Taqdir bitiklari
2.14K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
ISHDAN BOʻSHASH HAQIDA ARIZA

Ko‘kdan mehmon bo‘lib bir talay tongda,
Go‘zal farishtalar tushibdi oppoq.
Par to‘shakda yotib, tush ko‘rar zamin,
Ko‘ngildayin yumshoq, ko‘ngildayin oq.

Bir-biridan nozik qanotchalarin,
Avaylab o‘paman, kaftimga olib.
Osmonidan tinmay rizq elar Tangrim,
Termulaman, qancha yumushim qolib.

Shu payt sim qoqadi takror va takror,
Boshlig‘im “Ishga kel”, deya urar do‘q.
Tabiatning shunday moʻjizasini
Oyog‘imda ezib, ishga borgim yo‘q.

Qadamimda chiqqan qor nolasidan
Devonaday aql-hushdan ozaman.
Joniga ozorlar bergandan ko‘ra,
Bo‘shash haqda arizamni yozaman!


©Muyassarxon Ergasheva

@Taqdir_bitiklari
👍2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘pchilikdan farqli o‘laroq mushukchalar men uchun eng sevimli hayvon!

Mittigina, momiqqina.
Ayniqsa silagandagi hirillashi ham
o‘zgacha-da! 😀

Sizga qaysi hayvon yoqadi?

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
Notanish Edik
@The_end_rasmiy
Ishoning, bu qadar ko‘ngilga yoqishli qo'shiqlar juda kam... 😇

Aslini olganda Shuhrat aka (Daryo) qo‘shiqniyam rosa topib aytadilar-da!
Miriqib tinglaydi kishi!

Go‘yo ko‘nglingdan chiqayotgan gaplardek...
Tinglab, rohat oling azizlarim!


***
Sen hatto ismimni bilmaysan,
Ko‘nglimni qayerdan bilarding?..


@Taqdir_bitiklari ☕️
🔥2
Gitara olgim kelaveradi juda.
Ammo chalishni bilmagman-da! 😁

O‘zi buyam xarakter shekilli. Bozorga yo‘lim tushsa bo‘ldi, rejada mutlaqo yo‘q narsalarni ko‘tarib kelaveraman.
"Hey, buni nima qilasan? Qayerda ishlatasan? nimaga kerak?", deydigan odam yo‘q. Uyga kelguncha. 😆

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
💣 Bunisi endi super! 😱
Hammaga har xil rangda ko‘rinadigan rasm haqida bilasizmi?


Unda quyidagi qisqa videoni tomosha qiling va hayratdan yoqa ushlang!
Qanday ko‘ringaniga qarab o‘zingiz haqingizda ham bilib olishingiz mumkin.

Youtubedagi BEPUL darslarim orqali o‘zingizni qaytadan kashf eting!


Videoga albatta "👍" layk bosib, kommentariya qoldirishni unutmang, shunda keyingi darslarni ham chiqaraman.

📹 TOMOSHA QILISH: 👇
https://youtu.be/1jGDXk5_eM8

Kanalga obuna bo‘lishni ham unutmang! 😉
👍1
Nodira opa (Ibrohimova) bilan qariyb 3-4 yil burun internetda tanishgandik. Aynan mana shu inson – nasriy faoliyatimni yuksaltirishga qiziqish uyg‘otganlardan biri.
Nodira opa bilan keyinchalik ko‘rishish ham nasib qildi. Yozganlari, fikrlari yoqadi. Ayniqsa tarjima sohasida ham dadil harakat qiladilar.
Opa, qalamingiz hech qachon sinmasin!

"...huvillagan xonalar yutaman deydi. Kitob javonimdagi qadrli kitoblarim hamroh. Birini olib oʻqiyman, hayotdan uzoqlashaman. Xayollar olamida bir dam yashab, kuch olaman. Baʼzan Anna Karenina, baʼzan Onegin bilan yolgʻiz qolgim keladi. Ammo... ammo Alsgeymer yonimdan jilmaydi, u oʻzgalarni yonimga yoʻlatmaydi. Men uni deb sevgan insonlarimdan ayrildim. U mendan quvonchlarni tortib oldi. U meni yolgʻizlik oʻlkasining tutquni qildi".


©Nodirabegim Ibrohimova "Men, dadam va Alsgeymer"

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
Mening qadrlilarim! 😊

Mana, 3-4 yildan buyon telegramda siz bilan birgamiz. Shu kungacha meni qo‘llab-quvvatlab kelganingiz uchun minnatdorlik bildirish vaqti keldi. Aslida, bu tuyg‘u menda har doim bo‘lgan, faqat hozir aytishni maqsad qildim.

Shu kungacha, faqat sizni o‘ylab kanal yuritdim. (Aks holda qolgan kanallar kabi tinimsiz reklama qo‘yib, obunchilarimni ko‘paytirishim ham mumkin edi).

Endi, ushbu ezgu ishni "YouTube" platformasida ham davom ettira boshladim.
U yerda sizga eng qiziq va kerakli bo‘lgan ma‘lumot va
bepul darslar ulashaman InshaAlloh.

Faqatgina buning uchun sizning qo‘llab quvvatlashingiz zarur.

Sizdan so‘raydiganlarim:
🔔 Kanalimga obuna bo‘ling,
👍 Layk bosing,
💬 Kommentariya yozing.


Bular uchun hech qanday pul talab qilinmaydi. Faqatgina bir necha soniya vaqtingiz ketadi xolos.

InshaAlloh tez orada mingtadan oshamiz.
Boringizga shukur!


♻️ Kanalga ulanish: https://youtube.com/channel/UCii2DB8glqqQsHfIO_FzGIQ
👍1
***
Onajon,
Onajon,
Yuragim og‘rir.
Bilmadim nimaga qiynaydi meni.
Men dehqon bolasi edim-ku axir,
Nahot shuncha nozik bo‘lsa bu jonim?.

Endi-ku uxlamay o‘ylar surmayman,
Sog‘insam, dunyoda sog‘inganim siz.
Og‘rir,
Og‘riyverar yurak, bilmayman,
Nega og‘rishini aytmas ham iblis.

Yo sevib qoldimmi,
Bu mumkin emas.
U mendan bezor,
Men undan bezorman.
Muhabbat deganin qilmasman havas,
Shunday ham bu uzun yo‘l to‘la armon...

Onajon,
Onajon,
Yuragim og‘rir,
Go‘yo kimdir uni tig‘ bilan tilar.
Kechalar yelkamga temirdek og‘ir
Qo‘llarin qo‘yar, ko‘zimga tikilar.

Kim u?
Men tanimayman.
Otamning arvohi o‘sha zot balki:
Uyimning chirog‘in yoqmay bolam, sen
Qayerda,
Qayerda yurarsan sanqib?!

Qishloqqa ketaman,
Tong otsa bo‘ldi.
Quyosh, uyg‘otib qo‘y meni ertalab...
Yuragim,
Yuragim og‘rimay qo‘ydi,
Ey, qalbni bir o‘pib bo‘lmas erkalab?

©Muhammad Yusuf

@Taqdir_bitiklari ☕️
1
Ulkan sasga doʻnar otishma,
ming baravar kuchayar suron.
Toʻqnashar oy, quyosh, yulduzlar,
ming baravar torayar osmon.

Gʻaroyib qush toʻpi singari
uchib yurar balandda bogʻlar.
Botirlarday naʼra taratib
bir-biriga urilar togʻlar.

Yuraklarning qudratli zarbi,
Yerda odam qalashgan, tirband.
Bir tomonda Eyfel minori,
bir tomonda qari Samarqand.

Qanday dunyo, oynaga qarab
tanimaysan hatto yuzingni.
Hech boʻlmasa daraxtga taqab
oʻpolmaysan sevgan qizingni...


©Shavkat Rahmon

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁1
Audio
Erta tongdan Shuhrat Daryo ijrosidagi go‘zal tarona!

***
Yigʻlamang, koʻz yoshga arzimas dunyo...
Koʻzingiz yoshiga arzimas u.

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
O‘zi juda kam televizor ko‘raman. Ammo shu kunlarda miyamga "Bayramni boshladik!" degan ovoz o‘rnashib qolibdi. Musiqasi ham juda "shirali" ekan, naq miyamni egovlayapti. Sizda ham shunaqami? 😂

Reklamayam shunaqa ko‘p qo‘yiladimi e! Oxirigacha tugamasdan, o‘rtasiga kelganda yana boshidan qo‘yyapti-yov! 🤦🏻‍♂

@Taqdir_bitiklari ☕️
Bankir – bu sizga quyosh chiqib turgan paytda soyabon berib turib, yomgʻir boshlanishi bilan uni olib qoʻyadigan kishidir.

©Mark Tven

@Taqdir_bitiklari ☕️
⚡️ Siz 1 ta kitobni 2 soatda o‘qib tugata olasiz!

Bunga quyidagi videoni ko‘rgach amin bo‘lishingiz mumkin!

Barcha BEPUL darslar bu yerda.
Layk "👍" bosib, obuna bo‘lishni unutmang. Fikrlaringizni kommentariyada yozib qoldiring.

📹 TOMOSHA QILISH:

https://youtu.be/5Pgur2LhNn4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️
– Mosh, qarachi qor yog‘yaptimikin?

@Taqdir_bitiklari ☕️
Zoʻr yashadim, toʻgʻri tushuning,
Qadr nedir, bilgan biladi.
Ne qilardim ishqdan yashinib,
Bitta yashash shunday boʻladi.

Sir qolmadi bunda yashirin,
Armon chekay desam ezilib.
Nafas olish naqadar shirin
Orom degan soʻzdan uzilib.

Oʻxshasam ham oʻzga oʻxshadim,
Shuni aynan umr deb atay.
Soʻramaslar, qancha yashading,
Soʻragaylar, yashading qanday?

Muhimi shu, koʻzlarim magʻrur,
Yuz tutmagan hech bir zavolga,
Imtihondan yiqilmadim gʻoʻr,
Javobim bor oʻsha savolga.


©Xayrulla Hamidov

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍3
Audio
– Uni sevasanmi?
– Ha.
– Qayerdan bilasan?
– ...


@Taqdir_bitiklari ☕️
Yashashning foydasi yoʻqligini bilish uchun yetmish uch yil yashashimga toʻgʻri keldi. Anglashning be'maniligini bilish uchun, eh-he, qancha kitob oʻqish kerak boʻlarkin?

©Murod Chovush "Hech"

@Taqdir_bitiklari ☕️
​​​​– Pul o‘lgurning tishi bo‘lsa o‘zini yeb qo‘yar edi!
– To‘g‘ri, tishi bo‘lmagani uchun ba’zi birovlarning aqlini yalab, vijdonini so‘rib yuriptida!


©Abdulla Qahhor

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍2
Ahmoqlardan gʻazablanmang: ular ahmoqligicha qolaveradi, siz esa asab hujayralaringizni nobud qilasiz.

©Mark Tven

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1