Qayga borsam, boshda do‘ppim,
G‘oz yurarman gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan, O‘zbekiston, O‘zbegim.
@Taqdir_bitiklari ☕️
G‘oz yurarman gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan, O‘zbekiston, O‘zbegim.
@Taqdir_bitiklari ☕️
– “Alvido, qurol!” asarimning eng soʻnggi sahifasini koʻnglim toʻlgunicha 39-marta qayta, takror va takror ishladim.
– Qisqa javob – bu harakatga kirishish demak.
– Baxt, meningcha, aqlli insonlarga har doim ham nasib etavermaydigan inʼom.
– Kaminaning Tolstoy bilan ringga chiqishga istak-xohishi aslo yoʻq.
– Uxlash jon-u dilim. Mabodo, uygʻonib ketsam, hayotim izdan chiqib ketadi. Tushunyapsizmi?
©️Ernest Xeminguey

👍2
Odatda, yigitlar ikki toifaga bo‘linadi. Birinchi toifa yigitlar uchun sevgi muammosi, ya'ni qizlar bilan tanishish, ularga muhabbat izhor qilish muammosi umuman yo‘q, ular qizlar bilan oson tanishib, osongina, iztirobsizgina ajrashib ham ketaverishadi. Ikkinchi toifa yigitlar uchun bir narsa nihoyatda qiyin muammo bo‘lib tuyuladi, bolalikda qizlar davrasida kam bo‘lgan, tabiatan tortinchoq, hatto qizlarga yaqinlashishni "uyat" deb tushunadigan bu toifa yigitlar, er yetganda ham qiz zotidan iymanib, ularga yaqinlashishdan cho‘chib, dovdirab, qisinib yurishadi. Lekin bu toifa yigitlar bir tanishgan qizga qattiq ko‘ngil qo‘yib, qattiq sevib qolishadi. Shu sabab, ular uchun judolik ham katta iztirobga aylanadi.
©Odil Yoqubov "Billur qandillar"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Odil Yoqubov "Billur qandillar"
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Buvi, anavi dasturxondagi ishkalatdan yesam maylimi?
– U mehmonlarga-da, bolam.
– O‘zi bu uyga bola emas, mehmon bo‘lib kelsam bo‘larkan!
@Taqdir_bitiklari ☕️
– U mehmonlarga-da, bolam.
– O‘zi bu uyga bola emas, mehmon bo‘lib kelsam bo‘larkan!
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rauf Parfi ijodidan
Meni ta‘qib etar Shoir degan nom,
Chiqmagan she‘rimga sadaqa oldim.
Aslo tark etmadi qurmag‘ur ilhom.
Neki undan o‘tdi, Xudoga soldim.
Qirq yil she‘r yozdim ey voh, bo‘lmadi,
Rosa yigirma yil yugurdim, yeldim,
Ammo topilmadi biror mard noshir.
Hayot jomi to‘ldi. Ko‘ngil to‘lmadi.
Ko‘ksimni yirtdim men, bag‘rimni tildim,
Ay Sen, ay oltmishni tepgan yosh shoir.
Yuzimni, og‘zimni yopdi soqollar,
Somonlari teshib chiqdi terimni.
Maymunlar yig‘ladi, kuldi shoqollar.
Sichqonlar yeb ketdi oxir she‘rimni.
2002
Jontemir Toshtemirov o‘qidi.

– Hali hammasiga ulgu...
Hayot shunday, gapingizni aytishga ham ulgurmasligingiz mumkin!
Hoziringizni qadrlang!
Shunaqa gaplar...
@Taqdir_bitiklari ☕️
Hayot shunday, gapingizni aytishga ham ulgurmasligingiz mumkin!
Hoziringizni qadrlang!
Shunaqa gaplar...
@Taqdir_bitiklari ☕️
HIYLA
Oʻsha paytlari Britaniyada oʻlim jazosiga hukm qilingan mahbuslarga oʻzini anatomik yoki fiziologlarga sotishga ruxsat berilgandi. Yaʼni oʻlimi tayin mahbuslar oʻzini olimlarga sotishar, pulini esa xohlasa biror yaqiniga, xohlasa to hukm etilgunga qadar oʻzi uchun sarflashi mumkin edi. Olimlar esa ularni sotib olib, hukm ijro etilganidan soʻng uning tanasida ilmiy izlanishlar olib borishardi.
Bir olimning xonasiga odatdagidek qoʻriqchilar qurshovida mahbus kirib keldi. Uzoq va bahsli tortishuvdan soʻng mahbus oʻzini ikki funtga sotdi. Hujjatlar rasmiylashtirilib, mahbus pulni qoʻliga olgach, kutilmaganda qah-qah urib kula boshladi.
— Nimaga kulyapsiz? — deya soʻradi olim taajjublanib.
— Siz meni ikki funtga sotib oldingiz, — dedi mahbus hamon kulgidan oʻzini toʻxtatolmay. — Ammo, bilasizmi, mendan sizga naf yoʻq. Meni gulxanda yondirishmoqchi! Hah-hah-ha!
©Anton Chexov

😢1
Danakni chaqib, magʻzini tuproqqa tashlasang, u unib chiqmaydi. Qachonki sen magʻizni qobigʻidan ajratmay eksang, unib chiqish hodisasi yuz beradi. Demak, maqsadning hosil boʻlishi uchun ham qobiqqa, ham magʻizga ehtiyoj mavjud.
©Ulugʻbek Hamdam.“Vatan haqida qoʻshiq”
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Ulugʻbek Hamdam.“Vatan haqida qoʻshiq”
@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qachon oila qurish kerak?
Hamma narsaga erishib, keyin uylangan ma‘qulmi, yoki turmush qurgach, asta-sekin erishganmi?
Muhammad Ali Eshonqulovning chiroyli mulohazasi.
@Taqdir_bitiklari ☕️
Hamma narsaga erishib, keyin uylangan ma‘qulmi, yoki turmush qurgach, asta-sekin erishganmi?
Muhammad Ali Eshonqulovning chiroyli mulohazasi.
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 "ONA"
Eronlik ijodkorlar tomonidan suratga olingan, hamda mukofotga loyiq ko‘rilgan 1 daqiqalik juda ta‘sirli film.
@Taqdir_bitiklari ☕️
Eronlik ijodkorlar tomonidan suratga olingan, hamda mukofotga loyiq ko‘rilgan 1 daqiqalik juda ta‘sirli film.
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍2🔥1
DUNYO
Dunyoni maqtama menga, azizam,
Ishonib bo‘lmaydi soxta afsunga.
Agar u zarracha bo‘lsa sharafli,
Yig‘lab tug‘ilmasdik kirarkan unga.
Dunyoni pokiza atama, yolg‘on,
Har oni kechajak xavfu xatarda.
Agar u zarracha bo‘lsa pokdomon,
Bizni yuvishmasdi undan ketarda.
©Xayrullo Hamidov
@Taqdir_bitiklari ☕️
Dunyoni maqtama menga, azizam,
Ishonib bo‘lmaydi soxta afsunga.
Agar u zarracha bo‘lsa sharafli,
Yig‘lab tug‘ilmasdik kirarkan unga.
Dunyoni pokiza atama, yolg‘on,
Har oni kechajak xavfu xatarda.
Agar u zarracha bo‘lsa pokdomon,
Bizni yuvishmasdi undan ketarda.
©Xayrullo Hamidov
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ikki narsaga hech qachon ishonma – ayollarning ko‘z yoshi va erkaklarning qalbi, ikki narsani esa hech qachon yolg‘onga chiqarma – erkaklarning ko‘z yoshi va ayollarning qalbi
©Ahmad Sharqoviy
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Ahmad Sharqoviy
@Taqdir_bitiklari ☕️
#Ana_xolos
Bu ketishda o'tganlarni mana bunday eslamasak bo'ldi:
— Xudo rahmat qilgur doim onlayn edi;
— umrida birovga spam bosmagan;
— birortasini kommentda xafa qilmagan;
– hayotida hech kimdan layk qizg'onmagan;
— doim yaxshi kanallarning postini ulashar edi;
— joyi jannatda bo'lgur telegramda o'tirganda joni uzildi.

Bari o‘tkinchi – sevgi, san'at, sayyora, yer, siz, men. Ayniqsa, MEN...
©F.Begbeder "99 frank"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©F.Begbeder "99 frank"
@Taqdir_bitiklari ☕️
...faqat, yomon joyi shundaki, xiyonatdan ozor chekkan odam bu sirni hammadan keyin biladi. Shunisi alam qiladi.
©O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
@Taqdir_bitiklari ☕️
#asardan_parcha
Sabr degani nofaollik degani emas. Sabr degani oqibatni ko'ra olish va unga ishonish demakdir.
Sabrning ma'nosi nimada? Tikanga qarab turib, atirgulni ko'rmoqlikda; tunda bo'la turib, tongni bilmoqlikda. Sabrsizlik esa uzoqni va kelajakni ko'ra bilmaslikdir.
Xudoni sevuvchilar aslo sabrni yo'qotmaydilar, zero ularga oyning to'lishi, to'lin oyga aylanishi uchun vaqt kerakligi ma'lum.
©Elif Shafaq "Ishqqa oid qirq qoida"
@Taqdir_bitiklari ☕️
Sabr degani nofaollik degani emas. Sabr degani oqibatni ko'ra olish va unga ishonish demakdir.
Sabrning ma'nosi nimada? Tikanga qarab turib, atirgulni ko'rmoqlikda; tunda bo'la turib, tongni bilmoqlikda. Sabrsizlik esa uzoqni va kelajakni ko'ra bilmaslikdir.
Xudoni sevuvchilar aslo sabrni yo'qotmaydilar, zero ularga oyning to'lishi, to'lin oyga aylanishi uchun vaqt kerakligi ma'lum.
©Elif Shafaq "Ishqqa oid qirq qoida"
@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌹 Bir lahza kulgudan qalb nurga to'lsin,
🌹 Yaratgan hamisha siz bilan bo'lsin.
🌹 Allohning har go'zal yorug' kunida,
🌹 Porloq yuzlaringizdan nurlar taralsin.
🌹 Sizga tuhfa etay duo-salomlar,
🌹 Duoda eng go'zal shirin-kalomlar.
🌹 Porloq hayotingiz nurafshon bo'lsin,
🌹 JUMA ayyomingiz muborak bo'lsin!
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..

Insonning bandaligi shundaki, dard chekkanda chiqargan saboqlari darddan forig‘ bo‘lgach unutilib ketadi.
©Ulug‘bek Hamdam ‘‘Isyon va itoat‘‘
@Taqdir_bitiklari ☕️
Insonning bandaligi shundaki, dard chekkanda chiqargan saboqlari darddan forig‘ bo‘lgach unutilib ketadi.
©Ulug‘bek Hamdam ‘‘Isyon va itoat‘‘
@Taqdir_bitiklari ☕️
Hafa bo'laman (dodasi.com)
Ozodbek Nazarbekov
Ozodbek Nazarbekov "Xafa bo‘laman"
Shuncha kutdim bir kelmasang,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Bir jilmayib, bir kulmasang,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Osmonimda yulduzimsan,
Ko'zda nurim, kunduzimsam.
Sen ranjisang, men o'zimdan
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Yuragimni tirnar gumon,
Shubha dilni chaqar ilon.
Gar kelmasang, sendan yomon
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Dildan dardim o'chirolmay,
Baxt sharobin ichirolmay,
O'zimni ham kechirolmay,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Hali izlab kelasanku,
Oshiq qalbim sezasanku,
Yana o'zing bilasanku,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Shuncha kutdim bir kelmasang,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Bir jilmayib bir kulmasang,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
©Ahad Qayum
@Taqdir_bitiklari ☕️
Shuncha kutdim bir kelmasang,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Bir jilmayib, bir kulmasang,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Osmonimda yulduzimsan,
Ko'zda nurim, kunduzimsam.
Sen ranjisang, men o'zimdan
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Yuragimni tirnar gumon,
Shubha dilni chaqar ilon.
Gar kelmasang, sendan yomon
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Dildan dardim o'chirolmay,
Baxt sharobin ichirolmay,
O'zimni ham kechirolmay,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Hali izlab kelasanku,
Oshiq qalbim sezasanku,
Yana o'zing bilasanku,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Shuncha kutdim bir kelmasang,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
Bir jilmayib bir kulmasang,
Xafa bo'laman, xafa bo'laman.
©Ahad Qayum
@Taqdir_bitiklari ☕️
#asardan_parcha
To'g'risini aytsam, dorga osiladigan yigitga havasim kelyapti. Qanchalar baxtli. O'lsa-da, yashayveradi.
Men esa tirik bo'la turib har kuni o'laman...
©Amina Shenliko'g'li "Dor ostidagi odam"