Taqdir bitiklari
2.34K subscribers
1.23K photos
335 videos
5 files
102 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juda ko‘pchilik qidiradigan, lekin topa olmaydigan "Yulduzlar aybdor" asarining kinosini @Badiy_kitob kanalimga yukladim.

Tezda ulanib oling. Eng yaxshi va yangilaridan quruq qolmang tag‘in.)

@Taqdir_bitiklari ☕️
Ammo seni to‘xtatib turgan narsa xato qilishdan qo‘rqish bo‘lsa, hech qachon o‘q otishdan o‘zingni tiyma. Harakati to‘g‘ri amalga oshirgan bo‘lsang, qo‘lingni och va arqonni bo‘shat. Hatto nishonni tekkiza olmasang ham keyingi safar maqsadingni qanday yaxshilash kerakligini o‘rganasan.

Agar hech qachon tavakkal qilmasang, nimani o‘zgartirishing kerakligini ham hech qachon bilolmaysan.

Har bir o‘q qalbingda xotira bo‘lib qoladi. Ana o‘sha xotiralar jamlanib borgani sari o‘q uzishing ham yaxshilanib boradi.


©Paulo Koelo "Kamon yo‘li"
Elektron varianti: @Badiy_kitob 📕

@Taqdir_bitiklari ☕️
#bir_yilda_100_kitob

Shunday go‘zal ob-havoda Songul Unsal qalamiga mansub "Kaktuslar ham gullaydi" asarini o‘qib chiqishga nima deysiz?

Bu yil hisobidan 16-o‘qiydigan kitobimiz bo‘ladi. (Aslida 7-fevralda boshlaganmiz marafonni) 2 oyda 16 ta kitob, yomon emas.

Ha, aytgancha bu yangi chop etilgan kitob bo'lgani uchun elektron varianti chiqishga ulgurmagan. Shu sababli rasmli holda pdf qilinganini topa oldim xolos. U ham to‘liq emas nazarimda. Har holda yo‘qdan ko‘ra bor.

Yuklab olish uchun: @Badiy_kitob 📕

@Taqdir_bitiklari ☕️
Baxt

- Qo'lingdagi nima u?
- Baxt.
- Nega u bunchalik kichkina?
- U faqat menga tegishli. U juda chiroyli.
- Ha... zo'r!
- Ozgina beraymi?
- Mayli...
- Kaftingni tut.
- Voy, issiq ekan...
- Yoqdimi?
- Albatta, rahmat.
- Yaqinlarga rahmat aytishning keragi yo'q.
- Nima uchun?
- Ular hammasini so'zsiz tushunadilar.
- Begonalar-chi?
- Ularga rahmat deb aytishadi.
- Qo'limda baxt borligi sabab ko'nglim halovatni his etyapti.
- Har doim shunday bo'ladi.
- Uni kim bilandir bo'lishsam-chi?
- U holda baxting yanada kattalashadi.
- Nega?
- Bilmadim. Lekin u yanada qaynoqroq bo'ladi.
- U kuydirishi ham mumkinmi?
- Qo'lni havas kuydiradi. Baxt esa kuydirmaydi.
- Kim bilan bo'lishishimni bilaman.
- Bundan juda xursandman.
- U holda...
- Omonlikda ko'rishguncha. Baxtni baham ko'rib yashashni unutma. Axir bu dunyoda baxtga zorlar bisyor.


©Marek Xlasko

@Taqdir_bitiklari ☕️
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari
Dunyodagi eng xunuk ayol

— O, men u ayolni qattiq sevardim!
— U-chi?
— U ham meni derdi. Visol onlari tuganmas deb o‘ylardim...
— Ayrildingizmi?
— Afsus.... to‘shakka mixlangan eri sog‘ayib ketdi!


©Nodirabegim Ibrohimova

@Taqdir_bitiklari ☕️
​Jannatim ham sensan,
Do'zaxim ham — sen.

Bor dardning og'rig'i
Jonga qorishgan.

Sen bilan kunduzim
Kechalarga teng,

Sen bilan tunlarim
Kunday yorishgan.

©Usmon Azim


@Taqdir_bitiklari ☕️
#Kayfiyat

Bir kun jirafaning kayfiyati tushib ketibdi. U o‘rmon qiroli sherning yaqin o‘rtog‘i ekan. Shuning uchun u o‘rmon ahliga kim jirafani kuldira olmasa yeyman deb e‘lon beribdi.

Hamma hayvonlar latifa aytish uchun kela boshlashibdi.

Nihoyat, navbat quyonga kelibdi. U latifasini aytsa ham jirafa kiprik qoqmay turaveribdi. Sher esa, uni yeb qo‘yibdi.

Keyin, tulkining navbati kelibdi. Qarasa, jirafa yerga dumalab kulayotgan emish.

— Nega kulayapsan, — deb so‘rabdi sher.
— Quyon yomon qildi lekin! 😂

P.S: Yetib borishi qiyin tanishlarimizga jo‘natamiz.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Tunda yangisi 😁

— Baxt borasida gapirsam, peshonasi yarqiragan yigitman-da!
— Hamma qizlar bir ko‘rishda oshiq bo‘lib qoladi degin?
— Yo‘q, kalman.)

@Taqdir_bitiklari ☕️
"Millionga meni olishmagan", deb intervyu beribdi bitta viner.

"Kaneshna" olmaydi-da!
Odam savdosiga qarshi kurash bo‘limi qayoqqa qarayapti axir? 😂

@Taqdir_bitiklari ☕️
#bir_yilda_100_kitob

17-asar

O‘tkir Hoshimovni tanimagan, asarlarini o‘qimagan o‘zbek kam bo‘lsa kerak.

Yuksak iqtidorga ega yozuvchi ijodining ilk kezlarida bitilgan "Dehqonning bir kuni" hikoyasi navbatdagi o‘qishimiz kerak bo‘lgan asar sifatida tanlab olindi.

Yoqimli mutolaa tilayman!
Elektron va audio varianti:
@Badiy_kitob 📕

@Taqdir_bitiklari ☕️
#diolog

— Pulingizni menga ishonib ketavering, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan bolaman.
— Bo‘ldi uka, ishondim sizga, shunchalik yuvvoshmisiz?
— Yo‘q, qo‘yimni og‘zidan cho‘p olmaganman.))

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kimdir Muhammad Yusufni tanimayman desa, ishonmayman uning o‘zbekligiga! Shu darajada edi uning xalchilligi, jaydariligi...

Shundoqqina qalbdan olib yozilgan she‘rlar muallifi, atoqli shoir Muhammad Yusuf 1954-yil, aynan shu kuni (26-aprel) tavallud topgan.

Shoirning Ellikqalʼada vafot etganini yaxshi bilasiz.

Aynan Muhammad Yusuf tilidan yozilgan shogirdlari O‘lmasbek Samarqandiy qalamiga mansub yig‘latuvchi sh‘erni tinglashni tavsiya etaman.

@Taqdir_bitiklari ☕️
"Real" himoyasi 10 daqiqaga yaramadi.

Ochig‘i "Manchester City"dan g‘alaba kutgandim, ammo bunchalik shoshirib qo‘yadi deb o‘ylamovdim.

Hali xulosaga erta, ammo Gvardiola shogirdlariga faqat respect!

@Taqdir_bitiklari ☕️
Nega kimdir "Barcelona"ga qarshi o‘ynayotgan jamoaga muxlislik qilishi uchun, "Real" muxlisi, "Real" raqibiga muxlislik qilsa, "Barcelona" muxlisi bo'lishi kerak? Shunga tushunmayman. Ko‘pchilik bir tomonlama fikrlaydi.

Haqiqiy futbol muxlisi undan zavq olishni bilishi kerak. To‘g‘ri, hammaning o‘z sevimli jamoasi bor, lekin bu degani, butun dunyo futbolini yig‘ishtirib qo‘yib, faqat shunga suyunish kerak deganimas.

Masalan, men hujumkor va ochiq futbol shaydosiman. Tiki-taka uslubida o‘ynaydigan jamoalar ayniqsa yoqadi. Vassalom.

@Taqdir_bitiklari ☕️
⚡️Benzema shunchaki daxshat!

Bundan 8-10 yil ilgari Benzema deganda vaziyatlarni ko‘kka sovuradigan futbolchi namoyon bo‘lardi ko‘z oldimizda.

Futbol o‘ynaganda qaysidir sherigimiz qulay vaziyatdan gol ura olmasa, Benzema ekansan-ku, der edik!

Bugun bu inson chindan ham oltin to‘pga loyiq! Gol urishi uchun vaziyat ham kerak bo‘lmay qolgan qarigan chog‘ida. Shlyapamni yechaman Karim uchun.

@Taqdir_bitiklari ☕️
***
Ezilib-ezilib yomg‘irlar yog‘di,
Ezilib-ezilib ado bo‘ldi jon.
Kechani gohida chaqmoqlar yoqdi,
Gohida “oh” urding – o‘rtandi jahon.

Umrning qorong‘u ko‘chalarida
Muhabbatu nafrat horg‘in kezindi.
Bahorning yomg‘irli kechalarida
Ezildi... ezildi... yurak ezildi.

Taqdirning beomon shiddat yomg‘iri
Aytar vidomizni aytdi tonggacha.
Endi bu yomg‘irning yo‘qdir oxiri –
Ezilib yig‘laydi so‘nggi ongacha.

So‘z kimga kerakdir? Lab ochmagin. Jim.
Taqdir so‘zga loyiq qoldirmadi sir –
Men ham yomg‘ir kabi bir yog‘ib o‘tdim,
Sen ham yomg‘ir kabi yig‘lab o‘tding bir...


©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yomon kunlar yaxshi kunlarning qadriga yetishishimiz uchun Kerak...

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qul, hisob-kitobi tugagach, Jannatga kirishi ma‘lum bo‘libdi.

Farishtalar Jannat eshigiga olib borishganida qul uni so‘rabdi, farishtalar javob berishibdi, buni so‘rabdi javob berishibdi. Shunda Alloh taolo so‘ragan ekan: "Ey Farishtalar, qulim nima deyapti?"

Shunda Farishtalar aytishibdi-ki: "Ya, Robbil A‘lamin, sen har narsani bilguvchidirsan. Ammo quling aytyapti-ki, dunyoda bir sevgani bor ekan, mana shusiz kirmayman deyapti".

Shunda Alloh taolo aytar ekanki: "Qulim-ki qul holida bir qulni unutmabdimi, men kim Robbil A‘lamin bu qulni murodiga yetkazdiraman", deb sevganini hozir qilgan ekan.


Yaxshi ko‘radigan yaqinlarimizga yuboramiz.😊

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Mulohaza

• "Bizning paytimizda", deydigan yoshga keldingmi, demak qariyapsan.

• Ko‘chada salom berishyaptimi, demak qariyapsan.

Sizda qaysi biri kuzatildi?

@Taqdir_bitiklari ☕️