Tanzila Narbaeva
18.5K subscribers
3.4K photos
97 videos
1 file
931 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
Senatning 47-yalpi majlisida amaldagi ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar ham ko‘rib chiqildi.

“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilayotgan normalarga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlari mehnat shartnomasini tuzgan holda besh nafargacha doimiy xodimni yollash mumkin.

Bundan buyon bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lishi mumkinligi kafolatlanadi.

Bojxona kodeksi davlat hamda nodavlat sport-ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan maxsus sport kiyim-boshlari, poyabzal, sport anjomlari va jihozlari hamda uskunalarining ellik foizi uchun bojxona bojini to‘lashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar berilishi nazarda tutuvchi norma bilan to‘ldirildi.

@tanzilanarbaeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi o‘rtasida ushlab berish, mahkumlarni topshirish, jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni ma’qulladilar

@tanzilanarbaeva
Oʻzbekiston va Qozogʻiston eng yaqin qoʻshnilar hamda vaqt sinovidan oʻtgan strategik hamkorlar. Keyingi yillarda ikki mamlakat oʻrtasida hamkorlikning yangi davri boshlandi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar jadal rivojlanmoqda.

Bugun mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan shartnomaning ratifikatsiya qilishga qaratilgan qonun ma’qullandi.

Bu bilan ikki mamlakat mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini va barqaror iqtisodiy rivojlanishini yanada mustahkamlashga qaratilgan davlatlararo munosabatlarning yangi bosqichi huquqiy jihatdan mustahkamlanmoqda.

@tanzilanarbaeva
Oliy Majlis Senatining 47-yalpi majlisida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan:

🔹 Referendum va saylov o‘tkazish tartibi takomillashtirilmoqda;

🔹 Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirishning huquqiy asosi yaratilmoqda;

🔹 Davlat mulkini xususiylashtirishga oid munosabatlar takomillashtirilmoqda;

🔹 Axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlarga javobgarlik belgilanmoqda;

🔹 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi vakolatlari kengaytirilmoqda;

🔹 Intellektual mulk huquqini himoya qilish kuchaytirilmoqda;

🔹 Davlat organlarining nomlari va vakolatlari aniqlashtirilmoqda;

🔹 Qonun bilan tadbirkor ayollarga yangi imkoniyatlar berilmoqda;

🔹 Italiya bilan hamkorlikning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda;

🔹 Senat Qozog‘iston Respublikasi bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi Qonunni maʼqulladi.

#yalpimajlis47
#senat
#dayjest

@tanzilanarbaeva
Bugun poytaxtimiz Toshkent Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha II global forumiga mezbonlik qilmoqda

Forumda jahonning parlamentlararo tashkilotlari va koʻplab davlatlar parlamentlari rahbarlari, parlamentlar doʻstlik guruhlari, xalqaro tashkilotlar, yetuk ekspertlar va mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlari, OAV vakillari toʻgʻridan-toʻgʻri hamda onlayn tarzda ishtirok etmoqda.

Anjumanda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda qonunchilikni takomillashtirish, parlament nazorati mexanizmlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.

@tanzilanarbaeva
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha II global forumini Senatning YouTube platformasidagi sahifasi orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin.

@tanzilanarbaeva
BMT rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda jahon mamlakatlari parlamenlarining roli va yondashuvlari turlicha.

Poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha II global forum ana shu yondashuvlarni muhokama qilish, oʻzaro tajriba almashish uchun muhim platforma hisoblanadi.

Aynan shu nuqtai nazardan Forum ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev murojaat yoʻllab, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash oʻta dolzarb ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladilar.

Bunda BRMga erishish borasida mamlakatlar tomonidan olingan majburiyatlarni bajarishda parlamentlar va hukumatlar fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda ish olib borishi zarur.

Shularni inobatga olib, Forum doirasida BRMga erishishda fuqarolik jamiyati institutlari hamda aholining barcha qatlamlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

@tanzilanarbaeva