YAXSHI XOTIN
– Muxtorjon, nima gap? Uyda janjal boʻldimi, deyman?
– Xotin bilan yana ozgina janjallashdik-da, oqsoqol.
– Janjal qildingmi yo kelinni urdingmi?
– Shu, tili chayon. Gap qaytarganida ogʻzi yopilmaydi. Shunga urdim.
– Urganingda xotining koʻchaga qochdimi yo uyga kirdimi?
– Oʻzini darrov uyga urdi, oqsoqol. Nimaydi?!.
– Gap qaytarish xotinlarga tekkan bedavo kasal. Endi xotinni urma, bola. Qaytib qoʻlingni tekkizma, kelin yaxshi xotin boʻladi.
@Taqdir_bitiklari ☕️

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haqiqat
O‘ylab qaralsa, achchiq haqiqatlar aytilgan ekan "Kung fu Panda" multfilmida.
Kulguli, lekin haqiqatga yaqin.
"Hech bir ish qilmasa, hech kim uni ayblay olmaydi. Shu tariqa uning lavozimi oshdi".

Lola (mp3uz.net)
Ozodbek Nazarbekov
Xating aro uzoring sabza ichinda lola,
Ul chashmi purxumoring loladag'i g'azola.
Barcha parilar, ey jon, girdingda zor-u hayron,
Go'yo erur namoyon oy tegrasida hola.
Mehr-u vafoni, ey yor, ko'p ko'rdi sendin ag'yor,
Jabr-u jafoni bisyor qilding manga havola.
Hajringda, ey pariro', ko'zumdin uchti uyqu,
Har kecha tongg'a tegru ishimdur ohu nola.
Yuz safhasinda xatlar yoshdin-ki, har taraf bor, har taraf bor,
Ishqingda Bobur aylar bu nam yuz risola.
Barcha parilar, ey jon, girdingda zor-u hayron,
Go'yo erur namoyon oy tegrasida hola.
©Mirzo Bobur

❤1
#asardan_parcha
Asosan, yolg’ondan qoching, har qanday yolg’ondan va ayniqsa, o’z-o’zingizga yolg’ondan. O’z yolg’oningizga razm soling, uni har soat, har damda e’tibordan qochirmang. O’zingizdan ham, boshqalardan ham ranjish, hazar qilishdan saqlaning: ichingizda nimadir sizga nojo’ya ko’rinsa, siz shuning farqiga borganingizning o’zi katta gap va ko’ngil shu bilan tozalanadi.
©F.M.Dostoyevskiy "Aka-uka Karamazovlar"

👍1
AFANDINING SO‘NGGI SO‘ZLARI
Keksa afandining joni uzilmoqda. U zaif ovozda:
– Mening rafiqam... shu yerdami?
– Ha, azizim...
– Bolalarim, shu yerdamisizlar..?
– Ha, otajon!
–Nabiralarim-chi?..
– Shu yerdamiz, buvajon!..
afandi og‘ir tin olib, oxirgi kuchini to‘plab:
– Unda oshxonadagi chiroqni katta xolang uchun yoqib qo‘ydinglarmi?!

Qaysi Oybek?
Kunlardan bir kun Oybek yozuvchilar uyushmasiga kelsa, devoriy gazeta atrofida odamlar to‘planib turishgan ekan. Oybek ham qiziqsinib, ularga yaqinlasharkan, shosha-pisha so‘raydi:
— Nima gap? Nimani yozishibdi?
— Oybekning “Oltin vodiydan shabadalar” romani haqida yozishibdi.
– Qaysi Oybek?
Hamkasblar va muxlislarning kulimsirab qarab qolishganini ko‘rgan yozuvchi sergak tortib, shunday dermish:
– E, darvoqe...
©Shodmon Otabek, "Do‘rmon hangomalari"

Bizda hammasi tinchlik bilan – baxt ham, ko'zyosh ham. Dard chekishni bilamiz, dard haqida gapirishni bilamiz. Dard og'ir va o'nqir-cho'nqir hayotimizni oqlaydi.
Biz uchun dard, bu – san'at. Tan olishimiz kerak, ayollar bu yo'lga mardonavor otlanishadi...
©Svetlana Aleksiyevich "Urushning ayoldan yiroq qiyofasi"

Menga rostgo'ylik haqida gapirma, meni aldamasang bas!
Menga vafo haqida gapirma, meni sotmasang bas!
Menga g'oya haqida gapirma, tilingni tiysang bas!
Menga jannatga yo'l haqida gapirma, oldimda yursang bas!
©Adham Sharqoviy "Qisqa o'y-fikrlar"

Boshta havodur (dodasi.com)
Ozodbek Nazarbekov
Sochiyu qoshiyu koʻzidin boshta havodur,
Ne boshda havo — har birisi boshqa balodur.
Qosh yosi bila ul qora koʻz gʻamza oʻqini
Ushshoqdin oʻzga sorigʻa otsa xatodur.
Gar chin desangiz, koʻzi oning ohui Chindur,
Xattini, xato qilmasangiz, mushki Xitodur.
Evrulsam oning boshigʻa, topshursam onga jon,
Jonimda havas ulduru boshda bu havodur.
Ishq ichra yoshurgʻon yurakim qonini, vahkim,
Bu seli sirishkim bori olamgʻa yoyodur.
Bobur desa oyini, ne tong, javru jafoliq —
Kim, husn eli oyini, bale, javru jafodur.

Yolgʻiz qolsangiz mayli, lekin qalbsiz qolmang!
Yolgʻiz qolsangiz, qalb bor yupatadigan.
Qalbsiz qolsangiz, hech narsa qolmaydi...
©Shuhrat Orif
@Taqdir_bitiklari ☕️
Yolgʻiz qolsangiz, qalb bor yupatadigan.
Qalbsiz qolsangiz, hech narsa qolmaydi...
©Shuhrat Orif
@Taqdir_bitiklari ☕️
Endi sheʼr yozmayman unga bagʻishlab,
Endi xayolini oʻylab yigʻlayman.
Ana, qorli kecha — oppoq farishta
Boʻsalar olmoqda aziz manglaydan.
Endi maktublar ham bitmayman — tamom!
Zanjirband qilaman telba qaygʻuni.
Ana, qorli kecha — toʻzgʻigan shayton
Olib ketmoqdadir quchoqlab uni.
Nahot, qachonlardir chiqadi quyosh,
Nurga yoʻgʻriladi bu sovuq dunyo?!
Endi bu hayotim ketguncha bardosh,
Endi bu hayotim meniki tanho...
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
Endi xayolini oʻylab yigʻlayman.
Ana, qorli kecha — oppoq farishta
Boʻsalar olmoqda aziz manglaydan.
Endi maktublar ham bitmayman — tamom!
Zanjirband qilaman telba qaygʻuni.
Ana, qorli kecha — toʻzgʻigan shayton
Olib ketmoqdadir quchoqlab uni.
Nahot, qachonlardir chiqadi quyosh,
Nurga yoʻgʻriladi bu sovuq dunyo?!
Endi bu hayotim ketguncha bardosh,
Endi bu hayotim meniki tanho...
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari
Forwarded from Шаҳзод ЭРГАШАЛИЕВ
Адабиёт ва ижод соҳасидаги ҳудудий ва халқаро миқёсдаги кўплаб ютуқлари учун «Дунё талантлари уюшмаси» Шаҳзод Эргашалиевни «Абай Қўнонбоев» номидаги медаль билан тақдирлади.
@ilhomlar
@ilhomlar
Insonga ishonch berishing, uni qo'liga pichoq tutqazishingdir. U bilan balki seni himoyalaydi va yoki yo'q qiladi!..
©Umar Hayyom
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Umar Hayyom
@Taqdir_bitiklari ☕️
Hammasi Xudodan —
Parvardigordan,
Uning hukmi ila dunyoda borman.
Yaxshiman, yomonman, senga do‘st-yorman,
Oshiqman,
Ojizman,
Mehringga zorman.
©Shukur Qurbon
@Taqdir_bitiklari ☕️
Parvardigordan,
Uning hukmi ila dunyoda borman.
Yaxshiman, yomonman, senga do‘st-yorman,
Oshiqman,
Ojizman,
Mehringga zorman.
©Shukur Qurbon
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
#asardan_parcha
Suv. Choʻl uchun tanqis – okean uchun ortiqcha narsadir...
©Jon Green "Yulduzlar aybdor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
Suv. Choʻl uchun tanqis – okean uchun ortiqcha narsadir...
©Jon Green "Yulduzlar aybdor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
#Kayfiyat
– Naqadar xudbinsan, ko‘ryapsanmi?
– Yana nima qildim?
– Qo‘lingdagi muzqaymoqni menga bermasdan o‘zing yeyapsan.
– Sen nima qilgan bo‘larding?
– Men o‘zim yemay senga berardim.
– Hozir men nima qildim?

👍1😁1