Samarqand shahrida ilk bora oʻtkazilayotgan Osiyo xotin-qizlari forumida “BMT-ayollar” tuzulmasining direktori Sima Sami Baxus xonim, Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong janoblarini, BMTning Jenevadagi boʻlimi direktori Tatyana Valovaya xonimlar oʻz nutqlari bilan ishtirok etishib, mamlakatimizda xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarni alohida eʼtirof etishdi.
Jahon miqyosida siyosiy-iqtisodiy beqarorlik holati davom etayotgan bir sharoitda xotin-qizlarning davlat boshqaruvi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-akademik va madaniy-gumanitar sohalardagi faol ishtirokini taʼminlash har qachongidan-da muhim hisoblanadi.
Bu borada Osiyo mintaqasi davlatlarining oʻzaro hamkorligi va tajriba almashinuvi dolzarb ahamiyatga ega.
Shu jihatdan ham, muloqotlar maydoni boʻlgan, bugungi forumda koʻtarilgan masalalar, ilgari surilgan tashabbuslar, fikr-mulohazalar mintaqa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun xizmat qiladi deb oʻylayman.
#Senat #UNWomen
#AsianWomensForum #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Osiyo xotin-qizlari forumi doirasida Misr Arab Respublikasi Parlamenti Senati Raisi o‘rinbosari Fibi Favzi Girgis bilan uchrashuv o‘tkazdik.
Aytish joizki, Misr hamda O‘zbekiston parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etib kelmoqda . O‘zbekiston va Misr parlamentlarida do‘stlik guruhlari faoliyat ko‘rsatyapti. Turli sohalarda hamkorlikdagi 60 dan ortiq hujjatdan iborat mustahkam shartnomaviy-huquqiy baza mavjud.
Uchrashuvda Fibi Favzi Girgisxonim tomonidan Yangi O‘zbekistondagi tashqi siyosat, Osiyo davlatlari, xususan Misr bilan olib borilayotgan do‘stona munosabatlarning yana-da yuksalgani alohida eʼtirof etildi.
Muzokaralarimiz natijasida, forumda ko‘tarilgan masalalar, taʼlim, sog‘liqni saqlash, turizm, savdo hamda madaniy sohalarda o‘zaro manfaatli va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldik.
#senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahrida Qozog‘iston Parlamenti Senati Raisi o‘rinbosari Olga Perepechina hamda Qozog‘iston Parlamenti Majlisi Raisi o‘rinbosari Daniya Yespayeva bilan muloqot qildik.
Uchrashuvda aytilganidek, qozoq va o‘zbek xalqlari o‘zaro qardosh eldirlar. Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan tashqi siyosatdagi yaqin qo‘shnichilik aloqalari esa har ikki davlat uchun ham manfaatli bo‘lishi shubhasizdir.
Ko‘plab sohalardagi Qozog‘iston parlamenti va hukumati bilan hamkorligimiz doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti mintaqaviy platformasi ishini yana-da faollashtirish, ishbilarmon xotin-qizlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Tadbirkor ayollar forumini o‘tkazish bo‘yicha ham fikr almashdik.
Muloqot chog‘ida ilgari so‘rilgan tashabbuslar asosida kelgusida yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishdik.
#senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Osiyo xotin-qizlari forumi doirasida Turkiya Respublikasining Oila ishlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Mohinur Ozdemir Gyoktash bilan muzokara o‘tkazdik.
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlar hamda ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish mavzularida bo‘lib o‘tgan muloqotmiz davomida, O‘zbekiston va Turkiya rahbarlarining qatʼiy siyosiy irodasi tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch asosida rivojlanib borayotgani alohida qayd etildi.
Muzokaralarda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Turkiya Respublikasining Oila ishlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tdik.
#senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha yana bir qardosh xalq vakillari – Tojikiston Majlisi Oli Majlisi namoyandagon Raisi o‘rinbosari Mavsuma Muini bilan uchrashuv o‘tkazdik.
Prezidentimizning joriy yil 18 apreldagi Dushanbe shahriga qilgan amaliy tashrifi natijasida tarixiy hujjat – Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma hamda ko‘p qirrali hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab oluvchi 28 ta hujjat imzolangan edi.
Mavsuma Muini xonim bilan muloqotimiz davomida kelishuvlar ijrosini taʼminlashda parlamentlarining o‘rni hamda xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan fikr almashdik.
#senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Osiyo xotin-qizlar forumining nufuzli mehmoni, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, “BMT-ayollar” tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdik.
S. Baxus xonim O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqotini yo‘lga qo‘yishdagi tashabbusini yuqori baholadi hamda Osiyo xotin-qizlari forumini har ikki yilda bir marta O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Muloqotimiz davomida Respublika gender tenglikni taʼminlash komissiyasi va “BMT-ayollar” tuzilmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolash hamda qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdik.
Mamlakatimizda “BMT-ayollar” tuzilmasining vakolatxonasini ochish masalasi ham muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalarni belgilab oldik.
#senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM