Ta’lim yangiliklari
3.82K subscribers
29.9K photos
6.13K videos
797 files
15K links
Таълим янгиликлари

Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring.

Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz jarima qo‘llaydigan tashkilotlar mas’ullarining ongi va dunyoqarashi o‘zgarishi zarurligini ta’kidladi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sanoat va eksport ko‘rsatkichlari sust bo‘lgan tuman va shahar hokimlarining faoliyati tanqid qilindi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tashqi bozorlarga chiqmoqchi bo‘lgan korxonalarning sertifikat, aylanma mablag‘, bozor va logistika bilan bog‘liq masalalarini tezkor hal etish topshirildi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Ta’lim24.uz
#Диққат_эълон
#tanlov_asosida_ishga_qabul

📣
Taʼlim tashkilotlari xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish sinov spetsifikatsiyasi tasdiqlandi

✅ Xabaringiz bor, joriy yil 1-iyuldan boshlab mamlakatimizdagi 26 ta tuman va shahardagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablari xodimlarini pedagog.uzedu.uz platformasi orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

➖ Mazkur sinov jarayonlarida foydalaniladigan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

👉 Ma’lumot uchun: tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi dastlab joriy yilning 1-fevralidan boshlab tajriba-sinov tariqasida Buxoro tumanidagi taʼlim tashkilotlarida yoʻlga qoʻyilgan.

Endilikda mazkur yangi tizim Buxoro viloyatidagi barcha tuman va shaharlarda, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida 1 tadan tuman shaharlarda joriy etilmoqda.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahriga tashrif buyurib, transport va ijtimoiy infratuzilma, raqamli texnologiyalar, sanoat hamda shaharsozlik sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, davlatimiz rahbari yirik qurilish loyihalariga start beradi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Уртачирчикский район и город Нурафшан Ташкентской области, где ознакомится с проводимой работой в сферах транспортной и социальной инфраструктуры, цифровых технологий, промышленности и градостроительства. Глава нашего государства также даст старт крупным строительным проектам.

Facebook|Instagram|X
Forwarded from Ta’lim24.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

✅Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi umumta’lim maktablarida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.

⏺Maktablarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, hududlar tartibga keltirildi. Shuningdek, sinf xonalari yangi o‘quv yili uchun zarur o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi.

🗣Bundan tashqari, maktablardagi kutubxonalar, sport zallari, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) xonalari hamda fan kabinetlari ko‘zdan kechirilib, ularni belgilangan talablar asosida jihozlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Qashqadaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyoti 3 karra oshgani, 2030-yilga qadar uning hajmini 240 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olinganini ta’kidladi.

Bugun O‘zbekiston hududidan xalqaro ahamiyatga ega 4 ming kilometr tranzit yo‘l o‘tgan. Ayni paytda xalqaro yo‘llarning 30 foizi to‘liq quvvatda, yana 25 foizi ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda.

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” va Transafg‘on temir yo‘llari ishga tushgach, O‘zbekiston Tinch okeanidan Yevropagacha bo‘lgan eng qisqa quruqlik yo‘lagining asosiy bo‘g‘iniga aylanadi. Shuningdek, Pokiston portlari orqali Hind okeani va qariyb 2 milliard aholi yashaydigan Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyati ochiladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga qo‘shimcha 15-20 million tonna xalqaro tranzit yukini qabul qilsa, 400-600 million dollar daromad olinadi, logistika markazlari va terminallar qurilishiga 3 milliard dollar investitsiya jalb etiladi, kamida 50 mingta barqaror ish o‘rni yaratiladi.

Facebook|Instagram|X
Prezidentimiz Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishini mamlakatimiz transport infratuzilmasini rivojlantirishdagi navbatdagi ulkan tarixiy qadam, deb atadi.

So‘nggi 10 yilda 78 trillion so‘m hisobidan jami 128 ming kilometr yo‘lda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Davlatimiz rahbari bugun sohada tom ma’noda yangi davr boshlanayotganini ta’kidladi.

Qiymati qariyb 2,2 milliard dollar bo‘lgan olti polosali zamonaviy avtomagistralning umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi. Loyiha doirasida 92 ta ko‘prik, 28 ta yo‘l o‘tkazgich va 60 ta tunnel tipidagi o‘tish joyi quriladi.

Yo‘lga og‘ir va yuqori tezlikda harakatlanadigan transport vositalari qatnoviga chidamli monolit beton qoplama yotqiziladi. Tekis hududlarda soatiga 150 kilometr tezlikda harakatlanish imkoni yaratiladi, zamonaviy xavfsizlik yechimlari va raqamli qulayliklar yo‘l-transport hodisalarini keskin kamaytiradi.

Yangi magistral ishga tushgach, Toshkentdan Samarqandga yetib borish vaqti 5 soatdan 2,5 soatga qisqaradi. Yo‘l sutkasiga 60 mingdan 80 mingtagacha transport vositasini o‘tkazadi, yuk tashish tannarxi esa 20-24 foizga pasayishi kutilmoqda.

Facebook|Instagram|X
Toshkent – Samarqand yangi avtomobil yo‘li hududlarda iqtisodiy faollikni yangi bosqichga ko‘taradi. Jahon banki tahliliga ko‘ra, bunday loyihalarga sarflangan har bir dollar investitsiya iqtisodiyotga 5 barobargacha qaytadi.

Yangi magistral Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari yalpi hududiy mahsulotining 3 foizga ko‘payishiga turtki beradi. Yo‘l o‘tadigan aholisi 2 milliondan ziyod 13 ta tuman uchun minglab ish o‘rinlari va yangi daromad manbalari paydo bo‘ladi.

Yo‘l bo‘yida logistika markazlari, omborlar, sanoat va agrosanoat korxonalari, savdo-servis, mehmonxona va turizm obyektlari barpo etiladi. Qurilishda mahalliy xizmatlar va qurilish materiallaridan keng foydalanish tadbirkorlar uchun yirik buyurtmalar va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratadi.

Davlatimiz rahbari Xiva – Urganch yo‘li qurilishi boshlangani, Toshkent – Andijon yo‘li bo‘yicha xalqaro tender yakunlanish arafasida ekani, Toshkentni Bo‘stonliq bilan bog‘laydigan yo‘lni loyihalash ishlari yakuniga yetkazilayotganini qayd etdi.

– Biz bugun Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz besh yillik to‘yi arafasida mamlakatimiz kelajagi, iqtisodiy barqarorligi va xalqimiz farovonligi uchun yana bir mustahkam poydevor qo‘ymoqdamiz,

– dedi Prezidentimiz va kapsula qo‘yib, yangi avtomagistral qurilishini boshlab berdi.

Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumaniga tashrif buyurib, Toshkent – Samarqand yoʻnalishidagi pullik muqobil avtomobil yoʻli qurilishiga tamal toshi qoʻydi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Уртачирчикский район Ташкентской области и заложил первый камень в основание платной альтернативной автодороги Ташкент – Самарканд.

#Mirziyoyev #marosim #yul #start

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Ta’lim24.uz
#диққат_эълон

📣 Hurmatli ota-onalar!


✅ 2026–2027-oʻquv yili uchun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari joriy yilning 23–24-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Imtihon jarayonlari:

🔹aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha — 23-iyul kuni soat 08:00 da Mirzo Ulug‘bek tumani, Niyozbek ko‘chasi, 57-uy manzilida;

➖🔹 ingliz tili boʻyicha
(2-bosqich) — 24-iyul kuni soat 7:00 da Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi binosida (3 smenada: soat 7:00, soat 10:30, soat 14:00 da) tashkil etiladi.

👉 Eslatma: kirish imtihonlarida qatnashish uchun ruxsatnomalarni ariza.piima.uz platformasi orqali yuklab olish mumkin.

➖ nomzod oʻquvchilar imtihon oʻtkaziladigan manzilga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomani olib kelishlari shart.

➖
IELTS sertifikati (Overall 7.0, Writing 6.0) va undan yuqori natijaga ega bo‘lgan nomzodlar ingliz tili kirish imtihonidan ozod etiladi hamda ushbu fan bo‘yicha maksimal ball beriladi. Bu haqida nomzodlar shaxsiy kabinetlari orqali xabardor qilinadi.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM