Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu hududda bo‘ldik.
Navoiylik hamyurtlarimiz, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning mehnat qilishi uchun tashkil etilgan korxonalar faoliyati, ularda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdik. Tadbirkorlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdik.
Aholi salomatligini mustahkamlash, farzandlarimizga zamonaviy bilim berish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, mehrga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarining amalga oshirilishi e’tiborimiz markazida bo‘ldi.
Har bir tashrif buyurgan maskanda, mahallalarda, xonadonlarda mehri daryo, mehnatkash insonlar bilan samimiy suhbatlashdik.
#senat
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy viloyatiga amalga oshirilgan safarimiz yakunida Oliy Majlis Senati Kengashining sayyor majlisini o‘tkazdik.
Hududni har tomonlama rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning ijrosi tanqidiy tahlil qilindi.
Mutasaddi davlat idoralari, hokimliklar oldiga aniq muddatli vazifalar qo‘yildi, ularning nazoratini amalga oshirish tizimi bo‘yicha kelishib olindi.
#senat
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun hamkasbim Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʼmitasi raisi Chjao Letszi boshchiligidagi parlament delegatsiyasini Oʼzbekistonda qutlashdan mamnunman.
Biz dastlab Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlaridan tashrif buyurgan qator olimlar, tadqiqotchilar, oʼqituvchi va talabalar ishtirokida Toshkentda Konfutsiy instituti tashkil etilganining 20 yilligini nishonlashga bagʼishlangan anjumanda ishtirok etdik.
Ushbu yillar davomida Konfutsiy instituti xalqlarimiz oʼrtasidagi doʼstlik va hamjihatlik ramzi boʼlib, madaniy-maʼrifiy almashinuvlarga alohida hissa qoʼshib kelmoqda.
Bu dargohda 10 mingdan ziyod oʼquvchilar xitoy tilidan saboq olishgan. Oʼz navbatida, Xitoyda ham oʼzbek tiliga qiziqish ortib borayotgani quvonarlidir.
Til oʼrganish barobarida yoshlarga kasb ham oʼrgatilishi har ikki davlat oʼrtasida kengayib borayotgan iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarga ijobiy taʼsir qiladi.
#senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy parlamenti vakillari Chjao Letszi boshchiligida “Yangi Oʼzbekiston” bogʼiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʼydi.
Mehmonlar majmuada aks ettirilgan tarix, arxitektura yechimlari va kompozitsiyasining oʼziga hos xususiyatlari bilan tanishdi.
Shuningdek, bogʼ yonida eng ilgʼor texnologiyalar va zamonaviy andozalar asosida qad koʼtarayotgan Olimpiya shaharchasida qurilish ishlari bilan tanishdik. Bu yerda 2025 yili mamlakatimiz mezbonlik qiladigan Yoshlar oʼrtasidagi Osiyo oʼyinlarining asosiy musobaqalari oʼtkaziladi.
Dunyoning 70 ta davlatida sport inshootlarini qurish tajribasiga ega Xitoyning SAMS Engineering kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Olimpiya shaharchasi qurilish jarayonining borishi hamda korxona xodimlari bilan suhbatlashdik.
Chjao Letszi shaharchada amalga oshirilayotgan ishlar koʼlami va sifatini yuqori baholab, davlat tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan eʼtibordan dalolat berishini hamda bu loyihalarning barchasi Oʼzbekiston va Xitoy oʼrtasida yoʼlga qoʼyilgan har tomonlama va serqirra hamkorlik samarasi ekanini taʼkidladi.
#senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM