Aprel
www.Moqina.net
Aprel oyida tug‘ilganlar haqida.
Meni aytyapti!😀
Faqatgina reallikni yoqtirishadi, degan yeri biroz xato. Chunki men optimizm vakiliman!
Ancha-muncha yomonlikni ham yaxshilik tomondan ko‘rib, rejalarimni ham xayolan pishitib qo‘yaveraman. Ja-a, xayolparast emasman-u, lekin xayolot kuchli. 😄
@Taqdir_bitiklari ☕️

👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik tug‘ilgan kun. (1946-yil, 27-dekabr)
Ustoz yozuvchi butun xalqimiz kitobxonlari mehrini qozongan nosir edi. Uning qalamiga mansub "Alvido bolalik", "Shaytanat", "Murdalar gapirmaydilar" kabi asarlari adabiyotimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan.
Tohir Malik badiiy va diniy uslubda ko‘plab kitoblar yozishga ulgurganini ham aytib o‘tish joiz.
Yozuvchi 2019 yil 16 may kuni vafot etdi.

BOZOR MADONNASI
Isiriq olish uchun bozorga tushgandim. Darvozadan kiraverishda somsa sotib oʻtirgan ayolni koʻrib, beixtiyor toʻxtab qoldim. Rostini aytsam, bunday mukammal xilqatni umrimda koʻrmagandim. Yuzi shu qadar tiniq, qosh-koʻzi, lablari shu qadar mutanosib , shu qadar jozibali ediki , rahmatli Chingiz Ahmarov tirilib kelsa , oʻzbek madonnasini shu ayolga qarab chizgan boʻlardi. Xayolimdan “Qaysi baxti chopgan er shunday pari-paykar bilan yasharkin?” – degan oʻy kechdi.
Xarid qilib qayta chiqayotib , gʻalati shovqin-suron eshitdim. Yaqin kelib, tagʻin toʻxtab qoldim. Boyagi ayol roʻparasida ozodagina kiyingan, boʻyinbogʻ taqqan bir kishi koʻzini pirpiratib , esankirab turar, chamasi qayoqqa qochishini bilmay , gʻujanak boʻlib olgandek edi. Somsa vajidan eʼtiroz bildirganmi, oralaridan noxushroq gap oʻtganmi, xullas , ayol uni shu qadar qalashtirib haqorat qilar , ogʻzidan shu qadar iflos soʻzlar otilib chiqardiki , qirq yil koʻmir tashigan aravakash bunday soʻkishlarni eshitsa , oʻzi ham, oti ham, aravasi ham, boringki koʻmiri ham uyatdan qizarib ketgan boʻlardi! Yomon gap odamni xunuk qilib yuborishini shunda koʻrdim. “Pari-paykar” ning chiroyli koʻzlari olayib ketgan, oydek yuzi qiyshayib, vahimali tus olgandi...
Xayolimdan “Qaysi baxtiqaro er shunday alvasti bilan yasharkin” – degan oʻy kechdi...
©Oʻtkir Hoshimov

👍1
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan videolar manzili🔻
📹 Yiliga 100 ta kitob o‘qish.
📹 Kitobni 2 soatda o‘qish siri.
📹 Miyangiz haqida aytib beruvchi rasm.
📹 Dunyidagi eng boy insonga aylanishni istaysizmi?
@Taqdir_bitiklari ☕️
📹 Yiliga 100 ta kitob o‘qish.
📹 Kitobni 2 soatda o‘qish siri.
📹 Miyangiz haqida aytib beruvchi rasm.
📹 Dunyidagi eng boy insonga aylanishni istaysizmi?
@Taqdir_bitiklari ☕️
⚡️ 17 yoshli o‘zbek yigitchasi amaldagi jahon chempionini mag‘lub etdi!
Aslida yurtimizda iqtidorlar juda ko‘p, shunchaki ularni qo‘llab yuborish, yo‘l berish kerak xolos, ba‘zi kimsalar kabi korrupsiyaga botavermasdan.
Bu safar Polshaning Varshava shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 10-partiya o‘yinini o‘tkazdi.
Shaxmatchimiz oq donalarda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi dona surib, unga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Ayni paytda 17 yoshli grossmeysorimiz 8 ochko bilan musobaqada 1-o‘rinni egallab turibdi.
Ma‘lumot uchun, Norvegiyalik shaxmat qiroli bir necha karra jahon chempioni hisoblanadi.
Nodirbek Abdusattorov u bilan ilgari durang ham qayd etganini eslatib o‘tish joiz.

Boy bo‘lishni, faqirlikdan yiroq turishni istagan birodarim, siz albatta har kecha bu ishni qilishingiz kerak...
Video yoqsa, albatta layk bosishni unutmang! 🙂👇
https://youtu.be/oBiYlQadaJc

YouTube
Boy bo‘lishni istasangiz...
Agar boy bo‘lishni istasangiz, buni albatta eshiting, bilishingiz kerak...
#top #uzb #top20 #top2021 #uzbek #trend #hikoyat #hikoya #ibrat #Quron #boylik #hadis

⚡️ Ura-a! 17 yoshli o‘zbek o‘spirin yigitchasi Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli grossmeysorlarini ortda qoldirib, shaxmat (rapid) bo‘yicha jahon chempioniga aylandi!
Endi butun dunyoda bu bolakay haqida gapirmoqda!
Bilib qo‘yishsin o‘zbek bolasi qanday bo‘lishini!
Seni tarbiyalagan ota-onangga rahmat, Nodirbek!
Men ham niyat qildim, sen kabi yurtini tanitadigan farzandlar bersin barchaga! 🇺🇿
Ma‘lumot uchun, Nodirbek shaxmat tarixida ushbu yo‘nalishda chempion bo‘lgan eng yosh shaxmatchi sifatida tarixga kirdi!
@Taqdir_bitiklari ☕️
Endi butun dunyoda bu bolakay haqida gapirmoqda!
Bilib qo‘yishsin o‘zbek bolasi qanday bo‘lishini!
Seni tarbiyalagan ota-onangga rahmat, Nodirbek!
Men ham niyat qildim, sen kabi yurtini tanitadigan farzandlar bersin barchaga! 🇺🇿
Ma‘lumot uchun, Nodirbek shaxmat tarixida ushbu yo‘nalishda chempion bo‘lgan eng yosh shaxmatchi sifatida tarixga kirdi!
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanikulda amin bo‘lyapman, O‘zbekkino ancha o‘sibdi.
Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz keskin o‘sibdi! Faqatgina, saviyasi emas, soni! Hartugul, ilgarilari sanoqli kinolarimiz bo‘lardi va ko‘rishga arzirdi xar holda ularni.
Orada turk kinosi kirib kelib, ancha tanqidga uchradi. Nima emish, yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta‘sir o‘tkazayotgan ekan. To‘g‘ri, bunga qo‘shilaman. Ammo o‘rniga suratga olinayotgan o‘zimizning hozirgi "xo‘rozqandlar" ham kattalar "yalashi" uchun xolos-ku.
Bunday bemaza nomlarni, ko‘rib bo‘lmaydigan kadrlarni turk, rus, ingliz kinolarida ko‘rsak, ha endi yevropa-ku, bizda bundaymas, deb ko‘rishardi deylik, ammo bizda ham undan kam bo‘lyaptimi?
"Tug‘mas", "Bepusht", "Behayo kelin", "O‘jar homilador", "18 yoshli jazman", "Xo‘rlangan qiz"...
Bu kinolar qanchalik ko‘rishga arziydi bilmadim, biror seriyasini o‘tirib, ko‘rmaganman. Ammo nomini o‘qish va 1 daqiqasini ko‘rish yetarli xulosa uchun.
Undan ko‘ra "O‘tkan kunlar", "Kichkina tabib", "Osmondagi bolalar"ni qaytaring!

👍11🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"O‘zi ketar yor-yor, o‘zi kelar yor-yor", gapining uyquga zig‘irchcha ham aloqasi yo‘q ekan!
***
Aldadi yorim, ko‘zni yumsang kelaman deb aldadi yorim,
Boshni qo‘ysang kelaman deb aldadi yorim,
Har qanday sharoitda-da kelaman deb aldadi!..
Shu dam mashenniklar "uxlatib" ketishsa ham roziydim-e!
Uxlasam bo‘ldi! Miyam aljirashni boshladi.😆

