Tanzila Narbaeva
18.9K subscribers
3.41K photos
97 videos
1 file
931 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʼmitasi raisi Chjao Letszi boshchiligidagi parlament delegatsiyasini qabul qildik.

Suhbatimizda davlatlarimiz yetakchilarining oʼzaro ishonchi asosida qurilgan Oʼzbekiston va Xitoy oʼrtasidagi azaliy doʼstlik va strategik hamkorlikning ahamiyati eʼtirof etildi.

Investitsiya, iqtisodiy- ijtimoiy, madaniy-gumanitar sohalaridagi aloqalarimizni yanada rivojlantirish hamda yashil energetika, taʼlim, IT texnologiya sohalarida yangi loyihalarni kengaytirish boʼyicha fikr almashdik.

Shuningdek, davlatlarimiz oʼrtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda parlament nazoratini kuchaytirish hamda doʼstlik guruhlarining faoliyatini jadallashtirish, oʼzaro tajriba almashish masalalarini muhokama qildik.

Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik hujjatlarini qabul qilishga kelishib oldik.

#Senat #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Bugun ilk bor tashkil etilgan “Bandlik va ijtimoiy himoyani uygʼunlashtirish orqali Oʼzbekistonda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etdik.

Ushbu xalqaro anjuman Oʼzbekistonda oʼtkazilishining biz uchun ahamiyati katta. Chunki mamlakatimiz tarixda birinchi marta Xalqaro mehnat tashkiloti Maʼmuriy kengashi tarkibiga qabul qilindi.

Yurtimizda ish oʼrinlari yaratish va aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan Global akselerator va Global koalitsiya doirasida milliy “yoʼl xaritasi” ishlab chiqildi.

Bu esa, mamlakatimizda investitsiyalar uchun qoʼshimcha shart-sharoitlar yaratish va aholimiz daromadi oʼrtachadan yuqori boʼlgan davlatlar qatoridan joy olishiga xizmat qiladi.

Mazkur konferentsiya ijtimoiy adolatni mustahkamlash, aholi bandligi, ijtimoiy himoyasini taʼminlash, tengsizlik va kambagʼallikni qisqartirish sohasidagi siyosatimizni takomillashtirish yoʼlidagi navbatdagi qadam boʼladi deb oʼylayman.

#senat #hamkorlik #XMT

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Bosh direktor mamlakatimizda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga toʼliq barham berilganini, sohaga oid xalqaro standartlarni joriy etishga qaratilgan muhim islohotlarni alohida e’tirof etdi.

Suhbatimiz davomida Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat va ijtimoiy sohalardagi ratifikatsiya qilingan Konventsiyalarining amalga oshirilishi holati, ushbu yoʼnalishlarda davlatimiz tomonidan kelgusida tegishli xalqaro hujjatlarga qoʼshilish masalalarini muhokama qildik.

Shuningdek, yaratilayotgan ish oʼrinlarining mehnat standartlariga mos boʼlishi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar bandligiga koʼmaklashish, nogironligi boʼlgan hamyurtlarimizning ijtimoiy himoyasini ta’minlash yoʼnalishlarida hamkorlikda amalga oshiradigan ishlarda ustuvorliklarni belgilab oldik.

#Senat #XMT #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Oliy Majlis Senatining ellik to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

#yalpimajlis54

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM