Ramazonda vaqtni o‘tkazish qiyin bo‘lmasligi uchun Qur'ondan tashqari, "Yiliga 100 ta badiiy kitob", degan marafoninda ishtirok eting.
📕 @Badiy_kitob kanaliga audio va elektron variantlarini joylab boraman. 1 ta kitobni bemalol 2-3 soatda tugatasiz.
Mashinada, ishda, yo‘lda, ahamiyatsiz... 😊

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— Nega uni tanlaysan? Sovchilarimga yo‘q deyapsan har safar. Kam joyim bormi undan?
— Sen chiroylisan, kelishgansan, yaxshisan. Ammo u boshqacha-da...
📹 "Vatan" filmidan parcha
@Taqdir_bitiklari ☕️

#bir_yilda_100_kitob
2022-yil hisobidan o‘qiydigan 12-asarimiz Murat Tosun qalamiga mansub "Olim yetishtirgan onalar" kitobi bo‘ladi.
Ushbu kitobda ilm ahllari va payg‘ambarlarni dunyoga keltirgan onalar qanday bo‘lgani, hamda ular bilan sodir bo‘lgan voqealar xususida so‘z boradi.
Ishontirib aytaman-ki, o‘zingizga olam-olam tushunchalarni olasiz. Kitob unchalik qimmat emas, 25 ming so‘m atrofida tursa kerak.
Ha aytgancha, ona bo‘lish arafasidagi ayollar va umuman barcha qizlarga sovg‘a qilish uchun ajoyib kitob. 😊
Kitobning elektron versiyasi hech qayerda yo‘qligi uchun uni audio variantini @Badiy_kitob 📕 kanaliga joyladim. Ushbu fayl "zip" formatida bo‘lib, yuklab olgach, fayl ustiga bosib, ochsangiz ichidan audio ko‘rinishi chiqadi.
Yoqimli mutolaa tilayman! Men boshladim!

AFSUS
Kimningdir qo‘lida,
kimningdir oyog‘ida,
kimningdir yo‘lida,
kimningdir ko‘zida,
kimningdir yuragida,
kimningdir so‘zida,
kimningdir cho‘ntagida,
kimningdir taqdirida,
kimningdir umrida,
kimningdir o‘limida –
hech narsa yo‘q.
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
Kimningdir qo‘lida,
kimningdir oyog‘ida,
kimningdir yo‘lida,
kimningdir ko‘zida,
kimningdir yuragida,
kimningdir so‘zida,
kimningdir cho‘ntagida,
kimningdir taqdirida,
kimningdir umrida,
kimningdir o‘limida –
hech narsa yo‘q.
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
Audio
Musibatlarga go‘zal sabr qilish to‘g‘risida ajoyib hikoyat...
"Olim yetishtirgan onalar" kitobidan
Elektron varianti: @Badiy_kitob
@Taqdir_bitiklari ☕️
"Olim yetishtirgan onalar" kitobidan
Elektron varianti: @Badiy_kitob
@Taqdir_bitiklari ☕️
#Achchiq_haqiqat
Yurtimizda mehnatni qadriga yetmaydigan yaramaslar ko‘payib ketyapti. 😒
Sen itdek qiynalib mashinangni yuvasan. Lattang quriguncha qushlar yana yuvadigan qilib tashlayapti. 🤧
Bormi shunaqa qiynaladiganlar mendan boshqayam?
Eng qizig'i qushlar mashina rangining farqiga borishadi. Oq mashinga qora, qora mashinaga oq bezaklar. 🤦🏻♂

#Bir_yilda_100_kitob
Marafonimiz davom etadi! 🥳
Bu yil hisobidan biz o‘qiydigan 13-asar sevimli adib O‘tkir Hoshimovning "Xayollarga bo‘laman tutqun" nomli hikoyasi bo‘ladi.
Ortiqcha ta‘rif berib o‘tirmay qo‘ya qolay a? Yaxshisi o‘qing, yoki tinglang. Taassurotlaringizni kommentariyada qoldiring. Yoqimli mutolaa tilayman!
Ha aytgancha, elektron versiyasini: @Badiy_kitob 📕 kanaliga yukladim.

TERSIYAT
Osmonlarga uzatdik qo‘lni,
Yuraklarga qo‘ndi bir surur.
Tanlagandik eng mushkul yo‘lni,
Oxir bizni o‘ldirdi g‘urur.
Bizga qarshi jang qildi samo,
Boshimizdan yog‘ildi qorlar.
Qishdan omon chiqqandik, ammo
Bizni qatl etdi bahorlar.
©Xayrulla Hamidov
@Taqdir_bitiklari ☕️
Osmonlarga uzatdik qo‘lni,
Yuraklarga qo‘ndi bir surur.
Tanlagandik eng mushkul yo‘lni,
Oxir bizni o‘ldirdi g‘urur.
Bizga qarshi jang qildi samo,
Boshimizdan yog‘ildi qorlar.
Qishdan omon chiqqandik, ammo
Bizni qatl etdi bahorlar.
©Xayrulla Hamidov
@Taqdir_bitiklari ☕️
So‘ragan edingiz
Siz so‘ragan o‘sha go‘zal, qalbga orom beruvchi nashidani quyidagi link orqali tinglashingiz mumkin👇
📹 https://youtu.be/ZCyCN519AZ8

Odam bolasi birovni yaxshi ko‘rish halokatiga uchradimi, tamom. O‘shanga qul bo‘ladi qoladi.
©R.N.Guntekin "Choliqushi"
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
©R.N.Guntekin "Choliqushi"
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Istagingiz muhayyo!
Siz so‘ragan, ko0pdan beri qidirganingiz qalbga taskin beruvchi o‘ta go‘zal nashida: 😊👇
📹 https://youtu.be/MlC_NU7UxO4
Ko‘pchilikka yetib borishi uchun layk bosib qo‘ying, kanalga obuna bo‘lishni unutmang. Yangi videolarni birinchilardan bo‘lib topasiz!

Siz qarg‘aysiz taqdiringizni,
Ham aytasiz unga tashakkur:
— Biz yo‘q qildik bir-birimizni...
Biz yo‘q qildik...Xudoga shukur!...
Siz yurakni qilmaysiz tejam,
Olgin! — borni tortiq qilasiz.
So‘ngra xafa bo‘lasiz mendan —
"Qaytmayman", deb yig‘lab ketasiz.
Izlab yana kelasiz bir kech,
Jilmayasiz: — Baxtlimanmi, boq!...
Kulgingizga yarashmagay hech,
Xitobingiz o‘rtagan titroq.
Hijrondan so‘ng savollar teran,
Hijrondan so‘ng javob — da’fatan...
Men hammadan pinhon saqlagan
She’rlarimni sizga aytaman.
Ayblamaymiz bir-birimizni,
Tilda so‘zlar tug‘iladi — hur.
...Qarg‘amaysiz taqdiringizni
Va aytmaysiz unga tashakkur.
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
Ham aytasiz unga tashakkur:
— Biz yo‘q qildik bir-birimizni...
Biz yo‘q qildik...Xudoga shukur!...
Siz yurakni qilmaysiz tejam,
Olgin! — borni tortiq qilasiz.
So‘ngra xafa bo‘lasiz mendan —
"Qaytmayman", deb yig‘lab ketasiz.
Izlab yana kelasiz bir kech,
Jilmayasiz: — Baxtlimanmi, boq!...
Kulgingizga yarashmagay hech,
Xitobingiz o‘rtagan titroq.
Hijrondan so‘ng savollar teran,
Hijrondan so‘ng javob — da’fatan...
Men hammadan pinhon saqlagan
She’rlarimni sizga aytaman.
Ayblamaymiz bir-birimizni,
Tilda so‘zlar tug‘iladi — hur.
...Qarg‘amaysiz taqdiringizni
Va aytmaysiz unga tashakkur.
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
#bir_yilda_100_kitob
Bu galgi o‘qishimiz kerak bo‘lgan 14-kitob "Qissasi Rabg‘uziy" asaridir.
Bu asarda yaratilishga oid hikoyatlar, Paygʻambarlar qissalari bauon etilgan bo‘lib, ulkan ilm manbai sifatida xizmat qila oladi.
Elektron varianti: @Badiy_kitob 📕
Yoqimli mutolaa tilayman!

⚡️Bu hikoyani albatta o‘qishingiz kerak. U hayotingizni o‘zgartira oladi.
📹 https://youtu.be/i5K4-ZZqQ7I
📹 https://youtu.be/i5K4-ZZqQ7I
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari
Ishqsiz umr
— O‘sha qizdan boshqasini demayman, — Iltijoli so‘zladi yigit.
Ota bir dam sukutga cho‘mdi. So‘ng iztirob bilan dedi:
— O‘g‘lim, mayli uylan. Men roziman. Inson umrida bir marta baxt qushini uchratadi, bir marta yaxshi ko‘radi. Birovlarning fikrini deb o‘zgasi bilan ketganlarning umr bo‘yi ko‘kragi kuyib o‘tadi.
Nariroqda suhbatni eshitib o‘tirgan ona “piq” etib yig‘lab yubordi.
©Manzura Abdullayeva

Hazmi taom
Atrofni ko‘z qiri bilan tekshirgan bo‘lib, yonidagi kampirning hamyonini o‘g‘rincha o‘z sumkasiga soldi. Hech kim ko‘rib qolmaganiga ishonch hosil qilib, do‘kondan olgan gazli suvining pulini to‘lab shoshib chiqib ketdi. Katta o‘ljadan mamnun bo‘lib, qo‘lidagi sumkasini o‘ynatgancha sakrab-sakrab qadam tashlab ketaverdi. To‘satdan o‘sha do‘kondagi sotuvchi bolaning uni chaqirib yugurib kelayotganini ko‘rdi-yu, qadamini tezlatdi. Bola yetib olib uning yo‘lini to‘sdi, hansiragancha qo‘lidagini uzatdi:
— Gazli suvni unutib qoldiribsiz.
©Arjumandbegim

Sinab ko‘radigan, tavakkal qiladigan, muvaffaqiyatsizlikka uchraydigan, sinadigan, keyin esa yana tavakkal qiladigan insonlarga qo‘shil.
Haqiqatni tasdiqlaydigan, o‘zi kabi fikrlamaydiganlarni tanqid qiladigan, qiladigan ishi ularga hurmat keltirishiga ishonchi komil bo‘lmasa barmog‘ini ham qimirlatmaydigan, shubhalardan ko‘ra aniq narsani afzal ko‘radiganlardan qoch.
Ko‘ngli ochiq va ojiz bo‘lishdan qo‘rqmaydiganlarga qo‘shil. Ular hamrohining qilayotgan ishiga ayb qidirish uchun emas, balki jasorati va fidoyiligiga havas qilish uchun qarasa o‘zi ham o‘sishini tushunadi.
©Paulo Koelo "Kamon yo‘li"

HAYKAL
Buxoroda qadim imoratlar ko‘p.
Bu ko‘hna shahar ko‘chalarida xayolchan kezarkanman bir to‘da sayyohlar boshi bulutga chulg‘angan minoraga qarab turishganini ko‘rdim. Ularga keksa bir ilmiy xodim minora tarixini tushuntiryapti. Quloq soldim.
– Yetti yuz yil bo‘lgan bu minoraning qurilganiga.
Sayyohlar hayrat bilan yoqalarini ushlashdi.
Men bu xil yodgorliklarni ko‘p ko‘rganman. Armanistondagi to‘rt ming yillik Dvin harobalari, Kegart qal’alarini, necha ming yillar muqaddam yozilib bizga yetib kelguncha toshga aylangan kitoblarni ko‘rganman. Shularni odam yaratgan, ularda odam qo‘lining izi bor.
Buxoro ko‘chalarida kezarkanman juda ko‘p xotiralar xayolimdan o‘tadi. Asrlar qa’rida qolib ketgan jangu jadallarni ko‘rgandek, qilich-qalqonlarning jarangini eshitgandek bo‘laman.
Bularning barini tarix shamollari uchirib ketdi. Odamlarning xotiridan yulib ketdi.
Ammo ko‘hna devorda qolgan besh barmoq izi hali ham ko‘rinib turibdi. Bu ming yillar qa’rida yo‘q bo‘lib ketgan odam qo‘lining izi. Shu azamat binoga g‘isht tergan me’mor qo‘lining izi.
Odam qo‘ligina odamga abadiy haykal qo‘yishiga ana o‘shanda ishonganman.
©Said AHMAD