😁2
Bir safar karomatgoʻylarning eng keksasi kelajakning senga nima keragi bor, deb so'rab qoldi.
– Kelajakda nima qilishim lozim, ana shuni bilib olishim kerak, – deb javob qilgandi Tuyakash. – Men bo'lishini xohlamaydigan hodisalar bor, ularning oldini olishni, yo'nalishini oʻzgartirishni istayman.
– U holda ular sening kelajaging boʻlmay qoladi, – degandi karomatgoʻy.
– Hech boʻlmasa, yuz beradigan hodisaga tayyorlanib turaman.
– Agar yaxshilik yuz bersa, bu – kutilmagan ajoyib sovgʻa boʻladi. Mabodo yomonlik yuz beradigan boʻlsa, sen buni yuz berishidan ancha oldin his qilasan.
– Kelajakda mening taqdirim nima boʻladi, ana shuni bilishni xohlayman, chunki men bandaman, – dedi Tuyakash. – Odamlarning taqdiri esa o'z kelajagiga bog'liq boʻladi.
Karomatgoʻy uzoq sukut saqladi. U choʻpchalar bilan rom ochardi – bir dastasini yerga tashlab, qanday tushga niga qarab taqdirni bashorat qiladi. Shu kuni rom ochmaslikka qaror qildi.
©Paulo Koelo "Alkimyogar"

Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun 2021-yilning oxirgi jumasi.
Barchangizga xayr-u barakot yog‘ilsin!
@Taqdir_bitiklari ☕️
Bugun 2021-yilning oxirgi jumasi.
Barchangizga xayr-u barakot yog‘ilsin!
@Taqdir_bitiklari ☕️
***
Men – bechora 252 inchi,
Mashinam darchasidan ma‘yus boqaman.
Ezar uy sog‘inchi, pechkamni yoqaman...
P.S: Obbo 2022-yilni shu yerda kutib olmasam bo‘lgani. Men ham ertalabdan kelib olibman. 🤦🏻♂

🎯 2022-yilda kamida 100 ta kitob o‘qib tugatishni maqsad qilib yozib qo‘ying bugundan.
Bu qo‘lingizdan albatta keladi. Birgalikda o‘qiymiz. Videoda batafsil tushuntirilgan.
📹 TOMOSHA QILISH: 👇
https://youtu.be/XLJj5Wd7SUM
Kanalga obuna bo‘lishni ham unutmang! 😉

TGStat.com jamoasi kanalimizning 2021-yildagi statistikasini e‘lon qilib, bayram bilan tabrikladi.
👁🗨 @Taqdir_bitiklari kanali qariyb 14 million martadan ko‘proq ko‘rilgan.
🔗 903 ta kanal bizdan ko‘chirma olgan.
📰 1201 ta post qo‘yilgan.
Ishonchingiz uchun rahmat! Boringizga shukur!

Ko‘proq narsani bilsang, yashash qiyinlashadi. Bilganingni bilmagan inson bilan yashash undan-da qiyin. Axir, u inson o‘z bilimi va tajribasidan kelib chiqib fikr yuritadi. Ammo seni bilganlaring azoblayveradi. Biroq, sendan-da ko‘proq biladigan inson bilan yashash yana-da qiyinroq. Bunday inson oldida sen o‘zingni hech narsani bilmaydigan, tushunmaydigandek va hattoki ahmoqdek hisoblaysan. Keyin esa yana-da ko‘proq o‘qiy boshlaysan, yana-da qattiqroq azoblanasan.
©Eliza K. "Qahva"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Eliza K. "Qahva"
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Men odamlarni o'ldiryapman, Portuga.
– Buni qanday qilyapsan, Zeze?
– Ularni unutib...
Birini sevmay qo'yganingda ichingda o'lishni boshlaydi.
©Joze Mauro de Vaskonselos "Azizim, Po'rtaxol"
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Buni qanday qilyapsan, Zeze?
– Ularni unutib...
Birini sevmay qo'yganingda ichingda o'lishni boshlaydi.
©Joze Mauro de Vaskonselos "Azizim, Po'rtaxol"
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1
Qishda yozilgan xat
Qish – bahaybat, dahshat yirtqich qush –
Changalida tosh qotgan olam...
Sen tarafda eridimi muz,
Yo qishmisan hali-hali ham?
Bunda bitgan ozoring ranji
Tomchi yoshday baxtdan uzulib,
Seni eslab yashayapman jim,
Xotiralar bilan isinib.
©Usmon Azim