Ta’lim yangiliklari
5.9K subscribers
11.1K photos
3.84K videos
747 files
9.28K links
Таълим янгиликлари

Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring.

Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.
Download Telegram
#MatbuotAnjumani #Live

Umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi tartibi bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali va AOKAning “facebook”dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Milliy sertifikat imtihonlarida test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi

🔰 Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida“ 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

📱 Unga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan milliy sertiikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.

🌐 Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi undiriladi.

👨🏻‍🦽 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

▶️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BSB_va_ChSB_nima

📆 Shu yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.

⚡️Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Bu qanday baholash? Oldingi baholash tizimidan qanday farq qiladi?

🗣Oʻylaymizki, ushbu videorolik orqali barcha savollaringizga javob olasiz.

BSB – Bob boʻyicha summativ baholash.
ChSB – Chorak boʻyicha summativ baholash.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘quvchilarga o‘quv-uslubiy filmlar NIZOM.pdf
936 KB
O‘zbekiston davlat ta’lim muassasalarida dars o‘tish uchun foydalaniladigan o‘quv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 24-sonli qarori.

@talimda
🟢"Bibtexnika" karvoni Toshkent viloyatiga yetib keldi

➡️Xabaringiz bor, kuni kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Respublikamiz umumta’lim maktablari kutubxonalari uchun “Bibtexnika” jamlanmasidan iborat karvon jo‘natilgan edi.

➡️Bugun mazkur jihozlar Toshkent viloyatiga ham yetib keldi.

@talimda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Viloyat boʻylab "Bibtexnika" karvonlari yetib bordi

Bugun Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha tuman va shaharlariga "Bibtexnika" karvonlari jo‘natildi.

Bundan ko'zlangan maqsad – umumta’lim maktablari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdan iborat.

"Bibtexnika" jamlanmasida jamlama kitobi, inventar kitobi, kundalik daftari, kitobxon formulyari, "cho‘ntakcha", alifboli kartochka, qaytaruv varaqasi hamda to‘plam g‘ilofi mavjud.

Mazkur karvon viloyat bo‘yicha 1 ta “Bolalar kutubxona”si, 888 ta umumta’lim maktablari va 17 ta boshqa muassasalar kutubxonalariga yetkazib berildi.

Maʼlumot oʻrnida, 2023-yilda viloyatdagi 873 ta maktab kutubxonalari uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 1,5 milliard so‘m ajratilib, 65 nomdagi, jami 56 414 nusxada o‘quvchi-yoshlarga mo‘jallangan kitoblar xarid qilindi. Badiiy kitoblar soni 1 587 698 taga yetkazildi. Yaʼni, bir o‘quvchi uchun 3 donadan kitob to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilga nisbatan 1,5% ga oshganini koʻrsatmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#вазир_жамғармаси

📣 Vazir jamg‘armasi hisobidan joriy yilda ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning umumiy kvotasi 1250 ta etib belgilandi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 8-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va 1-bosqich test sinovlari orqali saralash bo‘yicha reglament tasdiqlandi.

❗️Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2024-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 250 nafar etib belgilandi. Bunda:

1 150 ta kvota yoki umumiy kvotaning 92 foizi — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga;

100 ta kvota yoki umumiy kvotaning 8 foizi — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar pedagog kadrlariga ajratildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1450

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Б2 сертификати бўлмаса, чет тили ўқитувчиси бўлиб ишга кира олмайдими?

#Yurist_Xizmati 4331-савол:

Assalomu alaykum. Meni qizim 4-kurs talabasi. Ingliz tili yoʻnalishida oʻqiydi. Sentyabr oyida maktabga ishga kiritsak adliya rad qildi dedi, maktab direktori sertifikati boʻlmaganligi uchun. Noyabr, dekabr oyida oʻqib topshirdi sertifikatga. Ikkala oyda xam B 1 sertifikat oldi. Shu sertifikat bilan ishga kirishi mumkinmi.Shu savolga toʻliqroq javob bersangiz iltimos. Boshqa maktablarda kursdosh dugonalari ishlayapti lekin bizda olmayapti.Javobingiz uchun oldindan raxmat.

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 19 майдаги 312-сон қарорига асосан, 2022/2023 ўқув йилидан бошлаб давлат таълим муассасаларининг хорижий тиллар ўқитувчиси лавозимига ишга қабул қилинаётган номзодлар камида Б2 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро сертификатга эга бўлиши лозимлиги белгиланган. Лекин кейинроқ, бу талаб 2023/2024 ўқув йилидан кучга кириши белгиланган.

☝️Эътибор берган бўлсангиз, қоидада “ишга қабул қилинаётган номзодлар” жумласи белгиланган. Шунга кўра бу қоида энди ишга кираётганларгагина қўлланилади.

Мана шу қоидага кўра эндиликда чет тили ўқитувчилари албатта сертификатга эга бўлиши шарт. Агар бу сертификат бўлмаса, ходимни ишга қабул қилиб бўлмайди.

❗️Шунга кўра сизнинг қизингиз ҳам Б2 сертификат бўлмаса, ишга кира олмайди.

@talimda
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

O‘qituvchilik faoliyatimni boshlaganimga 24 yil bo‘ldi, 10 yildan beri oliy toifaga egaman. Savolim shuki, men kabi uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi haqida eshitdim, shu to‘g‘rimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar toifasi keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan yoki pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi qayd etilgan.

👉Shuningdek, mazkur Nizomga asosan, quyidagi pedagoglar ham navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️Murojaatdagi xatolar toʻgʻrilanib qayta ariza yuborilganda qayta toʻlov undirilmaydi!

Attestatsiyada ishtirok etish uchun pedagoglar tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan hollarda vakolatli vazirliklar tomonidan hujjatlar qabul qilinmaganligi toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali pedagog kadrlarga xabarnoma yuboriladi.

Pedagog kadrlar hujjat qabul qilish toʻxtatilgunga qadar kamchiliklarni tuzatgan holda hujjatlarni qayta topshirishlari mumkin. Bunda pedagog kadrdan davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim takroran undirilmaydi.

 Asos: Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.09.2021 yildagi 572-son, Nizom 30-band


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida sportning shashka turidan musobaqa o‘tkazildi.

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi hamda O‘zbekiston nogironlar shashka Federatsiyasi hamkorligida imkoniyati cheklangan o‘quvchilar o‘rtasida sportning shashka turidan "O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi ochiq turniri" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🔷Toshkent shahrining Yashnabod tumanida joylashgan 19-son Bolalar musiqa va san'at maktabida tashkil etilgan musobaqada 50 ga yaqin o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun bellashishdilar.

❇️Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad imkoniyati cheklangan o‘quvchi-yoshlarning individual qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, o‘ziga bo‘lgan ishonchlarini yanada mustahkamlashdan iborat.

🔰Unda g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan munosib taqdirlanishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Bugungi kunda viloyatimizda 888 ta umumta’lim maktablari faoliyat yuritib, ushbu maktablarda jami 1 176 ta kompyuter sinfi mavjud. Shundan bugungi kunda 1010 ta umumta’lim maktablari (86,3%) zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlangan.


Yakunlangan 2023-yilda viloyatdagi 403 ta umumta’lim maktablari zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlandi.

Jumladan, Viloyat hokimligi tashabbusi bilan mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan 52 ta va respublika budjetidan 351 ta maktablarga zamonaviy kompyuter jihozlari keltirildi.

O‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, 2022-yilda jami 197 ta umumta’lim maktablari zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlangan bo‘lib, shundan mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan 45 ta va respublika budjetidan 152 ta maktablarga zamonaviy kompyuter jihozlari keltirilgan. Bu esa o‘z navbatida o‘tgan yilgiga nisbatan umumta’lim maktablarini zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash ko‘rsatkichi 23,2 (%) foizga oshganini ko‘rsatadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reportyor

Yo'li yangi Yangiyo'lga xush kelibsiz.


Mahalla telekanalining Reportyor dasturida “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida Yangiyoʻl tumanida bajarilgan amaliy ishlar yoritilgan.

@talimda