Ta’lim yangiliklari
5.9K subscribers
11.1K photos
3.84K videos
747 files
9.28K links
Таълим янгиликлари

Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring.

Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.
Download Telegram
#attestatsiya
#malaka_toifasi

Malaka toifasi berishning yangi tartibini amaliyotga joriy etishga doir o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrda 692-son qarori asosida 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinmoqda.

🔴 Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan malaka toifasi berishning yangi tartibini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar va vazirlikning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari ishtirokida onlayn o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

⚡️ Hozirga qadar bu kabi o‘quv seminarlari Xorazm viloyati (2500 nafar), Buxoro viloyati (1 140 nafar), Sirdaryo viloyati (280 nafar), Toshkent viloyati (1 600 nafar), Samarqand viloyati (2 400 nafar) doirasida onlayn shaklda, Toshkent shahri (340 nafar) doirasida oflayn shaklda tashkil etildi.

❗️Ushbu seminarlarda umumiy hisobda 10 000 nafarga yaqin, jumladan:

1000 nafarga yaqin umumta’lim maktab direktorlari;

3 000 nafarga yaqin umumta’lim maktab direktori o‘rinbosarlari;

5 000 nafardan ortiq umumta’lim maktablar pedagoglari;

800 nafarga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda vazirlikning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

📺 Shuningdek, bu kabi o‘quv seminarlari bugun — 11-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati, ertaga — 12-yanvar kuni Surxondaryo viloyati doirasida onlayn shaklda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

👉 Mazkur viloyatlar hamda boshqa hududlardagi soha xodimlari ishtirokida tashkil etiladigan o‘quv seminarlari haqidagi ma’lumot (o‘tkazilish vaqti, seminar havola manzili)lar bilan vazirlikning rasmiy kanаllari orqali tanishib borishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#attestatsiya
#malaka_toifasi

pedkadr.uzedu.uz platformasiga bir kunda 5 785 ta ariza kelib tushdi

👉Xabaringiz bor, 2024-yil 15-yanvardan boshlab maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiya jarayonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari boshlandi.

O‘tgan bir kunning o‘zida attestatsiyadan o‘tish va malaka toifalarini olishni istagan 5 785 nafar, jumladan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi — 305;
Andijon viloyatidagi — 399;
Buxoro viloyatidagi — 491;
Jizzax viloyatidagi — 329;
Qashqadaryo viloyatidagi — 495;
Navoiy viloyati dagi — 409;
Namangan viloyatidagi — 445;
Samarqand viloyatidagi — 573;
Surxondaryo viloyatidagi — 546;
Sirdaryo viloyatidagi — 270;
Toshkent viloyatidagi — 475;
Farg‘ona viloyatidagi — 428;
Xorazm viloyatidagi — 268;
Toshkent shahridagi — 352 nafar pedagoglarning arizalari pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali qabul qilindi.

❗️Eslatib o‘tamiz, pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish jarayonlari joriy yil 1-martga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

O‘qituvchilik faoliyatimni boshlaganimga 24 yil bo‘ldi, 10 yildan beri oliy toifaga egaman. Savolim shuki, men kabi uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi haqida eshitdim, shu to‘g‘rimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar toifasi keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan yoki pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi qayd etilgan.

👉Shuningdek, mazkur Nizomga asosan, quyidagi pedagoglar ham navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#attestatsiya
#malaka_toifasi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanganligidan xabardorsiz.

❗️Shu munosabat bilan pedagoglar uchun attestatsiyaga doir ayrim tartiblarni eslatib o‘tmoqchimiz:


Majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida;

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa to‘lov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada ko‘rinmaydi va o‘rganib chiqilmaydi.


👉Murojaatning o‘rganish natijalari bilan pedagoglar o‘zlarining pedkadr.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishib chiqishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Bu yilgi attestatsiya sinovlaridan bog‘cha tarbiyachilari ham o‘tadimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, attestatsiya imtihonlariga respublikamizdagi barcha davlat maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida mehnat qilayotgan hamda navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tishi lozim bo‘lgan oliy ma’lumotli pedagog kadrlar jalb etiladi.

👉 Ma’lumot uchun: majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan davlat maktabgacha, shuningdek, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari ham o‘z xohishiga ko‘ra mazkur Nizom talablariga muvofiq navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Men 2022-yilda attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tganman, ammo o‘sha vaqtda shaxsiy kabinetga kirish uchun berilgan login va parol hozir esimda yo‘q. Bu yilgi atttestatsiyasida ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish uchun eski login va parolimni tiklasam bo‘ladimi?

❗️Albatta, tiklasa bo‘ladi. Buning uchun http://pedkadr.tdi.uz/Pedagogue/resetPassword manziliga o‘tishingiz va ochiq oynalarni to‘ldirishingiz kerak.

Bunda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki ID-karta)dagi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda tegishli telefon raqamlarini kiritasiz.

