va zulmatga qaramasdin quyoshga tik boqmoqni o'rgandim va o‘zimga o‘zim men ham shunday bo‘lurmen dedim.

"Mendirman Jaloliddin" serialidan

@Taqdir_bitiklari ☕️
❤‍🔥11
Bunday holat sizdayam boʻlmasligi uchun albatta rasmlarni ochib koʻrib keyin javob yozing!.. 😂

@Taqdir_bitiklari ☕️
Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳ!

Ёлғиз фарзанднинг онаси Махмудова Шахноза сиз азиз саховатпешаларнинг ёрдамингизга муҳтож.
Беморга жигар серрози ташхиси қўйилган, ҳамда зудлик билан жаррохлик йўли орқали бошқа жигар кўчириб ўтказиш зарур. Бунинг учун эса, жуда катта маблағ талаб қилинади. (30 минг $ атрофида) 😔

Қўлингиздан келган ёрдамни беринг, зеро ёрдамингиз мисқолча бўлса ҳам, Aллоҳдан бебаҳо ажрини олурсиз.


Эҳсон қилинг, албатта Аллоҳ еҳсон қилувчиларни яҳши кўради.
Бақара сураси 195-оят

Эҳсоннинг мукофоти фақат еҳсондир.
Ар-Роҳман сураси 60-оят


Aгар имконингиз бўлмаса, имкон қадар тарқатишга ёрдам беринг ва дуо қилинг, Aллоҳ шифо берсин!

💳 ҲУМО: 9860 0301 2424 6940

Аллоҳ сиз-у биздан рози бўлсин!
​​Uch jumla

Dostoyevskiy:
Odam bajarib ko‘rdi;
Odam rosa urindi.
Keyin aqlini yo‘qotdi.

Chexov:
Odam bekorchilikdan mashaqqat chekdi.
Sababsiz qayg‘urdi.
Keyin choy ichdi.

Xeminguey:
Odam ichkari kirdi.
"Yomg‘ir yog‘yapti", – dedi odam.
"Shunday" – dedi odam.

Oruell:
Odam yashadi.
Keyin gumonsiradi.
Odam yo‘q va hech qachon bo‘lmagan.

Kafka:
Odam — odam.
Odam — odam emas.

Konan Doyl:
Odam chekdi.
Odam achchiqlandi.
Keyin barcha sirni ochib tashladi.


@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum qadrdonim! 🌹

Bugun musulmon ahliga bayram. Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin!.. 🙂


Iymoning nuridan qalbingiz to‘lsin,
Ko‘ngil shodligidan ko‘zingiz to‘lsin.
Shunday qutlug‘ kunda ey birodarim,
Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Ma_Petite_planète_chérie_integrale
<unknown>
Kim eslaydi shu multfilmni?
Juda go‘zal edi o‘sha damlar. (O‘zi juda ko‘p vaqt bo‘lmadi).
Har bir seriyasini kutib o‘tirardim.

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Suhbat

– Sen bu kallang bilan katta odam bo‘lasan!
– Rahmat iltifot uchun amaki, lekin men hech narsa qilmadim-ku?!
– Men ham faqat shu kallang bilan katta bo‘lishingni nazarda tutyapman.


@Taqdir_bitiklari ☕️
😁2
MENI SEVIB QOLSAYDING...

Sen bog‘dagi yelday sho‘x,
Bir dam orom olsayding.
Derlar orzuga ayb yo‘q,
Meni sevib qolsayding.

Yoy nishonga yetmasdan,
Fursat mag‘lub etmasdan,
Umrim o‘tib ketmasdan,
Meni sevib qolsayding.

Dunyo sinovli, shartli,
Ham quvonchli, ham dardli,
Orzuyim bo‘lmay gardli,
Meni sevib qolsayding.

Qadru-qimmatim bilib,
Biroz nazarga ilib,
Ko‘nglimga shafqat qilib,
Meni sevib qolsayding.

Keldi mehring fursati,
Bo‘lay vasling ulfati,
Botirligim hurmati,
Meni sevib qolsayding.


©Botirjon Ergashev

@Taqdir_bitiklari ☕️
Agar oʻtmishni qoʻyib yubora olmayotgan boʻlsangiz, demak hali u oʻtmish emas.

©Elchin Safarli

@Taqdir_bitiklari ☕️