👉 Eslatma: Login va parollarni tiklash uchun uch martagacha imkoniyat beriladi. Agar ushbu imkoniyatlardan foydalana olmagan taqdiringizda, tizim administratorlari, ya’ni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalaridagi Ishchi guruhlarga yoki @pkatdi_bot orqali murojaat yuborishingiz zarur.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Attestatsiyadan o‘tish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi, malaka oshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ham kerakmi?

❗️Pedagog kadrlar tomonidan attestatsiyadan o‘tish uchun murojaat etilganda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ilova qilingan so‘rovnoma elektron tarzda to‘ldiriladi.

So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

pedagog kadrning ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma);

qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma (o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun).

❗️Pedagog kadrlardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish mumkin emas.


Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr mas’ul hisoblanadi.

Eslatma: so‘rovnomani bevosita davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda pedagog kadr nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa pedagog kadrning o‘zi mustaqil ravishda to‘ldiradi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Men maktabda va akademik litseyda dars beraman. Joriy yilgi attestatsiyada maktabdan qatnashmoqchiman. Savolim, maktabdan olingan malaka toifasi professional ta’lim tashkilotlariga ham o‘tadimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, pedagog kadrlar asosiy ish joyi bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladi.

Ta’lim tashkilotlarida o‘rindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan pedagog kadrlar esa o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim tashkilotidan attestatsiyaga jalb etiladi.

❗️Bu muhim! Pedagog kadrlarning malaka toifalari (lavozimlari) boshqa ta’lim tashkilotlariga, ta’lim tashkilotlarining bir turidan boshqasiga yoxud nodavlat ta’lim tashkilotidan davlat ta’lim tashkilotiga ishga o‘tganda saqlab qolinadi.

Bunda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining katta o‘qituvchisi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchisi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchisi lavozimiga tenglashtiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Attestatsiya imtihonlari qancha vaqt davom etadi? Mazkur vaqt ichida talabgorlarning tashqariga chiqishi mumkinmi?

❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 4-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka (test) sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomada bu haqida batafsil aytib o‘tilgan.

🔹Unga ko‘ra, malaka sinovlarida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari va pedagogik mahorat uchun 120 daqiqa hamda gumanitar fanlari va pedagogik mahorat uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Malaka sinovi o‘tkazish paytida talabgorlar har qanday sabab bilan auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, malaka sinovi to‘liq yakunlagan talabgorlar bundan mustasno (talabgorning sog‘lig‘i yomonlashgan hollarda auditoriya nazoratchisi va tibbiyot xodimlari kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.)

Uzrsiz sabablarga ko‘ra auditoriyadan chiqqan talabgorlar qaytadan malaka (test) sinoviga qo‘yilmaydi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovi jarayonida:

“tinglab tushunish” uchun — 30 daqiqa;
“o‘qish” uchun — 45 daqiqa;
“yozma ish” uchun — 30 daqiqa;
“gapirish” uchun — 10 daqiqa vaqt ajratiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishda topshirilgan hujjatlardagi qaysidir ma’lumotning noto‘g‘ri ekanligi aniqlansa, nomzodga chora ko‘riladimi, to‘langan pul qaytariladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda bu haqida alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

🔹 Unga ko‘ra, noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqich (hujjat topshirish yoki imtihon jarayonlari)da pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni to‘xtatiladi.

Topshirilgan hujjatlar va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

Shuningdek:


pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi;

mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, tegishli vakolatli tashkilotlarga so‘rovnoma yuboriladi.


❗️Yodda tuting: pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Malaka toifasi olish uchun ariza bergan pedagoglar ishtirokida onlayn repetitsiya oʻtkazilishi haqida eshitdim. Bunda qatnashish kimlar uchun majburiy?

Albatta, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar ishtirokida joriy yilning mart-may oylarida boʻlib oʻtadigan attestatsiya jarayonlaridan oldin onlayn repetetsiyalar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

🔹 Bundan maqsad, pedagoglarning test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish koʻnikmalarini oshirish hamda ularni namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishtirishdan iborat.

✔️ Onlayn repetetsiyalarga joriy yilgi attestatsiyada navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari shaklda ishtirok etish uchun murojaat yuborgan hamda murojaatlari qabul qilingan pedagoglar ishtirok etishadi.

❗️Onlayn repetetsiyada ishtirok etish ixtiyoriy.

Quyidagi pedagoglar onlayn repetetsiyalarda ishtirok etolmaydi:


toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) toifa olish uchun murojaat yuborgan pedagoglar;

navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari turlari shaklda ishtirok etish uchun murojaat yuborgan, lekin murojaatlari rad etilgan yoki koʻrib chiqilayotgan pedagoglar.


👉 Maʼlumot uchun: toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) toifa olishi mumkin boʻlgan pedagoglar guruhi bilan mazkur havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM